O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar


partiyalarga  Buyuk  Britaniya  Leyboristlar  partiyasi,  Ispaniya,  Italiya


Download 18.02 Mb.
Pdf просмотр
bet23/54
Sana21.03.2020
Hajmi18.02 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54
partiyalarga  Buyuk  Britaniya  Leyboristlar  partiyasi,  Ispaniya,  Italiya, 

Fransiya  Sotsialistik  partiyalari,  Gerh&niya  Sotsial-Demokrattk  partiyasi 

va boshqalami kiritish mumkin.

Kommunistik 

partiyalar 

haddan 

tashqari 

iqtisodiyotni 

davlatlashtirish,  uni  rejali  asosda  rivojlantirish  hamda  iqtisodiyotdan 

xususiy  sektomi  umuman  olib  tashlash  kabi  g'oyalami  quvvatlaydilar. 

Ular,  bundan  tashqari,  hayotning  barcha  jabhalariga  davlatning  faol  va 

ta'sirchan  aralashuvini  e'tirof  etadilar.  Shuning  uchun  ham  kommunistlar

*  Konstitutsionnoye pravo zarubejnix stran/Pod obsh.red.chl.-koir. RAN, prof.  M.V.Baglaya,  d.yu.n.,prof.  YU.LLeybo

i d.yu.n.,prof. I  .M.I-ntina. -М.:  Norma, 2003. S.166.

176


ko'pchilik 

tomonidan 

«so'llar 

ichidagi 

so'Наг» 

deb 

ataladi. 

Kommunistlarning  asosiy  maqsadi-jamiyatning  turlicha  imkoniyatlarga 

ega  bo'lgan  barcha  a’zolarini  ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan  tenglashtirishdir. 

Hozirgi kunda kommunistik  partiyalar Rossiya, Fransiya, Hindiston, Xitoy 

va boshqa mamlakatlarda o'z faoliyatlarini olib bormoqdalar.

Bundan  tashqari,^partiyalarni  ulaming  harakat usullariga  qarab,  ikki 

turga bo'lish mumkin:

1.  Demokratik;

2.  Radikal.

Demokratik  partiyalar  konstitutsiya  va  qonunlar  talablari  doirasida 

qat'iy  harakat  qiluvchi,  halol  va  qonuniy  siyosiy  raqobat  olib  boruvchi 

hamda  muxolifatga  hurmat  bilan  munosabatda  bo'luvchi  partiyalardir. 

Bunday  partiyalarga  yuqorida  sanab  o'tilgan  partiyalaming  deyarli 

barchasi kiradi.

Hokimiyatga  erishish  uchun  demokratiyadan  qisman  yoki  to'liq  voz 

kechish  v&  «keskin  harakat»  qilish  uchun  chiqqan  partiyalar  radikal 

partiyalar  (o'ng  va  so'l  partiyalar),  kurashning  noqonuniy  vositalarini 

qo'llashga  moyil  bo'lganlar esa ekstremistik  (ular  orasida  ham  o'nglar  va 

so'llar  mavjud)  partiyalar  deb  nomlanadi.39  Radikal  partiyalar  o'zining 

maqsadlari  yo'lida  demokratik  vositalami  qurbon  qiluvchi  hamda 

raqobatning 

qonunda 

taqiqlangan 

usullari 

(siyosiy 

terror)dan 

foydalanuvchi  partiyalar  hisoblanadi.  Bunday  partiyalaming  aksariyatini 

ekstremistik  partiyalar  tashkil  etadi  (mas.,  Irlandiya  Respublikachilar 

Armiyasi, Yaqin Sharqdagi FatK partiyasi).

Siyosiy  partiyalarni  ulaming  amaldagi  hokimiyatga  nisbatan 

munosabatiga  ko'ra,  hukmron  (hukumatdagi)  va  muxolifat  partiyalarga 

bo'lish  keng  tarqalgan.  Hukumat  partiyalar  bu  amaldagi  hokimiyat 

tepasida  bo'lgan  hamda  ko'pchilik  g'arb  olimlaming  fikricha,  ular  davlat 

organlarining 

yordamchi 

mexanizmlari 

hisoblanadilar. 

Bunday 

partiyalarga  ko'pincha  konservativ  yo'nalishdagi  partiyalar  kiradi. 

Muxolifat  partiyalar  esa  amaldagi  hokimiyatdan  o'rin  ololmagan  hamda 

hukmron  siyosiy  partiyaning  g'oyaviy-siyosiy  qarashlariga  qarshi 

chiquvchi partiyalardir, bunday partiyalarga shartli ravishda radikal tipdagi 

partiyalar kiritiladi.  Ayrim  davlatlarda,  ayniqsa, hukmron  partiyalarga ega 

bo'lgan  ko'ppartiyaviy  tizimli  davlatlarda  bunday  partiyalar  (hukmron  va 

muxolifat  partiyalar)  tez-tez  joy  almashinib  turishadi.  Jumladan,  Buyuk 

Britaniyada agar hokimiyat tepasiga Konservatorlar partiyasi  kelsa,  ularga 

muxolifat partiya Leyboristlar partiyasi bo'ladi yoki  aksincha.

K Ahmedov D.Q.  Xorijiy mamfakatlarda siyosiy partiyalar va partiyaviy (izim. -Т.: TDYUI. 2004.  13-b.



177

Tashkiliy  tuzilishi  jihatidan  siyosiy  partiyalar  ikki  asosiy  guruhga 

bo'linadi. 

Bular: 

tashkiliy 

rasmiylashtirilgan 

va 

tashkiliy 

rasmiylashtirilmagan  partiyalar. 

Birinchi  guruh  partiyalarida  barcha 

a’zolar  partiya  biletlarini  oladilar  va  a’zoHk  badallarini  to'laydilar,  shu 

bilan  birga  ular  yuqori  darajada  uyushgan  va  qat'iy  intizomga  egadirlar. 

Bularga  Fransiya  Sotsialistik  partiyasi,  Hindiston  Milliy  Kongressi, 

Avstriya  Xalq  partiyasi  kabilar  kiradi.  Tashkiliy  rasmiylashtirilgan 

partiyalarda rasmiy ravishdagi  a’zolik mavjud emas,  bunday partiyalarning 

a'zolari  bo'lish  uchun  esa  saylovlarda  ularga  ovoz  berishning  o'zi  kifoya 

qiladi.  Ushbu  partiyalarning  eng  asosiy  xususiyati  ulaming  siyosiy 

konstruktivligidir.  AQShdagi  Respublikachilar  va  Demokratlar  partiyasi 

bularga  yaqqol  misoldir.  Mazkur  klassifikatsiya  bilan  bog'liq  ravishda 

partiyalarni  ularga  a'zolik  turiga qarab, 

bevosita  a'zolikka  ega  bo'lgan 

va 

bilvosita  a'zolikka  ega  bo'lgan  partivalarga. 

bo'lish  mumkin.  Bevosita 

a'zolikka ega bo'lgan partiyalarda a’zolar,  ya'ni  fuqarolar to'g'ridan-to'g'ri 

biron-bir  partiyaning  a'zosi  bo'lishsa,  bilvosita  a'zolikka  ega  bo'lgan 

partiyalarda  esa  inson  boshqa  bir  tashkilotning  a'zosi  bo'lishi  bilan  birja 

o'zi  xohlagan  tarzda ma'lum  bir  partiyaning a'zosi  bo'lib qolishi mumkin. 

Masalan,  Buyuk  Britaniya  Leyboristlar  partiyasi,  Shvetsiya  Sotsial- 

demokratik  partiyasi  o'z  tarkibiga  mamlakatdagi  kasaba  uyushmalarining 

a'zolarini ham qamrab oladi.

Partiyalar  qanday  ijtimoiy  manfaadami  ifodalashi,  o'z  oldiga  va 

jamiyat oldiga qanday vazifalami  qo'yayotganligi  va qaysi  siyosiy usullar 

bilan unga erishayotganligiga qarab tasniflanishi mumkin.

Markscha-lenincha  adabiyotlarda  partiyalarni  ulaming 

“sinfiy 

mohiyati”ga  ko'ra,  monopolistik  burjuaziya,  o'rta  burjuaziya,  mayda 

burjuaziya, 

milliy 

yoki 

komprodorlik 

burjuaziyasi 

partiyalari 

(rivojlanayotgan  mamlakatlar  uchun),  ishchilar  sinfi  partiyasi,  inqilobiy 

demokratik  partiya  va  hokazo  guruhlarga  bo'lish  qabul  qilingan  edi. 

Partiyalarni  bunday tasniflash  masalaga bir tomonlama yondashish bo'lib, 

partiyalaming  mohiyatini  buzib  ko'rsatadi.  Masalan,  AQSH  siyosiy 

hayotida  hukmron  bo'lgan  ikkala partiya:  respublikachilar va demokratlar 

partiyasi 

sovet 

davri 

adabiyotlarida 

“monopolistik 

burjuaziyalar 

partiyalari”  deya  tavsiflangan.  Biroq  ular  tashkil  topgan  paytda, 

monopolistik  buijuaziya  degan  tushunchalar  hali  hech  kimning  hayoliga 

ham  kelmagan  edi.  Ulaming  “buyuk  kapitalizmning  ikki  yagona  (yaxlit) 

partiyasi”  sifatidagi  tavsifi  har  ikkala  partiyaning  o'ziga  xos  ijtimoiy 

negizi,  xususiyatlari  haqida  zarracha  bo'lsada,  tasavvur  hosil  qilmaydi. 

Markschi-Ieninchilar  nuqtai-nazarida  bu  partiyalar  go'yoki,  bir  hovuch

178


kapitalistik  magnatlar  manfaatini  ifodalovchi  partiyalar  emish.  Bas 

shunday  ekan,  ushbu  partiyalarga  saylovchilaming  har  doim  ko'pchiligi 

ovoz  berishini  qanday  tushuntirish  mumkin?  Binobarin,  "...butun  xalq 

ommasi  manfaatlarini  og'ishmay  ifodalab  kelyapmiz,"  -  deya  da’vo 

qiladigan  kommunistlai'  saylovlarda  doimo  juda  kam  ovoz  oladilar  va 

mag' lubiyatga uchrab kelmoqdalar.

Darhaqiqat,  “markschi-leninchilar”  deya  tavsiflanmagan  Britaniya 

konservalor  (muhofazakor)lar  partiyasi  monopolistik  kapitalizm  partiyasi 

sifatida  so'ngi  vaqtlarda,  saylovlarda  bir  necha  marta  ketma-ket  g'alaba 

qildi  va  salkam  20  yil  hokimiyat  tepasida  turdi,  xuddi  shu  paytda,  Buyuk 

Britaniya  Kommunistik  partiyasi  esa  KPSSning  yordamisiz  umuman 

mavjud  bo'la  olmasdi.  Ko'rinib  turibdiki,  saylov  oldi  shiorlari  emas, 

konservatorlaming  real  siyosati  saylovchilar  ommasining  ishonchini 

qozondi,  saylovchilar  bu  partiyaning  haqiqatdan  ham  keng  xalq  ommasi 

manfaatlariga  javob  berishiga  ishondilar,  aks  holda,  ular  o'z  ovozlarini 

boshqa  partiyalarga  berardilar.  Shunday  bo'ldi  ham.  Bu  1997  yilda  sodir 

bo'ldi:  konservatorlar  saylovlarda  leyboristlar  partiyasiga  nisbatan  kam 

ovoz  oldilar  va  nadjada  leyboristlar  partiyasi jamoa  palatasida  ko'p  o'rin 

olib, shu bugungi kungacha hokimiyatni egallab turibdi.

Demokratik  mamlakatlarda  har  qanday  birozgina  jiddiy  siyosiy 

partiya imkon qadar kengroq ijtimoiy negizni yaratishga intiiadi, keng xalq 

ommasiga  yaqin  g'oya  va  maqsadlami  ifodalashga  urinadi.  Shu  sababli 

tegishli  ijtimoiy-  iqtisodiy  siyosatni  ishlab  chiqish  asosiy  ish  hisoblanib, 

uning  negizida  bunday  siyosatni  amalga  oshirishning  siyosiy  vositalari 

tanlanadi.

XIX  asrda  partiyalar  faoliyatidagi  asosiy  farq  bojxona  to'lovlariga 

munosabat  masalasida  bo'lgan.  Yuqori  (himoya)  boj  to'lovlari  milliy 

bozorni tashqi ekspansiyalardan muhofaza qilgan, mahalliy sanoat, qishloq 

ho'jaligi  va  iqtisodiyotning  boshqa  sohalarini  rivojlanishi  uchun  ijobiy 

shart-sharoitlar yaratgan.  Ish  o'rinlari  saqlangan  va  ulaming  soni  oshgan. 

Bu  konservatorlar  (muhofazakor)larning  shiori  bo'lib,  ular  shu  tarzda, 

avvalo,  tadbirkor-ishbilarmonlar,  ishchilar va dehqonlaming manfaatlarini 

ifoda etganlar.  Past  bojxona  to'lovlari  milliy  bozorda  mahalliy  va  chet  el 

tovarlarining  raqobatlashishi  uchun  imkoniyatlar  yaratgan,  mollar 

narxining  pasayishi  va  iste'mol  uchun  qulaylashuviga  olib  kelgan.  Ammo 

bu  hoi  mahalliy  ishlab  chiqaruvchilaming  ba'zilari  sinib  ketishiga  sabab 

bo'lgan, ishsizlar sonining ortishiga olib kelgan.  Iste'molchilar manfaatini, 

odatda,  erkin  savdo  shiori  bilan  maydonga  chiqqan  liberallar  himoya 

qilgan.

179


XIX  asming  oxirlarida,  yollanma  mehnat  qiluvchi  kishilar,  aw alo 

ishchilar  sinfi  manfaatlarini  ifoda  etuvchi  sotsialistik  yo'nalishdagi 

partiyalar  siyosiy  maydonga  chiqdi.  XX  asming  birinchi  yarmida  butun 

dunyoni  qamrab  olgan,  butun  jamiyatning  yemirilishi  xavfini  keltirib 

chiqargan  qayta  ishlab  chiqarish  bo'hroni  ta’siri  ostida  ishchilar 

harakatining  inqilobiy  qanoti-markscha,  keyinchalik  esa  markscha- 

lenincha mafkuralami targ'ib qilgan kommunistik harakatning ta'sir doirasi 

keskin  oshdi.  Bu  harakat  butun  jamiyat  boyliklarining  davlat  ixtiyoriga 

berilishi  va  mehnatga  qarab  taqsimlamshiga  qaratilgan  edi.  Buada 

proletariat  diktaturasi  tegishli  ijtimoiy  qayta  qurishning  asosiy  vositasi 

bo'lib  xizmat  qilishi  kerak  edi.  Bu  vaqtda,  shuningdek,  ishchilar 

harakatidagi  boshqa  bir  ekstremistik  oqim-fashizm  (Italiya)  yoki  milliy- 

sotsializm  (Germaniya)  oqimining  ta'siri  kuchaydi.  Bu  ekstremistik 

oqinming mohiyati  faqat o'z millati uchun boshqalar hisobiga "yer yuzida 

jannat"ni  barpo  etishdan  iborat  edi.  Ushbu  oqimning  ikkala  qanoti  ham 

insoniyatni  yoki  hech  bo'Imaganda,  o'z  xalqini  “baxtli  qilish”ning  asosiy 

vositasi  sifatida  zo'ravonlikni  qo'llashga  urinishi  bilan  tavsiflangan. 

Ikkinchi  jahon  urushi  fashizm  va  millatchilik  (natsizm)ni  batamom 

obro'sizlantirdi, 

sharmanda  qildi. 

Kommunistik  mafkuraning 

esa 

sanoatlashgan jamiyatning  o'tkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini bartaraf 

etish  darajasiga  qarab  ta'siri  asta-sekin  pasaya  boshladi.  Kommunistik 

partiyalar  rivojlangan  mamlakatlarda  hech  qachon  rahnamolik  darajasiga 

chiqa  olmadi.  Ular  hatto,  fashizmga  qarshi  urushda  faol  ishtirok 

etganliklariga qaramay, ikkinchi jahon urushidan keyingi dastlabki yillarda 

qator  mamlakatlarda  (Masalan,  Italiya,  Fransiya,  Yaponiyada)  katta 

muvaffaqiyatlarga erishgan bo'lsalarda, hech qacho© rahbar kuchga aylana 

olmadilar.

Tshchilar  harakatining  reformist  (islohotchi)  qanotiga  keladigan 

bo'lsak,  unga tegishli  bo'lgan  sotsialistik. va  sotsial-demokratik partiyalar 

(masalan,  Buyuk  Britan iyadagi  leybomtlar  partiyasi,  Germaniyadagi 

Sotsial-demokratik,  Ispaniyadagi  Sotsialistik  ishehi  partiyasi,  Frawsiyadagi 

Sotsialistik  partiyalar)  saylovlar  natijasida  bir  necha  bor  rahbar  partiyalar 

bo'lib  qolganlar.  Shvetsiyada  Sotsial-demokratik  partiya  sotsializmnmg 

shved  modelini  yaratib,  uzoq  vaqt  mamlakatga  hukmronlik  qildi, 

qolaversa,  islohotchi  partiyalar  XX  asrda  liberal lami  siqib  chiqarib, 

konservativ  partiyalaming  asosiy  kontragenti  bo'lib  qoldilar.  XX  asming 

o'rtalarida ular marksistik mafkuradan tamoman voz kechdilar.

Aytish 

joizki, 

XX 

asming 

ikkinchi 

yarmida 

konservator 

(muhofazakor)Iar  va  liberallar  orasidagi  farq  ijtimoiy-iqtisodiy  maqsadlar

180


va  ularga  yetish  yo'llari  nuqtai  nazaridan  yo'qqa  chiqdi.  Dunyo 

iqtisodiyotidagi  yagonalashuv  tendensiyasi,  umuman,  erkin  savdo-sotiq 

g'oyasining  g'alabasini  bildirardi.  Rivojlangan  mamlakatlarda  partiyalar 

faoliyatidagi  asosiy  farq  hozirgi  vaqtda  asosan  soliqlar  haqidagi 

masaladadir,  zero  davlatning  ijtimoiy  himoya  imkoniyatlari  aynan 

soliqlarning miqdoriga bog'liqdir.

Neokonservatizm  (yangilangan  muhofazakorlik)  va  neoliberalizm 

mehnatkashlar uchun ijtimoiy  himoyaning zarurligini inkor etmaydi,  biroq 

ular  shundan  kelib  chiqadilarki,  soliqlarning  kamligi  ishlab  chiqarishning 

rivojlanishiga, 

ish 

o'rinlari 

sonining 

oshishiga, 

ish 

haqlari 

va 

mehnatkashlar  boshqa  daromadlarining  yuksalishiga  va  umuman  ijtimoiy 

ehtiyojlami  qondirish  imkoniyatlarining  oshishiga  yordam  beradi. 

Sotsialistlar  esa jamiyatdagi  ozchilikning  jamiyat  ishlab  chiqarishida  o'z 

o'mini  topa  olmayotganligiga  yoki  zarur  darajada  pulli  ijtimoiy 

xizmatlardan  foydalanishga  yo'l  bermayotgan  daromadga  egaligiga 

e'tiborni  qaratib,  har  bir  kishiga  munosib  hayot  darajasini  kafolatlash 

imkonini  beruvchi  yuqori  soliq  stavka  (miqdor)larini  belgilash  uchun 

chiqmoqdalar.  Ular  “boylarni  yuqori  soliqlar  to'plashga  majbur  etish!” 

tarafdorlari  hisoblanadi.  Umuman,  sotsialistlar  ham  soliqlami  yuksak 

bo'lishi  kapitalning  mamlakatdan  chetga  qochishiga  olib  kelishi,  buning 

oqibatida,  davlatning  ijtimoiy  himoya  ko'rsatishdagi  imkoniyatlari 

kamayishiga  sabab  bo'lishi,  ishsizlar  sonining  ortishi  mumkinligi  kabi 

haqiqatni  rad  eta  olmaydilar.  Natijada,  partiya  siyosatidagi  bunday 

farqlaming ham kamayishi  tendensiyasi  tobora namoyon bo'lib bormoqda.

Jamiyatning  turli  tabaqalari  manfaatlarini  hisobga  olishni  ko'zda 

tutuvchi partiyaviy yo'nalishlar bilan bir qatorda (jumladan, obro'li siyosiy 

partiyalar  ham  nafaqat  mehnatkashlami  manfaatlarini  hisobga  oladi), 

demokratlar 

orasida 

saylovchilaming 

ancha 

cheklangan 

asosda 

birlashtimvchi  partiyalar  ham  uchraydi,  garchand  ulaming  orasida  ancha 

katta nufuzga ega bo'lgan partiyalar mavjud bo'ladi.

Bir  qator  mamlakatlarda  fuqarolar  e’tiqodlarining  mushtarakligi 

asosida birlashgan  konfessional  partiyalar ham  yetakchi  partiyalar  safidan 

o'rin olgan.  Bunga xristian-demokratik partiyalar yorqin misol bo'la oladi. 

Ular  ko'pincha  o'ta  ommaviy  partiyalar  sifatida  maydonga  chiqadi. 

Germaniyada  Xristian-demokratik  ittifoq  xristian  (nasroniy)  dinining  ikki 

oqimi-katoliklar  va  injilchilami  qamrab  olgan.  Konfessional  partiyalar 

orasida  davlatni  cherkovga  bo'ysundirishga  urinuvchi  klerikal  partiyalar 

alohida o'ringa ega.

181


Ko'pgina  mamlakatlarda  (masalan,  Fransiyada)  XX 

asming 

o'rtalarida ko'zga ko'rinarli  siyosiy oqim  hisoblangan klerikalizm bugungi 

kunga  kelib  rivojlangan  mamlakatlarda umuman  yo'qolib  ketdi.  Ammo  u 

ba'zi  bir islom davlatlarida (masalan, Eronda) fundamentalizm ko'rinishida 

qaytadan tiklandi va yangi shakl oldi.

Siyosiy  partiyalar  orasida  muayyan  milliy  jamoa  odatda,  milliy 

ozehiliklarga 

yo'naltirilgan 

partiyalar 

ham 

uchraydi. 

Masalan, 

Finlandiyadagi  Shved xalq partiyasi, Damyadagi Nemis xalq partiyasi ana 

shunday partiyalardandir.  Ayrim mamlakatlarda, masalan: Bolgariyada esa 

bunday partiyalarning tuzilishi konstitutsiya bilan taqiqlab qo'yilgan.

So'ngi  vaqtlarda  ko'pgina  mamlakatlarda,  masalan,  Germaniya, 

Ispaniya, AQSH va boshqa davlatlarda ekologiya talablariga rioya qilinishi 

uchun  kurashuvchi  partiyalari  va  “yashillar”  harakatlari  vujudga  keldi  va 

muayyan  mavqega  ega  bo'ldi.  Bunday  talablar  odatda  umumdemokratik 

va  umumijtimoiy  talablar  bilan  uyg'unlashib  ketadi.  Germaniyadagi 

Yashillar  partiyasi  hozirgi  paytda  hokimiyatni  boshqarishda  yetakchi 

mavqega ega bo'lib turibdi.

Hozirgi 

zamon 

siyosiy 

hayotida 

shunday 

partiyalar 

ham 

uchramoqdaki,  ulami  “kulgili”  deyishdan  boshqacha  tavsiflash  mumkin 

emas.  Masalan,  1991  yilda  saylangan  Polsha  Seymi  (parlamentning  qo'yi 

palatasi)da  eng  yirik  fraksiyalardan  biriga  Pivo  ishqibozlari  partiyasi 

boshchilik  qildi.  Bunga  o'xshash  “kulgili”  partiyalar  90-yillarda  Rossiya 

va  Belorussiyada  ham  tuzilgan  edi.  Lekin  ular  jamiyat  ichida  biron-bir 

obro'-e’tibor qozona olmadilar.

Har  bir  mamlakatning  siyosiy  hayotida  o'ng,  so'l,  markazchi,  o'ng 

markazchi  va so'l markazchi partiyalar va koalitsiya (partiyalar ittifoqi)lar 

turlari  mavjud.  Bunday  guruhlashtirish  Fransuz  inqilobidan  keyin 

partiyalaming  parlamentda  joy  olishlariga  qarab  paydo  bo'lgan.  Bunda 

muhofazakor (konservator)lar parlament raisining o'ng tomonidan,  islohot 

tarafdorlari  esa  chap  tomonidan  joy  olishgan  edi.  Hokimiyatga  erishish 

uchun  demokratiyadan  qisman  yoki  to'la voz  kechish  va “keskin  harakat” 

qilish uchun  chiqqan  partiyalar radikal partiyalar (o'ng  va so'l  radikallar), 

kurashning  noqonuniy  vositalarini  qo'llashga  moyil  bo'lganlar  esa  -  

ekstremistik  (ular  orasida  ham  o'ng  va  so'llar  mavjud)  partiyalar  deb 

nomlanadi.  Masalan,  ko'pincha  neofashistik,  neonatsistik,  irqchilikka 

moyillar-o'ng  radikal  partiyalar,  kommunistik  partiyalar  esa  so'l  radikal 

partiyalar  deb  nomlanadi.  Biroq  o'ng  partiyalaming  ijtimoiy  negizini 

malakasiz  ishchilar,  xonavayron  bo'lgan  dehqonlar,  mayda  savdogarlar, 

o'qishni  tamomlamagan  talabalar  va  shunga  o'xshaganlar  tashkil  etadi.

182


Shu  bois  ham  ular  so'lchilardan  unchalik  farq  qilishmaydi.  Ekstremistlar 

qanday  bo'lmasin,  baribir  terror,  davlat  to'ntarishi  va  hokazolarga  moyil 

guruhlardir.40 

Sotsialistik 

mamlakatlarda, 

odatda, 

davlat 

bilan 

uyg'unlashib,  uni  o'ziga  bo'ysundirib  olgan  kommunistik  partiyalar 

mavjud  bo'lgan.  Boshqa  partiyalar  mavjud  bo'lishi  uchun  esa  ular 

kompartiyaning  rahbarlik  kuchi,  rolini  tan  olishlari  kerak.  Bunday 




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling