O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar


-§. Saylov okruglarini tuzish, saylov uchastkalarini


Download 18.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/54
Sana21.03.2020
Hajmi18.02 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54

2-§. Saylov okruglarini tuzish, saylov uchastkalarini

belgilash, saylov organlarini tashkil etish

Saylov okruglari mahalliy o'zini o'zi boshqarish va vakiilik organlari 

a'zoligiga  bo'ladigan  saylovlarda  fuqarolami  o'zida  birlashtirgan  ma'lum 

bir  hududiy  birliklardir.  Ayrim  davlatlarda  federatsiya  subyektlari, 

ma'muriy  hududiy  birliklar  (viloyatlar,  provinsiyalar,  shaharlar  va 

boshqalar)  muayyan  saylov  okrugi  sifatida  amal  qilishi  mumkin.  Saylov 

okruglari  tuzilmagan  taqdirda,  butun  mamlakat  yagona  bir  saylov  okrugi 

sifatida namoyon  bo'ladi.  Bunga misol  sifatida prezidentlikka saylovtami 

ko'rishimiz mumkin.

Saylov  okruglari  saylov  amaliyotida  eng  ko'p  uchraydigan  saylov 

birliklaridir.  Hududiy  bo'lmagan  vakiilik  organlarini  shakllantirishda 

saylov  birliklar!  sifatida  muayyan  saylovchilar  guruhlari  ham  amal 

qilishlar 

mumkin. 


Misol 

uchun 


“sotsialistik” 

oriyentatsiyadagi 

mamlakatlaming  parlamentlariga  saylovlarda  hududiylik  tamoyilidan 

tashqari,  vakiilik  prinsipi  ham  amal  qiladi,  ya'ni  saylov  birliklari  sifatida 

mexnat  jamoalari  va  ulaming  birlashmalari  yoki  ijtimoiy  siyosiy 

tashkilotlar  (kasaba  uyushmalari)  bo'lishi  mumkin.  Bunda  mamlakat 

aholisining  asosiy  qismini  tashkil  etgan  kasb  egalari  parlamentda  o'z 

vakillarini saylashlari uchun imkoniyat yaratiladi.

294


Hududlami  saylov  okruglariga  bo'lishda  siyosiy  ahamiyat  beriladi, 

chunki  saylov  natijalari  bevosita  uning  tuzilish  prinsiplariga  bog'liq. 

Shuning  uchun  odatda,  saylov  okruglarini  tashkil  etish  qonunlar  bilan 

saylov  okruglarini  soni  va  chegaralarini  aniq  belgilanadi.  Bu  esa  saylov 

jarayonlarida saylovchilaming tengligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Aholining  sonini  ortishi  va  ma'muriy  hududiy  birliklaming 

ko'payishi  saylov  okruglarini  chegaralarini  muayyan  vaqt  o'tishi  bilan 

o'zgartirib  turilishini  talab  etadi.  Buyuk  Britaniyada  saylov  okruglari 

chegaralari  har  10  yilda quyi  Jamoa palatasi  Spikeri  (rais) boshchiligidagi 

komissiya  taklifiga  binoan  ko'rib  chiqiladi.  Ko'rib  chiqish  jarayonida 

hududiy  birliklarni  chegaralari  hisobga  olinadi,  saylov  okruglari 

chegaralari hududiy birliklarga “demografik” qiyoslangan bo'ladi.

Germaniyada  Bundestagga  (quyi  palata)  saylovlarda  saylov 

okruglarini  tashkil  qilish  1956  yilgi  saylov  to'g'risidagi  Federal  qonunga 

muvofiq  (1993  yil  tahriri  bo'yicha)  Federal  Prezident  tomonidan  tashkil 

qilinadigan  saylov  okruglarini  belgilovchi  komissiya  vakolatiga  kiradi. 

Federal  komissiya  tarkibi  federal  statistik  idoralar  rahbarlari,  Federal 

ma’muriy  sudining  bitta  sudyasi  va  beshta  a’zosidan  iborat.  Ushbu 

komissiyanmg  saylov  okruglari  haqidagi  hisoboti  federal  ichki  ishlar 

vaziriga  taqdim  qilinadi  va  u  o'z  navbatida  bu  hisobotni  Bundestagga 

topshiradi  va  bu  hisobot  Federal  hukumat  bulletenlarida  chop  etiladi. 

Germaniya  Federal  saylovlar  to'g'risidagi  qonuni  saylov  okruglarini 

tashkil qilishda quyidagi tamoyillami belgilaydi:

1) 


yerliklar chegaralariga amal qilish (bir okrug chegaralari birdan 

ortiq yerlik chegaralaridan o'tishi mumkin emas);

2) 

yerliklarda  saylov  okruglari  soni  imkoniyat  qadar  yerliklar 



aholisi soniga proporsional bo'lishi kerak;

3) 


saylov okrugini hududi bo'linmas;

4) 


imkoniyat qadar ma’muriy hududiy birliklar chegaralariga amal 

qilish lozim.

Fransiyada  saylov  okruglarini  tashkil  qilish  Ichki  Ishlar  Vazirining 

vakolat  doirasiga  kiradi  va  tashkil  qilingan  saylov  okruglari  haqidagi 

hisobot parlament tomonidan tasdiqlanadi.

Saylov  okruglaridan  saylanuvchi  deputatlar  soniga  ko'ra,  saylov 

okruglari bir mandatli va ko'p mandatli bo'lishi mumkin.

Qoida  tariqasida  saylov  okruglari  yuqorida  aytib  o'tilganidek, 

saylovchilami  teng  miqdorini  hisobga olgan  holda  tashkil  qilinishi  lozim, 

chunki  bu  tenglik  prinsipidir.  Mamlakatdagi  barcha  bir  mandatli  saylov 

okruglari aholi soniga teng holda tashkil etiladi.

295


Ko'p  mandatli  saylov  okruglari  har  bir  saylov  okrugida  mandatlar 

soni bir xil emasligini hisobga olgan holda har bir saylov okrugi mandatlar 

soniga proporsional ravishda aholi miqdorini o'z ichiga oladi.

Saylov okruglari saylov uchastkalariga bo'linadi,  saylov uchastkalari 

ovoz  berishda  mahalliy  joylarda  saylovchilarni  birlashtiradigan  hududiy 

birliklaming  bo'linmalaridir.  Bu  hududiy  bo'linmalardagi 

saylov 

uchastkalari  saylov  jarayonlarini  o'tkazishda  samarali  natijaga  erishishni 



ta'minlovchi  institutdir.  Saylov  uchastkalari  faoliyatini  tashkil  etish 

maxsus  saylovni  o'tkazilishi  uchun  tuzilgan  organning  yoki  vakolatli 

davlat  organining  qarori,  ko'rsatma  va  eslatma  kabi  huquqiy  qonun  osti 

aktlari bilan tartibga solinadi.

Masalan,  Fransiya  Respublikasida  saylov  uchastkalari  mamlakat 

siyosiy-ma'muriy 

bo'linmalarining 

eng 


quyi 

birliklari 

bo'lmish 

kommunalarda  tuziladi.  Ispaniyada  saylov  uchastkasi  o'zida  500  tadan 

2000 tagacha saylovchilarni birlashtirgai i mayda birliklarda tashkil etiladi. 

Italiyada  100  tadan  800  tagacha  saylovcinlarni  birlashtirgan  kommunalar 

saylov uchastkalariga 

bo'linadi.

Xorijiy 


davlatlarning 

saylov 


jarayonlarini 

takomillashtirish 

amaliyotidan  bizga  ma’lumki,  saylovlarni  o'tkazilishida  maxsus  organ 

tuziladi  yoki  vakolatli  davlat  organi  Konstitutsiya  va  qonunlar  asosida 

belgilanadi.  Ushbu organlarga (komissiya, byuro,  prezidium  va boshqalar) 

saylov  jarayoni  ustidan  tashkiliy  rahbarlik  vazifasi  yuklatilgan  bo'ladi. 

Saylov organlari turlicha bo'lishi mumkin:

-  hududiy,  jumladan  markaziy;  mamlakatning  siyosiy-hududiy 

tuzilish tizimidan kelib chiqadi;

-  okrug  saylov  organlari;  siyosiy-hududiy  birlik  bilan  muvofiq 

kelmaganda tashkil etiladi;

- saylov uchastkalarining faoliyatini yurituvchi organlar.

Saylov uchastkalarining faoliyatini yurituvchi organlar saylovchilarni 

ro'yxatga  oladi  yoki  undagi  ro'yxatga  olish  xatoliklarini  bartaraf  qiladi, 

okrug  saylov  organlarida  ro'yxatdan  o'tgan  nomzodlarga  saylov  oldi 

kampaniyasini  tashkil  etadi,  ovoz berishni  tashkillashtiradi  va belgilangan 

hududdagi saylov natijalarini aniqlaydi.

Saylov  okruglari  saylov  natijalarini  umumlashtiradi  va  o'sha  hudud 

ommaviy  axborot  vositalarida chop etadi,  agar saylov  okruglari  bo'lmasa, 

saylov  okruglari  vazifasini  bajaradi.  Umumxalq  saylovlarida  tashkil 

etiladigan  okrug  saylov  organlari  uchastka  saylov  organlari  faoliyatini 

nazorat qiladi, ba’zi hollarda o'zining hududida uchastka saylov organining 

vazifasini bajaradi  ( Avstraliya).

296


Ayrim  mamlakatlarda  saylov  okruglarining  organlari  ma'lum  bir 

davlat  apparatining  mansabdor  shaxslarini  tashkil  etadi.  Masalan, 

Belgiyada  parlament  saylovlaridagi  quyi  hududiy  saylov  organi  raisi 

birinchi  instansiya  sudi  raisi  yoki  yarashtiruv  sudyasi  hisoblanadi. 

Germaniyada  saylov  organlarini  har qaysi  pog  onasiga tegishli  hududdagi 

ichki  ishlar organlari  mansabdorlari  rahbar sifatida tayinlanadi. Meksikada 

Federal  saylov  organiga  ichki  ishlar  davlat  sekretari  (vaziri)  rahbarlik 

qiladi  va  uning  tarkibiga  parlamentning  yuqori  va  quyi  palatasidan 

bittadan  deputat,  har  bir  siyosiy  partiyadan  bittadan  muxtor  vakil,  davlat 

notarius  organining  vakili  (odatda,  u  komissiyaning  kotibi  vazifasini 

bajaradi) kiradi.  Har bir parlament palatalarming  va siyosiy partiyalaming 

vakillari o'z o'rinbosarlariga ega bo'ladi.

Ko'pchilik  davlatlarda  saylov  organlarining  rahbarlari  saylov 

jarayonida  mustaqil  vakolatlarga  ega  bo'ladi.  Masalan,  Buyuk  Britaniya 

okrug  saylov  organining  raisi  (  Returning  Officer)  saylov  borishi  haqida 

ma'lumotlar  berib  turadi,  nomzodlarni  ro'yxatga  oladi,  saylovchilar 

yig'ilishlarini  tashkil  etadi,  saylov  garovlarini  qabul  qiladi,  nomzodlami 

saylovda qatnashish masalasini hal qiladi,  nomzodlarni e’lon qiladi, pochta 

orqali  ovoz  berishni  tashkillashtiradi,  saylov  kartochkalarini  tarqatadi, 

yashirin  ovoz  berish  jarayonidagi  tartibni  nazorat  qiladi,  ovozlarni 

hisoblashda  qonunga  rioya  etilishini  nazorat  qiladi,  saylov  bulletenlarini 

haqiqiyligi masalasini  hal qiladi,  saylov natijalarini  e’lon qiladi va boshqa 

vakolatlarga ega.

3-§. Saylovchilarni ro'yxatdan o'tkazish va nomzodlar 

ko'rsatish tartibi

Saylovchilarni ro'yxatga olish tadbiri fuqarolami o'z saylov huquqini 

amalga  oshirishni  ta’minlovchi  shart-sharoit  sifatida  namoyon  bo'ladi. 

G'arb huquqshunosi RJ.Karlson  o'zining  “Kanada va G'arbiy Yevropada 

saylovchilarni 

ro'yxatga 

olish 

tizimi” 


deb 

nomlagan 

asarida, 

“Saylovchilarni  ro'yxatga  olish  -   saylovgacha  saylov  huquqiga  ega 

bo'lgan  fuqarolami  shaxsini  aniqlash jarayoniki,  u  saylovda  faqat  saylov 

huquqiga  ega  bo'lgan  aynan  o'sha  fuqaro  qatnashishligini  ta'minlash 

imkonini beradi'”

Saylovchilarni  ro'yxatga  olish  tartibi  ommaviy  (majburiy)  yoki 

shaxsiy (ixtiyoriy) shakllarda bo'lishi mumkin.

Ommaviy  (majburiy)  ro'yxatga  olish  tartibi  ikki  xil  ko'rinishga  ega 

bo'lib,  Germaniya,  Shvetsiya  va  Shveysariyada  keng  qo'llaniladi.  Ushbu

1

 Cartoon R.J Voter Regisiralion Systems in Canada and western Europe. N.Y  1974, r.  1.

297


mamlakatlarda  aholi  soni  va  ulami  ko'chish  jarayoni  davlat  hokimiyati 

organlari  tomonidan  hisobga  olinib  boriladi  va  mahalliy  organlar  o'z 

hududida doimiy yashab turgan  saylovchilar soni  haqida  aniq  ma’lumotga 

ega  bo'ladi.  Kanadada  majburiy  ro'yxatga  olish  usuli  amalda  bo'lmasa 

ham  har  bir  saylov  oldidan  saylovchilar  ro'yxati  tuziladi.  Bu  jarayonda 

“Eshikma-eshik 

yurish” 

usuli 


qo'llaniladi; 

Buyuk-Britaniyada 

saylovchilaming  ro'yxati  har yili  15  fevralga  qadar  tuziladi.  Saylovchilar 

ro'yxati  tuzib  bo'linganidan  so'ng  yashash  joyini  o'zgartirgan  shaxslar 

saylov davrida aw al ro'yxatdan o'tgan joylarida ovoz berishlari lozim.

Ixtiyoriy  (shaxsiy)  ravishda  ro'yxatdan  o'tish  tizimi  AQSH  va 

Fransiyada qo'llaniladi  va unda  saylovchi  tegishli  organlarga  kelib  o'zini 

ro'yxatdan o'tkazishlarini bildirishlari lozim.

Xorijiy  davlatlar  tajribasida  saylovchilar  ro'yxati  -   har  yili 

saylovlardan  oldin  qaytadan  ко'rib chiqrladi.  Saylovchilar ro'yxati  har bir 

saylov okrugida mahalliy  ommaviy-axborot vositalari  orqali  e'lon  qilinadi 

va har bir saylovchiga  saylov kartochkas;  taqdim qilinadi.  Agar saylovchi 

saylovchilar  ro'yxatiga  kiritilishi  mumkin  bo'lmasa  tegishli  saylov 

organining  mas'ul  shaxsi  uni  bu  haqda  tushu itirish  berishi  va  bu  haqda 

qaror  qabul  qilishi  lozim.  Agar  saylovchi  saylov  komissiyaning  ushbu 

qarori ustidan norozi bo'lsa sudga murojaat qilishi mumkin.

Aksariyat  mamlakatlarda  saylovchilar  ro'yxati  barcha  uchun  ochiq 

bo'lib,  har  bir  fuqaro  o'zi  bilan  birga  boshqa  shaxslami  ham  saylovchi 

sifatida ro'yxatga olinishini hech qanday to'siqlarsiz talab qilishi mumkin. 

Ba'zi  davlatlarda  (Ispaniya)  saylovchilar  ro'yxati  maxfiy  hisoblanadi, 

fuqaro  faqat  o'zinigina  saylovchilar  ro'yxatiga  kiritilganligini  bilish 

mumkin  bo'lib  boshqa  fuqarolami  saylovchilar  ro'yxati  haqida  bilishi 

mumkin  emas.  Alohida  hollarda,  ya'ni  sud  organlariga  kerak  bo'lgan 

taqdirdagina  saylovchilar  ro'yxati  boshqa  fuqarolarga  oshkor  qilinishi 

mumkin.

Saylovda  vakiilik  organlariga  nomzodlar  ko'rsatish jarayoni  har  bir 



davlatning siyosiy amaliyotida juda katta ahamiyatga ega bo'lib, aynan shu 

bosqichda  prezidentlikka,  deputatlikka,  senatorlikka,  mahalliy  o'zini  o'zi 

boshqarish  organlariga,  maslahatchi  va  b6shqa  lavozimlarga  saylanishi 

mumkin bo'lgan shaxslar doirasi aniqlanadi.

Nomzodlaming ilgari surishning quyidagi usullari mavjud:

1. 


O'zini  o'zi  nomzodlikka  ko'rsatish.  Fransiyada  Milliy  Majlisga 

deputat bo'lishni istagan shaxslar departamentning prefekturasiga o'zining 

familiyasi,  ismi,  tug'ilgan  joyi  va  sanasi,  ish  va  yashash  joyi  haqidagi 

ma'lumotlar  bo'lgan  arizani  topshiradi.  Shuningdek,  mazkur  shaxs



298

prefekturaga  o'zining  o'rinbosari  bo'lishi  mumkin  bo'lgan  shaxsning 

yozma ravishdagi  roziligini  va  u  haqdagi  yuqoridagi  ma'lumotlar  bitilgan 

arizani ham topshirishi lozim.

2.  Bir  guruh  saylovchilar  tomonidan  nomzodlarni  ko'rsatish. 

Masalan,  Belgiyada  Vakillik  palatasi  deputadigiga  nomzod  saylanishi 

mumkin bo'lgan okrugdan uni qo'llab-quwatlovchi  200 tadan 500 tagacha 

saylovchining  imzosi  bo'lgan  yoki  vakolat  muddati  tugayotgan 

parlamentariylaming  kamida  uchtasi  qo'llab-quwatlovchi  ishonch  xatini 

ko'rsatishi  lozim.  Senatorlikka  nomzodlar  esa  saylovchilarni  kamida  100 

tasini  yoki  vakolat  muddati  tugayotgan  parlamentariylaming  uchtasini 

qo'llab-quwatlashiga  ega  bo'lishlari  lozim.  Daniyada  esa  Folketing 

deputatligiga  nomzod  bo'lish  uchun  tegishli  okrugning  yigirma  beshta 

saylovchisini  qo'Uab-quvvatlashi,  Polshada senator bo'lishga qaror qilgan 

shaxs  o'z  nomzodini  qo'llab-quwatlovchi  tegishli  voyevodstvaning 

(viloyat darajasidagi hududiy birlik) 3000 ta saylovchisi imzosini to'plashi 

kerak.


3.  Siyosiy  partiyalar  yoki  boshqa  ijtimoiy  birlashmalar  tomonidan 

nomzodlaming  ko'rsatish  tartibi  Germaniya  Bundestagi,  Avstriya  Milliy 

Kengashi,  Finlandiya  Seymi,  Yaponiya  Vakillik  palatasi  deputatligiga 

amalda.  Odatda  bunday  tartib  saylovlar  ro'yxatida  bo'lgan  fuqarolaming 

nomzodi  ko'rsatiladi,  proporsional  saylov  tizimida  va  ko'p  mandatli 

saylov  okruglarida  qo'llaniladi.  Yuqorida  ko'rsatib  o'tilgan  nomzodlar 

ko'rsatish  usullari  ba’zi  mamlakatlarda  aralash  holatda  qo'llanilishi  ham 

mumkin.  Masalan,  Ispaniya  parlamenti  quyi  palatasi  -   Kongress 

deputatligiga  ro'yxatga  olingan  nomzodlar  siyosiy  partiyalar  va  ularning 

federatsiyasi  yoki  koalitsiyasi  tomonidan  malum  bir  saylov  okrugi 

saylovchilarining  0,1  foizi  qo'llab  quwatlashi  (ular  500  tadan  kam 

bo'lmasliklari kerak) orqali ko'rsatiladi.

Aksariyat  mamlakatlarda  saylovda  nomzodini  ko'rsatish  uchun 

harakat  qilayotgan  shaxs  o'zini  ma’lum  bir jamoatchilik  a'zolari  qo'llab- 

quvvatlaganligini  ko'rsatishi  lozim.  Ba’zi  bir  saylov  tizimlarida 

nomzodlaming  ko'p  sonliligi  foiz  hisobida  ovoz  olish  bilan  saylanishi 

uchun  sharoit yaratmoqda.  Faraz qilaylik, ko'p mandatli  saylov okrugidan 

10  ta  nomzod  ko'rsatilgan  bo'lsa,  o'rtacha  ularning  har  biriga 

saylovchilaming  10  foizidan  ovozi  to'g'ri  kelishi  mumkin  va  nomzodni 

saylangan  deb  hisoblash uchun ulardan birining  foiz  hisobida ovoz  olishi 

yetarli hisoblanadi.

Saylov  amaliyotining  bu jarayoni  Fransiya,  Irlandiya,  Niderlandiya, 

Avstraliya  kabi  mamlakatlarda  nomzodlar  sonining  ko'p  bo'lib  ketishini

299


oldini  olish  maqsadida  nomzod  saylov  garovi  to' lashi  lozim.  Garov 

miqdori  unchalik  darajada  katta  bo'lmasa  ham,  lekin  kichik  partiyalar  va 

boy  homiylari  bo'lmagan  tashabbuskor  nomzodlami  imkoniyatlarini 

cheklaydi.  Garov  nomzodga  saylovda  belgilangan  miqdorda  ovoz  olgan 

taqdirda  (yutib  chiqmagan  bo'lsa  ham)  qaytarib  beriladi  (masalan, 

Fransiyada  5  %,  Avstraliyada  birinchi  preferensiyada 4%).  Shaxs  zaruriy 

shartlarni  bajargandan  so'ng  ro'yxatdan  o'tadi  va  rasmiy  nomzod 

maqomini oladi.

Prezidentlikka  nomzodlarni  ilgari  surish  jarayoni  ham  o'ziga  xos 

xususiyatlarga ega.  Masalan,  AQShda eng yirik hisoblangan partiyalardan 

(respublikachilar  va  demokratlar)  nomzodlar  ulaming  se’zdlarida  ovoz 

berish  yo'li  bilan  aniqlanadi.  Fransiyada  1962  yil  qabul  qilingan 

Respublika prezidentligiga  saylov  to'g'risidagi  qonunga muvofiq  nomzod 

500  fuqaro  -   parlament,  hududiy,  general  kengashlar,  dengiz  orti 

hududlardagi hududiy majlislar a'zolari 

ул

 merlar tomonidan ilgari surilishi 

mumkin.

Agar  prezident  egri 



saylovlar  orqali 

saylanadigan 

bo'lsa, 

nomzodlami  ko'rsatish tartibi o'ziga xos  ko'rir ishga ega bo'lishi  mumkin. 

Masalan,  Germaniyaning  1959  yilgi  “Federal  Prezidentni  saylash 

to'g'risida”gi  qonuniga  muvofiq  (Federal  Majlis  teng  miqdordagi 

Bundestag  va  yerliklar  vakiilik  organlari  a'zolaridan  iborat),  Federal 

Majlisning har bir a'zosi prezidentlikka yozma ravishda nomzod (nomzodi 

ko'rsatilayotgan  shaxsning  yozma  roziligi  ilova  qilinadi)  ko'rsatish 

huquqiga  ega.  Federal  Majlis  a’zosining  bu  shakldagi  taklifi  Prezidium 

tomonidan  ко'rib  chiqiladi,  nomzodni  ko'rsatilishi  to'g'risidagi  taklifni 

faqat Federal Majlis rad etishi mumkin.

AQShda  senator  bo'lish  uchun  to'qqiz  yil  qaysi  shtatdan 

saylanayotgan  bo'lsa  shu  hududda  yashagan  bo'lishi  (har  bir  shtatdan 

ikkitadan  senator  6  yil  muddatga  saylanadi,  hammasi  bo'lib  100)  30 

yoshga  to'lgan  shaxslar  o'z  nomzodlarini  qonunda  belgilangan  tartibda 

qo'yishlari  mumkin.60  Birlashgan  Kanada  Qirolligining  1867  yilda  qabul 

qilingan  konstitutsiyaviy aktining 23-moddasida senatorlikka nomzodlikka 

quyidagi talablar o'matilgan:

1.  30 yoshga to'lgan bo'lishi;

2.  U  tug'ilgan  qirollikning  fuqarosi  bo'lishi  yoki  amalda  bo'lgan 

shartnoma  va  boshqa  qonun  hujjatlariga  binoan  ittifoq  ta’sis  etilganidan 

so'ng;

m

 Конституция зарубежных государств.  Учебное пособие. 2-Изд.  Испр.и. доп. -М .: Издателство БЕК, 2000. С. 15

300


3.  Uning  xususiy  yeri  va  boshqa  mol-mulkka  egalik  qilish  4000 

dollardan ortiq bo'lishi va qarz majburiyatlari bo'lmasligi lozim;

4.  U  o'z  nomzodini  qo'ymoqchi  bo'lgan  provinsiyada  istiqomat 

qilishi  va  o'sha  hududda ko'chmas  mulkka  egalik qilishi  lozim.  Shundan 

so'ng 

qirolichaning 



qarori 

bilan 


General 

gubemator 

nomzod 

senatorlarning mazkur akt tartiblariga binoan Senat a'zoligiga tayinlanadi.



Buyuk Britaniya yuqori Lordlar palatasining a'zosi bo'lish  1958 yilda 

qabul  qilingan  “Umrbod  tayinlanadigan  perlar  haqidagi  Akt”da 

belgilanganidek,  gersog,  graf,  baron,  din  peshvosi  yoki  katta  sarmoya 

sohibi  bo'lgan  shaxslar  qirolning  farmoniga  binoan  umrbod  tayinlanadi. 

Oxirgi  ma’lumotlarga  qaraganda  hozir  Buyuk  Britaniyaning  Lordlar 

palatasida  1259  perlar  bo'lib,  shundan  773  tasining  perlik  mandati 

nasldan-naslga  o'tish  huquqidadir.  Ammo  “Parlament  haqidagi  Akt”da 

Lordlar palatasi  xalq vakillaridan iborat bo'lishi ifoda etilgan.61

Rivojlangan 

xorijiy 


davlatlar 

qonunchiligida 

yuqori 

palata 


a'zolarining  saylovi  majoritar,  ya'ni  mamlakat  hududida  nechta  viloyatga 

tenglashtirilgan  hudud  bo'lsa,  har  biri  uchun  ma'lum  bir  o'z  vakillarini 

nechtadan  saylashi  asosiy  qonunida  nazarda  tutilgan  tartibda  belgilangan 

bo'ladi.  Masalan,  Italiya  Demokratik  Respublikasining  yuqori  palatasi 

Senatga  har  bir  viloyatdan  yettitadan,  ayrim  aholisi  kamchilroq  bo'lgan 

viloyatdan  ikkitadan  va  bittadan  o'z  vakillarini  saylash  uchun  mandat 

beriladi.  Tegishli  viloyat  aholisi  to'g'ridan  to'g'ri  saylov  uchastkasiga 

borib  ularga ovoz beradilar va  unda eng  ko'p  ovoz  olgan  yettita va ikkita 

nomzod  (berilgan  mandatga  qarab)  saylangan  hisoblanadi.  Shuningdek 

proporsional  saylov  tizimi  ham  mavjud  bo'lib,  bu  saylov  jarayonida 

siyosiy  partiyalaming  jamiyatda  tutgan  mavqeiga  baho  beriladi,  ya'ni 

saylovda  nomzodlarga  emas  ,  ko'proq  siyosiy  partiyalaming  obro'si 

muhim  rol  o'ynaydi.  Agar  yanada  kengroq  ma'noda  tushuncha  beradigan 

bo'lsak,  tegishli  hudud  aholisiga  parlamentda  belgilangan  vakillarini 

saylashda  saylovchilar  bulletenida  ko'rsatilgan  nomzodlar  qaysi  siyosiy 

partiyalardan ko'rsatilganligiga qarab ovoz beradi hamda siyosiy partiyalar 

saylovda  belgilangan  foiz  hisobida  saylovchilaming  ovozini  olsa,  uning 

vakili  saylangan  hisoblanadi.  Masalan,  Italiya  Demokratik  Respublikasi 

Konstitutsiyasining  ikkinchi qismi  57-moddasida bo'yicha 315  senatordan 

%  qismi  majoritar  saylov  tizimi  bo'yicha,  bir  mandatli  saylov  okruglari 

tuziladi, 

Va

 

proporsional  saylov  tizimi  bo'yicha  ko'p  mandatli  saylov 



huquqi bo'yicha o'tkaziladi, ya'ni bir saylov okrugida bir mandatli va ko'p 

mandatli  saylov  huquqi  bo'yicha  ovoz  berish  o'tkaziladi.  Siyosiy  partiya

61  Конституция зарубежных  государств. Учебное пас. 2 - Изд.  Испр.и. доп. -М .: Издателство БЕК, 2000. С.75.

301


bir  mandatli  bo'yicha  nomzodini  qo'ygan  vakili  saylovda  ovoz  berishga 

kelgan  aholining  yarmidan  ko'p  ovozini  olgan  bo'lsa  saylangan 

hisoblanadi.  Agar  siyosiy  partiya  saylovda  ovoz  bergan  aholining  5% 

ovozini  olgan  bo'lsa,  ko'p  mandatli  saylov  huquqi  bo'yicha  uning  vakili 

saylangan hisoblanadi.

Bundan  tashqari  saylov  jarayonlari  egri  saylov  tizimi  ham  keng 

qo'llanilib,  unda  aholi  yuqori  palata  a’zoligiga  nomzodlami  ko'rsatishda 

oldin  o'ziarining  orasidan  saylovchilar  guruhiga  ovoz  beradi,  aholining 

vakolatini  olgan  saylovchilar  guruhi  palata  a’zoligiga  nomzodlarga  ovoz 

beradi  yoki  aholi  oldin  mahalliy  vakiilik  organlarining  deputatlarini 

saylaydilar.  Saylangan  deputatlar  o'ziarining  orasidan  yuqori  palata 

a’zosini  saylaydilar.  Masalan,  AQSH  larda  Prezident  saylovida  har  bir 

shtat  aholisi  aniq  bir  ro'yxat  bo'yicha  kollegial  saylovchilar  guruhini 

saylaydi  va  keyingi  bosqichda  saylovchilar  guruhi  prezidentlikka 

nomzodlarga ovoz  beradi.  Saylov  tizimLiing  egri  turi  bir  yoki  ikki  -   uch 

bosqichda  amalga  oshirilib,  ko'pgina  davjatlania  yuqori  palata  a’zolarini 

saylovida qo'llaniladi.

Fransiya  Respublikasi  yuqori  palatasi  Senat  uch  bosqichli  saylov 

yo'li bilan tashkil topadi.  Senatorlar hududiy milliy yig'ilish deputatlari va 

departament maslahatchilari,  mahalliy  (munitsipal)  kengash deputatlari  va 

ulaming  o'rinbosarlari  tomonidan  saylanadi.  Senatorlikka  saylovchilar 

guruhi  (kollegiyasi)  tegishli  mahalliy  kengashlar  deputatlari  o'ziarining 

ichidan  shu  hududida  istiqomat  qilayotgan  har  ming  aholiga  bitta 

Senatorlik  saylovida  ishtirok  etuvchi  delegatni  birinchi  bosqichda  saylab 

oladi,  taxminan  30  ming  aholi  istiqomat  qilayotgan  hudud  bo'lsa,  o'ttizta 

delegat va ulaming  o'rinbpsarlari bilan  60  taga yetadi.  Umuman  olganda, 

hududiy  milliy  yig'ilish  deputatlari  va  departamenti  va  maslahatchilari 

orasida  saylangan  Senatorlikka  saylov  guruhi  (kollegiyasi)  delegatlari 

bilan  hisoblanganda,  mamlakat  hududi  bo'yicha  108 000  nafar  saylovda 

ovoz  berish  uchun  guruh  tashkil  topadi.  Shundan  600  tasi  delegat  milliy 

yig'ilish  deputatlari, 

3000  tasi  hududiy 

va  bosh  departament 

maslahatchilari,  104 000  tasi  mahalliy  (munitsipal)  kengash  vakillaridir. 

Senatorlar  saylovi  asosiy  shaharlarda  joylasbgan  departament  binolarida 

o'tadi.  13  departamentdan  proporsional  saylov  tizimi  bo'yicha,’ ya’ni  har 

bir  departamentda  5  ta  yoki  undan  ortiq  nomzodlar  ko'rsatilib,  eng  ko'p 

ovoz  olgan  5  tasi  yoxud  6  tasi  birinchi  turda  saylangan  hisoblanadi. 

Masalan,  saylov  bulletenida  10  ta  nomzod  ko'rsatilgan  bo'lsa,  shundan 

eng  ko'p  ovoz  olgan  5  tasi  yoki  6  tasi  saylangan  deb  e’lon  qilinadi. 

Shunday  qilib,  13  departamentdan  69  ta  senator  saylanishi  mumkin.

302


Senatga hammasi bo'lib 321  ta senator saylanadi, qolganlari mojitar saylov 

tizimi  bo'yicha  boshqa  hududlardagi  departamentlarda  o'tkaziladi. 

Senatorlar  9  yil  muddatga  Departament,  Milliy  yig'ilish  deputatlari 

tomonidan  o'zlarining  ichidan  saylab  olingan  delegatlari,  mahalliy 

(munitsipal)  kengashlar vakillaridan  tashkil  topadi.  Saylovchilar guruhlari 

kollegiyalari tomonidan saylanadi.



4-§. Tashviqot-targ'ibot ishlari, ovoz berish, qayta saylov

va takroriy ovoz berish

Saylov  jarayonining  saylovoldi  tashviqot-targ'iboti  bosqichi  ham 

muhim  ahamiyatga  ega  bo'lsa-da,  lekin  aksariyat  davlatlarning 

qonunchiligida to'liq tartibga solinmagan.

XVIII-XIX  asrlarda  va  XX  asming  boshlarida  ham  siyosiy  kuchlar 

saylovchiga bevosita ta'sir qila olganlar, ya’ni  saylovchini  sotib olish, unga 

kuch  bilan  ta'sir  qilish  va  hokazolar.  Hozirgi  davrda  ommaviy-axborot 

vositalari  siyosiy  kuchlaming  imkomyatlarini  kengaytirdi  saylovchiga 

ta'sir qilishi bilvosita bo'lsa ham juda yuqoridir.

Demokratik 

davlatlarda 

ommaviy-axborot 

vositalarini 

monopolizatsiya  qilinishini  oldini  olish  yuzasidan  yetarli  chora-tadbirlar 

ko'rilgan  qonunlarda  saylovoldi  targ'ibotlarini  olib  borish  imkoniyatlari 

har  bir  nomzodga  berilganligi  kafolatlab  qo'yilgandir.  Masalan,  Italiyada 

parlament fraksiyalari  vakillaridan iborat bo'lgan maxsus parlament organi 

partiyalar  uchun  targ'ibotlar  shakli  va  vaqtini  belgilab  beradi  (press- 

konferensiyalar,  guruhlar  munozaralari,  “yuzma  yuz”  muloqotlar  va 

boshqalar).  AQ&hda  nomzodlarga  o'z  saylovoldi  kampaniyalarini 

ta’minlashlari  uchun  belgilangan  moliyaviy  mablag'.larning  60  foizidan 

ko'pini  ommaviy-axborot  vositalaridagi  targ^ibotga  sarflashlari  mumkin 

emas.

Saylov  jarayonimng  mazkur  bosqichidagi  muammo  bu  -   saylov 



kampaniyasini  n\oliyalashtirilishidir.  Ko'pchilik  mamlakatlaming  saylov 

qonunchiligida  saylovlarni  davlat  tomonidan  moliyalashtirilishi  haqidagi 

normalar  mavjud  emas  (Belgiya,  Daniya,  Lyuksemburg,  Niderlandiya  va 

boshqalar),  lekin  davlat  yetarli  darajada  saylovlarni  moliyalashtirilishi 

uchun  mablag'lar  ajratadi.  Bu  holat  budjet  va  moliyaviy  qonunchiligida 

o'z  aksini  topadi.  Fransiya  qonunchiligi  5  foizdan  ko'p  ovoz  olgan 

nomzodlaming 

saylovoldi 

tashviqotlariga 

sarflangan 

mablag'lami 

qoplashligini  nazarda  tutadi,  5  foizdan  kam  ovoz  olgan  nomzodlaming 

saylovoldi kampaniyasi ularning o'z saylov garovlaridan qoplanadi.

Partiyalar  va  nomzodlaming  saylovoldi  tashviqotlari  uchun  xususiy

303


xayriyalar  yo  l  qo'yiladigan  mamlakatlar  qonunchiligi  xayriya  qilingan 

mablag'lar  manbalarini  doimo  oshkor  qilib  turilishiga  talab  qo'yadi. 

Ba'zan  saylov  xarajatlarining  eng  yuqori  chegarasi  belgilab  qo'yiladi, 

mazlcur  miqdordan  ortiq  mablag'  sarflash  bir  qator  mamlakatlarda jinoiy 

javobgarlikka sabab bo'ladi (Yaponiya).

| AQShda  nomzod  tomonidan  olinadigan  mablag'lar  dekloratsiya 

qilinishi  belgilangan,  anonim  xayriyalar  miqdori  esa  100  dollardan 

ortmasligi  lozim.  Jismoniy  shaxs  tomonidan  siyosiy  partiyani  qo'llab 

quvvatlash  uchun  yiliga  25  ming  dollardan,  muayyan  nomzodni  qo'llash 

uchun  esa  2  ming  dollardan  ortiq  xayriya  qilinishi  mumkin  emas. 

Mablag'lar  nomzod  tomonidan  tashkil  qilingan  saylov  qo'mitasi 

tomonidan yig'iladi  va bu haqda hisob berib turishi shart.  Yuridik shaxslar 

tomonidan  siyosiy  arboblar  va  partiyalarni  moliyalashtirishi  maxsus 

qo'mitalar orqali oshkora amalga oshiril’shi belgilangan.

Tashviqot-targ'ibot ishlari barcha dyosiy kuchlarga o'z imkoniyatlari 

doirasida  erkin  faoliyat  yurita  olish  shart  sharoitlarini  yaratib  beradi.  Har 

bir  partiya  yoki  siyosiy  kucblar  qonunlai  doirasida  saylovchilar  ovozi 

uchun targ'ibotlar orqali  kurashisblariga imkoniyatlar yaratilgan.

Jamiyat  va  alohida  olingan  shaxs  o'rtasidagi  munosabatlarning 

huquqiy  mezonini  o'matilishi  natijasida  uning  ishtirokchilariga  o'zini 

namoyon  etishi  uchun  har  birining  harakat  doirasi  o'ziga  xos  va  mos 

ravishda  belgilangan.  Bu  esa  ular  o'rtasidagi  munosabatlarning  kelib 

chiqishi va rivojlanishida o'zaro kelishmovchiliklarga barham beradi.

Shu o'rinda, tashviqot-targ'ibot ishlariga:

1)  Saylov organlari ishining e'lon qilinib turilishi;

2) Saylov  hujjatlarini  e'lon  qilinib,  saylovchilarga  tanishtirilib 

turilishi;

3)  Saylov jarayoni  haqida muntazam axborot berilib borilishi;

4) Nomzodlar  haqidagi 

ma’lumotlar, 

ulaming 

dasturi 


bilan 

saylovchilarni o4z vaqtida tanishtirilib turilishi;

5)  Saylov  uchastkalari,  okruglar,  saylov  organlarining  joylashgan 

o'm i, saylovchilar ro'yxati bilan saylovchilaming tanishtirilishi;

6) Ovoz berish natijalari ommaga ma'lum qilinishi va boshqalar.

Demokratik davlatlaming saylov to'g'risidagi qonunlarida oshkoralik

prinsipi  alohida moddalarda o'z ifodasini topgan.  Saylovlami  tashkil etish 

va  uni  o'tkazishda  saylov  organlari,  siyosiy  partiyalar,  davlat  va jamoat 

idoralari o'z faoliyatlarini ochiq va oshkora olib boradilar.

Saylov  organlari  fuqarolami  o'z  ishlaridan,  saylov  okruglari, 

uchastkalari  tuzilganligi,  saylov organlarining tarkibi, ulaming joylashgan

304


yeri  va  ish  vaqtidan  voqif etadilar,  saylovchilaming  ro'yxatlari,  saylovda 

ishtirok  etayotgan  siyosiy  partiyalaming  ro'yxati  bilan  tanishtiradilar, 

nomzodlar  xususidagi  ma'lumotlar,  ovoz  berish  va  saylov  yakunlaridan 

xabardor qiladilar.  Ommaviy-axborot  vositalari  saylovga tayyorgarlikning 

borishi va saylov qanday o'tayotganligini yoritib boradilar.

Saylovga  tayyorgarlik  ko'rish  va  uni  o'tkazishga  doir  barcha 

tadbirlarda,  shuningdek  saylov  kuni  ovoz  berish  xonalarida  va  ovozlarni 

sanab  chiqishda  nomzodlar  ko'rsatgan  siyosiy  partiyalardan,  saylovchilar 

tashabbuskor 

guruhlaridan 

bittadan 

kuzatuvchi, 

ommaviy-axborot 

vositalarining  vakillari,  boshqa  davlatlar,  xalqaro  tashkilotlai  va 

harakatlardan  kuzatuvchilar  qatnashish  huquqiga  egadirlar.  Ularning 

vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bo'lishi kerak.

Manfaatdor  tashkilotlar,  saylovchilar  tashabbuskor  gumhlari  o'z 

kuzatuvchilari  to'g'risida  saylov  organlariga  saylovga  kamida  o'n  besh 

kun qolganida ma’lum qiladilar.

Kuzatuvchilar:  nomzodlar  ko'rsatishga  bag'ishlangan  yig'ilishlarda, 

okrug va uchastka saylov organlarining majlislarida hozir bo'lishi;

saylov  uchastkasida  hozir  bo'lish  hamda  tayyorgarlik  ishlarinmg 

borishini,  ovoz  berish  uchun  saylov  qutilarining  joylashtirishi  va 

muhrlanishini, fuqarolarga saylov bulletenlarining benlishini kuzatishi;

ovozlarni 

sanab  chiqishda  va  uchastka  saylov  organining 

bayonnomalarim tuzishda hozir bo'lishi;

saylov  natijalari  to'g'risidagi  hujjatlaming  tegishli  saylov  organi 

tomonidan tasdiqlangan nusxalarini so'rash va ularni olishi;

agar  saylov  uchastkasida  saylov  qonunchiligining  buzilishiga  yo'l 

qo'yilgan  deb  hisoblash  uchun  asos  bo'lsa,  q 'z   kuzatuvlari  to'g'risida 

yuqori saylov organiga ma’lum qilishi mumkin. ft

Xorijiy  mamlakatlarda  saylov  organlari  faoliyatining  natijali 

bo'lishini  ta'minlash  uchun  asosan,  oshkoralik  prinsipi  qo'llaniladi. 

Masalan,  Germaniya  Federativ  Respublikasining  “Bundestag  saylovi 

haqida”gi  qonunini  beshinchi  bo'limi,  “Saylov  o'tkazish  tartibi”  deb 

nomlangan  bo'lib,  uning  31-32  paragraflari  saylov  o'tkazilishida 

oshkoralik prinsipining qo'llanishi belgilangan.62

Shuningdek,  Fransiya  Respublikasining  1964  yil  14  martda  qabul 

qilingan  “Umumiy  ovoz  berish  yo'li  bilan  respublika  Prezidenti  saylov 

haqida”gi  qonunini  “Saylov  kampaniyasi”  deb  nomlangan  ikkinchi 

bo'linaida,  Fransiya  Respublikasi  Prezidenti  saylovida  oshkoralikning 

ta’minlanishi  mazkur qonunda  belgilangan  normalarga qal’iy  rioya qilgan

** 


Chirkin 

V .Y B  


Kowrtitufcvmnoye j>ravo zarubejnix 

« m m . C H - 6 4 . 

Proktikum. 

-  M .r Y m i s t   1 9 9 9 .  S

305


holda o'tkaziladi.  Ushbu bo'limning  12-moddasida, saylov kompaniyasida 

nomzodlaming  tengligi  milliy  axborot  vositalari  va  boshqa  ommaviy 

axborot  vositalari  va mittbuot orqali  o'zlarini  namoyon  etishda o'z  yozma 

ma’lumotlarini e'lon qilishda ta'minlanadi, deyilgan.

Shundan  xulosa  qilib  aytishimiz  mumkinki,  har  bir  davlat  hayotida 

saylovning  oslikoraligi  uni  faqat  ziddiyatlarsiz  o'tkazilishiga  xizmat  qilib 

qolmasdan, uning qonuniyligini ham kafolatlaydi.

5-§. Saylov natijalarini aniqlash va e'lon qilish

Har qanday  demokratik davlat o'z  ichki  va  tashqi  siyosatida  doimiy 

rivojlanish  qonuniyatlarini  takomillashtirib  borishga  intiladi.  Rivojlanish 

qonuniyatlarining  eng  muhim  talablaridan  biri  bu  davlat  boshqaruvida 

xalqning  ishtirokini  bevosita  ta’minlamshidir.  Xalqning  bevosita  davlat 

boshqaruvida  ishtiroki  dastlab  saylovlar  asosida  amalga  oshiriladi. 

Saylovning tashkiliy va huquqiy masalalari esa uni to'g'ri qonuniy tashkil 

etilganligiga  bog'liq  bo'lib,  haqqoniy  amalga  oshirilgan  bo'lsa,  uning 

natijali prinsipida o'z ifodasini  topadi.

Agar  saylovlarda  alohida  shaxslar  yoki  guruhlar  manfaatlariga 

xizmat  qiluvchi  sun'iy  shart-sharoitlarga  erishilsa,  uning  natijalari  ham 

shunga mos ravishda bo'ladi.  Bu esa o'sha davlat yoki jamiyatning kelgusi 

rivojlanish  bosqichiga  salbiy  ta'sir ko'rsatadi.  Shuning uchun ham  saylov 

jarayonini ilmiy nuqtai  nazardan o'rganish va tadqiq qilish uning mazmun- 

mohiyatiga yetish hozir zamon huquqshunoslari uchun shartdir.

Masalan,  Fransiya  Respublikasi  Prezidenti  saylovida  uning  natijasi 

Konstitutsiyaviy  Kengash  nazorati  ostida  bo'lib,  bunda  asosan  saylov 

jarayonlarining  oxirgi  bosqichi  hisoblangan,  saylov  bulletenlarini  sanash 

vaqti  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Shuning  uchun  bu jarayonga  ko'proq 

e'tibor  beriladi  va  saylov  natijalarini  e'lon  qilinishi  ham  muhim 

prinsiplardan biri bo'lib hisoblanadi.

Fransiya  Prezidenti  saylovi  yakunlahni  e'lon  qilish  ham  yuqorida 

ko'rsatib o'tganimizdek, Konstitutsiyaviy Kengash vazifasiga kiradi va o'n 

kunlik  muddat  ichida  bo'lajak  Prezident  nomini  e’lon  qiladi  yoki  qayta 

saylov o'tkazish yoxud qayta ovoz berish haqidagi o'z xulosasini bildiradi.

Bunda  asosan  saylov  jarayonlarining  oxirgi  bosqichi  hisoblangan, 

saylov  bulletenlarini  sanash  vaqti  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Shuning 

uchun  bu  jarayonga  ko'proq  e’tibor  beriladi  va  saylov  natijalarini  e’lon 

qilinishi ham muhim prinsiplardan biri bo'lib hisoblanadi.

Fransiya  Prezidenti  saylovi  yakunlarini  e’lon  qilish  ham  yuqorida 

ko'rsatib o'tganimizdek, Konstitutsiyaviy Kengash vazifasiga kiradi va o'n

306


kunlik  muddat  ichida  bo'lajak  Prezident  nomini  e'lon  qiladi  yoki  qayta 

saylov o'tkazish yoxud qayta ovoz berish haqidagi o'z xulosasini bildiradi.

Barcha  xorijiy  davlatlarda  saylov jarayonining  eng  muhim  bosqichi 

bo'lib  ovoz  berish  daqiqalari  hisoblanadi,  aynan  shu  bosqichda  xalqning 

xohish-irodasi  amalga  oshadi.  Ovoz  berish  tadbiri  barcha  xorijiy 

davlatlaming saylov qonunchiligida mustahkamlangan bo'ladi.

Ovoz  berishga  saylovchilar  ro'yxatida  turuvchi  fuqarolar  shaxsini 

tasdiqlovchi  hujjatlar bilan  (qator  mamlakatlarda  saylov  kartochkasi  yoki 

ovoz  berish  huquqini  beruvchi  guvohnomalar)  yo'l  qo'yiladi.  Ayrim 

mamlakatlarda an’anaviy  saylov bulletenlari orqali  ovoz berish bilan birga 

maxsus mashinalar vositasida ham  ovoz berish  amaliyoti  mavjud.  Maxsus 

mashinalar  orqali  ovoz  berish  saylovchilaming  o'z  xohish  irodasini 

kuzatish  bilan  birga  saylov  natijalarini  tezlik  bilan  aniqlash  imkonini 

beradi.  Bu  esa  saylov  qonunchiligini  buzilishini  oldini  oladi  deb 

hisoblanadi.  Lekin  mashinalar ham  odamlarga  bo'ysunadi  shuning  uchim 

mutlaq qonuniy ovoz berish jarayonini kafolatlamaydi.

Saylov  bulletenlari  masalasini  tartibga  solish  bo'yicha  qonunchilik 

hamma  davlatlarda  turlicha.  Masalan,  Avstriyada  saylov  bulletenlarini 

nashr  qilish  Federal  budjetdan  ta'minlanadi,  Ispaniyada  esa  nomzodlar 

ro'yxatiga  kiritilgan  siyosiy  birlashmalar  va  nomzodlar  saylov 

bulletenlarini  nashr qilishni  o'z mablag'laridan  ta'minlashlari  lozim.  Ba'zi 

davlatlarda  saylov  bulletenlarini  qalbakilashtirishdan  himoya qilish  uchun 

davlat belgilari bilan Markaziy saylov organi nazorati ostida nashr qilinadi 

(Rossiya,O' zbekiston,Qozog' iston).

Saylov  kunida  o'zi  ro'yxatdan  o'tgan  doimiy  yashash  joyida 

bo'lmagan  saylovchilarni  ovoz  berishda  qatnashishini  hal  qilish  masalasi 

ham  jahonning  turli  mamlakadari  qonunchiligida  turlicha  belgilangan. 

Ba’zi  davlatlarda bu masala (Rossiya,  Avstriya, O'zbekiston, Qozog'iston) 

shaxsning  saylov  kunida  o 'z  yashash  joyida  bo'lmasligi  mumkinligini 

tasdiqlovchi hujjatni (xorijiy davlatga xizmat safari) taqdim qilsa saylovga 

qadar ovoz berishi mumkin bo'ladi.  Xorijiy davlatlarda doimiy yashovchi 

fuqarolar  ham  saylovdan  oldin  o'z  davlati  elchixonasida  ovoz  berishi 

mumkin.  Ko'pchilik  davlatlarda  shunday  holatni  hisobga  olib  pochta 

orqali  ovoz  berish  amaliyoti  ham  mavjud.  Masalan,  Germaniyada  pochta 

orqali  ovoz  berishda saylovchi  o'z  vaqtida saylov  okrugi rahbariga  (ya’ni, 

okrug  saylov  organining  raisiga)  pochta  orqali  ovoz  berish  huquqini 

beruvchi  guvohnomasi  va  alohida  muhrlangan  konvertda  saylov 

bulletenini to'ldirilgan holatda jo'natishi lozim. Agar pochta saylov kunida 

soat  18.00  ga  qadar  yetib  kelsa  ovoz  hisoblanadi.  Bunda  saylovchi

307


guvohnomasi  va  saylov  builetenini  o'z  qo'li  bilan  to'ldirganligi  haqida 

qasamyod bilan imzolashi lozim.

Saylov 

kunida 


o'z 

doimiy 


yashash  joyida 

bo'Imaydigan 

saylovchilami ovoz berishining yana bir usuli -  ishonchli vakil orqali ovoz 

berishdir.  Fransiya  Respublikasining  “Saylov  kodeksi”da  ishonchnoma 

orqali  ovoz  berishi  mumkin  bo'lgan  shaxslar  doirasi  belgilangan.  Unga 

ko'ra  xorijda  xizmat  safarida  bo'lgan,  saylovda  bevosita  qatnashishga 

sog'lig'i yo'l qo'ymaydigan va boshqa fuqarolar ishonchnoma orqali ovoz 

berishlari  mumkin.  Umumiy  saylovlardagi  ovoz  berish  odatda  bir  kunda 

o'tkaziladi.

Saylov  tugashi  bilan  berilgan  ovozlami  hisoblash  dastlab  saylov 

uchastkalarida  darhol  boshlanadi.  Undan  keyin,  har  bir  saylov  okrugida 

berilgan  ovozlar  soni  hisoblanadi,  bulletenlar  orasidan  haqiqiy  emas  deb 

topilganlari  chiqarib  tashlanadi.  Bunday  holatlar  uchastka  saylov 

organining maxsus bayonnomasi orqali hisobga olinadi.

1972  yil  qabul  qilingan  Shvetsiyaning  “Saylov  to'g'risida”gi 

qonunini  14-bobi,  4  paragrafiga  muvofiq,  dastlab  bulletenda  birorta  ham 

partiya  ko'rsatilmagan  yoki  bittadan  oshiq  siyosiy  partiya  ko'rsatilgan 

bo'lsa;  bulletenda  ovozni  kimga  tegishliligini  aniqlashni  imkonini 

bermaydigan, ataylab buzib qo'yilgan belgilar mavjud bo'lsa haqiqiy emas 

deb  topiladi.  Shuningdek  pochta  orqali  ovoz  berishda  konvertda  bittadan 

ortiq  bulletenlar  bo'lsa  va  ularning  barchasi  bir  xil  to'ldirilgan  bo'lsa, 

ulardan  faqat  bittasi  haqiqiy  deb  topiladi,  agar  konvertdagi  bulletenlarda 

turli partiyalarga ovoz berilgan bo'lsa barcha bulletenlar haqiqiy emas deb 

topiladi.

Saylov  uchkastkasida  hisoblab  chiqilgan  ovozlar  yuqori  turuvchi 

saylov  organiga  yuboriladi.  Saylov  natijalari  tegishli  saylov  okrugi 

bo'yicha  hududiy  va  markaziy  OTganlar  tomonidan  e'lon  qilinadi .Turli 

mamlakatlarda  ovoz  berish  jarayoni  bir  xil  bo'lib,  unda  teng  miqdorda 

saylovchilar qatnashgan  bo'lsa  ham  saylov  natijalarini  e'lon  qilish  saylov 

tizimiga ko'ra turlicha bo'lishi mumkin.

Shuningdek,  takroriy  ovoz  berish  alohida  bir  okruglarda  saylov 

o'tkazilganidan  keyin  saylov  jarayonining  bir  muncha  soddalashtirilgan 

tartibi  qo'llanilishi  mumkin.  Saylovda  ikki  nafardan  ortiq  nomzod 

qo'yilgan  bo'lsa  va  nomzodlardan  hech  bin  talab  qilingan  miqdordagi 

ovozni  olmasa  saylovchilaming  eng  ko'p  ovozini  olgan  ikki  nomzod 

takroriy  ovoz  berish  o'tkaziladi.  Okrug  saylov  organi  mazkur  masala 

yuzasidan  qaror  qabul  qilib  bu  haqida  okrug  saylovchilarini  xabardor 

qiladi.


308

Takroriy 

ovoz 


berish  chog'ida  ovoz 

berishda  qatnashgan 

saylovchilaming ko'p ovozini olgan nomzod saylangan hisoblanadi.

Xorijiy 


mamlakatlar 

tajribasida 

takroriy 

saylovlar 

saylov 

o'tkazilmagan  yoki  haqiqiy  emas  deb  topilsa  yoxud  agar  saylash  uchun 



ikkitadan  ko'p  nomzod  qo'yilmagan  bo'lsa  va  ulardan  hech  biri 

saylovchilaming zarur miqdordagi  ovozini  olmagan  bo'lsa,  maxsus saylov 

organi  takroriy  saylov  kunini  belgilaydi.  Ovoz  berish  asosiy  saylov 

o'tkazilgan  saylov  uchastkalarida  va  saylovchilaming  avval  tuzilgan 

ro'yxatlari bo'yicha o'tkaziladi.

Takroriy  saylov  asosiy  saylov  o'tkazilganidan  keyin  kamida  bir  oy 

muddat ichida o'tkazilishi aksariyat davlatlaming qonunlarida belgilangan.

Takroriy saylov quyidagi hollarda o'tkazilishi mumkin:

A) Agar saylov haqiqiy emas deb topilgan bo'lsa;

B) Agar takroriy ovoz berish natija bermagan bo'lsa.

Ayrim  davlatlarda  takroriy  saylov  quyidagi  hollarda  o'tkazilishi 

mumkin:


A)  Basharti,  saylov  okrugi  bo'yicha  saylov  o'tmagan  yoxud  emas 

deb topilgan bo'lsa;

B)  Agar takroriy  ovoz  berish  saylangan  deputatni  aniqlash  imkonini 

bermagan bo' Isa;

V) Agar saylov okrugi bo'yicha deputatlikka ko'pi  bilan ikki  nomzod 

ovozga qo'yilgan bo'lsa va ulardan birortasi ham saylanmagan bo'lsa.

Takroriy  saylov  maxsus  tuzilgan  yoki  vakolatli  organ  topshirig'iga 

binoan  okrug  saylov  organi  tomonidan  o'tkaziladi.  Bunda  tegishli  saylov 

organi  takroriy saylov yangi  tarkibdagi okrug va uchastka saylov organlari 

tomonidan  o'tkazilishi  to'g'risidagi  qaror  qabul  qilinishi  mumkin.  Ovoz 

berish  asosiy  saylov  o'tkazish  uchun  tuzilgan  avvalgi  saylov 

uchastkalarida  va  saylovchilar  ro'yxatlari  bo'yicha  kechi  bilan  bir  oylik 

muddat ichida o'tkaziladi.

Kuch  ishlatish,  aldash,  qo'rqitish  orqali  yoki  boshqa  yo'llar  bilan 

fuqarolaming  saylash  va saylanish,  referendumda ishtirok etish,  salovoldi 

tashviqotini olib borishdan iborat huquqlaridan foydalanishlariga to'sqinlik 

qilish,  shuningdek  hujjatlami  soxtalashtirish,  ovozlami  atayin  noto'g'ri 

sanash  va  saylov  qonunchiligini  o'zgacha  tarzda  buzish  qonunlarga 

muvofiq javobgarlikka tortilishga sabab bo'ladi.

Shunday  qilib,  saylov  o'tkazilishining  demokratiyaviyligi  uning 

natijalarida  xalq  xohish-irodasi  o 'z  ifodasini  topadi.  Bu  esa  har  qanday 

demokratik davlatning rivojlanish kafolatidir.

309

1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling