O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar


Partiyaning xo'jalik faoliyatlaridan oladigan daromadlari partiya ixti-


Download 18.02 Mb.
Pdf просмотр
bet26/54
Sana21.03.2020
Hajmi18.02 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54
Partiyaning xo'jalik faoliyatlaridan oladigan daromadlari partiya ixti- 

yoridagi  korxonalardan,  partiya  mulki  va  targ'ibot  faoliyatidan  oladigan 

daromadlaridir.  Ko'p  davlatlarda  bunday  faoiiyatlar  soliqlardan  ozod 

qilinadi  yoki  soliqlar  miqdori  kamaytiriladi,  lekin  ba'zan  partiyalarning 

nizomiy  vazifalari  bilan  bevosita  bog'liq  bo'lmagan  tadbirkorlik  faoliyati 

bilan  shug'ullanish  imkoniyatlari  cheklab  qo'yiladi.  (Masalan,  Bolgariya, 

Vengriya, Italiya, Meksika, Fransiya va boshqalar).

Jumladan,  Vengriyada  1989  yildagi  partiyalar  faoliyati  va  ular  to- 

monidan xo'jalik faoliyati yuritish haqidagi qonunga muvofiq  partiyalarga 

quyidagi ho'jalik faoliyatlari bilan shug'ullanish ruxsat etiladi:

a) 

siyosiy  maqsadlar  va  partiya  faoliyati  bilan  tanishtirish  uchun 

mo'ljallangan  nashrlarni  chiqarish  (bosib  chiqarish)  va  tarqatish,  partiya

1%



ramzi  tushirilgan  ko'krak  nishonlari  va  boshqa  shunga  o'xshash 

predmetlami tayyorlash va partiya tadbirlarini uyushtirish;

b) 

ulaming  mulki  ixtiyorida  bo'lgan  ko'chmas  va  boshqa  turli 

mulklardan foydalanish.

Bu  doirada  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlami  sotish  va  xizmatlar 

ko'rsatishda  soliqdan  va  jamiyat  uchun  ushlanadigan  soliqlardan  ozod 

qilinadi.  Partiya  va  korxona  tashqaridan  boshqalarning  ishtirokisiz 

mas’uliyati  cheklangan jamiyatlar  ochishi  mumkin,  biroq  boshqa  xo'jalik 

birlashmalarida hissador bo'la olmaydi.  Partiyalarga  o'z  pul  mablag'larini 

qimmatbaho  qog'ozlarga  qo'yishga  ruxsat  etiladi.  Biroq  aksiyalar  sotib 

olish  bundan  mustasno.  Partiya  tarqatib  yuborilishi  yoki  parchalanishi 

natijasida  uning  faoliyati  to'xtashi  holatlarida  uning  mulki  kreditorlar 

talablari  qondirilganidan  keyin  parlament  tomonidan  ta’sis  etilgan 

jamg'arma  ixtiyoriga  o'tadi.  Jamg'armaning  maqsadlari  va  uni  ishlatish 

usuli  parlament tomonidan tayinlab qo'yiladigan qo'mita tomonidan ishlab 

chiqiladi  va  har  partiyadan  bittadan  umummillat  ro'yxati  bo'yicha 

manfaatdorlar  olgan  vakilni  o'z  ichiga  oladi.  Jamg'armani  ta’sis  qilish 

haqida qaror qabul qilish uchun parlamentda ishtirok etayotganlarning  2/3 

ovozi  talab  qilinadi.  Agar partiya tarqalib ketadigan  bo'lsa,  u  holda uning 

o'zi  bunday  jamg'armani  ta’sis  etishi  yoki  qolgan  mulkni  mavjud 

jamg'armaga taklif etishi mumkin.  Bunday tartibga solish shundan dalolat 

beradiki, partiyaning mulki Vengriya qonunchiligida xususiy mulk sifatida 

emas, ommaviy mulk sifatida qaraladi.

Qonunchilik  siyosiy  partiyalarga  davlat  tomonidan  pul  yordami 

ajratilishi  tizimini  batafsil  tartibga  soladi  (albatta,  bunday  tizim  qayerda 

mavjud  bo'lsa).  Bunday  ajratma  partiyaning  saylovlarda  ishtiroki  bilan 

bog'liq  bo'ladi.  Biroq  ba'zan  partiyaviy  guruhlaming  parlamentdagi 

faoliyati va umuman faoliyati uchun davlat pul yordamlari ajratadi.

Masalan,  Ispaniyaning  1978  yilgi  siyosiy  partiyalar haqidagi  qonuni 

siyosiy  partiyalarga  davlat  tomonidan  pul  mablag'lari  ajratilishining 

quyidagi  qoidalarini  belgilaydi:  har  bir  partiya  har  yili  parlamentning 

ikkala  palatasiga  saylovlarda  partiya  tomonidan  olingan  ovozlar  soni, 

shuningdek,  har  bir  palatadagi  o'rinlar  soniga  proporsional  miqdorda 

mablag'  oladi.  Davlatning  Bosh  (asosiy)  budjetida  ushbu  maqsadlarga 

ajratilgan umumiy miqdor ko'rsatiladi, xolos.

Saylovlarda  federatsiya  yoki  koalitsiya  (partiyalar  ittifoqi)ga  kirgan 

partiyalarga  davlat  mablag'i  ajratish  tartibi  hukumat  akti  bilan  belgilab 

qo'yiladi.  Ispaniyaning  1987  yilgi  qonuniga  binoan  partiyalar  uch  xil 

turdagi  maqsadli  to'lovlar  (subvensiya)lardan  foydalanadilar:  saylovlar

197


sarf-xarajatlari  uchun  ommaviy  maqsadli  to'lovlar,  Bosh  korteslar 

palatalarining  parlament  guruhlari  (fraksiyalari)ga,  avtonom  (muxtor) 

hamjamiyatlar  guruhlariga  davlat  subvensiyaiari,  yillik,  hech  qanday 

shartsiz,  deputatlar  kongressida  ko'rsatilgan  partiyalarga  davlat  Bosh 

budjetidan 

to'lanadigan, 

partiyaning 

faoliyat 

ко'rsatish 

uchun 

mo'ljallangan  davlat  subvensiyaiari.  Bunga  ajratilgan  mablag'  miqdori 

uchta  teng  qismga  bo'linadi.  Ulardan  bin  partiyalar  o'rtasida  deputatlar 

kongressida  ular  olgan  o'ringa  proporsionai  holda  taqsimlanadi.  Qolgan 

ikki  qismi  partiyalar  olgan  ovozlar  soniga  proporsionai  miqdorda 

taqsimlanadi,  biroq  haqiqiy  hisoblangan  ovozlaming  umumiy  sonidan 

partiya  uchun  berilgan  3%dan  kam  bo'lgan  saylov  okruglarida  olingan 

ovozlar  hisobga  olinmaydi.  Subvensiyaning  oxirgi  turi  agar  partiya 

budjetdan  qandaydir  boshqa  moliyaviy  yoki  iqtisodiy  yordam  olayotgan 

bo'lsa, to'lanmaydi (dastlabki ikki turdagi subvensiyadan tashqari).

Partiyaning  moliyaviy  mablag'lardan  foydalanish  haqida  hisobodar 

berishi  uchun, odatda, qonunlarda hisobot hujjatlarining muddati  va shakli 

belgilab  qo'yiladi.  Bu  muddatlar  turli  mamlakatlarda  turlicha  bo'ladi: 

Italiyada hisobot tugagandan keyin bir oy,  Vengriyada, to'rt oy, Ispaniyada 

olti  oy,  Avstriya  va  Germaniyada  to'qqiz  oy.  Ko'pincha  hisobotlaming 

chop etilishi talab  etiladi.  Siyosiy partiyalar moliyaviy hisobotlar bilan bir 

qatorda  ba’zan  qonunlarga  muvofiq  nazorat  organlariga  boshqa  hisobot 

hujjatlari  ham  taqdim  etishga  majburdir:  partiya  mulki  haqida  hisobot 

(Germaniyada),  xayri-ehsonlar  ro'yxati  (Avstriya,  Ispaniya),  partiya 

budjeti  (Italiya),  shuningdek,  saylov  kompaniyalari  bilan  bog'liq  daromad 

va chiqimlar haqida ma’lumotlar berilishi ko'pincha talab etiladi.

Siyosiy  partiyalarning  moliyaviy  mablag'lari  ustidan  nazorat  turli 

organlar  tomonidan  amalga  oshiriladi:  Avstriyada,  ichki  ishlar  vazirligi 

qoshidagi  hay’at  tomonidan,  Meksika  va  AQShda,  federal  saylov 

komissiyasi  tomonidan,  Vengriyada,  davlat  hisob  palatasi  tomonidan, 

Ispaniyada esa hisob tribunali (sudi) tomonidan.

Moliyaviy  buzilishlar  va  suiiste’mollar  uchun  siyosiy  partiyalarning 

mas'uliyati (javobgarlik)lari odatda ancha qattiq  belgilangan.  Asosan bular 

uchun  jarimalar  va  qonunga  xilof  ravishda  olingan  mablag'lar  va 

mulklaming  davlat  hisobiga  tortib  olinishi,  ba’zi  mamlakatlarda  esa 

partiyalarning  davlatdan  subsidiyalar  olish  huquqidan  mahrum  qilinishi 

(Fransiya)  va  aybdor shaxslarning  ozodlikdan  mahrum  qilinishi  kabi jazo 

choralari  (Italiyada buning  uchun 6  oydan 4  yilgacha  ozodlikdan  mahrum 

qilish jazolari) qo'llaniladi.

198


17-bob. Jamoat birlashmalari (nosiyosiy jamoat birlashmalar) 

siyosiy tizimning element! sifatida

1-§. “Jamoat birlashmalarining turlari, vazifalari va

mohiyati tushunchasi”

2-§. “Tadbirkorlik tashkilotlari”

3-§. “Kasaba uyushmalari, iste’molchilar uyushmasi va

hokazolar”

l-§. “Jamoat birlashmalarining turlari, vazifalari va

mohiyati tushunchasi”

Aholining  turli  manfaatlari  nafaqat  davlat  organlari  va  siyosiy 

partiyalar  orqali  amalga  oshiriladi.  Xorijiy  davlatlar  siyosiy  tizimlarida 

ijtimoiy-iqtisodiy  va  ijtimoiy-madaniy  notijorat jamoat  uyushmalari  katta 

ahamiyat kasb etadi. Ular turli tuman, bular, kasaba uyushmalari, fuqarolik 

tashabbuslari,  tadbirkorlar,  iste'molchilar  uyushmalari,  ekologik  va 

patsifistik  tashkilotlar  va  harakatlar,  madaniy  uyushmalar,  ayollar 

harakatlari  va  tashkilotlar,  yoshlar  uyushmalari,  milliy  uyushmalar, 

xayriya  jamg'armalari  va  b.  Bunday  tashkilotlar  qancha  ko'p  bo'lsa, 

qancha  fuqarolar  ularda  faol  ishtirok  etishi  bilan  demokratiya  turg'unligi 

belgilanadi.  S.M.  Lipsetning  aytishicha,  fuqarolar  bir  vaqtning  o'zida  bir 

necha  siyosiy  ahamiyat  kasb  etgan  uyushmalar  a'zolari  bo'lgan  taqdirda 

demokratiya turg'unligi oshib boradi.

Jamoatchilik  uyushmalarining  tashkil  qilinishidagi,  faoliyat  turi  va 

ulami  birlashtirib  turuvchi  doiraning  farq  qilishiga  qaramay,  ulami  bir 

guruhga birlashtirib turuvchi umumiy belgilar mavjud.

Birinchidan,  ular  o'z  oldiga  daromad  olishni  maqsad  qilib 

qo'ymaydi.  Ushbu  uyushmalaming  notijorat  belgisi  ularga  tijorat 

tashkilotlari  ustidan  tashkiliy-texnik  ustuvorlikni  berib  turadi.  Masalan,  u 

yoki  bu xo'jalik  faoliyatiga  davlat monopoliyasining  o'matilishi  ko'rsatib 

o'tilgan  jamoatchilik  uyushmalari  uchun  to'siq  bo'la  olmaydi,  ulaming 

litsenziya  olishi  talab  qilinmaydi.  Bu  hoi  Konstitutsiyada  ham  ko'rsatib 

o'tilgan.

Dckinchidan,  ushbu jamoatchilik  uyushmalarining ko'pchiligi  siyosiy 

hayotda  faol  ishtirok  etib,  davlat  siyosatiga  sezilarli  ta'sir  ko'rsatadi. 

Ulaming  ko'pchiligining  (kasaba  uyushmalari,  tadbirkorlar  uyushmalari, 

ayollar uyushmalari  va h.k.)  samaradorligi  to'g'risida  ulaming  a'zolari  va 

jamiyat  siyosiy  qarorlarga  ta'sir  ko’rsatishdagi  roli  qay  darajada 

oqlanishidan kelib chiqqan holda fikr yuritadilar.  Shunga qaramay,  siyosiy

199


faoliyat  olib  borish  ulaming  yagona  maqsadi  bo'la  olmaydi  (siyosiy 

partiyalardan  tashqari,  albatta).  Odatda,  ushbu  uyushmalar  davlatga 

tashqaridan  ta'sir  ko'rsatib,  siyosiy  partiyalar  esa  davlat  hokimiyatini 

egallashni  maqsad  qilib  qo'yishadi.  Tarixda  kuzatiladigan  istisno  hollar 

(masalan,  Polshadagi  Ittifoq  kasaba  uyushmasi)  buni  tasdiqlashi  mumkin. 

Ijtimoiy-iqtisodiy  va  ijtimoiy-madaniy  uyushmalarining  bosh  vazifasi 

ulaming  a'zolarining  ustav  va  dastur  hujjatlarida  e'lon  qilingan 

manfaatlami  aniqlash  va  amalga  oshirishdan  iborat.  Bunga  konstitutsion 

me'yorlar guvoh  bo'lishi  mumkin.  Masalan,  Bolgariya  Konstitutsiyasining 

12-moddasi  1-qismida  ko'rsatilganidek,  Fuqarolar  uyushmalari  ularning 

manfaatlarini qondirish va himoya qilishga xizmat qiladi.

Ijtimoiy-iqtisodiy  va  ijtimoiy-madaniy  jamoatchilik  uyushmalari 

uyushmalarga xos belgilarga egadirlar. Uyushmalarga xos bo'lgan belgilar 

turli mamlakatlarda turlicha bo'lsa ham umumiy bo'lgan belgilar mavjud.

Demokratik davlatlar siyosiy hayotida jamoatchilik uyushmalari  turli 

vazifalami  bajaradi,  ahoiining  ayrim  qatlamlari  va  guruhlarining 

manfaatlarini  aniqlaydilar,  deputat  va  ma'muriyat  organlarini  ushbu 

manfaatlami  hisobga  olish  va  davlat  siyosatini  olib  borishga  yo'naltiradi. 

Davlat  va  jamoatchilik  hayotining  turli  jihatlari  bo'yicha  jamoatchilik 

fikrini  shakllantiradilar,  saylovchilami  ushbu  tashkilotni  qiziqtiruvchi 

muammoni  yechuvchi  deputatlar  yoki  deputatlikka  nomzodlar  atrofiga 

yig'adilar.

Jamoatchilik  uyushmalari  barcha  davlatlarda  hukumat,  parlament, 

OAV  va  siyosiy  partiyalar  bilan  tor  aloqalar  o'matgan.  Bu  aloqalar, 

odatda,  institutlashtirilmagan.  Masalan,  jamoatchilik  uyushmalarining 

qonun  ijodkorligi  faoliyatida  ishtirok  etishi  o'matilgan  urf-odatlar  va 

an’analar  asosida  amalga  oshiriladi.  Shvetsiyada,  masalan,  Hukumat  va 

jamoa  uyushmalarining  aloqalari  qonun  tomonidan  tartibga  solingan. 

Qonun  loyihalarini  tayyorlashda,  vazirliklar  barcha  manfaatdor  tomonlar 

ishtirok  etishi  mumkin  bo'lgan  maxsus  komissiyalar  tashkil  qilishadi. 

Komissiyada  loyiha  yaxshilab  ко'rib  chiqilgandan  keyin  vazirlik 

tomonidan  qiyomiga 

yetkaziladi 

va  yana  komissiya 

tomonidan 

ma'qullanadi  hamda  jamoat  uyushmalariga  ко'rib  chiqish  uchun 

yo'naltiriladi.  Taklif  qilinganlami  Hukumat  ко'rib  chiqib  hisobga  olgan 

holda qonun loyihasi ma'qullanadi, keyin Riksdagga kiritiladi.

Bir turdagi jamoat uyushmalari,  odatda,  boshqa  turdagi jamoatchilik 

uyushmalari  bilan  tor  hamkorlik  qiladi,  bu  esa  yaxshi  natijalarga  olib 

keladi.  Shu  bilan  birga jamoa  uyushmalarining  kuchli  mafkuraviy  ta’siri 

haqida  ham  to'xtalib  o'tish  lozim.  Ular  dunyoni  anglashning  o'ziga  xos

200


tushunishiga 

olib 

kelib, 

muvofiq 

mafkuralar 

shakllantirilishini 

ta'minlaydilar  (masalan,  an'anaviy  siyosiy  va  ijtimoiy  institutlarni  tanqid 

qiluvchi  va  yangi  tuzila,  loyihalar  taklif  etayotgan  muqobil  harakatlarda 

ifoda  etiladi).  Mafkuraviy  ta'sir  tor  sinfli  va  tor  guruhli1 manfaatlarini 

taqdim 

etuvchi 

jamoat 

uyushmalaming 

dasturlariga 

kiritilgan 

umumijdmoiy  xarakterdagi qoidalarning kiritilishi bilan ham ta'minlandi.

Siyosiy rejim  va a'zolaming  faolligiga muvofiq,  har qanday davlatda 

jamoatchilik uyushmalari turlicha vazifalami  bajarishlari mumkin.

1)  jamoa  uyushmalari  siyosiy  tizimdagi  muqobil  harakadami 

vujudga keltiradi.

Keyingi  o n   yillikda  Yevropa  davlatlarida,  AQSH  va  Kanadada 

muqobil  harakatlar  va  tashkilodar  keng  tarqala  boshladi.  Ulaming 

dasturiari  turli  jabhalarni  o'z  ichiga  olib,  ular  antiateizmdan  tortib  o'zini 

o'zi  boshqaruvning  yangi  shakllarini  rivojlantirishgacha, 

ulaming 

dasturiari  amaliyotga tatbiq qilinib,  ijtimoiy siyosatni  yangi  mazmun bilan 

to'ldirmoqda,  texnosfera  va  sotsiosfera,  sanoat  va  inson  o' rtasidagi 

aloqalami  qayta  qurmoqda.  Muqobil  uyushmalar  insonlar  o'rtasidagi 

nomuvofiqlik  tabiatdagi  ishlaming  real  holatiga  to'g'ri  kelishidan  kelib 

chiqadi.  Muqobil  uyushmalaming  fikricha,  muammo  ishchi-immigrantlar, 

qariyalar,  etnik  xalqlar va yoshlarda  emas,  balki  u  yoki  bu  muammolarni 

yecha  olmayotgan  tizimda.  Ijtimoiy  rivojlanishning  va  shaxs  rivoji 

plyuralizm  g'oyalaridan  kelib  chiqqan  holda,  o'zini  o'zi  boshqaruvning 

sanoat jamiyatining ekoijtimoiy jamiyatga aylantiradigan shakllarini ishlab 

chiqish  va  tatbiq  qilishga  intiladilar.  Muqobil  uyushmalar  iqtisodning 

taraqqiyoti  uchun  zarur  bo'lgan  dasturlami  qabul  qiladilar,  soliq  tizimini 

tubdan  isloh  qilishga  ovoz  beradilar,  ijtimoiy  farovonlik  ne'matlarini 

umuman  boshqa  asoslarga  ko'ra,  taqsimlashni,  ishlab  chiqarish, 

ayirboshlash, turmush tarzida yangi shakliar yaratishni taklif qiladilar.

Muqobil  uyushmalar  taklif  qilayotgan  fikrlar  qarama-qarshi  bo'lib, 

davlat organlari  tomonidan  qabul  qilinsada,  ularni  amalga oshirish  siyosiy 

tizimni rivojlantirish imkoniyatini kengaytiradi.

2)  jamoa  uyushmalari  ijdmoiy  institutlaming  faoliyat  yuritishlari 

uchun zarur shart hisoblanadi.

Ijtimoiy-siyosiy 

va 

iqtisodiy 

plyuralizm 

davlatlarida  jamoa 

uyushmalarining  faoliyati  ijodiy  va  davlatning  ijtimoiy  siyosatini  amalga 

oshirishning  zaruriy  davomidir.  Bunday  hollarda  davlat  organlari  jamoa 

uyushmalari  bilan  hamkorlik  qilishga  intiladi  va  muvofiq  davlat 

tuzilmalari tuziladi.

3)  jamoa  uyushmalari  tuzilishiga  ko'ra  rivojlanmagan  davlat

201


tuzilmalarini to'ldiradilar.

Jamoa  uyushmalari  bunday  rolni,  odatda kam  rivojlangan  tuzilishga 

ega  davlatlarda  bajaradilar.  Masalan,  Senegaldagi  tariqatlar  bunga  yaqqol 

misol  bo'Ia  oladilar.  Ular  bevosita  o'zlarining  faoliyatlaridan  tashqari 

qishloq  va  ayrim  shaharlardagi  jamoatchilik  tartibni  saqlab  turishga 

yordam  beradilar,  dehqonlaming  davlat  soliqlarini  yig'ish  va  to'lashini 

ta'minlaydilar, saylov kompaniyalari davrida dehqonlami  safarbar qiladilar 

(o'z  manfaatlari  yo'lida).  Ushbu  organlarning  hokimiyati  va  ulaming 

davlat ishlariga ta'siri juda kattadir.

4) 

Jamoa  uyushmalari  davlat  qo'lidagi  qurol  sifatida  ish  olib 

borishlari  mumkin.

Totalitar  turdagi  jamoa  uchun  davlat  hokimiyatining  rahbarlik 

qilayotgan  partiya  hokimiyati  bilan  birlashishi,  siyosiy  xokmiyatga  ega 

boshqa partiyalaming yo'q qilinishi xosdir. Ayrim davlatlarda, bu jismoniy 

yo'q  qilish  bo'lsa,  boshqa  mamlakatlarda  -   siyosiy  (unisi  va  bunisi 

birgalikda bo'lgani hollari ham mavjud).

Totalitar  va  avtoritar  rejim  sharoitida  jamoatchilik  tashkilotlari 

fantom  xarakterga  ega  bo'ladi.  Ulaming  real  vazifasi  va  amal  qilish 

maqsadi  -   partiya,  davlat  siyosatini  olib  borish;  undan  tashqari,  jamoa 

tashkilotlari  orqaii  milliy  daromad  qismlarining  “qonuniy”  qayta 

taqsimlanishi sodir bo'ladi.

Totalitar  rejimlaming  qulashi  demokratik  asosda  yaratilgan  jamoa 

tashkilotlarining  yemirilishi  va  turli  jamoa  uyushmalarning  yaratilishiga 

olib keladi.

Shakliga  ko'ra,  jamoa  uyushmalari  turlichadir.  Ulaming  bir  qismi 

ittifoq, jamoa deb  nomlanuvchi jamoa  tashkilotlaridir.  Boshqa qismi  -  bu 

ijtimoiy  harakatlardir.  Jamoa  tashkilotlari  va  ijtimoiy  harakatlar  quyidagi 

belgilarga ko'ra farqlanadi:

1)

  tuzilishiga  ko'ra. 

Jamoa  tashkilotlari  aniq  tuzilishga  ega  bo'lib, 

nizomda  rahbariy  organlariga  ega.  Jamoa  harakatlari  tashkillashtirilishga 

ko'ra  turli  darajaga  ega.  Ayrimlariga  umuman  a'zolik  va  ichki 

demokratiyaning tashkiliy shakllari xos emas.

2) 

jam oa  hayotiga  ta'sir  ко'rsatish  uslubiga  ko'ra. 

Ijtimoiy 

tashkilotlar,  odatda,  an'anaviy  uslublardan  iborat.  Ijtimoiy  harakatlar 

an'anaviylar 

bilan 

bir 

qatorda, 

institutlashtirilmagan 

uslublardan 

foydalanadilar.

3

)fa o llik  darajasiga  ko'ra. 

Jamoa tashkilotlar uchun odatda,  liderlik 

xos  bo'ladi,  ijtimoiy harakatlar uchun -  guruh  faolligining yuqori  darajasi 

xos bo'ladi.

202


4) 

demokratiya  shakllarini  qo'llashiga  ko'ra.  Jamoa  tashkilotlarida 

qaror qabul  qilishda,  vakillik  demokratiyasining  modeli  ustuvorlik  qiladi, 

ijtimoiy harakatlarda esa -  bevosita demokratiya ustuvor hisoblanadi.

Nosiyosiy  (ba'zida  siyosiy)  jamoa  uyushmalarining  alohida  turiga 

jamg'armalarfti  kiritsa  bo'ladi.  Tadqiqot  institutlarini  ham  shu  jumlaga 

kiritish mumkin.

Jamoalaming  bu  turlari  bir  turli  bo'lmay,  hammasi  ham  jamoa 

uyushmalari deb hisoblana olmaydi.

Davlat  tomonidan  ommaviy  vazifalaming  taqdim  etilishi  keng 

tarqaigan  hoi  bo'lib,  biroq  bu  hamma  davlatlarda  ham  kuzatilavermaydi. 

Ayniqsa,  sotsial  mamiakatlardagi jamoa  uyushmalarda ommaviy vazifalar 

yaqqol  ifoda  etilgan.  Jamoa  uyushmalaming  rahbar  organlari  qonun 

tashabbuskorligi  huquqiga  egadirlar.  Masalan,  Kuba  Konstitutsiyasining 

86-moddasi  “d”  bandi  mazkur  huquqni  kuba  ishchilari  kasaba  uyushmasi 

markazining milliy qo'mitasiga taqdim etadi.



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling