O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T
Download 1.95 Mb.
|
О.Хusanov Kons huquq.lotin.
§ 7. Vijdon erkinligi
Fuqarolarning vijdon erkinligi orqali dinga munosabat aniqlanadi. Mamlakatimizdagi barcha shaxslar uchun (millati, irkidan qatiy nazar) vijdon erkinligi kafolatlanadi. Bu Konstitutsiyaning 31-moddasida quyidagicha ifodalangan: “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki xech kaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburiy singdirishga yul kuyilmaydi”. Demak vijdon erkinligi kuyidagilarda o‘z ifodasini topadi: Har bir fuqaroni xohlagan diniga e'tiqod qilishi; Yoki hyech qanday dinga e'tiqod qilmasligi; Xech qanday diniy qarashlarni majburiy singdirilishiga yul qo‘yilmaslik. Har qanday dinda insonni ma'naviy-axloqiy kamol topishga, birodarliq bag‘rikenglikka undovchi ijobiy ma'lumotlar mavjud. Shuning uchun ham dinga e'tiqod qilish, uning qoidalariga amal qilish taqiqlanmaydi. Shuningdek, biror bir dinga e'tiqod qilish uchun da'vatlar qilish, targ‘ibot qilishga, ma'lum bir dinni ustunligini ko‘rsatishga ham yul kuyilmaydi. Vijdon erkinligi xalqaro miqyosda e'tirof etilgan erkinlik bo‘lib, u “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi”da ham mustahkamlangan. Vijdon erkinligi Konstitutsiyamizdan tashqari boshqa qonunlarda ham belgilangan bo‘lib, bu qonunlar fuqarolarning Konstitutsiyaviy vijdon erkinligini ta'minlashni, kafolatlashni nazarda tutadi. O‘zbekistonda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” qonun mavjud bo‘lib, u qonun diniy masalalarni batafsil tartibga soladi. Qonun qoidalari fuqarolarni xohlagan diniga e'tiqod qilish yoki qilmaslik huquqini ta'minlashni nazarda tutish bilan birga, diniy rasm-rusumlar, marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka o‘z ixtiyori bilan yondashishni ko‘zda tutadi. Vijdon erkinligi fuqarolarga diniy ta'lim olish, din namoyandasi bo‘lish imkoniyatlarini ham beradi. Faqat xech kim o‘z ixtiyoriga zid tarzda diniy ta'limot olishga majbur qilinmaydi. Dinni niqob qilib olib insoniyatni hayotiga xavf soluvchi, ongini zaharlovchi turli g‘oyalarni kishilar ongiga kiritishga harakatlar taqiqlagan bo‘lib, bunday taqiqlar aslo vijdon erkinligiga zid bo‘lmay, aksincha uni to‘la namoyon bo‘lishiga ta'sir qiladi. Mamlakatimizda muqaddas diniy bayramlarimizni nishonlashni belgilanishi, kishilarni ibodat qilish uchun machit va cherkovlarni faoliyat ko‘rsatayotgani, diniy bilimlar olish uchun turli bosqichda diniy o‘kuv muassasalarini mavjudligi vijdon erkinligini amal qilishidir. Fuqaro va shaxslarning shaxsiy huquq va erkinliklari, huquq va erkinliklar tizimida yetakchi o‘rinda turadi. Chunki bu huquqlar tabiiy huquqlar bo‘lib, insonni tugilishi bilan vujudga keladi. Davlat esa ana shu huquqlarni ta'minlashga majbur. Shuning uchun bu vazifani bajarish maqsadida, O‘zbekiston davlati barcha choralarni ko‘rgan. Shaxsiy huquq va erkinliklar Konstitutsiyamizda keng va mukammal belgilangan va ularni amalga oshishini ta'minlovchi kuchli tizim barpo etilgan. Hamda bu tizim muntazam ravishda takomillashtirilmokda. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling