O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar


partiyalar ko'pincha sun'iy tusda bo'ladi. Masalan, Xitoyda bunday partiya


Download 18.02 Mb.
Pdf просмотр
bet24/54
Sana21.03.2020
Hajmi18.02 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54
partiyalar ko'pincha sun'iy tusda bo'ladi. Masalan, Xitoyda bunday partiya 

(ya'ni  sun'iy)laming  soni  sakkizta,  ular  jumlasiga  kiruvchi  ishchi- 

dehqonlar demokratik  partiyasi,  tibbiyot  ziyolilari  -  vakillarini  o'z  ichiga 

oladi.

Rivojlanayotgan mamlakatlarda yuqorida-ko'rsatib o'tilgan partiyalar 

bilan  bir  qatorda  shu  mamlakatdagi  o'ziga  xos  sharoitlar  tufayli  paydo 

bo'lgan  partiyalar  ham  bor.  A w alo  shuni  talddlash  kerakki,  milliy 

islohotchi partiyalar ba’zi  mamlakatlarda iqtisodiy mustaqillikka erishishga 

intilgan  holda, milliy kapitalni  rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratib, 

xorijiy  kapital  bilan  hamkorlik  qiladi.  Bunday  partiyalar  jumlasiga 

Hindiston  milliy  kongressi,  Meksika  institutsion-inqilobiy  partiyasini 

kiritish  mumkin.  “Inqilobiy-demokratfk  partiyalar”  “dunyo  sotsialistik 

tizimi”  inqirozga yuz tutganidan  keyin umuman  siyosat maydonidan ketdi 

yoki o'z mafkurasini o'zgartirdi.

Umuman  shuni  hisobga  olish «kerakki,  partiyaning  nomi  har  doim 

ham  uning  ijtimoiy-siyosiy  mohiy^tini  anglatavermaydi.  “Demokratik” 

deb  atalgan,  lekin  demokratiyadan  asar  ham  bo'lmagan  partiyalarni  ham 

uchratish  mumkin.  Masalan,  Germaniya  milliy-demokratik  partiyasi 

shunday  partiyalardan  bo'lgan.  O'zini  radikal  deya  nomlovchi  partiyalar 

borki,  ular amalda radikalizmdan uzoq,  aniqrog'i  undan  ancha uzoqlashib 

ketgan (masalan, Fransiyada, Shveysariyada).

Partiyaning  elektoratlari  ularning  ijtimoiy  negizlari  bilan  har  doim 

ham  belgilanavermaydi,  zero,  bir  negizning  o'zida  bir  nechta  partiya 

bo'lishi  ham  mumkin.  Ba’zan  mahalliy  va  hatto  oilaviy  siyosiy  an'analar 

ham katta ahamiyat kasb etishi mumkin.

Siyosiy  partiyalar  tashkiliy jihatdan  turli-tuman  bo'lishiga  qaramay 

ulami  ikki  asosiy  guruhga  bo'lish  mumkin:  rasmiy  va  norasmiy  siyosiy 

partiyalar.  Tashkiliy  jihatdan  rasmiy  (qonuniy,  qayd  etilgan,  ro'yxatga 

olingan) siyosiy partiyalar a’zolarming soni jihatdan odatda, unchalik ko'p 

emas,  ammo  ular yuqori  darajada uyushgan  va  qat’iy  intizomga  egadirlar. 

Ulami  kadrlar  partiyasi  deb  ham  atashadi.  Bunday  partiyalar  asosini

40 Rossiyada 90-yiIlar  arafasida  teskari  atama qu'llanilgan:  islobotlar uchun kurasbuvcliilar  so'llar deb, «ski  tuzuinni 

qaytarishni istaganlar va kommunistlar esa o'ng, ya’ni konservatorlar deb atalgan.

183


professional  markazlashgan  apparat tashkil etadi. Partiya lideri partiyaning 

barcha  ishlarini  hal  qiluvchi  so'zni  aytish  huquqiga  ega.  Siyosiy  va 

tashkiliy  masalalami  oldindan  muhokama  qilish  uchun  to'planadigan, 

partiyaning  tegishli  tadbirlarini  oldindan  hal  qiluvchi  oliy  darajali  partiya 

rahbarlaft guruhi ingliz tilida so'zlashuvchi mamlakatlarda KOKUSlar deb 

ataladi.  Bunday  partiyalarda  partiya  varaqasi  (bileti)ga  ega,  nizom 

talablariga  bo'ysunishga,  oylik  yoki  yillik  a’zolik  badallarim  (odatda 

daromadning  1%  gacha,  kamdan-kam  hollardal%  dan  ko'proq)  to'lashga 

majbur  bo'lgan  partiya  a'zolari  va  partiya  organlari  orasida  tashkiliy 

bog'liqlik  mavjud  bo'ladi.  Ko'pincha  bunday  partiyalarda  partiyaning 

rahbariy  organlarida  o'z  kvota  (ish  o'rni)siga  ega  bo'lgan  barqaror 

fraksiyalar  faoliyat  ko'rsatadi.  Tashkiliy  Jihatdan  rasmiylashtirilgan 

partiyalar jumlasiga  Avstriya  Xalq  partiyasi,  Hindiston  milliy  kongressi, 

GFR  xristian-demokratik  ittifoqi,  Frrnsiya  Sotsialistik  partiyasi  va 

boshqala? kkadi.

Bunday  va  shunga  o'xshash  ommaviy  partiyalarga  boshqa  jamoat 

tashkilotlari kasaba,  yoshlar,  ayollar  ittifoqlari  va  boshqalar ham bixika^. 

Masalan,  Fraawya  Kommunistik partiyasiga  kisaba  birlashmasi,  Umumiy 

Mehnat  Konfederatsiyasi  ham  kiradi,  Britaniya  leyboristlar  partiyasiga 

kasaba uyushmalari va matbuot jamiyatlari qo' Ailadi.

-Ekstremistik  partiyalar  odatda,  oMy  darajada  aarkazlashganligi  va 

uyushganligi,  qattiq  yarim  harbiy  intizomi  va  hokimiyatlaming  partiya 

dohiylari  qo'l  ostida  to'planganligi  bilan  ajralib  turadi.  Ular  lyupenlar va 

may da mulk egalarining bir cpsmiga suyanadilar. Ba'zas bunday partiyalar 

negizida harbiylashgan jangari guruhlar ham йшШШ ш Ш в .

Tashkiliy jihatdan  rasmiylashmagan partiyalarda «лойк degaa aarsa 

bo'lmaydi,  shuningdek,  partiya  oigralari  va  ta*sfdoibiri  bilaa  rasmiy 

aloqa,  bog'liqlik  ham  bo'lmeydi.  fcartiya  а’амАи*  pattiyaga  tegiafcliMc 

haqida  hech  qanday  hujjatg*  ega  bo'lmagidLlar,  paitiyawiy  intizomga 

bo'ysunishga  majbur  emaslar.  Professional  va  faoflardae  tashkil  topgan 

partiya apparasti  (mahkamasi)  asosan  saylov  kompaniyasi  davrida  faoliyat 

ko'rsatadi.  Bunday  partiyaJar  o'z  mohiyati ga  ko'ra,  saylov  (otdi) 

harakatlari 

hisoblanadi. 

Masalan, 

AQShdagi 

respublikachilar 

va 

demokratlar partiyasi bunga misol bo'la oladi.

Buyuk  Britaniya  va  boshqa  mamlakatlarda  parlamentdagi  partiya 

fraksiyasi, 

qolaversa, 

undan 

shakllangan 

hukumat 

parlamentdan 

tashqaridagi  partiya  organlariga  tobe  bo'lmaydi.  Aksincha,  aynan 

parlament  fraksiyasi  partiyaning  haqiqiy  rahbariyatidir.  Unf  bejizga 

parlament  partiyasi  deb  atashmaydi.  Mamlakatda  qat’iy  intizom  asosida

184


mustahkam  jipslashgan  parlament  partiyasi  o'z  yo'lboshchisi  rahbarligi 

ostida partiyaning siyosatini belgilaydi.

.Ko'pincha  siyosiy  partiyalar hududiy  tamoyil  asosida  tuziladi,  ya’ni 

partiya  tashkilotlarming  tuzilishi  saylov  okruglari  va  mamlakatning 

siyosiy-hududiy bo'linishi bilan belgilanadi.

Hududiy  tamoyili  kamdan-kam  uchraydi  (masalan,  Meksika 

insdtutsion-inqilobiy  partiyasi),  odatda  u  kommunistik  va  “inqilobiy- 

demokratik” partiyalar uchun xos.

Rivojlanayotgan  mamiakatlardagi  ko'pchilik  siyosiy  partiyalar faqat 

nomigagina  partiyalardir.  Ular  ba'zan  mamlakatning  butun  katta  yoshli 

aholisini  qamrab 

oladi, 

ularning  yo'lboshchilari  esa  ba'zan  abadiy 

yo'lboshchi  (dohiy)lar bo'lib qoladi  (Masalan,  Malavi  Kongressi  partiyasi 

kabi).  U yerda azaldan  hech qanday demokratiya bo'lmagan  va hozir ham

y °  q-

4-§.Siy«siy partiyalaming tashkiliy tuzilishi, tashkiliy-

rasnrijriackdrilgan va taehkiliy-rasmiylashtirilmagan

partipakur

Siyotiy  partiyalar  faoliyatining  murakkablashuvi,  jamiyatda  tutg&n 

o'mining  ochishi  uUming  yuridik  (huquqiy)  va  tashkiliy  mustahkam- 

lanishiga  olib  fcefcli.  Agar  XIX  asr  konstitutsiyalarida  siyosiy  partiyalar 

haqida  hech  «slab  o't#magan  bo'lsa  ham,  ammo  o'sha  davrdayoq 

partiyalar дк*Ы v* siyosiy hayotda o'ta muhim rol o'ynardi.

Siyosiy  partiyalaming  huquqiy  va  tashkiliy  mustahkamlanishi 

quyidagi  ikki  Ыг-biri  bilan o'zaro  bog'langan jarayonlarda:  bir tomondan, 

ulaming  maqeonni  konstitutsiyaviy  yo'l  bilan  mustahkamlanishida  va 

ikkinchi  tomondan,  ular  huquqiy  holatining  maxsus  qonun  bilan  batafsil 

belgilanishida namoyon  bo'ladi.  Keyingi jarayonga qonuniy institutlashuv 

deyiladi.

Qonuniy  institutlashuv  odatda,  siyosiy  partiya maqomining  quyidagi 

elementlarini o'z ichiga oladi:

1)  siyosiy  partiya  tushunchasi,  partiyaning  siyosiy  tizimi  va  davlat 

mexanizmida tutgan o'm i va roli;

2)  siyosiy partiyaning tashkil etilishi va tugadlishi shartlari va tartibi;

3)  partiyaning mafkurasi va aizomlariga qo'yiladigan talablar;

4)  ularning  tashkiliy  tuzilishi  va  faoliyat  tartibiga  qo'yiladigan 

talablar,

5)  partiyaning moliyaviy-iqtisodiy negizi;

185


6) 

partiyaning  ommaviy  hokimiyatlar  va  eng  aw alo  davlat  hamda 

o'zini  o'zi  boshqaruv vakillik  dtganlari  faoliyatida ishtiroki.  Kommunistik 

yakka  partiyaviy  tizim  va  bunga  muvofiq  tarzda  avtoritar  va  totalitar 

siyosiy  rejimlar  sharoitida  hukmron 

doiTalar  jamiyatdagi  yagona  davlat 



partiyasining  yetakchi  o'mini  ta'kidlaydilar.  Ular  yagona  partiyaning 

huquqiy  maqomini  tartibga  solishdan  ko'pincha  o'zlarini  chetga  oladilar: 

Bunda  ular  partiyaning  har  qanday  qonundan  ustunligidan,  binobarin, 

partiya  hokimiyati  uchun  hech  qanday  qonuniy  chegara  qo'yilmasligidan 

kelib  chiqadilar.  Yaqin  o'tmishda  xuddi  shu  hoi  Sobiq  Sovet  Ittifoqida 

mavjud edi.

Ikkinchi  jahon  urushidan  keyin  qabul  qilingan  barcha  demokratik 

konstitutsiyalar  ma’lum  darajada  siyosiy  partiyalar  haqidagi  muayyan 

me'yorlami  o'mata  boshladi.  Shu  tariqa  siyosiy  partiyalar  haqidagi 

konstitutsiyaviy  tamoyillar  shakllandi.  Konstitutsiyaviy  tamoyillar  joriy 

qonunchilikda-siyosiy  partiyalar  haqicagi  maxsus  qonun  hujjatlarida 

(masalan, 

Germaniyada), 

saylov 

haqidagi 

qonunlarda 

(masalan, 

Meksikada)  va  boshqalarda  o'z  aksini  topdi,  aniqlashtiiildi  va 

rivojlantirildi.  Bunday  qqnunchilik  siyosiy  partiyalar  konstitutsiyalash- 

tirilmagan  mamlakatlarda  ham  rivojlanmoqda.  Ba’zan  qonunlar,  faqat 

partiya maqomining qandaydir-bir tomonini  tartibga soladi  (partiyalaming 

moliyalashtirilishi kabi). Masalafi, buni  1965 yilda Shvetsiyada,  1969 yilda 

Finlandiyada,  1974  yilda..  AQShda  qabul  qilingan  tegishli  qonunlarda 

ko'rish mumkin.

Sharqiy  Yevropadagi  bir  qator  mamlakatlarda,  siyosiy  partiyalar 

maqomini  tartibga soluvchf qonunlar sotsialistik hokimiyatlar qulaganidan 

keyin tez orada qabul qilingan.  Masalan, Ruminiyada siyosiy partiyalar va 

jamoat tashkilotlarini  ro'yxatga  olish  va ulaming-faoliyati tartibi  haqidagi 

Dekret  Kommunistik  rejim  ag'darilgand&n  keyin  bir  hafta  o'tgach,  1989 

yil 31„dekabrda hukumat Milliy  qutqarish Fronti qo'liga o'tganidan  so'ng 

qabul qilingan.

Siyosiy  partiyalar  maqomining  konstitutsiyaviy-huqucjiy  tartibga 

solinishini  quyidagi misollardayaqqol ko'rish mumkin.

Yaponiya  Konstitutsiyasida  siyosiy  partiyalar  haqida  maxsus  aytib 

o'tilmaydi.  Uning  faqatgina,  21-moddasi  birinchi  qismida  quyidagicha 

belgilab qo'yilgan xolos,  “Yig'ilish va birlashish  erkinligi,kafolatlanadi...” 

GFR  Asosiy  qonunining  9-moddasida  esa  "barcha  nemislar  ittifoqlar  va 

jamiyatlar tashkil  etish  huquqiga egadirlar.  Maqsadlari  va faoliyati jinoyat 

qonunlariga  zid  bo'lgan  yoki  Konstitutsiyaviy  tuzumga  yoxud  xalqlar 

o'rtasidagi 

o'zaro 

hamjihatlikka 

qarshi 

qaratjlgan 

birlashmalar

186


taqiqlanadi"  deyiladi.  Ushbu  Konstitutsiyaning  21-moddasida  siyosiy 

partiyalar  haqida  alohida  gapiriladi.  Unda  ta'kidlanishicha,  “partiyalar 

xalqning  siyosiy  irodasini  shakllantirishga  ko'maklashadi.  Ular  erkin 

ravishda  tashkil  etilishi  mumkin.  Ularning  ichki  tuzilishi  demokratik 

tamoyillarga  mos  kelishi  lozim.  Partiyalar  mablag'lari  manbalari  va 

ulardan  foydalanish  to'g'risida,  shuningdek,  o'z  mol-mulki  haqida  omma 

oldida hisobot berishlari lozim”.  Bunday me'yorlar bilan yaqin o'tmishdagi 

gitlerchiiar  partiyasi  singari  (fyurer)ga  so'zsiz  bo'ysunishga  asoslangan 

ommaviy  partiyalar  tuzish  va  ular  yordamida  fashistik  diktatura 

(hukmronlik) o'matishga qaratilgan intilishlarning oldi olinadi.

GFR  Konstitutsiyasi  21-moddasi  2-qismi  mazmuni  ham  shu 

haqidadir:  "O'z  maqsadlarini  ko'zlab  yoki  o'z  tarafdorlarining  xulq- 

atvoriga  ko'ra  erkin  demokratik  tuzum  negizlariga  zarar  yetkazishga 

yoxud  uni  yo'q  qilishga  yoki  Germaniya  Federativ  Respublikasining 

mavjud 

bo'lishini 

xavf 

ostiga 

qo'yishga 

intiladigan 

partiyalar 

g'ayrikonstitutsiyaviydir.  Fayrikonstitutsiyaviylik  to'g'risidagi  masalani 

federal  Konstitutsiyaviy sud hal etadi”41.

Xuddi  shuningdek,  1991  yilda qabul qilingan Bolgariya Respublikasi 

Konstitutsiyasining  11-moddasida  siyosiy  partiyalar  huquqiy  maqomi 

quyidagicha belgilandi.

1.  Bolgariya  Respublikasidagi  siyosiy  hayot  siyosiy  fikr  erkinligi 

tamoyiliga asoslanadi.

2.  Birorta  ham  siyosiy  partiya  yoki  mafkura  davlat  partiyasi  yoki 

maflcurasi  sifatida e'lon qilinishi yoki tasdiqlanishi mumkin emas.

3. 

Partiya  fuqarolaming 

siyosiy  irodasini 

shakllantirish 

va 

ifodalashga  ko'maklashadi.  Siyosiy  partiyalarni  tashkil  etish  va  tarqatib 

yuborish,  shuningdek,  ulaming  faoliyat  ko'rsatish  tartibi  shartlari  qonun 

bilan tartibga solinadi.

4.  Etnik,  irqiy  yoki  diniy  asosdagi  siyosiy  partiyalar,  shuningdek, 

davlat  hokimiyatini  zo'rlik  bilan  tortib  olishni  maqsad  qilib  qo'ygan 

partiyalarni tashkil etish mumkin emas”.42

Ko'rinib  turibdiki,  keltirilgan  moddaning  4-qismidagi  shartlilik 

Bolgariya  uchun  muhim  bo'lgan  turk-musulmonlar  ozchiligi  muammosi 

bilan  bog'liq.  Ko'rsatib  o'tilgan  taqiqlarga  qaramay,  ushbu  ozchilik  o'z 

partiyasini  tuzgan.  Bu  -   huquq va erkinliklar harakati  bo'lib,  u  Bolgariya 

parlamentida  o'ziga  yarasha  o'rniga  ega.  Biroq  bu  partiya  rasman  uning 

nomidan ham ko'rinib turibdiki, etnik ham emas, diniy e’tiqod asosida ham

41

  Jah o ti 



KonsliluLsiyalari. 

£ j ild   -Т.: 

O'zbekislon Respublikasi IIV Akademiyasi

2 0 0 ! . 

384-b.

42  l a h u n  



konsiimtsiyalari. I jild. 

T   :  O '

zbekiRiou Respublikasi IIV Akademiyasi, 2001. 309-b.

187


tuzilgan  emas,  chunki  huquq  va  erkinliklami  himoya ^ilinishi  etnik  yoki 

diniy 

manfaatni 

ko'zlamaydi, 

umummilliy 

manfattni 

ko'zlaydi. 

Konstitutsiyaviy  sudda  ushbu  partiyaning  huquqqa  mosTgini  tekshirish 

masalasi  ко'rib chiqilgan bo'lsa ham lekin hech qanday natija btrmadi.

Ba'zi  sharqiy  Yevropa  mamlakatlarida  (Masalan,  Bolgariya, 

Xorvatiyada)  siyosiy  partiyalar  haqidagi  qonunlar  siyosiy  partiyalarni 

ishlab  chiqarish prinsiplariga ko'ra,  ya'ni  ish joyi  bo'yicha tashkil qilishni 

man  etadi  va  partiyaviy  tuzilmalarni  hududiy  prinsiplarga  ko'ra  tashhil 

etish  tartibini  o'matadi.  Kommunistik  totalitar  rejimlar  sharoitida  aynan 

shu ishlab chiqarish prinsipi asosida partiya tuzilmalari barpo qilish tartibi 

boshlang'ich  partiya  tashkilotlari  orqali  ommani  rahbarlarga  so'zsiz  tobe 

qilishni ta’minlagan edi:  bunda korxona va muassasalar partiya qo'mitalari 

nomenklaturasida hisobda turuvchi  direktorlar tomonidan  boshqarilardi  va 

unga  ko'ra  partiya  a’zolari  uchun  taqiqlangan  xatti-harakatlar  ularga 

nafaqat  partiyaviy,  balki  ma'muriy  jazolar  olish  xavfini  solardi.  Farbiy 

Yevropa mamlakatlarida esa bunday muammo yo'q edi va ishlab chiqarish 

prinsipi  bo'yicha  partiya  tashkilotlari  tuzishga  to'sqinliklar  ham 

bo'lmagan.

Germaniyaning  1967  yilgi  siyosiy  partiyalar  to'g'risidagi  qonuni 

partiyalar  tuzish  tartibini  yanada  batafsil  belgilab  berdi.  Qonun 

partiyalaming maksimal darajada demokratik bo'lishini talab qiladi.

Qonunchilik ko'pincha siyosiy partiyalaming ommaviy axborot vosi­

talari,  avvalo,  elektron  vositalar-radio  va  televideniyedan  foydalanishlari 

tartibini  ham  belgilab  beradi.  Albatta,  bunda  yetakchi  partiyalarga  ba'zi 

ustunliklar beriladi.  Bunday holm Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston 

misolida ko'rish mumkin.

Siyosiy 

partiyalar  va  boshqa 

siyosiy  jamoat  birlashmalari 

(tashkilotlari)ning  siyosiy  jarayonda  tutgan  yuqori  o'mi  ulaming 

rahbarlikka da’vo qilishini, ya'ni  davlat bilan o'zaro munosabati arming bir 

qolipga  keltirilishini  talab  qiladi.  Davlat  ichida  qanday  siyosiy 

birlashmalar  faoliyat  ko'rsatayotganini,  ulardan  qaysi  biri  to'la-to'kis 

konstitutsiya  va  qonunlarga  muvofiq  faoliyat  yuritayotganligini  bilishi, 

ularga  zarur  shart-sharoitlami  yaratib  berishi  lozim.  Siyosiy  jamoat 

birlashmalarining faoliyati  davlat uchun ham, umuman jamiyat uchun  ham 

to'la-to'kis  ma'lum  bo'lmog'i  lozim.  Siyosiy  partiyalar va  boshqa jamoat 

tashkilotlari  (birlashma)larini  ro'yxatga  olish  instituti  ushbu  maqsadlar 

yo'lida xizmat qiladi.  Faqat ro'yxatga olingan partiyalar va boshqa siyosiy 

birlashmalargagina ommaviy hokimiyatlar organlariga saylovlarda ishtirok

188


etish,  ular  bilan  o'zaro  munosabatda  bo'lish  va  zarur  hollarda  davlat 

himoyasi va yordamini olishga ruxsat etiladi.

Siyosiy  tashkiiotlaming  partiyalar  huquqiy  maqomini  qo'lga 

kiritishlari  tartibi  nuqtai  nazaridan  mamlakatlami  to'rt  guruhga  ajratish 

mumkin:

1.  Muayyan  tashkilotning  partiya  deb  tan  olinishi  uchun  o'zini 

partiya  deb  e’lon  qilishi  yetarli  elektoratini  to'plagan  davlatlar.  Bu 

guruhdagi  mamlakatlar  soni  asta-sekin  kamayib  bormoqda.  Biroq  ular 

qatorida Buyuk Britaniya, Avstraliya,  Yangi Zelandiya kabi davlatlar hozir 

ham mavjud.

2. 

Qonunchilik 

partiyalarning 

qandaydir 

davlat 

organlarida 

ro'yxatdan  o'tishini  talab  qilmaydigan,  biroq  tashkilotlaming  partiya 

maqomini qo'lga kiritishi uchun o'zi hujjatlarini tegishli organlarga taqdim 

etishi  lozim.  Masalan,  GFRda  partiyalar  Federal  saylov  komissiyasiga 

o'zking  dasturi,  nizomi  va  boshqaruvi  haqidagi  ma'lumotlarni  taqdim 

etishi lozim.  Komissiya esa partiyalar tomonidan saylovlarda ishtirok etish 

uchun ilgari surilgan nomzodlar ro'yxatlarini va nomzodlarga ijozat berish 

masalasini  hal  qilishda  har  bir  partiyaning  shu  kabi  xususiyatlarini 

tekshirish  huquqiga  ega.  Avstriyaning  partiyalar  to'g'risidagi  qonuniga 

binoan,  siyosiy  partiya  o'z  mzommi  IlVga  taqdim  etishi  bilan  yuridik 

shaxs maqomiga ega bo'ladi.

3. 

Qonunlari 

partiyalaming 

majburiy 

ro'yxatidan 

o'tishini 

belgilaydigan  mamlakatlar.  Ularda  partiyalarni  ro'yxatdan  o'tkazish 

huquqi  turli  organlarga,  avvalo  davlat  boshqaruv  organlariga  beriladi. 

Masalan,  Ispaniya,  Italiya  va  Fransiyada  partiyalarni  ro'yxatdan 

o'tkazishni  Ichki  ishlar  vazirligi  amalga  oshiradi.  Qozog'iston,  Benin, 

Belgiya va Niderlandiyada- Adliya vazirligi, AQSH shtatlarida esa mazkur 

shtatlaming davlat  sirlari  kompetensiyasi  tomonidan  partiyalar ro'yxatdan 

o'tkaziladi.  Ba’zi  mamlakatlarda  partiyalarni  ro'yxatdan  o'tkazishni  sud 

organlari boshqaradilar (masalan,  Portugaliyada,  Oliy  sud raisi,  Angolada, 

Oliy  xalq  sudi).  Qator  mamlakatlarda  partiyalarni  ro'yxatdan  o'tkazish 

saylovlar  o'tkazish  uchun  tashkil  qilingan  organlar  ixtiyoriga  berilgan 

(Meksikada, Federal  saylov komissiyasi, Hindistonda, Saylov komissiyasi, 

Shvetsiyada  esa  qaysi  muassasa  markaziy  saylov  organi  hisoblanishi 

hukumat  tomonidan  aniqlanadi,  ayni  vaqtda  bu  organ  bosh  soliq 

boshqarmasi 

hisoblanadi). 

Nikaraguada  boshqa  mamlakatlardagiga 

o'xshamagan  o'ziga  xos  organ,  siyosiy  partiyalaming  Milliy  kengashi 




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling