O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar


l-§.Q on u nlar (konstitutsiyaviy, organik va oddiy qonunlar)


Download 18.02 Mb.
Pdf просмотр
bet3/54
Sana21.03.2020
Hajmi18.02 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54

l-§.Q on u nlar (konstitutsiyaviy, organik va oddiy qonunlar)

Qonun  oliy  yuridik  kuchga  ega  bo'lgan,  davlatning  qonun 

chiqaruvchi  organi  tomonidan  yoki  fuqarolar tomonidan  to'g'ridan-to'g'ri, 

referendum  o'tkazishning  talablariga  muvofiq  qabul  qilingan  va  o'z ida 

qonunning  amal  qilish  hududi,  muddati  va  shaxslar  doirasida  huquqiy 

munosabatlar 

sub’yektlari 

faoliyatining 

umumiy 

namunasini 



mujassamlashtirgan  normativ-huquqiy  hujjat hisoblanadi.

Etimologiya nuqtai  nazaridan  qonun oddiy  huquq  normalaridan  farqli 

o'laroq,  davlat  tomonidan  chiqarilgan  yuridik  aktdir.  Qonunning  oliy 

vakillik  va  qonun  chiqaruvchi  akti  va  farmonning  ijro  etuvchi  organ  akti 

sifatida  qarama-qarshi  qo'yish  o'tgan  asming  o'rtalaridan  boshlangan. 

Qonunlar  va  tarmonlar  o'rtasida  vakolat  doirasining  bo’linganligi 

to'g'risida  hozircha  biror  aniq  fikr  aytilgani  yo'q.  Qonun  bir  qator 

davlatlarda  qonun  vositasida  har  qanday  ijtimoiy  munosabatlarni  tartibga 

solsa  bo'ladi.  Ijro  organlarining  aktlari  esa  qonunda ko'rsatilgan  vakolatlar 

doirasida  qabul  qilinadi,  degan  g'oya  mavjud  va  ba'zilarida  konstitutsiya 

bilan  mustahkamlangan.  Hozirgi  zamon  qonun  nazariyasida  qonun 

insonning  umume'tirof  etilgan  huquq  va  erkinliklariga  qarshi  bo'lishi 

mumkin  emasligi  haqida prinsipial  qoida mavjud.

Qonun  tuzilishining  asosiy 

elementlari  quyidagilardir:  qonun 

rekvizitlari,  qonunning  nomi  qonun  qabul  qiluvchi  organ,  qabul  qilinish

19


kuni.  tasdiqlanish  kuni,  qonunni  imzolashga  vakil  qilingan  mansabdor 

shaxs  imzosi,  muqaddima,  qonun  moddasi,  turkum  bob,  bo'lim  (bo'linma) 

qism.  Qonunda  mujassamlashgan  normalarning  ahamiyati  bo'yicha  ular 

konstitutsiyaviy,  organik  va  oddiylarga  bo'linadi.  Konstitutsiyaviy  qonun 

qator  mamlakatlarda  konstitutsiyaviy  huquqning  bosh  manbalaridan 

biridir.  Ruminiyada  fransuz  tilida  gaplashuvchi  davlatlarda  konsti­

tutsiyaviy  qonun  -  bu  konstitutsiyaga  o'zgartirishlar  kirituvchi  qonun, 

Rossiya  Federatsiyasi,  Qozog’iston  kabi  davlatlarda  konstitutsiyaviy 

qonun  konstitutsiyada  belgilangan  masalalar  bo'yicha  qabul  qilinadi. 

Birinchi 

holatda, 

konstitutsiyaviy 

qonunni 

qabul 


qilish 

tartibi 


Konstitutsiyaga  o'zgartirish  kiritish  tartibiga  mos  kcladi,  ikkinchi  holatda 

konstitutsiyaviy  qonun  konstitutsiyaviy  o ’zgartirish  tartibidan  farq  kilib, 

maxsus  murakkablashtirilgan  tartibda,  qonun  chiqaruvchi  organ  ko'pchilik 

ovoz  bilan  qabul  qilinadi.  Alohida  olingan  davlatlarda  konstitutsiyaviy 

qonun  deb,  mazkur  davlat  konstitutsiyasini  tashkil  etuvchi  qonunlarga 

aytiladi  (masalan,  Shvetsiyada).  Organik  qonunlar  konstitutsiyaning 

to'g'ridan-to’g'ri  ko'rsatmasiga  binoan  qabul  qilinadigan  qonunlar.  Bir 

qator  davlatlarda  bunday  qonunlami  belgilash  uchun  qo'shimcha  atamasi 

ishlatiladi  (Fransiya,  Braziliya).

Oddiv  qonun:  joriy  va  kodifikatsiya  qilingan  qonunga  bo'linadi. 

Federativ  davlatlarda  qonun,  shuningdek,  federal  qonunga,  federatsiya 

sub’yektlari  qonuniga  bo'linadi.  Qonunning  alohida  toifasini  lavqulodda 

qonunlar tashkil  etadi.2

Qonunlarni 

tasniflashning  bir  necha  usullari  mavjud:  davlat 

tuzilishiga  ko'ra;  mavjud  normalar  xususiyati  va  qabul  qilinish  tartibiga 

ko'ra;  tarmoqlarga  ko'ra;  qonun  shakliga  ko'ra;  huquqiy  tartibga  solish 

mexanizmiga ko'ra; huquqiy tartibga solish predmetiga k o'ra tasniflanadi.



2-§.Ijro ctuvclii  hokim iyat organlarining  normativ aktlari

Konstitutsiyaviy  huquqning  manbalaridan  yana  biri  -  qonun  osti 

hujjatlari  hisoblanadi.  Bulardan  biri  bu  farmondir.  Farmon  -  bir  qator 

davlatlarda  shuningdek,  O'zbekiston  Respublikasida  ham  davlat  boshlig'i 

chiqaradigan  eng  muhim  hujjatlardan  biridir.  Farmon  orqaii  odatda, 

yuksak  mansabli  shaxslar  lavozimga  tayinlanadi  va  lavozimdan  ozod 

etiladi,  favqulodda  yoki  harbiy  vaziyat  tartibi  joriy  etiladi,  orden  va 

medallar  bilan  mukofotlash  amalga  oshiriladi,  oliy  harbiy  va  faxriy 

unvonlar  beriladi,  umumnormativ  x-ususiyatga  ega  bo'lgan  qarorlar 

rasmiylashtiriladi.  Umumiy  qoidaga  ko'ra,  farmon  mazkur  davlatning  eng

Y u r id ik   F n s ik l o p e d i y a .  

6 1 0


-b c t.

20


asosiy  qomusi  bo'lmish 

konstitutsiyaga  zid  bo'lmasligi  kerak.  G  arb 

davlatlarida  bunday  farmonlar  ko'pincha  dekret  (AQShda  ijro  etuvchi 

direktivalar)  deb  atalib,  lotincha  "decretum"  -  farmon, qaror degan  ma’noni 

beradi.  Dekret  umumiy yoki  xususiy  normativ  hujjatning nomidir.  Birinchi 

bor,  dekret  atamasi  Qadimgi  Rimda  paydo  bo'lgan.  Hozirgi  Fransiyada 

dekret  prezident  va  bosh  vazir  tomonidan  chiqariladi,  bunda  prezident 

dekretlari  bosh  vazir  tegishli  vazir  o 'z   imzosi  bilan  tasdiqlaganidan 

keyingina 

yuridik 


kuchga 

ega 


bo'ladi. 

Afrikaning 

Fransiya 

konstitutsiyaviy  tizimini  qabul  qilgan  bir  qator  davlatlarning  prezidentlari 

ham  dekretlar  chiqaradilar.  Anglo-saksoi  huquqiy  tizimi  mamlakatlarida 

sud  qarorlarining ba’zi  turlari  dekret deb ataladi.

Italiya,  Ispaniya  va  ba'zi  bir  boshqa  mamlakatlarda  "o’ta  zarur  va 

shoshilinch  hollarda”  hukumat  tomonidan  uning javobgarligi  ostida  qabul 

qilinadigan  va  qonun  kuchiga  ega  bo'lgan  vaqtinchalik  hujjatlarning nomi. 

Dekret-qonunlar  chiqarilgan  hollarda  hukumat  uni  darhol  parlamentga 

keyinchalik  tasdiqlash  uchun  taqdim  etishi  shart.  Hukumat  chiqargan 

dekret-qonunlarni  parlament  muayyan  vaqt  mobaynida  (Italiyada  chop 

etilganidan  keyin  60-kun  davomida)  tasdiqlanmasa,  ular  chiqarilgan 

paytidan  boshlab,  o 'z  kuchini  yo'qotadi.  Janubiy  Koreya,  Sloveniya  va  bir 

qator  boshqa  mamlakatlarda  xuddi  ana  shu  shartlarda  dekretlar  prezident 

tomonidan chiqarilishi  mumkin.



3-§.Parlam ent  reglam entlari

Qonunlardan 

so'ng 

parlament 



palatalari 

reglamentlari 

konstitutsiyaviy  huquqninig  bir  manbai  sifatida  qaraladi,  uning  qonundan 

farqi 


shundaki, 

reglament 

parlamentning 

ichki 


qonun-qoidalarini 

belgilaydi.  Reglament  deputatning  huquqiy  holatini  ichki  tashkiliy, 

palatalar  hamda  bir  palatali  faoliyat  shakllari  asosida  tartibga  soluvchi 

qoidalar yig' indisidir.



4-§.Sud  pretsedenti

K o'p gina 

anglo-sakson 

davlatlarida 

sud 

pretsedentlari 



o'sha 

davlatlarning 

konstitutsiyaviy 

huquqi 


manbalari 

hisoblanadi. 

Sud 

pretsedenti  (Pracedenns  -  bo'lib  o'tgan)  bir  sud  tomonidan  chiqarilgan 



qarorning  boshqa  sudlar  tomonidan  aynan  bir  ish  bo'yicha  bir  xilda  qaror 

chiqarishini  ta'minlash  bilan  izohlanadi.  Sud  pretsedenti  Rim  adliya 

sohasida  katta  ahamiyatga  ega  bo'lgan.  Hozirda  sud  pretsedenti  huquq 

manbai  sifatida  AQSH,  Angliya,  Kanada,  Avstraliya,  Yaponiya  kabi 

davlatlarda qo' llaniladi.

21


5-§.K onstitutsiyaviy  huquqiy odatlar (konstitutsiyaviy  bitim)

Konstitutsiyaviy  huquqning  yana  bir  manbalaridan  biri  odatdir,  u 

arabchada  "an'ana"  degan  ma'no  berib,  muayyan  xalqqa  xos  bo'lgan 

munosabatlarni  tartibga  soiuvchi  me'yorlar  va  an’analar  majmuasi.  Islom 

dinini  qabul  qilgan  xalqlarda odat shariat qonunlari  bilan  bir qatorda jamoa 

hayotini  tartibga  solishda  muhim  rol  o'ynagan.  Odat  ko'pincha  iqtisodiy 

va  ijtimoiy  hayotning  turli  tomonlariga.  oila  va  turmush  tarziga  taalluqli 

bo'ladi.  Islomga  qadar  mavjud  an'analardan  kelib  chiqqanligi  sababli  u 

islom  olamining turli joylarida turlicha ko'rinishlai'ga ega.

Odat  davlatlaming  umumiy  amaliyoti  bo'lib,  k o 'p   yillar  davomida 

q o ’llanilishi  zarur  va  u  huquqiy  tomondan  rioya  qilinishi  zarur  deb  tan 

olinmaydi.  Bu  bilan  odatga  xalqaro-huquqiy  normalaridan  ajralib  turadi. 

Jumladan,  odatga  davlat  va  hukumat  rahbarlari  uchrashuvining  elchilik 

marosimi  va  Xalqaro  axloq  normalaiini  misol  qilish  mumkin.  Odat 

Xalqaro-huquqiy 

rusumlar 

yoki 

huquqning 



shartnoma 

tne'yoriga 

aylantirilgandan 

keyingina  xalqaro 

huquq 

normasi,  ya'ni 



xalqaro 

muzokaralarning  barcha  qatnashchilari  uchun  zarur  bo'lgan  axloq 

qoidalari  deb  tan  olinishi  mumkin.

Odat  huquqi  ma'lum  davlat,  jo y   yoki  etnik  va  ijtimoiy  guruhda 

takroriy  qo'llanishi  natijasida  yuzaga  kelgan  jam oat  munosabatlarini 

boshqaruvchi  yozilmagan  axloq  qoidalari  majmui.  Odatdagi  huquq, 

davlatlar  paydo  bo'lishidan  avvalgi  jamiyatdagi  urf-odatlar  natijasida 

shakllanadi.

Konstitutsiyaviy  odat  bu  davlat  organlarining  bir  xil  faoliyati 

amaliyotida  vujudga  kelgan.  og'zaki  xarakterga  ega  bo'lgan,  munosabat 

qatnashchilaririing  kelishuviga  suyanadigan, 

buzilgan  taqdirda  sud 

himoyasidan 

foydalana 

olmaydigan 

qoidalardir. 

Bu 

odat 


asosan 

konstitutsiyasi  y o 'q   bo'lgan  davlatlarda  tarqalgan.  Konstitutsiyaviy  odatni 

ba’zi  hollarda,  konstitutsiyaviy  kelishuv,  konvension  norma,  konsti­

tutsiyaviy  axloq  kabi  nomlar  bilan  ham  atashadi.  Konstitutsiyaviy  odat 

anglo-sakson  huquqiy  tizimi  mavjud  davlatlarida  keng  tarqalgan.  Bunday 

davlatlarga,  AQSH,  Angliya va boshqalar kiradi.  Masalan,  konstitutsiyaviy 

odatga  ko'ra,  Angliyada  yuridik  jihatdan  yuqori  ijro  etuvchi  hokimiyat 

monarxga  tegishli  bo'lsa-da,  amalda  esa  u  hukumatga  tegishlidir. 

Konstitutsiyaviy  odatga  binoan,  qirol  Angliya  parlamentining  Jamoalar 

palatasida  eng  k o 'p   o'rin  egallagan  partiya  liderini  Bosh  vazir  lavozimiga 

tayinlashi  mumkin.  Faqatgina  konstitutsiyaviy  odatga  asosan,  AQSH 

hamda  Hindistonda  Vazirlar  Mahkamasi  mavjud,  vaholanki  ularning 

konstitutsiyalarida  bunday  davlat  organlari  umuman  ko'z da  tulilmagan.


Ayrim  mualliflarning  fikricha,  konstitutsiyaviy  odatlaming  qo'llanilishi 

kafili  jamoat  tlkri  bo'lganligi  sababli,  ba'zan  ular  davlat  huquqi 

normalarini  qo’llaiiishini  tartibga  soluvchi  ijtimoiy  normalar  ham  deb 

ataladi.


6-§.Xalqar<> davlatlararo va  ichki  shartnom alar

Xalqaro  shartnomalar  konstitutsiyaviy 

munosabatlarni 

tartibga 

solishda  ishtirok  etadi.  Xalqaro  munosabatlar  xoh  siyosiy.  iqtisodiy  yoki 

madaniy  bo’lsin,  faqatgina  Xalqaro  shartnomalar  asosidagina  tartibga 

solinadi.  Xalqaro  shartnomalar  faqatgina  yozma  shaklda  tuziladi.  Xalqaro 

shaitnomalarda  davlatlar asosiy  tomonlar  hisoblanadi.  Xalqaro  shartnoma­

lar  xorijiy  davlatlar  yoki  Xalqaro  birlashmalarning  o'zaro  kelishuvi 

natijasida  yozma  ravishda  lu/.iladi.  Xalqaro  shartnomaning  asosiy  manbai 

Xalqaro  huquq  hisoblanadi.

Xalqaro  shartnomada  o'zaro  kelishuv  asosida  shartnoma  tuzayotgan 

davlatlarning asosiy huquq  va  majburiyatlari  ko'rsatilgan.

Har  bir  davlatning  milliy  huquqi  ular  qabul  qiladigan  xalqaro  huquq 

normalari  mazmuniga  ta'sir  ko'rsatadi:  biron-bir  davlat  o ’zining  g 'oya  va 

dasturlariga  zid  keluvchi  xalqaro  majburiyatlarni  zimmasiga olmaydi.  Shu 

bilan  birga,  milliy  huquq  xalqaro  huquqning  milliy  huquqiy  tizimga  kirib 

kelishi  huquqi  darajasi  va  shartlarini  bslgilaydi  va  bunda  davlatlarning 

asosiy  qonunlari  bo’ lmish  konstitutsiyalari  hal  etuvchi  ahamiyat  kasb 

etadi.  Xalqaro  huquqning  bironta  normasi  Konstitutsiyani  chetlab  o'tgan 

holda milliy huquqqa kirib kelishi  mumkin  emas.

Xalqaro  huquq  normalarining  milliy  huquqqa  kirib  kelish  qoidalari 

turli  mamlakatlarda  turliehadir.  Ayrim  davlatlarning  konstitutsiyalarida 

xalqaro  huquqning  milliy  huquqdan  ustun  turishi  va  uning  mamlakat 

ichkarisidagi  bevosita  ta'siri  to'g 'risida so 'z   boradi.  Aslida  bu  ham  xalqaro 

huquqning  Konstitutsiya  bo'yicha  kirib  kelishi  huquqi  to'g'risidagi 

qoidadir.

Dunyoning  aksariyat 

mamlakatlarida  xalqaro 

huquqning, 

bir 

tomondan,  odat  normalari,  ikkinchi  tomondan  shartnomaviy  normalarning 



kiritilishi  tartiblari  o'rtasida  farqlar  mavjud.  Masalan,  AQSH  da  xalqaro 

odat  huquqi  mamlakat  milliy  huquqining  uzviy  qismi  sanaladi  va  ijro  yoki 

qonun  chiqaruvchi  hokimiyatga  mansub  xalqaro  shartnoma  yoxud  boshqa 

biron-bir  normativ  hujjat  yoki  sud  qarori  mavjud  bo'lm agan  taqdirda, 

sudlar  undan 

muayyan 


ijtimoiy 

munosabatlarni 

tartibga 

solishda 

foydalanishi  ko'zda tutiladi.

Yevropa  mamlakatlari  huquqiy  tizimlarida  bu  masala  boshqacharoq

23


hal  etilganini  kuzatish  mumkin.  Masalan,  Germaniyada  umumiy  xalqaro 

huquq  normalari  mamlakat  milliy  huquqiga  qo’shilibgina  qolmay,  ayni 

chog'da  qonunlar  oldida  ustuvor  kuchga  ham  egadir.  Gollandiyada  esa 

xalqaro  odal  huquqining  barcha  normalari  qo'llanishi  shartligi  nazarda 

tutilgan.

Xalqaro  shaitnomalarga  va  milliy  huquqning  o'z aro  munosabatiga 

kelsak,  bu  masalaning quyidagi  ikkita yechimi  ma'lum:

birinchidan,  xalqaro  shartnoma  qoidalari  maxsus  qonun  chiqarish 

eva/.igagina  milliy  huquq  kuchiga  ega  bo'ladi  (Buyuk  Britaniya, 

Hindiston, Nigeriya);

ikkinchidan,  tegishli  tartibda  ratifikatsiya  qilingan  va  rasmiy  tarzda 

chop  etilgan  xalqaro  shartnoma  qoidalari  to 'g 'rida n-to'g'ri  milliy  huquq 

normalari  kuchiga  ega  bo'ladi.  Ko'pincha  bunday  hollarda  milliy  huquqda 

xalqaro-huquqiy  normalaming  mamlakat  huquqiy  tizimidagi  ustunligi 

o'rnatiladi  (Fransiya,  Gretsiya,  Ispaniya).

Yevropadagi  aksariyat  mamlakatlarda  konstitutsiyaga  zid  bo'lgan 

xalqaro  shartnomaning 

imzolanishiga 

faqat  konstitutsiyaga  tegishli 

o'zgartish  kiritiIganidan  keyingina yo'l  qo ’yiladi.



7-§.Doktrinal  m anbalar

Xorijiy  adabiyotlarda,  davlat  arboblari  va  olimlarning  fikr  va 

mulohazalari  konstitutsiyaviy  huquqning  manbai  hisoblanishi  haqida  so'z 

vuritiladi.  Bu  holatda  davlat  arboblai'i  hamda  olimlarning  fikilaii  va 

mulohazalari  huquqiy  doktrina  sifatida  qaraladi.  Bu  konsepsiya  Qadimgi 

Yunoniston,  Rim,  keyinchalik  o'rta  asrlarda  Yevropaga  undan  keyin  XIX 

asrga  kelib,  butun  jahonda  tarqalgan.  Qadimgi  davrning  eng  mashhur 

faylusullaridan  biri  Arastu  o'zining  doktrinasini  "Siyosat"  asarida  yozib 

qoldirgan.  Mazkur doktrina  bir  qator elementlami  o 'z   ichiga  oladi.  Bunda 

iqtisodiy  faolivatni  tashkil  etish  shakllari  alohida  o'rin  tutadi.  Mazkur 

shakllardan  biri  xo'jalik  iqtisodidir.  Xo'jalik  iqtisodining  maqsadi  o 'z  

navbatida  har  bir  individ  va  oilaning  ehtiyojlarining  qondirishdan  kelib 

chiqadi. 

Xo'jalik 

iqtisodninng 

manbai 


sifatida, 

dehqonchilik, 

hunarmandchilik,  savdo-sotiq yuzaga kelgan.

Arastudan  farqli  o'laroq,  O 'rta  asming  mashhur  faylasufi  va  teologi 

Foma  D'Akvinskiy  "Ijtimoiy  odillik"  doktrinasiga  asos  solgan.  Uning 

qarashlari  butun  katolik  cherkovining  yagona,  to 'g'ri  va  odil  falsafasi  deb 

tan  olinadi.  Mazkur  doktrinaning  mohiyati  "Teologiya  yig'indisi"  asarida 

ko’rsatilgan.  Unga  ko'ra.  iqtisodiy  faoliyat  xristian  axloqidan  ajralmasligi 

lozim.  ya'ni  narx  navoning  odilligi  -  biror  bir  mahsulotning  ishlab

24


chiqarish jarayonidagi  sarf xarajatlar emas,  balki  axloqiy  qarashlar hisobga 

olinishi  kerak, demak,  har bir malisulot turli narxlarda sotilishi  mumkin.

XVI  asr  oxiri  -  XVII  ning  birinchi  yarmida  faoliyat  ko'rsatgan 

Tomas  Mann  merkantelizm  vo'nalishida  o 'z   doktrinasini  yaratgan. 

Merkantelizm  doktrinasining  asosi  shundan  iboratki,  unga  ko'ra,  alohida 

individual  shaxs  va  butun  davlatning  asosiy  boyligi  sifatida  oltin  va 

kumush,  shuningdek,  turli  xil  qimmatbaho  toshlardan zarb  etiladigan  tanga 

pullar  tashkil  etilishi  kerak.  Mazkur  doktrina  faol  iqtisodiy  munosabatlar 

va tashqi  savdoni  qo'llab-quvvatlovchi  vosita hisoblanadi.

XVIII  asrga  kelib, jahon  sahnasida  yangi  bir  doktrina  yuzaga  keldi, 

bu  doktrina  bevosita  Fransua  Keni  bilan  bog'liq,  u  fiziokratlar  maktabini 

asoschisi  hisoblanadi.  Doktrinaning mohiyati  esa  iqtisodiy jadval  kitobidan 

o 'z   ifodasini  topadi.  Doktrinaning  asosiy  mohiyati  shundan  iboratki,  har 

qanday  iqtisodiy  jarayonlar  \ u d o   tomonidan  o'rnatib  qo'yilgan  qonun  va 

qoidalar 

asosida 


rivojlanadi. 

Fransua 


Keni 

toza 


mahsulot 

kabi 


nazariyaning  asoschisi  hisoblanadi.  Unga  ko’ra  toza  mahsulot  mehnat 

bilan  emas  balki  tabiat jarayon lari  bilan  bog'liq.

XVIII  asrning  mashhur  teokrati,  siyosiy  iqtisodning  asoschisi  Adam 

Smitning  liberalizm  doktrinasi  uning  "Xalq  boyligining  sabablari  va 

tabiatini  o’rganish"  asarida  aks  ettirilgan.  Unga  ko'ra,  jamiyatdagi  butun 

iqtisodiy  tizimning  asosi  sifatida  kapitalizmni  ta'kidlab  o'tish  lozim, 

demak,  Adam  Smit  doktrinasi  yuqorida  sanab  o'tilgan  doktrinalardan 

farqli  o'laroq,  unda  iqtisodiy  rivojlanishning  asosi  mehnat  va  faqat  inson 

mehnati  taslikil  etishi  ko'rsatilgan.  Alohida  individning  manfaatlari  har  bir 

iqtisodiy  tizimning  kuchi  sifatida  maydonga  keladi.  Mehnat  taqsimoti  esa 

millat boyishining asosiy  manbai  sifatida qaraladi.

XIX  asrga kelib,  Jan  Batist  Sey  iqtisodiy  liberalizm  doktrinasiga asos 

solgan.  Bu  doktrina  uning  “ Siyosiy  iqtisod  traktati’*  asarida joy  olgan.  U 

"Bozor  qonuni”  ni  yaratdi,  ushbu  qonunning  boshqacha  nomlanishi  “Sey 

qonunlari” .  Unga  ko'ra,  iqtisodda  qayta  ishlash  inqirozlari  bo'lishi 

mumkin  emas,  sababi  har  bir  ishlab  chiqaraladigan  narsa  albatta,  iste'mol 

qilinadi.

8-§.  Diniy manbalar

Konstitutsiyaviy  huquqning yana  bir manbalaridan  biri  shariat  bo'lib, 

bu  manba  ayniqsa,  musulmon  davlatlarida  ushbu  huquq  tarmog'ining 

manbai  hisoblanadi.  Shariat  (arab  -  to 'g'ri  yo'l)  bo'lib,  islom  huquq 

tizimidir.  Unda  sof  huquqiy  masalalardan  tashqari  axloqiy  qoidalar  va 

amaliy  diniy  talablarga  ham  qonun  tusi  berilgan.  Ilk  islomda  jamiyatni



25

huquqiy  boshqarish  Qur'on  asosida  olib  borilgan.  Keyinroq  musulmon- 

laming  barcha  ijtimoiy-iqtisodiy,  diniy  faoliyatini  qamrab  oluvchi 

qonunlar  majmuasiga  ehtiyoj  tug'ilgan.  Islom  huquqshunoslari  bir  necha 

asr  mobaynida  shariat  qoidalarini  ishlab  chiqqanlar.  Sharialga  Qur'on, 

sunna,  ijmo'  va  qiyos  asos  qilib  olingan.  Ular  shariat  manbalari  deb  e'tirof 

etiladi.  Shariat  huquqiy  tizim  sifatida  Xl-XII  asrlarda  tugal  shakllangan. 

Islomda  sun'iylik  va  shialikdagi  shariat  tizimiari  o'rtasida  ma'lum 

tafovutlar  bor.  Sun’iylikda  xanafiya,  molikiya,  shofi'iya  va  hanbaliya 

mazhablarining,  shialikda  esa  ja'fariya  mazhabining  o'ziga  xos  huquqiy 

tizimi  mavjud.  Shariatda  davlat  (xalifalik)  huquqi  qoidalari,  majburiyat, 

meros,  jinoyat,  jazo  va  oila-nikoh  huquqi,  shuningdek,  sud  yuritish, 

vasiylik  ko'rsatmalari  va  barcha  axloq-odob  normalari  berilgan.  Shariat 

xususiy  mulkni  xudo  tomonidan  belgilangan,  doimiy  va  o'zgarmas  deb 

hisoblaydi.  Shariatda  barcha  xatti-harakatlar  dastlab  ikki  tur  -  harom  va 

halolga ajratilgan.

Keyinchalik  besli  toifa  vujudga  kelgan,  shariat  muomalaga  layoqatli 

musulmonning 

xatti-harakatlarini 

besh 

mezon 

asosida 

baholaydi: 

birinchidan,  bajarilishi  g'oyatda  muhim  va  qatiy  majburiy  hisoblangan 

xatti-harakatlar  (farz  yo  vojib).  Masalan.  namoz  o'qish,  zakot  berish.  Bu 

harakatlar 

farz 

bo'lgani 

sababli 

alohida 

qo'llab-quvvatlash 

va 

rag'batlantirishni  talab  qilmaydi:  ikkinchidan,  bajarilishi  yaxshi  h^soblanib 

tavsiya  qilinadigan  xatti-harakatlar  (sunnat  yo  mustahab).  Bunday  xatti- 

harakatlarning  bajarilishi  qat'iy  majburiy  bo'lmasa-da,  ulami  bajarish 

ma'qul  hisoblanadi,  rag’batlantiriladi.  Masalan,  uylanish,  sadaqa  berish; 

uchinchidan, 

ragbatlantirilmaydigan 

va 

uni 

bajarmaslik 

gunoh 

hisoblannvaydigan  ixtivoriy  xatti-harakatlar (muboh, joiz).  Masalan,  bitim, 

savdo  shartnomalari  tuzish,  satar  qilish,  yemoq,  ichmoq  va  boshqalar; 

tortinchidan, jazoga tortilmaydigan,  ammo noma’qul  hisoblanadigan  xatti- 

harakatlar  (makruh).  Masalan,  so'zlashuv  jarayonida  so'kinish,  nuroniy, 

yoslii  ulug’  kishilarning  hurmatini  o'm iga  qo'ymaslik,  suvlami  ifloslash, 

hayvonlarga  haddan  ortiq  yuk  ortish;  beshinchidan,  qatiy  ravishda 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling