O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


§ 4. Davlat va jamoat birlashmalari munosabati


Download 1.95 Mb.
bet97/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

§ 4. Davlat va jamoat birlashmalari munosabati

Davlat ham, jamoat birlashmalari ham jamiyatning tuzulmalaridir. Ularning alohida-alohida vazifalari bilan birga umumiy vazifalari ham mavjud. Davlat va uning tashkilotlari bilan jamiyat birlashmalari o‘rtasida to‘g‘ri munosabat o‘rnatilsagina ijobiy natija berishi mumkin. Ana shu munosabatning huquqiy asosi Konstitutsiyada mustahkamlangan.


Konstitutsiyaning 58-moddasida, “Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishining ta'minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi.
Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga, shuningdek, jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi” – deb belgilangan.
Davlat bilan jamoat birlashmalari munosabatida davlat tomonidan jamoat birlashmalarini ro‘yxatga olish tartibini o‘rnatilishi hamda barcha jamoat birlashmalarining faoliyatini tashkil qilish, vazifasi, vakolatini belgilovchi huquqiy hujjatlarni (qonun, farmon, qarorlar) davlat tomonidan qabul qilinishi muhim rol o‘ynaydi.
Davlat o‘zining qonun va boshqa huquqiy hujjatlari orqali jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlaydi. Qonunlarda jamoat birlashmalarining ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etishlari uchun teng huquqiy imkoniyatlar belgilanadi.
Masalan, O‘zbekistonning saylov to‘g‘risidagi qonunlarida, barcha ro‘yxatga olingan siyosiy partiyalarga teng imkoniyat yaratilgan va bir hil huquq berilgan. Qonunga asosan siyosiy partiyalar deputatlikka va Prezidentlikka nomzod ko‘rsatishda, nomzodlarni tashviqot-targ‘ibot qilishda teng huquqlarga ega.
Jamoat birlashmalari o‘z faoliyatini mustaqil, chetdan aralashuvlarsiz olib borsa, ularning faoliyati ijobiy bo‘lishi mumkin. Shuning uchun Konstitutsiyada belgilangan qoidaga asosan, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashuvi, ta'sir qilishi mumkin emas. Xuddi shuningdek, jamoat birlashmalari ham davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyatiga aralashishi mumkin emas.
Davlat jamoat birlashmalarini moddiy tomondan ham qo‘llab-quvvatlash siyosatini olib boradi. 2004 yil 30 aprelda “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida” qonun qabul qilinib, barcha siyosiy partiyalarga teng imkoniyat yaratish, faoliyatini oshirish, o‘z faoliyatini tashkil etishda moliyaviy qiyinchiliklarga uchramaslik uchun, partiyalarni davlat tomonidan moliyaviy ta'minlash tartibi joriy qilindi.
Davlat jamoat birlashmalarining faoliyatiga aralashmagan holda, ular faoliyatini qonunga mos bo‘lishini nazorat qiladi. Siyosiy partiyalar o‘z moliyaviy faoliyati, davlat tomonidan ajratilgan mablag‘lardan to‘g‘ri foydalanish haqida davlatga (Oliy Majlisga) hisobot taqdim qiladi. Umuman har qanday jamoat birlashmalarining mablag‘lari, ularning sarflanishi, soliq to‘lashlari ham davlat organlari tomonidan nazorat qilinadi.
Jamoat birlashmalarining faoliyati qonun va o‘z nizomlariga muvofiq olib borilishi ustidan nazoratni olib borish borasida Adliya vazirligiga alohida vakolatlar yuklangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrdagi qo‘shma majlisidagi nutqida, mamlakat Prezidenti fuqarolik jamiyati shakllanishi jarayonida davlat va jamoat birlashmalari munosabatlariga to‘xtalib, bunday tashkilotlarning davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan ta'sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi roli ortib borayotganligini ko‘rsatib o‘tdi1. Hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat tuzilmalari bilan o‘zaro munosabatlaridagi aniq chchegaralarni belgilash va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtiruvchi “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilish zarurligini uqtirdi2.
Bulardan ko‘rinib turibdiki faqat davlat va uning organlari jamoat birlashmalari faoliyatini nazorat qilishda ishtirok etish bilan cheklanmay, davla organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining muhim ko‘rinishlaridan biri jamoat birlashmalarining nazorati hisoblanadi.
Ya'ni davlat va jamoat birlashmalari o‘rtasidagi munosabatda nazorat, ularning munosabatlarini ko‘rsatuvchi shartlaridan bo‘lib, u ikki tomonlama xarakterga ega, birinchisi davlat organlarining jamoat birlashmalari ustidan davlat nazorati, ikkinchisi davlat organlari ustidan jamoat birlashmalarining nazorati bu jamoatchilik nazoratidir.
Har ikki nazoratda ham davlat organlar, jamoat birlashmalari biri-birini ishiga aralashmaydi, biri ikkinchisini o‘rnini egallashiga, vazifasini bajarishga harakat qilmaydi.
“O‘zbekiston resbublikasi Jinoyat kodeksi”ning 2162-moddasida “Diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarni buzganlik” uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling