O. X. Azamatov
Nazorat uchun savollar
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
3072-Текст статьи-7829-1-10-20200908
127 Nazorat uchun savollar 1. Interfeys ta’rifini keltiring. 2. Interfeys sinfdan qanday farq qiladi? 3. Nima uchun operator implements ishlatiladi? 4. Interfeys nima uchun ishlatiladi. 5. Birgalikda ishlatiladigan konstantalarni turli sinflarga import qilish uchun interfeysdan qanday foydalaniladi? 128 XULOSA Ma’lumki, dastur tuzish sermashaqqat jarayon, lekin Delphi tizimi bu ishni sezilarli darajada soddalashtiradi va masala turiga qarab dastur tuzuvchi ishining 50– 80%ni tizimga yuklaydi. Delphi tizimi dasturni loyihalash va yaratish vaqtini kamaytiradi, hamda Windows muhitida ishlovchi dastur ilovalarini tuzish jarayonini osonlashtiradi. Delphi - Windows muhitida ishlaydigan dastur tuzish uchun qulay bo‘lgan vosita bo‘lib, kompyuterda dastur yaratish ishlarini avto- matlashtiradi, xatoliklarni kamaytiradi va dastur tuzuvchi mehnatini yengillashtiradi. Delphida dastur zamonaviy vizual loyihalash texnolo- giyasi asosida obyektga mo‘ljallangan dasturlash nazariyasini hisobga olgan holda tuziladi. Delphi tizimi Turbo Pascal 7.0. tilining rivoji bo‘lgan obyektga mo‘ljallangan Object Pascal dasturlash tilini ishlatadi. Obyektga mo‘ljallangan yondoshuv dasturiy tizimlarni dasturlash tiliga bog‘liq bo‘lmagan holda yaratishda modellardan sistematik foydalanishga asoslangan. Har bir model uning o‘zi aks ettirayotgan predmetning hamma xususiyatlarini ifodalay olmaydi, u faqat ba’zi juda muhim belgilarini ifodalaydi. Demak model o‘zi aks ettirayotgan predmetga nisbatan ancha sodda bo‘ladi. Bizga shu narsa muhimki model endi formal konstruktsiya hisoblanadi: modellarning formalligi esa ular orasidagi formal bog‘lanishlarni aniqlashni va ular orasida formal operatsiyalar bajarishni ta’minlaydi. Bu ish modellarni ishlab chiqishni va o‘rganishni hamda kompyuterda realizatsiya qilishni osonlashtiradi.Xususan esa, modellarning formal xarakteri yaratilayotgan dasturning formal modelini olishni ta’minlaydi. Har bir sinfni ikkita muhim jihati mavjud: u arxitektura birligini moduli hisoblanadi,va u bir necha ma’lumotlar turlarini aniqlagan holda sermazmun tushunchaga ega. Dastur tizimi sinflari hammasi bir-biri bilan o‘zaro aniq bog‘lanishda bo‘ladi. Obyektli dasturlash tizimida ikkita asosiy tur sinflarni o‘zaro bog‘lanishi aniqlangan.Birinchi bog‘lanish “Mijoz va Yetkazuvchi”, odatda mijoz bog‘lanishi 129 deb ataladi yoki ichma-ich bog‘lanishda bo‘ladi. Ikkinchi bog‘lanish “Ota-onalar va vorislar” bu odatda vorislik deb nomlanadi. Vorislik paytida bazaviy sinf yangi atributlar va operatsiyalar hisobiga yanada o‘sadi. Hosila sinfda odatda yangi ma’lumotlar a’zolari, xususiyatlar va metodlar paydo bo‘ladi. Obyektlar bilan ishlashda dasturchi odatda aniq masalani hal qilish uchun eng to‘g‘ri keladigan sinfni tanlaydi, hamda undan bitta yoki bir nechta voris avlod yaratadiki, ular o‘z otalarida mavjud imkoniyatlardan ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ladilar. Do‘stona funksiyalar hosila sinfga barcha tashqi sinflar ma’lumotlari a’zolariga kirish huquqini olish imkonini beradilar. Funksiya shablonlari (parametrlangan turlar) bog‘langan funksiyalar oilasini tuzish imkonini beradi. Shablon kiritilishi uchun, hosil qilingan funksiya avtomatlashtirish, har xil tipli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Masalan, algoritm tartiblash uchun har qaysi funksiyani o‘zini aniqlovchi tipi qo‘llaniladi. C++ o‘zi istisno xolatlarni yuzaga keltirmaydi. Ularni C++ ning throw operatoridan foydalangan dasturlar yuzaga keltiradi. Istisno yuzaga kelganda, throw operatoridagi (initsiallashtiradi), Bunda muvaqqat obyektning turi ifoda argumenti (dalili) ning turiga mos keladi. Ushbu obyektning boshqa nusxlari, masalan, istisno obyektidan nusxa ko‘chirish konstruktori yordamida generatsiya qilinishi mumkin. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling