O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T
§ 2. Barchani Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘rishi zarurligi
Download 1.95 Mb.
|
О.Хusanov Kons huquq.lotin.
§ 2. Barchani Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘rishi zarurligi
Bu qonuniylik prinsipidan kelib chiqadi. Qonuniylik prinsipi davlat faoliyati prinsipi bo‘lib, u ijtimoiy hayotning taraqqiyotiga ijobiy ta'sir qiluvchi shartdir. Qonuniylik prinsipi orqali davlat o‘z faoliyatini yuritib, ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Qonuniylik prinsipi – bu barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar, xizmatchilar, jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlari va fuqarolarning qonun va boshqa qonuniy hujjatlarga og‘ishmay amal qilishdir. Bu yerdan qonunlarga amal qilish barchani vazifasi ekanligi tushuniladi. “Qonuniylik va huquq-tartibot tantana qilmasa, shaxsning huquqlari va erkinliklari, qattiq intizom, ichki uyushqoqlik va mas'uliyat ustuvor bo‘lmasa, qonunlar va an'analar hurmat qilinmasa, huquqiy davlatni tasavvur etib bo‘lmaydi”1. deb qonuniylikni ahamiyatini O‘zbekiston Prezidenti aniq ko‘rsatib bergan. Konstitutsiyaning 16-moddasidagi “Mazkur Konstitutsiyaning birorta qoidasi O‘zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas” – degan qoida ham qonuniylik prinsipini ta'minlovchi vositadir. Davlat qonun yaratar ekan, avvalo shu qonunlarga davlatning o‘zi rioya qilish zarur. Davlat hokimiyatining amalga oshiruvi qonunchilik (vakillik hokimiyati), ijro, sud hokimiyati, o‘z faoliyatini tashkil etishi, vakolati, bir biri bilan munosabatida faqat qonunlarga rioya qiladi. Qonunlarni bevosita o‘zlari bajaradi yoki ularni bajarilishi choralarini ko‘radi. Qonuniylik prinsipi, osoyishta hayot, rivojlanish va taraqqiyot, yuksak turmush tarzi ozuqasidir. Qonuniylik prinsipi amal qilganda xavfsizlik, fuqarolarning huquq erkinliklari ta'minlanadi. Har bir fuqaro o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Jamiyat va fuqarolar farovonligini muhim shartlaridan biri bozor munosabatlari bo‘lsa, ana shu munosabatlarda ham qonuniylik prinsipi amal qiladi. Davlatning iqtisodiy sohaga aralashuvini cheklovchi, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi, mulk shakllarini tengligini ta'minlovchi, iste'molchilar huquqlarini himoya qiluvchi qonunlarga amal qilish qonuniylik prinsipini ajralmas qismidir. Oila munosabatlarini Konstitutsiya va qonunlar bilan tartibga solinishi, shu qonunlarga rioya qilish zarurligi qonuniylik prinsipi doirasini juda ham kengligini ko‘rsatadi. Qonuniylik prinsipiga amal qilish, qonunlar obro‘sini kuchaytiradi. Shuning uchun jamiyat a'zolarini faqat qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash o‘ta muhimdir. Bunda ham eng ta'sirli, samarali chora shaxsiy o‘rnakdir. Barcha mansabdorlar, xizmatchilarning mansab darajasidan, jamiyat va davlat oldidagi xizmatlaridan qat'iy nazar, qonunlarga rioya qilishi, oddiy fuqarolar uchun katta o‘rnak va saboq bo‘ladi. O‘zi qonunlarga rioya qilmaydigan, uni har damda buzadigan, chetlab o‘tadigan rahbarlarni, boshqalarni qonunga rioya etishi haqidagi da'vati, ko‘rsatmasi hyech qanday natija bermaydi. Qonuniylikka erishishining ko‘plab vositalari qatorida, har qanday qonun buzilishiga (u kattami, kichikmi) tegishli chora ko‘rish muhim o‘rin tutadi. Jamiyatda qonun buzilishining har qanday ko‘rinishiga murosasizlik kayfiyatini shakllantirish, qonun buzilishlariga karshi ko‘rilayotgan choralarini ommaviylashtirish, qonuniylikni ta'minlashda muhim rol o‘ynashi mumkin. Bu eng avvalo qonuniylik prinsipini amaliy ifodasidir. Qonunlar turli qoidalarni o‘rnatadi. Qonun qoidalari xalq xohish-irodasini hujjatda aks etishidir. Ana shuning uchun ham ularga amal qilish, qonunlarga muvofiq ish olib borish zarurdir. Rivojlangan mamlakatlarning tajribasiga nazar solsak, albatta shu mamlakatda davlat faoliyati, uning organlari faoliyati, mansabdor shaxslar va xizmatchilar faoliyati, jamoat birlashmalari, barcha nodavlat tashkilotlari qonunlarga muvofiq ish ko‘rganini guvohi bo‘lamiz. Qonunga amal qilish rivojlanish va farovonlik garovi ekanligi tajribada isbotlangan. Shuning uchun O‘zbekiston Konstitutsiyasining 15-moddasida “Davlat uning organlari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar degan qoida o‘z o‘rnini topgan. Bu qoidani qonuniylik prinsipining asosiy sharti deyish ham mumkin. Jahon davlatchilik tajribasiga o‘zining ma'lum hissasini qo‘shgan milliy davlatchiligimiz rivojlanish tarixida ham qonun va belgilangan tartib-qoidalarga amal qilish muhim masala hisoblanganligi ma'lum. Sohibqiron Amir Temur davlatining rivojlanishi tartib-qoidalarga amal qilish natijasida bo‘lganligi, keyinchalik u barpo etgan saltanatni tarqab ketish va nihoyat mustamlaka asoratlariga tushib qolishimizda qonun-qoidalarga rioya qilish susayganligi ma'lum sabablardan bo‘lgan. Qonunlarga muvofiq ish ko‘rmaslik, oqibat natijada har qanday davlat organlari faoliyatini buzilishiga olib kelib, bu esa davlat organlariga nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqaradi. Qonunlarga rioya qilmaslik ma'lum vaqt yoki muddat kimgadir manfaat keltirishi mumkin. Lekin keyinchalik esa bu katta zararlar keltirishi fuqaro, xalq manfaatiga katta ziyon yetkazishi mumkin. Qonunga rioya etish barcha organlar uchun zarur, ayniqsa bu huquq-tartibot organlari, qonuniylikni ta'minlovchi organlar faoliyatida o‘ta zarurdir. Bu organlarda qonunlarga rioya qilmaslik natijasida ko‘pchilik zarur ko‘radi. Qonunlarda inson hayoti, sog‘ligi, boyligi, xavfsizligi haqidagi qoidalar belgilangani uchun, ularga rioya kilmaslik inson hayoti, sog‘ligi, xavfsizligi, boyligiga katta zarar yetkazadi. Qonun hujjatlariga rioya qilmaslik faqat bir rasmiy hujjatni bajarmaslikning o‘zi emas, u inson, uning huquq va erkinliklari, sha'ni, qadr-qimmati, xavfsizligi, boyligiga taalluqli bo‘lganligi uchun, ularga amal qilmaslik, yuqoridagilarning barchasiga tajovuzdir. Jamiyatda qonunlarni qabul qilish asosiy maqsad emas, unga amal qilish asosiy maqsad bo‘lib qolishi zarur. Shuning uchun ham Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish zarur. Bu Konstitutsiyaviy burch ham hisoblanadi. Rioya etish ixtiyoriy amalga oshirilmaganida, majburlov choralari orqali ta'minlanadi. Qonuniylikda yana bir muhim masala, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni Konstitutsiyaga zid kelishi mumkin emasligi bo‘lib bu qoida Konstitutsiyaning 16-moddasida o‘z o‘rnini topgan. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling