O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar


taqiklangan  xatti-harakatlar  (harom).  Bunday  xatti-harakatlar  uchun


Download 18.02 Mb.
Pdf просмотр
bet4/54
Sana21.03.2020
Hajmi18.02 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54

taqiklangan  xatti-harakatlar  (harom).  Bunday  xatti-harakatlar  uchun 

gunohkorlar  juda  qattiq  jazolanadilar.  Bunga  harom  luqma,  masalan, 

cho'chqa  go'shtini  iste'mol  qilish,  aroq  ichish,  odam  o'ldirish  singari 

harakatlar misol  bo’ladi.

Shariat  jinoyat  uchun  qat'iy.  shafqatsiz  choralarni  ko'zda  tutadi. 

Masalan,  Qur'onda  (5-sura,  42-oyat)  o'g  rilik  qilgani  uchun  o'g'rilarning 

qo’ li 

kesilishi 

lozimligi 

aytiladi.  Shuningdek,  gunohkorlami  aniq 

belgilangan  miqdorda  darra  bilan  urish  choralari  ham  tilga  olinadi.  Dindan

26


qaytish,  talonchilik,  qasddan  odam  o' Idirish  singari  jinoyatlar  uchun 

shariat o'lim jazosini  ko'zda tutadi.

Shariat  hozirgi  zamon  dunyosining  eng  yirik  huquqiy  tizimlaridan 

biri  bo'lib  qolmoqda  va  u  oila,  jamiyat,  davlat  miqyosidagi  ijtimoiy 

munosabatlarni  tartibga  soluvchi  qoidalarni  o 'z  ichiga olgan.

Shariat  asosan  ma'naviy-axloqiy  huquq  qonuni  bo'lib,  ko'pdan-ko'p 

yozma  va  og'zaki  diniy,  madaniy,  axloqiy,  huquqiy,  mahalliy  urf-odat  va 

an'analar ta'siri  ostida shakllangan.



9-§.Tabiiy huquq

Davlat  va huquq  nazariyasida  inson  tabiatidan  kelib  chiquvchi  hamda 

shu  tufayli  muayyan  davlatning  qonunlar  orqali  tan  olishiga  yoki  tan 

olmasligiga  bog'liq  bo'lmagan  prinsiplar,  qoidalar.  huquq  va  qadriyatlar 

majmuasini  bildiruvchi  tushunchadir.

10-§.  Siyosiy deklaratsiyalar

Konstitutsiyaviy  huquqning  keyingi  o'z iga  xos  xususiyatiga  ega 

bo'lgan  manbalari  qatoriga,  ko'pgina  rivojlanayotgan  hamda  sotsialistik 

davlatlarda  hukm 

suradigan  partiyalaming  siyosiy  deklaratsiyalari, 

xartiyalari,  dasturiari  va boshqalari  kiradi.

Konstitutsiyaviy 

huquqda  alohida  siyosiy-yuridik  hujjatlarning 

ularga  tantanali  xususiyat  berish,  ulariing  tegishli  davlat  taqdiri  uchun 

katta  ahamiyatini  takidlash  maqsadiga  ega  bo'lgan  nomi  (Inson  huquqlari 

Umumjahon  Deklaratsiyasi).  Normativ  hujjat  bo'lm ish  deklaratsiyaning 

o'ziga  xos  jihati  shundaki,  ulardagi  qoidalar  o 'ta   umumiy.  nomuayyan 

xususiyatga  ega  bo'lib,  qo'shimcha  ravishda  qonun  bilan  tartibga  solishui 

talab  etadi.  Xalqaro  huquqda  tomonlar  bilan  kelishilgan  qoidalar  va 

maqsadlarni  ifodalovchi  hujjat.  U  majburiy  xususiyatga  ega  emas.  Odatga 

avlanganligi  sababli  davlatlar  uchun majburiy  bo'lib  qolgan  1948  yil  Inson 

huquqlari  umumjahon  Deklaratsiyasi  bundan  mustasnodir.

27


3-bob.  Xorijiy  m am lakatlar K onstitutsiyalari

1-§.  Konstitutsiya  ta'rifi

2-§.  K onstitutsiyaning ijtim oiy-siyosiy mohiyati

3-§.  Formal  va  moddiy  Konstitutsiya.  (Yuridik  va  amaliv 

Konstitutsiya)

4-§  K onstitutsiyaning  funksiyalari:  yuridik,  ijtim oiy-siyosiy  va 

m afkuraviy

5-§.  K onstitutsiyaviy  tartibga solish  obvektlari

6-§.  K onstitutsiyaviy  rivojlanishning  asosiy  bosqichlari  va 

tcndcnsiyalari huquq  taraqqiyotidagi  asosiy  tendcnsiyalar

7- §.  K onstitutsiyaning amal qilishi



l-§.  Konstitutsiya  ta'rifi

Konstitutsiyaga  umumiy  tarzda  “oliy  yuridik  kuchga  ega  bo'lgan,  bir 

tomonidan  inson  va  ikkinchi  tomondan  davlat  o'rtasidagi  munosabatlar 

asoslarini,  shuningdek,  davlatning  o'zining  tashkiIlashtirish  va  faoliyat 

к о 'rsatish  asoslarini  tartibga  soladigan  huquqiy  normalar  tizimi,”  deya 

ta'rif berish  mumkin.

M.F.  Chudakov  o'zining  “Xorijiy  mamlakatlar  davlat  konstitutsiya­

viy  huquqi”  nomli  ma’ruzalar  to'plamida  konstitutsiyaga  shunday  ta’rif 

beradi:  Konstitutsiya ma'lum  bir mamlakatdagi  butun  huquq  tizimining o'q 

tomiri  va  mamlakatdagi  asosiy  ustunlarini  (qoidalarini)  normativ  hujjat, 

ya'ni  bir tizimga  solingan  normalar to'plamidir.

“ Ammo  konstitutsiya  normativ  hujjatlar  va  qonunlarning  oddiygina 

to'plami  emas,  balki uning o'z i  oliy yuridik kuchga ega bo'lgan qonundir”, 

-deb  ta'kidlaydi.  M.Chudakov  uning  barcha  normalari  qolgan  boshqa 

barcha  qonunlarga  nisbatan  ustuvorlik  kasb  etadi.  Amaldagi  qonunchi- 

likning  barcha  normalari  konstitutsiya  normalariga  moslab  qabul  qilinadi. 

Konstitutsiyada  amaldagi  qonunchilikning  asosiy  yo'nal ish lari  belgilab 

beriladi.

Konstitutsiyaning 

ustuvorligi 

ba'zan 

uning 


normalarida 

ham 


mustahkamlab  qo'yiladi:  Masalan,  Irlandiyaning  1937  yilda qabul  qilingan 

Konstitutsiyasining  15-moddasida shunday deyiladi.

1.  Ushbu  Konstitutsiyaga  yoki  uning  biron-bir  ko'rsatmasiga  zid 

keladigan  bironta  Qonun  Parlament  tomonidan  qabul  qilinishi  mumkin 

emas.

2.  Ushbu  Konstitutsiyaga  yoki  uning  biron-bir  ko'rsatmasiga  zid 



keladigan  Qonunning aynan  o'sha zid  keladigan  qismi  amal  qilinmaydi.

28


Yaponiyaning  1946  yilda  qabul  qilingan  Konstitutsiyasining  98- 

moddasida  esa  shunday  deyiladi:  «  Konstitutsiya  mamlakatning  oliy 

qonuni  bo'lib,  uning  qoidalariga  to'liq  yoki  qisman  /.id  keladigan 

qonunlar,  Farmonlar,  reskriptlar  yoxud  davlatning  boshqa  hujjatlari 

qonuniy  kuchga ega bo'lmaydi.»

Xo'sh,  barcha  qonunlar  va  normativ  hujjatlar  Konstitutsivaga  mos 

bo'lishi  uchun  nima  qilinadi?  Masalan,  Fransiya  Konstitutsiyasining  ham 

bir  qator  moddalarida  barcha  qonunlar  Konstitutsiyaga  mos  kelishi 

lozimligi  mustahkamlab  qo'yilgan.

Masalan,  61.1-moddada  aytilishicha,  chiqariladigan  barcha  organik 

qonunlar 

e'lon 


qilingunlariga 

qadar 


hamda 

Parlament 

palatalari 

reglamentlari  ham  Konstitutsiyaviy  Kengash  e’tiboriga  havola  qilinishi 

zarur.  Bu  kengash  ularni  o r g a n ib   chiqib.  Konstitutsiyaga  mos  yoki  zid 

ekanligi  to'g'risida  o 'z   xulosasini  beradi.  Xuddi  shu  maqsadda  qonunlar 

Respublika  Prezidenti,  Bosh  vazir,  Milliy  Kengash  raisi,  Senat  raisi,  60ta 

deputat  yoki  60ta  senator  tomonidan  Konstitutsiyaviy  Kengashga 

jo'natilishi 

mumkin. 


Fransiya 

Konstitutsiyasining  -  62-moddasida 

aytilishicha,  g'ayrikonstitutsiyaviy.(Konstitutsiyaga  zid)  topilgan  qonun 

e'lon  ham  qilinmaydi,  amalga  ham  kiritilmaydi.  Konstitutsiya  normalariga 

zid  kelgan  qonun  g'ayrikonstitutsiyaviy deb  topiladi.

2-§.  K onstitutsiyaning ijtim oiy-siyosiy  mohiyati

Har bir Konstitutsiya o'zining oliy yuridik  kuchga ega  bo'lgan  asosiy 

qonun  sifatidagi  yuridik  mohiyati  bilan  bir  qatorda,  ijtimoiy-siyosiy 

mohiyatga  ham  egadir.  Buning  ma'nosi  shundaki,  har  bir  konstitutsiya 

ta'sis  majlisida,  paiiamentda  yoki  saylov  korpusida  qabul  qilinayotgan 

vaqtdagi  siyosiy  kuchlaming  o'zaro  munosabatining  yozuvini  anglatadi. 

Uni  ma'lum  ma'noda  ijtimoiy  shartnoma  (yuridik  ma'nodagi  shartnoma 

emas)  deb  ham  atash  mumkin.  Unda jamiyatning  turli  qismlarining  siyosiy 

manfaatlari  muvofiqlashtirib  beriladi.  Jamiyatning  har  bir  qismi  bo  lagi,  u 

ijtimoiy  sinfmi,  sotsial  qatlami,  hududiy,  milliy  yoki  boshqa  birlashmami, 

bundan  qat'i  nazar  siyosiy  kurashda  o 'z   ijtimoiy  manfaatlarini\himoya 

qiladi.  O'z aro  muvofiqlashtirilgan  darajalar  konstitutsiyada  o 'z   aksini 

topadi.  Jamiyatda  bunday  mutanosiblik  bo'lmasa,  hech  qanday  huquq- 

tartibot  mavjud  bo'la olmaydi.

To'g'ri,  barcha  ijtimoiy  manfaatlarni  teng ravishda  nazarda  tutadigan 

konstitutsiyani  yaratishning  iloji  yo'q.  Jamiyatning  u  yoki  bu  sabablar 

(ko'pincha,  iqtisodiy  sabablar)ga  ko'ra  nufuzliroq  qismi  konstitutsiya 

mohiyatiga  kuchliroq,  odatda  hal  etuvchi  ta'sir  ko'rsatadi.  Ammo  bu  hoi

24


markschi-leninchilar  ta'kidlaganlaridek,  konstitutsiya  iqtisodiy  jihatdan 

hukmron  sinfning xohishini  ifoda  etadi,  degani  emas.  Agar konstitutsiyalar 

faqat  hukmron  doiralar  xohishini  ifoda  etganlarida  ular  o'zlarining  asosiy 

vazifasini,  ya'ni  fuqarolar  tinchligini  saqlash  quroli  sifatidagi  rolini  hajara 

olmagan  bo'lar edi.

F.Lassol  Konstitutsiya  moliiyatiga  alohida  e'tibor  berib,  o'zining 

“Konstitutsiya  mohiyati.  Xo'sh,  undan  keyinchi”  degan  asarda  shunday 

deb  yozadi:  "Mamlakatning  amaldagi  konstitutsiyasi  mamlakatda  ma\ ju d ,  

bo'lgan  kuchlarning  amaldagi  munosabatidir.  Jitimoiy  kuchlarning  o'zaro 

munosabatlarini  aniq  ifoda  etgan  hollardagina  yozilgan  konstitutsiyalar 

tnustahkain  (barqaror) va sermazmun  bo'ladi.”

Ba'zi  mualliflar  konstitutsiyalarning  yuridik  (formal)  va  faktik  turlari 

bo'lishi  mumkinligi  xususida fikr bildiradilar.

Mustabid  (totalitar)  siyosiy  tuzum  o'rnatilgan  mamlakatlarda  formal 

(yuridik)  ma'nodagi  hamda  moddiy  (faktik)  ma'nodagi  konstitutsiyalar 

o’rtasida  katta  farqlar  k o'zga  tashlanadi.  Chunki  bunday  davlatning  asosiy 

qonuni  amalda  mavjud  rejimni  to'sib.  pana  qilib  turuvchi  parda  vazifasini 

o'rnatadi  xolos.

Konstitutsiya  mohiyati  xususida yuqorida  aytilgan  gaplar zamonaviy 

konstitutsiyalar  faqat  alohida  ijtimoiy  guruhlar  manfaatlarini  aks  ettiradi, 

degan  ma'noni  anglatmaydi,  albatta.  Ammo konstitutsiyalarda  ular ko'proq 

hisobga  olinishi  va  ta'minlanishi  bor gap.  Ammo  mamlakat  konstitutsiyasi 

ahoiining  barcha  qatlamlarining  qo’llabquvvatlanishi  uchun,  konstitutsiya 

ijtimoiy-  totuvlikka  erishish  maqsadlariga  xizmat  qiladigan  hamda 

ahoiining  barcha  qatlamlari  tomonidan  adolatli  deb  tan  olinadigan  huquq 

tartibot o'rnatishi  lozim.



3-§.  Form al  va  moddiy  K onstitutsiya  (Yuridik  va  amaliy 

K onstitutsiya)

Konstitutsiyaviy  huquq  fanida  Konstitutsiya  tushunchasi 

ikki 

ma'noga  ega  deb  qaraladi.  Shu  ma'noda  formal  va  moddiy  Konstitutsiya 



farqlanadi.

Hozirgi  zamon  konstitutsiyaviy  huquq  fanida  formal  konstitutsiya 

deganda,  boshqa  normativ  huquqiy  hujjatlarga  nisbatan  yuqori  yuridik 

kuchga  ega  bo'lgan,  qabul  qilinishi  va  o'zgartirilishi  alohida  tartibda 

amalga oshiriladigan  qonun  tushuniladi.

Moddiy  ma'nodagi  Konstitutsiya  deganda  esa,  davlat  hokimiyatini 

tashkil  etishni  tartibga  soluvchi  normalar  yig'indisi  tushuniladi.  Bundagi 

asosiy 


narsa 

tartibga 

solish 

predmeti 



va 

ijtimoiy 

munosabatlar

30


mazmunidir.

Fransuz  olimi 

F.Ardan: 

"Konstitutsiya  davlat  hokimiyatining 

sinonimidir.  Shuning  uchun  hatto  yozma  hujjat  bo'lmaganda  ham  davlat 

o'z  Konstitutsiyasiga  ham  ega  bo'ladi.  Agar  davlat  yozma  hujjat  ega 

bo'lganda ham Konstitutsiyaning o'zida aks ettirmaydi",  deb yozgan edi.

Zamonaviy  konstitutsiyaviy  huquq  fanida  moddiy  yoki  amaliy 

Konstitutsiya  deganda,  davlat  hokimiyatini  hayotdagi  amalga  oshirilishi 

tushuniiadi. 

Moddiy 

Konstitutsiya 

real 

harakatdagi 

amaliy 

Konstitutsiyadir.  Formal  yoki  yuridik  Konstitutsiya  davlatning  Asosiy 

qonunidir.  Yuridik  Konstitutsiya  davlat  hokimiyatini  tashkil  etish  va 

shaxsni huquqiy maqomini belgilash asoslarini mustahkamlaydi.

4-§.  K onstitutsiyaning  funksiyalari:  yuridik,  ijtim oiy-siyosiy  va 

m afkuraviy

Ma'lumki,  konstitutsiyaning  birinchi  funksiyasi  yuridik  funksiyadir. 

Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, konstitutsiya A sosiy Qonundir.  U davlat 

huquqining  asosiy  manbasi,  ijtimoiy  munosabatlarni  huquqiy  tartibga 

solish tizimi  poydevoridir.  U davlatdagi  huquq tartibot asosidir.

Konstitutsiyaning  ikkinchi  funksiyasi  siyosiy  funksiyadir.  Konsti­

tutsiya  davlat  qurilishini,  davlatning  alohida  fuqarolar,  ulaming  guruhlari 

va  umuman  jamiyat  bilan  munosabatlarini  belgilab,  jamiyatning  siyosiy 

tizimining  huquqiy  asosi  bo'lib  xizmat  qilishi,  uning  siyosiy  funksiyani 

ado  etishidan  dalolat  beradi.  Barcha  siyosiy  kuchlar  turli  partiyalar  va 

harakatlar  konstitutsiyada  belgilab  berilgan  qoidalar  asosida  o'zaro 

hamkorlik  va  raqobat  qiladilar,  kurashadilar  va  davlat  hokimiyatidan 

foydalanadilar.

Albatta,  bu  qoidalar  konstitutsiyaga  real  hayot  voqeliklariga  binoan 

kiritiladi,  ammo  avval  konstitutsiyada  belgilab  qo'yilib,  so'ngra  hayotga 

tatbiq  etiladigan  hollar  ham  uchrab  turadi.  Konstitutsiya  islohoti  saylov 

tizimini  o’zgartirib  yuboradigan  holatlami  bunga  misol  qilib  keltirish 

mumkin.  Konstitutsiyaning  siyosiy  funksiyasining  amalga  oshirilishi 

davlatning siyosiy yaxlitligini ta’minlaydi.

Konstitutsiyaning  uchinchi 

funksiyasi  uning 

ideologik,  ya'ni 

mafkuraviy  funksiyasidir.  Konstitutsiya  eng  obro’-e'tiborli  qonun  sifatida 

jamiyatdagi  umum  tan  olingan  qadriyatlarga,  ya’ni  inson  huquqlari,  mulk, 

demokratiya,  oila  va  ba'zan  Xudoga  e'tiqod  iymon  kabi  qadriyatlarga 

murojaat  etadi.  Bu  qadriyatlar  keyin  joriy  qonunlarda,  sud  amaliyotida, 

konstitutsiyaviy  nazorat  organlari 

faoliyatida  inobatga  olinadi  va 

tasdiqlanadi.

31


Xorijiy  mamlakatlar  konstitutsiyalarida  mustahkamlab  qo'yilgan 

malkuraviy  (ideologik)  qoidalarga  e'tibor beradigan  bo'lsak,  quyidagilarga 

amin  bo'lamiz:

«Davlat  oilani  jamiyatni  birlashtiruvchi  asos  va  tabiiy  ilk  manba 

sifatida,  shuningdek,  har  qanday  pozitiv  huquqlardan  ustuvor  bo'lgan 

ajralmas  va  daxlsiz  huquqlarga  ega  bo'lgan  axloqiy  institut  sifatida  tan 

oladi.»  (Irlandiya Konstitutsiyasi, 4 1-modda,  1-qism).

«Davlat  insonning  ongli  mavjudot  sifatida  har  qanday  pozitiv 

huquqlar  bilan  bir  qatorda  xususiy  mulk  huquqiga  egaligini  tan  oladi.» 

(Irlandiya Konstitutsiyasi  43-modda,  1-qism,  I-band.)



5-§.  K onstitutsiyaviy tartibga solish  obyektlari

Konstitutsiyaviy  tarzda  tartibga  solinadigan  obyektlar  konstitutsiya 

mazmunining  eng  muhim  elementlaridan  biridir.  Keyingi  bir  necha  yuz 

yillar ichida  ular  ko'plab  o'zgarishlarga uchradi.  Birinchi  paytlarda  konsti­

tutsiyalar  ijtimoiy  munosabatlaming  ikki-uchta  guruhini  (blok)  tartibga 

solardilar.

Inson  va  fuqaroning  huquqlari  va  erkinliklari  shunday  munosabat- 

laming  birinchi  guruhini  tashkil  etardi.  Konstitutsiyani  yaratishdan 

ko'zlangan  asosiy  maqsad,  ham  avval  boshda  inson  va  fuqaroning 

huquqlarini  davlat  tajovuzidan  muhofaza  qilishdan  iborat  b o ’lgan. 

Konstitutsiyaning  oliy  yuridik  kuchga  ega  ekanligi  unda  e’lon  qilingan 

huquqlar  va  erkinliklarni  turli  oddiy  qonunlar  va  huquqiy  hujjatlar 

chiqarib,  kamsitishga  poymol  qilishga  y o ’l  qo'ymagan.  Ommaviy 

hokimiyatning  tashkil  etilishi  ijtimoiy  munosabatlaming  ikkinchi  guruhini 

(blokini)  tashkil  etgan.  Xalq  suvereniteti  tamoyiliga  asoslangan  bu 

tashkilot  o'zidan  kelib  chiqadigan  vakillik  boshqaruvi  tamoyillari 

hokimiyatning  tarmoqlarga  taqsimlanishi  tamoyillarini  hayotga  tatbiq 

etishga  mo'ljallangan.  Vakillik boshqaruvi  tamoyilining  ma’nosi  shundaki, 

qonun  chiqaruvchi  hokimiyat  xalq  tomonidan  saylanadi,  uning  xohish 

irodasini  ifoda etadi  va shakllantiradi.

Hokimiyatning  taqsimlanishi  tamoyilligiga ko'ra,  qonun  chiqaruvchi. 

ijroiya  va  sud  hokimiyati  bir-birini  mutanosiblashtiruvchi  turli  davlat 

organlari  tomonidan  amalga oshiriladi.  Eng  birinchi  konstitutsiyalardayoq, 

davlat 


hokimiyati 

shakllantirishning 

asosiy 

tamoyillari, 



ularning 

vakolatlari  hamda  ular  o'rtasidagi  o'zaro  munosabatlar  belgilab  berilgan 

edi.  Ijtim oiy  m ttnosaballaniing  ushbu  gnruhi  siyosiy  hucludiy  qurilishni 

ham  q a m m h   oladi.  Hududiy  tuzilmalar  turlari,  ularning  o'zaro  va 

m arkaziy  hokim iyat  hilan  munosabatlari  shu  jum laga  kiradi.  Bunday


nomiaiar federativ  dav

latlar 


konstiuiisiyalariga 

ba'zan 


esa 

unitar 


davlatlar 

konstilutsiyalariga  ham  kiritilgan.

Bora-bora  konstitutsiyaviy  tar/da  tartibga  soiinadigan  obycktlai 

doirasi  kengayib  borgan.  Bunina  imuimiy  sababi  albatta  jamiyatning 

iqtisouiy-ijtimoiy  va  siyosiy  ha>,oiulagi  o'zgarishlardadir.

Paydo 


bo'lgan 

yariui 


niuno .aballar. 

eski 


inunosabatlarning 

isio'moldjn  ciiiqib  qolislii  kuiiMitulsivav i\  qonuiuhilikda 



v'y.

  in’ikosirsi 

topa  borgan.  limiy  Ц'чшклпу  taiaqqivoi  ham  jahon  konstitutsiyaviy 

livojlanishiga  barakah  U'sa  ко  rsal;an.  /его. 

>ibti\  xarakterdagi  bu 

sabab  boshqa  aniqr<'i| 

.ababiar  b;!an  |o ‘Idiriladi.  Yu/aga  keladigan 

muammolai  siy

olgan 

holda 


taiiibua 

•■.olinadi 

\ a  

luinday 


nuiammolar 

odatda. 


konstitiUsis aviy  lai/da  taitibua  solinishi  lo/.iin  bo'ladi.

Masalan,  kis’ti’aihiuj.  о  /   jinsini  o '/g a ilin s h   huquqi  medilsina 

fanidag;  y«(ut)’ar  hisobida»  yuzaga  fccldi.  Koitsliculsiyaviy  qom.Hcbiiikk.i 

mscnm  bioiogik  mavjudol  sifatida  biitunlay  qinbb  kelishidau  saqlab 

qolislii  uchiiii  ba'zi  bir  man  eluvehi,  Laqiqlovehi  luumalat  ham  kiiitilishi 

•/aiurati 

paydo 

bo'ldi. 


Shvcysariya 

Konfcdeialsiyasining 

yangi 

Konstitutsiyasidagi  (1999  yil)  1 19-moddamng  2-qisrnida  insonga  nishatan 



gen  injenerligini  qo'llash  va  meditsinaviy  yo'l  bilan  homikulor  qilishni 

tartibga 

soluvchi 

normalar 

mavjud. 

Unda 


shunday 

dcyiladi: 

«Konfederatsiya  insonning,  shaxsning  va  oilani  qadr-qimmati  himoyasi 

ta'minlanishini  nazorat  qilib  boradi  va  jumladan  quyidagi  tamoyiliar 

amalga oshishini  la'minlaydi.»

Huquq  va  erkinliklar  sohasi  yangi  huquqlar  va  erkinliklar  hisobiga 

kengayib  bormoqda.  Masalan,  hozirgi  vaqtda,  ko'plab  mamlakatlar 

konstitutsiyalariga  atrof  muhitrti  muhofaza  qilish.  axborot  olish,  kam  sonli 

millat  va  elallar  tilini  ham  istc'molga  kiritish,  fan  va  madaniyatni  taraqqiy 

cttirishda  ishtirok  etish,  onalik  va  bolalikni  muhofaza  qilish  huquqlari 

kiritilgan.

OJiy  davlat  organlari  munosabatlaridagi  evolyufsion  taraqc[iyot  ijro 

hokimiyatining  kuchavib  borishi  an'analari  bilan  tavsiflanadi.  Ammo 

konstitutsiyalarda  bu hoi  hozireba to 'g 'rid a n -to 'g 'ri  ko'zga tashlanmaydi.

Hukumat  vakolatlari 

kengayib  borayotganligi 

sababli 

konsti­


tutsiyalarda  qonun 

ehiqanivchi 

va 

ijroiya 


hokimiyati 

o'rtasidagi 

munp^aballar 

yanada 


aniqroq 

[artibga 

solinmoqda. 

Hukumatning 

barqarorligini  ta’minlashga yo'naltirilgan  normalar ham  paydo  bo'lmoqda.

Masalasi,  ikkinchi  jahon  nrushigaeha  qabul  qilingan  konstitutsiya-



iarda  hukmnainmg  istyefoga  keiishi 

uchun  dosirukiiv  ishonmaslik 

votumining  hiltliiibshi  kifoya  deb  belgilab  qo’yilgundi,  Bunda  hukumat 

iste'foga  ketishi  uchun  parlamentda,  odatda  quyi  palatada,  yangi  hukumat 

boshlig'i  lavo/.irniga  nom /od  ko'rsatnmsdan  ham  ko'pchilik  salbiy  ovoz 

bcrishi  veiarli  edi.

GFRning  1949  yilda  qabul  qilingan  Asosiy  Qonunida esa  konstruktiv 

voltim  nazarda  tutilgan,  Uning  67-moddnsida  ayblishicha.  Bundestag 

Federaisiyaning  yangi  Kanslerini  (hukumal  boshlig'ini)  saylagandan 

keyingina eski  Kausicr  istyefoga chiqadi.

XX  asr  konstitutsiyalarida,  ayniqsa,  Ikkinchi  jahon  urushidan  kevin 

qabul  qilingan  konstitufsiyalarda  davlatning  iqtisodiy  va  ijtimoiy  organlari 

maqomini,  davlatning  ijtimoiy  va  iqtisodiy  faoliyatini  tartibga  soluvchi 

normalar  k o '/ g a   lasblanadi.  Bu  davlatning  ijtimoiy  hayotdagi  tartibga 

-.oluvehi  roli  kuehayib  borayofganligidan  dalolat  beradi

Italiya  Respublikasining  I‘>47  yildagi  konstitutsiyasida,  iqiisod  va 

nielina!  milliy  kengashi  Mistisida  normnlar  (99-modda),  Gcrmaniyauing 

\so s iy   Qommida  esa  Federatsiyaning  umumiy  manfaatlami  amalga 

oshirishda  ixhiirek  etishi  ( 9 1 -a  moddasi)  hamda  iqtisudiy  va  ijtimoiy 

•ohalarda  ishiirok  etishi  xususida  normalar  bar  1978 

y i l d a  

qabul  qilingan 

ispaniya  Kouslitut-ayusiga  esa  ijtimoiy  va  iqtisodiy  siyosatning  asosiy 

tamoyillariga  bag'ishlangan  butun  bir bob  kirililgan.

6-§.  K onstitutsiyaviy  rivojlanishning  asosiy  b o sq ich lari  va 

k*nden.siyalari  h u q u q   taraqqiyotidagi  asosiy  tendensiyalar

Tarixiy  cvolutsiya  jr.rayonido  yevropa  sivili/atsiyasi  hozirgi  kunda 

amalda  bo'lgan  konstitutsiyalarning  ikki  guruhini  vujudga  keltirdi:

Birinchi  guruh  bular  hozirgi  zanwn  shartlaridan  keskiti  farq  qiluvchi

l.aroitlaida  qabul  qilingan  eski  konstitutsiyalardir.  Bn  xildagi  konsti- 

tutsiyalaiga  1787  yildagi  AQSIJ  konstitutsiyasi,  shuningdek,  1831  yildagi 

Belgiya  konstitutsiyasi.  1X74  yildagi  Shvetsariya  konstitutsiyasi  eng 

) aqqoj  misol  bo' ladi.

Ikkinchi  gimihga  -  XX  asrning  2  yarmida  qabul  qilingan  “  yangi 

,л1о(Г 


konsiirutsiyalari 

kiradi. 


Masalan, 

1946 


yildagi 

Yaponiya 





Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling