O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar


-§.Umumiy yurisdiksiya sudlari tizimi: anglosakson va


Download 18.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/54
Sana21.03.2020
Hajmi18.02 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54

3-§.Umumiy yurisdiksiya sudlari tizimi: anglosakson va

romano-german

Umumiy yurisdiksiya sudlari tizimi turli mamlakatlarda turlicha.  Biz, 

eng  awalo,  instansiyalar  soniga  tegishli  (ya'ni  tizimdagi  bosqichlar, 

bo'g'inlar,  darajalar,  “qavatlar”ga),  protsessual  toifalar  bilan  yuqorida 

ko'rib,  chiqilgan  instansiyalarni  aralashtirib  yubormasligimiz  kerak. 

Masalan,  okrug  sudi  o'z  sudloviga  tegishli  bir  ish  bo'yicha  birinchi 

instansiyadagi sud sifatida namoyon bo'Isa,  boshqa bir ish bo'yicha,  ya'ni 

quyi  instansiya  sudida  ko'rib  chiqilgan  ishlar  bo'yicha  ikkinchi 

instansiyadagi  sud  sifati  namoyon  bo'ladi.  Oliy  sud  esa  eng  oliy  sud 

instansiyasi,  ham  birinchi,  ham  ikkinchi,  hamda  uchinchi  instansiya  sudi 

sifatida namoyon bo'lishi mumkin.

Ko'pchilik  xorijiy  mamlakatlardagi  sud tizimlari  keng  tarqalgan  ikki 

modeldan  biriga  tegishlidir:  Anglo-sakson  (anglo-amerika)  yoki  roman- 

german (Yevropa kontinental) sud tizimiga.

Anglo-sakson modelining asosiy belgilari:

■  Umumiy  huquqqa  tarixiy  sodiqlik,  sud  va  sud  pretsedenti  huquq 

manbai sifatidagi tutgan o'mining e’tirof etilishi;

■  cud  tergovining  protsessual  shakllarini  avvalo  sud  amaliyoti 

asosida ishlab chiqishi;

■  cud qarorlari ustidan faqat appellyatsion shaklda shikoyat qilish;

■  sudda  ikkala  tomonning  bir  xilda,  faol  ravishda  o'zini  himoya 

qilishi,  (bunda  sudya  passivroq  bo'ladi  va  tomonlaming  sud  jarayoni 

me'yorlariga amal qilishlarini kuzatib boradi).

■  Jinoiy  jarayonda  aybni  e'tirof  etishda  o'zaro  kelishuvga  ruxsat 

etishi;

■  Hakamlar  va  yarashtiruv  sudyalari  institutidan  keng  ko'lamda 



foydalanishi;

■  sudyalami tanlash amaliyotining nisbatan kengligi.

Ushbu  model  kontinental  (Yevropa)  modelidan  oldinroq  yuzaga 

kelgan  va  uning  doirasida  yuzaga  kelgan  an'analar  qonunchilik 

yangiliklariga  nisbatan  yuqori  darajada  mustahkamlikka  egadir.  Masalan, 

Angliyadagi  sudlarda  shunday ishlarga duch kelinadiki,  ulami  muhokama 

qilish  chog'ida  o'ta  qadim  zamonlardan  qolgan  mahalliy  urf-odatlaming 

bo'lganligini isbotlash talab etiladi.

Yevropa Kontinental modelining asosiy belgilari:

■  sudlarning  tashkil  etilishi  va  faoliyatini  belgilovchi  o'ta 

rivojlangan qonunchilik negizi;

472


*  sud 

pretsedentining  huquq 

manbai 

sifatida  rasman  tan 



olinmaganligi;

■  sud qarorlari ustidan shikoyat qilishning appellyatsiya shakli bilan 

bir qatorda, kassatsiya va taftish shakllaridan ham foydalanilishi;

■  sud jarayonida sudyaning faolligi;

■  hakamlar  va  yarashtiruv  sudlari  instimtlarining  nisbatan  kam 

tarqalganligi;

■  sheffenlar  (Germaniya  sud  tizimi)  va  assizlar  (roman  tizimi) 

sudidan foydalanilishi;

■  quyi  darajadagi  professional  sudyalarning  ko'proq  tayinlanishi 

(uchastka sudyalari, politsiya sudyalari va shunga o'xshash);

■  kadrlar  funksiyasi  va  vakolatlariga  ega  bo'lgan  to4la  va  qisman 

o'z-o'zini boshqaruvchi organlaming yaratilganligi;

Ikkala 

modelning 



bir-biriga 

muayyan 


yaqinlashganligini 

ta’kidlamaslikning 

iloji 

yo'q. 


Anglo-sakson 

huquq 


tizimidagi 

mamlakatlarda  sud  tizimlari  va  sud  muhokamalarining  qonunan  tartibga 

solinishi  muhim  ahamiyat  kasb  etib  bormoqda,  kontinental  (Yevropa 

huquq) tizimdagi mamlakatlarda sudyalar o'z qarorlari bilan bilan ijtimoiy 

munosabatlaming  qonuniy  tartibga  solinishidagi  bo'shliqlarni  to'ldirish 

huquqiga  ega  bo'lmoqdalar,  bu  esa  sudlarga  qandaydir  darajada  huquq 

yaratish funksiyasi berilganligini bildiradi.

4-§.Umumiy yurisdiksiya sudlarining tuzilishi

Umumiy yurisdiksiya sudlarining tuzilishi taxminan quyidagicha:

■  boshlang'ich  bo'g'in:  yarashtiruv  sudyasi,  politsiya  sudyasi, 

uchastka sudyasi va boshqalar;

■  asosiy bo'g'in; okrug sudi; tribunal va maxsus sudiar;

■  apellatsiya bo'g'ini: apellatsiya sudi, yuqori sud, oliy sud.

Asosiy  bo'g'in  sudlarida  birinchi  instansiya  bo'yicha ish muhokama

qilinayotganda  u  yoki  bu  toifadagi  maslahatchilar  ishtirok  etishlari 

mumkin.

Tabiiyki,  bunday  taxminiy  tizim  har  bir  mamlakatda  o'ziga  xos 



aniqlashtiriladi,  undan  tashqari  yuqorida  belgilangan  bo'g'inlardan 

birortasi biror mamlakatda bo'lmasligi mumkin. Ta’kidlash joizki, ikkinchi 

bo'g'inga  oid  sudlarning  hududiy  tashkil  etilishi  (ba’zan  birinchi 

bo'g'inlardagilaming  ham),  mamlakatning  siyosiy,  ma'muriy-  hududiy 

bo'linishi  bilan  ko'pincha  mos  kelmasligi  mumkin.  Sud  okrugi  yoki 

uchastkasi  o'ta  muhim  hududiy  birlikdir,  ma'muriy  hududiy  birlik  uchun 

sudda  alohida  organ  tuzilmaydi.  Bu  xususiyat  sudning  boshqa  davlat

473


organlari  va  mahalliy  o'zini  o'zi  boshqarish  organlaridan  mustaqilligini 

oshirishni  taqozo etadi.

Misol  tariqasida,  sud  hokimiyati  haqidagi  Ispaniya  Organik  qonuni 

bilan  belgilab  qo'yilgan  umumiy  yurisdiksiya  sudlari  tizimini  olish 

mumkin:

■  yarashtiruvchi  sudlar (Juzgedas de Paz);



■  birinchi  instansiya  va  tergov  sudlari  (Juzgados  de  Primera 

Instancia  Instruction).  Bu  sudlarda jinoiy  ishlar,  voyaga  yetmaganlar  va 

qamoqxona nazorat ishlari  bo'yicha,  ma'muriy  kelishmovchilik yuzasidan 

ishlar va boshqa ijtimoiy ishlar muhokama qilinadi (ko'rib chiqiladi).

■  provinsial ishtirok (Audiencias Provinciales);

■  oliy  odil  sudlov  tribunallari,  Ispaniyani  tashkil  etuvchi  avtonom 

hamj amiy atlarida;

■  M illiy ishtirok;

■  Oliy tribunal;

AQSH  umumiy  yurisdiksiyasining  o'ziga  xosligi  shundan  iboratki, 

har bir  shtatda uch bo'g'inli  federal  sud tizimi  bilan  bir qatorda,  shtatning 

oliy  sudiga  tutashuvchi  o'z  sud  tizimi  mavjud,  ikkala  tizim  orasidagi 

sudlovni  farqlash  qoidasi  juda  murakkab.  Boshqa  federativ  davlatlarda, 

odatda, umumiy yurisdiksiya sudlari tizimi yagonadir.

Sotsialistik mamlakatlarda sud tizimi o'sha mamlakatlaming siyosiy- 

ma'muriy  hududiy  bo'linishiga  chambarchas  bog'liqdir.  Gap  shundaki, 

bunday  bo'linish,  barcha  kadrlar  masalasi,  shu  jumladan  sudlarni 

shakllantirish  masalalari  muhokama  qilinadigan  kompartiya  qo'mitalari 

tizimi  qo'l  ostidadir.  Masalan,  Xitoy  Xalq  Respublikasining  1979  yilgi 

"Xalq  sudlarini  tashkil  etish  to'g'risida"gi  qonunga  muvofiq,  XXRda 

sudlov 


ishlari 

quyidagilar 

tomonidan 

amalga 


oshiriladi: 

turli 


bosqichlardagi  mahalliy xalq sudlari  - quyi, o'rta va oliy darajalardagi xalq 

sudlariga bo'linadi.  Quyi  xalq  sudlari -  bu  uyezd va  shahar xalq  sudlari, 

avtonom  uyezdlar,  shahar  tumaniari  sudlaridir;  o'rta  saviyadagi  xalq 

sudlari  -  bu  provinsiyalar,  tumanlar,  avtonom  okruglar,  shuningdek 

markazga  tobe  bo'lgan  shaharlar  va  provinsiyalavda  hamda  avtonom 

viloyatlarga  qarashli  shaharlarda  tashkil  etilgan  xalq  sudlaridir;  oliy 

darajadagi  sudlar  -   bu  provinsiyalar,  avtonom  viloyatlar,  markazga  tobe 

shaharlaming xalq sudlaridir.

Sud hokimiyatining ushbu tarmog'i so'ngi o'n yillikda alohida ajralib 

bormoqda  va  ko'pchilik  mamlakatlarda,  shu  jumladan,  postsotsialistik 

mamlakatlarda  milliy  yoki  oliy  ma'muriy  sud  boshchiligidagi  maxsus 

tizimga  aylanmoqda  (Fransiya  va  Italiyada  ma'muriy  adliya  tizimiga

474


boshchilik  qiluvchi  sud davlat kengashi  deb  ataldi).  Uning  asosiy  vazifasi 

ma'muriy  kelishmovchiliklami  hal  etish.  Ya’ni,  bir  tomondan  jismoniy 

yoki  yuridik  shaxslar,  ikkinchi  tomondan  esa  davlat  organlari  yoki 

ommaviy  ma'muriyatning  mansabdor  shaxslari  orasidagi  ixtiloflarni  hal 

etadi.  Ixtiloflarni  hal  etayotganda,  ma'muriy  sudiar,  ommaviy  ma'muriy 

organlar  va  mansabdor  shaxslarning  qabul  qilgan  hujjatlari  qanchalik 

qonunga muvofiqligini  tekshiradi va ushbu  hujjatlar qonunga xilof bo'lsa, 

ularni  bekor  qiladi  yoki  hujjatni  qabul  qilgan  organ  yoxud  mansabdor 

shaxsga  uni  bekor  qilish  yoki  o'zgartirish  vazifasini  yuklaydi.  Undan 

tashqari,  ko'pchilik  mamlakatlarda,  ma'muriy  adliya  organlari  zimmasiga 

ommaviy  ma'muriy  idora  tomonidan  qabul  qilingan  normativ  (me'yoriy) 

qonun  hujjatlarining  konstitutsiyaviyligi  va  qonuniyligini  tekshirish 

yuklatilgan.  Shunday  qilib,  ma'muriy  adliya  -   inson  va  fuqaro  huquq  va 

erkinliklari  va  umuman  huquq  muhofazasini 

to4 la 

ta'minlashni 



kafolatlovchi muhim institut (soha, muassasa)dir.

Ko'pchilik Farb davlatlarida va ulaming huquq tizimini qabul qilgan 

ba'zi 

rivojlanayotgan 



mamlakatlarda, 

ma’muriy 

adliya 

instituti 



konstitutsiyalarda  o'z  aksini  topmagan.  Masalan,  ushbu  institutoi  AQSH, 

Yaponiya,  Belgiya,  Ispaniya  va  Ruminiya  konstitutsiyalaridan  qidirish 

befoyda,  hamda  Germaniya,  Italiya,  Fransiya,  Bolgariya  va  Chexiya 

konstitutsiyalarida  esa  ma'muriy  adliya  oliy  organlari  haqida  ba'zi 

eslatmalami uchratishimiz mumkin.

Konstitutsiyalarda,  ma'muriy  sudiar  haqida  eslab  ham  o'tilmagan 

demokratik  mamlakatlarda  bunday  sudiar  umumiy  yurisdiksiya  sudlari 

tizimining bir sohasi  sifatida mavjud yoki  ularning funksiyalarini umumiy 

yurisdiksiya sudlari amalga oshiradi.

Asr boshlarida,  Buyuk Britaniya va AQShda ma'muriy aktlar ustidan 

sud  nazorati  umumiy  yurisdiksiya  sudlari  tomonidan  amalga  oshirilgan, 

biroq  keyinchalik  bu  mamlakatlarda,  ushbu  vazifani  bajarish  uchun 

ixdsoslashgan  tashkilotlar  yuzaga  kela  boshladi  va  asming  oxiriga  kelib, 

bu  tashkilotlaming  ahamiyati  yuqorilashdi.  Ular kvazi  sudiar  hisoblanadi 

va ba'zan  ma'muriy  idoralar tizimida turadi.  Protsessual  kafolatlardan  eng 

kam,  ammo  zarurlarini  saqlab  qolgan  bu  organ  eng  sodda  protsedura 

tufayli  oddiy  sudlarga  qaraganda  tezroq  ishlami  hal  qiladi.  Bunday 

organlardan ba'zilari  sudlarga juda yaqin bo'ladi, ba'zan  sudiar deb ataladi. 

Masalan,  Buyuk  Britaniya  va  AQShdagi  soliq  sudlari.  Biroq  ikkala 

mamlakatda  ham  ma'muriy  yurisdiksiyadagi  ixtisoslashgan  organlarning 

o'zi ham umumiy yurisdiksiya sudlari nazorati ostidadir.

Umumiy  yurisdiksiya  sudlari,  sud  buyruqlari  vositasida  ma'muriy

475


aktlarning  tovla  qonuniyligi  ustidan  bevosita  nazoratni  amalga  oshiradi. 

Masalan,  mandamus  (Wret of Mandamus)  -  bu  mansabdor shaxsga uning 

vakolatiga  kiruvchi  ishning  amalga  oshirish  yoki  qonuniy  qaror  qabul 

qilish  vazifasini  yuklovchi  sud  buyrug'idir;  indjakshin  (Writ  of 

ingunction)-bu  mansabdor  shaxsga  ishni  amalga  oshirish  yoki  buyruq 

chiqarishni taqiqlovchi sud buyrag'idir.

Sotsialistik mamlakatlarda,  ma'muriy qarorlar ustidan sud nazoratiga 

raxsat  etilsa-da,  uning  hajmi juda  chegaralab  qo'yilgan.  1977  yildagi  sud 

tizimlarini  tashkil etish haqidagi  Kuba qonuninmg 4-moddasi 7-bandidagi 

ta'rif  diqqatga  loyiq,  unga  muvofiq  sudlar  faoliyatining  asosiy 

maqsadlaridan  bin  “qonun  taqozo  etgan  holatda,  davlat  ma'muriyati 

tarkibiga  kiruvchi  organlar  va  tashkilotlar  tomonidan  qabul  qilingan 

qarorlar  qayta  ko'rib  chiqish  hamda  mehnat  ixtiloflarini  hal  etish”  dan 

iboratdir.  Qonun  esa  "taqozo"larga  saxiy  bo' lmagan  va  bo'lmaydi  ham: 

ko'p  qarorlar  shaklan  ma’muriy,  ammo  amalda  o'zini  har  qanday 

qonundan  yuqori  qo'yuvchi,  o'z  qarorlarining  sud  nazorati  ostiga 

olinishiga hech  qachon yo'l  qo'ymaydigan  Kuba Kompartiyasi  rahbaryati 

tomonidan qabul qilinadi.

476


42-bob. Sud hokimiyatiga ko'm ak beruvchi idora va rauassasalar

1-§.Prokuratura: tushunchasi, vazifalari va davlat

organlari tizimidagi o 'm i

2-§.Advokatura: tushunchasi va vazifalari

3-§.Boshqa yordamchi organlar va muassasalar: sud politsiyasi,

notariat va boshqalar

l-§.P rokuratura:  tushunchasi, vazifalari va davlat

organlari tizimidagi o 'rn i

Prokuratura  -   bu  asosiy  vazifasi  jinoiy  xatti-harakatni  sodir  etgan 

shaxslarni jinoyat sodir etganligi uchun ta'qib etish,  sudda davlat ayblovini 

amalga  oshirish,  jinoyatlami  oldini  olish,  shuningdek,  shaxslaming  jazo 

o'tash joylari (qamoqxonalar)da saqlanishining qonuniyligi ustidan nazorat 

olib  boruvchi  davlat  organidir.  Uning  tashkil  etilishi  va  maqomi  maxsus 

qonunlar va sud protsessual qonunchilik bilan tartibga solinadi.

Prokuraturaning  davlat  hokimiyatida  tutgan  o'rnidan  kelib  chiqqan 

holda mamlakatlarni to'rt guruhga bo'lish mumkin:

• 

Prokuratura adliya vazirligi tarkibida bo'lgan mamlakatlar;



• 

prokuratura  sudiar korpusi  (magistraturalar)  tarkibiga kiritilgan 

va sudiar huzurida bo'lgan mamlakatlar;

• 

prokuratura  alohida  tizimga  ajratilgan  va  parlamentga  hisobot 



beradigan mamlakatlar;

• 

prokuratura umuman bo'lmagan mamlakatlar;



Birinchi  guruh  mamlakatlar  jumlasiga  AQSH,  Fransiya,  Yaponiya, 

Polsha  kiradi.  Masalan,  AQSH  va  Polshada  adliya  vaziri  (AQShda-Bosh 

attomey)-ayni vaqtda, bosh prokuror ham hisoblanadi,  Qo'yi  pog'onadagi 

prokurorlar  (attomeylar)  unga bo'ysunadilar.  Undan  tashqari  AQShda  har 

bir shtatda federal prokuraturadan tashqari  shtat bosh prokurori boshchilik 

qiladigan  va  federal  prokuraturaga  bo'ysunmaydigan  o'z  prokuratura 

tizimi  ham  faoliyat  ko'rsatadi.  Federal  Prokurorlar  Prezident  tomnidan 

Bosh  attorney  (prokuror)ning  taqdimiga  ko'ra,  Senatning  roziligi  bilan 

tayinlab 

qo'yiladi. 

Shtatlarda  prokurorlarning  xuddi 

shu  tarzda 

gubernatorlarning o'zlari tayinlaydilar.

Fransiyada,  1958  yil  magistraturaning  maqomi  to'g'risidagi  organik 

qonunni  o'zida  mujassamlashtirgan  №58-1270-sonli  ordonansga  muvofiq 

prokurorlar  o'zlaridan  yuqori  turuvchi  rahbarlarga,  birinchi  navbatda 

adliya vazirligiga bo'ysunadilar va ulaming nazorati ostida bo'ladilar.  Sud 

majlisida  ular bemalol  so'zga  chiqishi  mumkin.  Kassatsiya  va  apellatsiya

477


sudlarida  bosh  prokurorlar,  qonunda  belgilangan  boshqa  barcha 

jarayonlarda esa Respublika prokurorlari faoliyat ko'rsatadilar.

Ikkinchi  guruhdagi  mamlakatlar jumlasiga Ispaniya va Italiya kiradi. 

Masalan,  Ispaniyada  1981  yilda,  Prokurorning  organik  statuti  (Ministerio 

Fiskal)  50-qonunga  muvofiq  prokuratura  qonuniylikni,  fuqarolarning 

huquqlari  va  ommaviy  manfaatlami  himoya  qiladi,  shuningdek, 

shaxslaming  iltimosnomalariga  ko'ra  tribunal  mustaqilligiga  rioya 

etilishini  kuzatib  boradi.  Prokuratura  nisbatan  funksional  avtonomiyaga 

ega  bo'lgan  sud  hokimiyati  tizimiga  kirgan  holda,  o'z  vazifalarini 

faoliyatlarini markazlashganligi  va iyerarxik tobelik, qolaversa, qonuniylik 

hamda  biror  bir  siyosiy  partiyaga  bog'Iiq  bo'lmaslik  prinsipiga  asosan 

amalga oshiradi. Prokuratura organlari sudlar qoshida faoliyat ko'rsatadi.

Prokuraturaga, sud hokimiyati Bosh kengashi  roziligi bilan, Hukumat 

taqdimiga  muvofiq  Qirol  tomonidan  tayinlab  qo'yiladigan  Davlat  Bosh 

prokurori  rahbarlik  qiladi.  Sud  hokimiyati  iyerarxiyasida  u  Oliy  tribunal 

raisidan keyingi shaxs hisoblanadi.

Uchinchi 

guruhga 


mansub 

bo'lganlar 

-  

bu 


sotsialbtik 

mamlakatlardir.  Bu  mamlakatlarda  yuqorida  sanab  o'tilgan  funksiya 

(vazifa)lar  bilan  bir  qatorda  prokuraturalar zimmasiga  qonuniylik  ustidan 

umumiy  nazorat  olib  borish  yuklangan,  uning  obyektlari  davlat  organlari 

(odatda  vazirliklardan  boshlab  qo'yi  organlargacha,  bunda  vakillik 

organlari  mustasno),  jamoat  birlashmalari,  xo'jalik  birlashmalari,  turli 

muassasalar  va  jismoniy  shaxslar  faoliyatidir. 

1936  yil  Stalin 

konstitutsiyasidan  boshlab, 

sotsialistik^konstitutsiyalar  prokuratura 

maqomining  eng  muhim  davlat  organlaridan  biri  sifatida  belgilagan, 

holbuki,  bunday  umumiy  nazoratning  real  ahamiyati  deyarli  yo'q  hisobi. 

Odatda sotsialistik prokuratura -  parlament tomonidan rasman o'z vakolati 

muddatiga  yoki  undan  ham  ko'proq  muddatga  tayinlanadigan  bosh 

prokuror  va  u  tomonidan  boshqariluvchi  organlaming  alohida  tashkil 

etilgan  tizimidir.  Bosh  prokuror  parlament  oldida  o'z  faoliyati  uchun 

rasman  javobgar  hisoblanadi.  U  prokurorlami  tayinlaydi.  Prokurorlami 

tayinlash  va  ozod  etish  haqidagi  hal  qiluvchi  qaror  kommunistik  partiya 

instansiyalari tomonidan qabul qilinadi.

Masalan,  KXDR  Konstitutsiyasining  143-146-moddalariga  muvofiq 

prokurorlik  faoliyati  Markaziy  prokuratura,  provinsial  (markazga  tobe 

shahar)  shahar (tumanlar), uyezd prokuraturalari va maxsus prokuraturalar 

tomonidan  amalga oshiriladi.  Prokuraturalarning majburiyat  (vazifa)lariga 

quyidagilar kiradi:

478


1)  davlat  organlari,  korxonalar,  jamoat-shirkat  tashkilotlari  va 

fuqarolar  tomonidan  davlat  qonunlarini  aniq  va  bir  xilda  ijrosi  ustidan 

nazorat;

2)  davlat  organlari  chiqargan  qarorlar  va  farmoyishlarning 

konstitutsiyaga,  qonunlarga,  Prezident  hujjatlariga,  Markaziy  Xalq 

qo'mitasi,  Oliy  Xalq  majlisi.  Doimiy  kengashi,  Ma'muriy  kengash 

hujjatlariga zid kelmasligi ustidan nazorat;

3)  “Ishchi,  dehqonlar hokimiyati va  sotsialistik tuzumni”  har qanday 

xavfdan  qo'riqlash,  davlat  va  jamoat-shirkat  mulki,  konstitutsiyaviy 

huquqlar, fuqarolaming hayoti  va mulklarini muhofaza qilish.

Prokuratura  faoliyatiga  Markaziy  prokuratura  rahbarlik  qiladi, 

prokurorlami  tayinlaydi  va  lavozimidan  ozod  qiladi. 

Markaziy 

Prokuraturaning raisi konstitutsiyaga muvofiq Oliy xalq majlisi  tomonidan 

tayinlanadi  va  lavozimidan  ozod  qilinadi.  Barcha  prokurorlar  faoliyati 

davomida  Oliy  xalq  majlisi,  Prezident  va  Markiziy  xalq  qo'mitasi  oldida 

mas'uliyatli  bo'lgan  Markaziy  prokuratura  va  boshqa  yuqori  maqomli 

prokuraturalarga bo'ysunadi.

Turtinchi  guruhga  mansub  mamlakat  Buyuk  Britaniyadir,  bu 

mamlakatda prokuratura yo'q.  Bosh Attorney, vakillari zarur hollarda,  sud 

majlislarida  ayblovchi  sifatida  so'zga  chiqa  olmaydigan  advokatlar 

korpusiga  rahbarlik  qiladi.  O 'ta  muhim  jinoiy  ishlar  ko'rilayotganda, 

maxsus lavozimli shaxs-ommaviy  tinglovchilar direktori  ayblovni qo'llab- 

quvvatlaydi.

2-§. Advokatura: tushunchasi va vazifalari

Advokatura  jismoniy  va  yuridik  shaxslarga,  jumladan,  ommaviy 

hokimiyat  organlari  va  muassasalarga  yuridik  xizmatlar  ko'rsatuvchi 

professional, 

oliy 

toifa, 


malakali 

yurist-huquqshunoslaming 

birlashmasidir.  Advokatura  odatda,  jamoatchilik  muassasasi  (institut) 

hisoblanadi  va  ba'zida  unga  ommaviy  vakolatlar  ham  beriladi. 

Konstitutsiyalarda kamdan-kam  hollarda advokatura haqida eslab  o'tiladi. 

Misol  tariqasida,  Bolgariya  Konstitutsiyasining  134-moddasini  oladigan 

bo'lsak,  uning  1-qismiga  ko'ra,  “advokatura  -   erkin,  mustaqil  va  o'zini 

o'zi  boshqaradi.  U  fuqarolar  va  yuridik  shaxslarga  ulaming  huquq  va 

qonuniy  manfaatlarini  himoya  qilishda  yordam  beradi.  Advokatura 

faoliyatini tashkil etish va uning tarkibi qonun bilan tartibga solinadi".

Ta'kidlash  joizki,  aksariyat  mamlaktlarda,  advokatura  haqida 

konstitutsiyalarda  eslab  o'tilmagan  bo'lsa-da,  uning  maqomi  qonunlar 

bilan  tartibga  solinadi.  Istisno  tariqasida,  Buyuk  Britaniyadagi  ikki

479


advokatlik korporatsiya  (uyushma)sidan  birini  -  davlat tomonidan  tashkil 

etilishi  va  faoliyatiga  hech  qanday  aralashuvga  yo'l  qo'yilmaydigan 



barristerlar

  korporatsiyasini  eslab  o'tish  mumkin.  Ushbu  katta 

imtiyozlarga ega bo'lgan  korporatsiya  faqat  oliy  sudlar  bilangina  ish  olib 

boradi.  J>bxlan  birga 



bdfKqa 

bir  korporatsiya 



ham 

mavjud  -   bu  1974 

yildagi  solisitorlar  haqidagi  Akt  bilan  tartibga  solinadigan  yuridik 

hamjamiyatga  birlashuvchi  Solisitorlar  korporatsiya 



(uyushma)sKGrT 

Solisitorlar - barristerlar va mijozlar orasida vositachilar sifatida namoyon 

bo'ladilar,  barristerlar  uchun  ishlami  tayyorlaydilar 

va 

o'zlari 


ham 

unchalik  murakkab  bo'lmagan  ishlami  olib  boradilar.  Ular  oliy  va 

Appelyatsiya sudlari nazorati  ostida faoliyat ko'rsatadilar.  Umuman  shuni 

ta’kidlash joizki,  Buyuk Britaniyada sud hokimiyati  tizimidagi har qanday 

lavozimga  mutlaqo  advokatura  orqali  o'tish  mumkin.  Advokatlar 

ko'pchilik  ma'muriy  lavozimlarga  tayinlanish  chog'ida,  universitet 

kafedralariga o'tishda, qator imtiyozlarga egadirlar.

AQShda  Amerika  yuristlar  assotsiatsiyasi  eng  obro'Ii  advokatlar 

birlashmasi hisoblanadi.  Shtatlaming o'z advokatlik birlashmalari  mavjud. 

AQShda  advokatlik  faoliyatini  tartibga  soluvchi  yagona  qonun  mavjud 

emas;  shtatlaming  qonunchiliklari.sud  qoidalari  mavjud,  bir  qator 

shtatlarda  esa  me'yoriy  tartibga  solishning  manbalari  bo'lib,  advokatlar 

birlashmalari nizomlari hisoblanadi.

Fransiyada,  advokatura  faoliyati  1971  yildagi  ba'zi  sud  va  yuridik 

kasb  (professiya)laming  isloh  qilinishi  haqidagi  qonuni  bilan  tartibga 

solinadi.  Advokatlar  sud  okruglari  bo'yicha  avtonom  kollegiyalarga 

birlashgan,  advokatlar Milliy assotsiatsiyasi esa professional (kasb)  axloqi 

(etikasi),  advokatlaming  malakasini  oshirish  va  ijtimoiy  ta’minlanishi 

masalalari 

bilangina 

shug'ullanadi. 

Hududida 

kollegiya 

faoliyat 

ko'rsatadigan  sud kollegiyaga qabul qilish  va uning  tarkibidan  chiqarishni 

nazorat qiladi.

Germaniyada,  advokatura  maqomi  1959  yilda  qabul  qilingan 

advokatura  haqidagi  qonun  bilan  tartibga  solinadi.  Yer  (viloyat)laming 

oliy  sudlari  ixtiyoridagi  sud  okruglarida va  federal  sud  palatasi  qonunida 

yagona federal  advokatlar palatasiga birlashuvchi  advokatlar kollegiyalari 

tuziladi.  Bu  advokatlik  birlashmalari  ommaviy-huquqiy  korporatsiyalar 

bo'lib hisoblanadi  va adliya idoralari  -  shunga muvofiq tarzda,  federal  va 

viloyat yustitsiya idoralari nazorati ostida bo'ladi.

Advokatlar  xizmati  juda  qimmat  va  demokratik  mamlakatlardagi 

qonunchilik  kam  ta'minlanganlarga,  jumladan,  to'la  davlat  hisobidan 

yuridik  xizmat  berishga  qadar,  turli  imtiyozlami  ko'zda  tutadi.  Ba’zi

480

1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling