O’ zbeki s t o n resp u blika s I oliy V a o’ r t a maxsu s t a ‘ L i m vazirlig I
Download 3.26 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston bilan Litva o’rtasida Davlatlararo munosabatlarning asoslari, do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma
- Markaziy Osiyo respublikalari o’rtasida aloqalarning yo’lga qo’yilishi
- Davlatlararo kengash tuzildi. Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi ta’sis etildi.
- Orol muammolarini hal qilish tomon tutilgan yo’l Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati
- Markaziy Osiyo Hamkorlik tashkiloti
- O’zbekiston Respublikasi bilan Qoozog’iston Respublikasi o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risidagi shartnoma
- O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasida abadiy do’stlik shartnomasi imzolangan
- O’zbekistonning Qozog’iston bilan hamkorligi
- O’zbekiston Respublikasi bilan Qirg’iziston Respublikasi o’rtasida do’stlik, hamkorlik va o’zaro yordam haqida shartnoma
- O’zbekiston va Qirg’iziston aloqalari O’zbekiston va Tojikiston aloqalari
- O’zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston Respublikasi o’rtasida do’stlik va hamkorlik
- 4. O’zbekistonning Osiyo mamlakatlari bilan o’zaro manfaatli aloqalari
- O’zbekiston Respublikasi bilan Turkiya jumhuriyati o’rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari va maqsadlari to’g’risida shartnoma
- Pokiston Islom Respublikasi
O’zbekistonning Boltiq bo’yi mamlakatlari bilan aloqalari 369
o’zaro maslahatlashuv to’g’risida Protokol imzolandi. Ikki davlat o’rtasidagi savdo-sotiq o’sib bormoqda. 1994 yil o’zaro tovar ayirboshlash 121,8 million so’mni tashkil etdi. I.Karimovning 1995 yil iyun oyida Litvaga tashrifi chog’ida Prezident A.Brazauskas bilan O’zbekiston Respublikasi bilan Litva Respublikasi o’rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivoj-lantirish va chuqurlashtirish to’g’risidagi qo’shma Deklaratsiyani imzoladilar. Shuningdek O’zbekistan hukumati bilan Litva hukumati o’rtasida ta’lim, fan va texnika, sayyohlik, madaniyat va san’at, savdo-iqtisodiy, havo yo’li va havo transporti sohalarida hamda bojxona qonunini buzish hollariga qarshi kurash borasida hamkorlik qilish to’g’risida bitimlar imzolandi. O’zbekiston Litvadan elektr uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, sut va sut mahsulotlari, mebel sanoati mahsulotlarini sotib olib, Litvaga paxta, neft, rangli metallar eksport qiladi. 1994 yilda o’zaro tovar ayirboshlash hajmi 248,6 million so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2001 yilda bu ko’rsatkich uch barobarga ko’paydi. O’zbekiston Litvaning transport-xo’jalik kommunikatsiyasi, dengiz yo’li, ayniqsa, Klayped bandargohi orqali o’z mahsulotlarini jahon bozoriga chiqarmoqda. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2002 yil 23-25 sentyabr kunlari Litva Respublikasiga tashrif buyurishi ikki davlat o’rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga ko’tardi. O’zbekiston bilan Litva o’rtasida Davlatlararo munosabatlarning asoslari, do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma, ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari, bojxona xizmatlari hamda milliy universitetlari o’rtasida hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolandi. O’zbekiston-Litva hukumatlararo savdo-iqtisodiy hamkorlik bo’yicha komissiya tuzildi va u faoliyat ko’rsatmoqda. 3. Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida hamkorlik aloqalari
O’zbekiston tashqi siyosatning ta’sirli yo’nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar - Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan hamkorlik, do’stlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan. Mintaqadagi beshta davlat o’rtasida o’xshash jihatlar ko’p. Tariximiz,
madaniyatimiz, tilimiz, dilimizning birligi, tomirlarimizning tutashib ketganligi bu mamlakat xalqlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirishning zaminidir. Markaziy Osiyo davlatlari Prezidentlarining navbatdagi uchrashuvi 1991 yil 13-15 avgust kunlarida Toshkent shahrida bo’ldi. Unda uchrashuv yakunlari xususida Axborot hamda O’rta Osiyo va Qozog’iston respublikalararo Maslahat kengashini tuzish to’g’risida bitim imzolandi. Maslahat kengashining vazifasi beshta mamlakat o’rtasida iqtisodiy hamkorlik qilish uchun shart-sharoit yaratishdan, bozor munosabatlariga o’tishda mintaqa manfaatlarini himoya qiluvchi kelishilgan siyosat yuritishdan, Markaziy Osiyo respublikalari o’rtasida aloqalarning yo’lga qo’yilishi 370
iqtisodiyotning umumiy muammolarini hal etishga yagona yondoshuvlarni ishlab chiqishdan iborat deb belgilandi. 1993 yil 4 yanvarda I.Karimov tashabbusi bilan Toshkentda O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston Prezidentlarining yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda Markaziy Osiyo atamasi tilga olindi va bundan keyin Markaziy Osiyo deganda O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston tushuniladigan bo’ldi. Uchrashuv qatnashchilari mintaqa davlatlaridagi siyosiy va iqtisodiy ahvolni muhokama qildilar. Mintaqa mamlakatlari o’rtasidagi ikki tomonlama va ko’p tomonlama shartnomalar, savdo-iqtisodiy bitimlar qanday bajarilayotganligi tahlil etildi. Orolni saqlab qolish xalqaro jamg’armasini tuzish to’g’risida qaror qabul qilindi. Jamg’arma majlislarini Qizil O’rda, Nukus va Toshxovuzda o’tkazish zarur deb topildi. Besh davlat boshliqlari hamkorlik haqidagi bitimni imzoladilar.
davlatlari boshliqlarining Rossiya davlat delegatsiyasi ishtirokida anjumani bo’lib o’tdi. Anjumanda Orol dengizi va Orolbo’yi muammolarini hal etish, Orol mintaqasi ekologiyasini sog’lomlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash sohasida birgalikda qilinadigan harakatlar to’g’risida bitim imzolandi. Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug’ullanuvchi Davlatlararo kengash tuzildi. Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi ta’sis etildi. 1993 yil avgustda Nukusda Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug’ullanuvchi Davlatlararo kengash va Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasining qo’shma majlisi bo’ldi. 1994 yil 11 yanvarda Nukusda Markaziy Osiyo mamlakatlari boshliqlarining Rossiya Federatsiyasi davlat delegatsiyasi (Yuriy Yakovlev, RF Bosh .vaziri o’rinbosari) ishtirokida konferentsiyasi bo’lib o’tdi. Konferentsiyada Orol dengizi havzasidagi hozirgi ahvol bilan bog’liq ko’pgina masalalar, Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi mablag’lari qanday to’planayotgani muhokama qilindi, faoliyati ma’qullandi. Ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan yaqin 3-5 yil ichida bajarilishi lozim bo’lgan muayyan vazifalar belgilandi. Orol dengizini qutqarish bo’yicha Davlatlararo kengash Nizomi tasdiqlandi hamda uning ijroiya organining rahbari tayinlandi. Bu masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilindi. 1994 yil 30 aprelda Cho’lponota shahrida O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston o’rtasida yagona iqtisodiy makon tuzish to’g’risida uch tomonlama shartnoma imzolandi. O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston Prezidentlarining 1994 yil iyul oyi boshida Almati shahrida bo’lib o’tgan uchrashuvida o’zaro integratsiyani kuchaytirish bo’yicha, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankini tuzish
371
to’g’risida bitimlar imzolandi. Tomonlar Davlatlararo kengash hamda uning doimiy ijroiya organini, shuningdek, Bosh Vazirlar kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Mudofaa vazirlari kengashini ta’sis etdilar. O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston o’rtasida Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etildi. Shu tariqa, Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (MOIH) tashkil topdi. 1995 yil 15 dekabrda Jambulda Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekiston respublikalari Davlatlararo kengashining navbatdagi majlisi bo’ldi. Prezidentlar 2000 yilgacha bo’lgan iqtisodiy integratsiya va birinchi navbatda sarmoya sarflanishi lozim bo’lgan loyihalar dasturlarini hayotga joriy etish, kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish masalalarini muhokama etdilar. Integratsiya dasturida 53 ta loyihalar ishlab chiqildi. BMT rahnamoligida harakat qiladigan Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekiston Respublikalarining tinchlikni saqlash kollektiv batalonini tashkil qilish haqida qaror qabul qilindi. Uch davlatning tinchlikni saqlash kollektiv bataloni shakllantirildi. 1997 yil 9-10 yanvar kunlari Bishkekda O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston davlat boshliqlarining kengashi bo’lib unda uch qardosh davlatlar o’rtasida abadiy
orzu-niyatlari o’z ifodasini topdi. Mazkur shartnoma uch qardosh davlat xalqlarining iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorligini yangi asoslarda rivojlantirishga yo’naltirdi. 1997 yil 12 dekabr kuni Qozog’iston
Respublikasining yangi poytaxti - Ostana shahrida Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekiston Prezidentlarining kengashi bo’lib o’tdi. Kengashda uch mamlakat o’rtasida energetika, suv zahiralaridan oqilona foydalanish, oziq-ovqat ta’minoti, kommunikatsiya hamda mineral xomashyo zahiralarini o’zlashtirish va qayta ishlash sohalari bo’yicha xalqaro konsortsiumlar tuzish to’g’risida muzokara bo’ldi. Prezidentlar xalqaro konsortsiumlar tuzish bo’yicha uch mamlakat hamkorligi tamoyillari kontseptsiyasini ma’qulladilar. 1998 yilda Tojikiston Respublikasi Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo bo’lib kirdi. 2000 yil 20-21 aprel kunlari Toshkentda O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston Prezidentlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda mintaqaviy hamkorlik va mamlakatlararo munosabatlarga doir masalalar muhokama qilindi. To’rt mamlakat rahbarlari terrorchilik, siyosiy va diniy ekstremizm, xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash va mintaqa davlatlariga tahdid soladigan boshqa xavf-xatarning oldini olishga qaratilgan hamkorlik to’g’risida shartnoma imzoladilar. Gap shundaki, Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida o’zaro hamkorlik sohasida 200 dan ortiq hujjat imzolangan bo’lsada, ular orasida mazkur masalaga oid tegishli hujjat yo’q edi. Bunday hujjatning imzolanishi Markaziy Osiyodagi vaziyatdan kelib chiqqan muhim qadam bo’ldi. To’rt
372
davlat Prezidentlari xalqaro terrorizmga, siyosiy va diniy ekstremizmga qarshi birgalikda kurash olib borishga kelishib oldilar. 2001 yil 28 dekabr kuni Toshkentda MOIH davlatlari boshliqlarining navbatdagi kengashi bo’lib o’tdi. Kengashda hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Mazkur kengashda MOIH tashkiloti faoliyatini to’xtatishga qaror qilindi. Islom Karimov taklifiga binoan MOIH negizida Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti deb qayta tuzishga kelishib olindi.
2002 yil 28 fevral - 1 mart kunlari Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Muzokaralar yakunida Prezidentlar tomonidan Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. MOHT ning raisi etib Islom Karimov saylandi. Mazkur tashkilot endi nafaqat iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa turdagi aloqalar ko’lamini kengaytirish masalalari bilan shug’ullanadi. Har bir a’zo mamlakatdan bevosita davlat rahbariga hisobot berib turadigan bittadan muvofiqlashtiruvchi vakil tayinlandi. 4 ta vakil MOHT faoliyati samaradorligini oshirish, a’zo mamlakatlarning integratsiya jarayonlarini faollashtirish borasidagi nuqtai nazarlarini yaqinlashtirish, qabul qilingan hujjatlarning ijrosini nazorat qilish va umumiy vaziyatni tashkil etish bilan shug’ullanmoqda. MOHT ning tashkil etilishi, uning a’zolari bo’lgan 4 ta mamlakat o’rtasidagi o’zaro manfaatli aloqalarni yangi pog’onaga ko’tardi.
Sammitlardan tashqari MOH tashkilotiga a’zo mamlakatlar parlamentlar raislari, xavfsizlik organlari rahbarlarining uchrashuvlari, ishbilarmon doiralarning mintaqaviy forumlari o’tkizilib turibdi. 2002 yilning oktyabrida o’tgan Dushanbe sammitida suv-energetika, oziq- ovqat va kommunikatsiya bo’yicha konsortsiumlar tuzishga kelishib olindi va hukumatlarga kontsortsium loyihalarini ishlab chiqish vazifasi topshirildi. 2004 yil 28 may kuni Ostona shahrida MOH tashkilotiga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlarining sammiti bo’lib o’tdi. Unda tashkilot qamragan mintaqada xavfsizlikni mustahkamlash, umumiy bozor barpo etish masalalari muhokama etildi. Prezidentlar mintaqada iqtisodiy integratsiyani rivojlantirishning, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishning shakl va mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan fikrlashib, hukumatlarga tegishli topshiriqlar berishga kelishib oldilar. Muzokaralar yakunida O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston Prezidentlarining qo’shma banoti MOHTga a’zo mamlakatlar o’rtasida televidenie va radio dasturlarini o’zaro tarqatish to’g’risida bitim imzolandi. Shunday qilib, Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi ko’p tomonlama hamkorlik tobora mustahkamlanib bormoqda.
373
Markaziy Osiyodagi mustaqil davlatlar o’rtasida ko’p tomonlama hamkorlik bilan birga ular o’rtasida ikki tomonlama aloqalar ham yo’lga qo’yildi. O’zbekistonning Qozog’iston bilan ikki tomonlama munosabatlari 1992 yil 24 iyunda Turkiston shahrida O’zbekiston Prezidentining Qozog’istonga rasmiy davlat tashrifi paytida N.Nazarboev bilan I.Karimov tomonidan imzolangan O’zbekiston Respublikasi bilan Qoozog’iston Respublikasi o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risidagi shartnoma asosida mustahkamlanib bormoqda. Qozog’iston Prezidenti N.Nazarbaev 1994 yil 10-12 yanvarda rasmiy davlat tashrifi bilan O’zbekistonda bo’ldi. Ikki Prezident O’zbekiston bilan Qozog’iston o’rtasida tovarlar, hizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarning erkin o’tib turishini nazarda tutuvchi hamda o’zaro kelishilgan kredit-hisob- kitob, byudjet, soliq, narx, boj va valyuta siyosatini ta’minlash to’g’risida shartnomani imzoladilar. 1998 yil 31 oktyabrda O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasida abadiy do’stlik shartnomasi imzolangan. O’zbekiston va Qozog’iston Prezidentlarining Toshkentda 2000 yil 20-21 aprel kunlari bo’lgan uchrashuvida ikki davlat chegaralarini aniq belgilab olishga bag’ishlangan uchrashuvi bo’ldi. Muzokaralar yakunida «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov va Qozog’iston Respublikasi Prezidenti N.A.Nazarboevning qo’shma bayonoti» imzolandi. Ikki mamlakat mustaqilligi va chegaralari daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan bu hujjat ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va chuqurlashtirishda muhim ahamiyatga egadir. «Davlat rahbarlari, - deyiladi qo’shma bayonotda, - O’zbekiston Respublikasi bilan Qozog’iston Respublikasi o’rtasidagi chegara ikki davlat qardosh xalqlarini birlashtiruvchi tinchlik, do’stlik va yaxshi qo’shnichilik chegarasi bo’lib qolishda yakdildirlar». 2001 yil 16-17 noyabr kunlari O’zbekiston Prezident Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Qozog’istonda bo’ldi. Ikki davlat Prezidentlari O’zbekiston-Qozog’iston davlat chegarasi to’g’risida Shartnomani imzoladilar. 2440 km uzunlikdagi chegaraning 96 foizi belgilab olindi. Qolgan qismini kelishuv asosida delimatatsiya qilishga kelishildi. 10 oy davomida bu borada tegishli ishlar amalga oshirildi. 2002 yil 9 sentyabrda Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursultan Nazarboevning taklifiga binoan Islom Karimov Ostona shahriga tashrif buyurdi. «O’zbekiston-Qozog’iston davlat chegaralarining alohida uchastkalari to’g’risida bitim» imzolandi. Ikki mamlakat o’rtasidagi chegaraga oid dolzarb masalalar huquqiy jihatdan o’z echimini topdi. Ikki mamlakat o’rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2002 yilning birinchi yarmida 124 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. 2002 yilda O’zbekistonda
374
38 ta o’zbek-qozoq qo’shma korxonasi, Qozog’istonda 92 ta o’zbek-qozoq qo’shma korxonasi faoliyat yuritda.
O’zbekistonning Qirg’iziston bilan ikki tomonlama hamkorligi O’zbekiston Respublikasi bilan Qirg’iziston Respublikasi o’rtasida do’stlik, hamkorlik va o’zaro yordam haqida shartnoma asosida yo’lga qo’yildi va rivojlantirilmoqda. Bu shartnoma Qirg’iziston Prezidenti Askar Akaevning O’zbekistonga rasmiy davlat tashrifi paytida Toshkentda 1992 yil 29 sentyabrda I.Karimov va A.Akaev tomonidan imzolangan edi. I.Karimovning 1993 yil avgustida Qirg’izistonga qilgan rasmiy davlat tashrifi paytida O’sh shahrida O’zbekiston va Qirg’iziston o’rtasida 1994-2000 yillarga mo’ljallangan iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish to’g’risida Bayonot imzolandi. Bu hujjat ikkala respublikada ishlab chiqilgan milliy dasturlarni muvofiqlashtirishga, xomashyo va ishchi kuchidan, ilmiy salohiyatdan unumli foydalanishga qaratilgan. Ikki davlat o’rtasida iqtisodiyot, savdo, madaniyat, sog’liqni saqlash, fan va ta’lim, sport va turizm bo’yicha hamkorlikni mustahkamlash haqida bitimlar imzolangan. 1994 yil 16 yanvarda O’zbekiston Prezidenta I.Karimov Kirg’izistonda bo’ldi. Rasmiy tashrif yakunida ikki davlat Prezidentlari tovarlar, xizmatlar, sarmoya, ishchi kuchlarining erkin yurishini, o’zaro kelishilgan kredit-hisob- kitob, byudjet, soliq, narx, bojxona va valyuta siyosatini belgilovchi shartnomani imzoladilar. O’zbekiston va Qirg’izisgon o’rtasida 1994 yil uchun savdo- iqtisodiy hamkorlik, madaniyat, sog’liqni saqlash, fan va ta’lim, sport va turizm bo’yicha hamkorlikni yanada mustahkamlash haqida bitimlar imzolandi. Bu hujjatlar asosida ikki mamlakat o’rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik rivojlanib bormoqda. 2000 yilda O’zbekistonda 22 ta o’zbek-qirg’iz qo’shma korxonasi, Qirg’izistonda 62 ta qirg’iz-o’zbek qo’shma korxonasi faoliyat yuritdi.
urushi Tojikistonning iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy ta’sir etdi, uning qo’shni mamlakatlar, jumladan, O’zbekiston bilan hamkorligiga ham salbiy ta’sir etdi. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan 1998 yil 4 yanvar kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonov O’zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi. Ikki mamlakat rahbarlari tashrif yakunlari buyicha qo’shma axborot imzoladilar. O’zbekiston va Tojikiston Bosh vazirlari soqliqni saqlash, madaniyat va gumanitar soha, fan, texnika va axborot sohalari bo’yicha hamkorlik to’g’risida bitimlarni imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari o’rtasida yuk tashish hamda gaz etkazib berish, Tojikistonniig qarzi bo’yicha o’zaro hisob- kitob to’g’risidagi bitimlar ham imzolandi. O’zbekiston va Tojikiston O’zbekiston va Qirg’iziston aloqalari O’zbekiston va Tojikiston aloqalari 375
munosabatlari o’zining yangi, mustahkamlanish va taraqqiyot davriga o’tdi. O’zbekiston bilan Tojikiston o’rtasida tovar ayirboshlash hajmi 1997 yilda 50 mln. AQSh dollaridan oshdi, bu avvalgi yilga nisbatan 50 foiz ko’pdir. O’zbekiston Tojikiston hududidan o’tgan transport kommunikatsiyalaridan foydalanmoqda. 2000 yilda O’zbekistonda 15 ta o’zbek-tojik qo’shma korxonasi, Tojikistonda 3 ta o’zbek-tojik qo’shma korxonasi faoliyat yuritdi.
1991 yilda O’zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari uchrashuvida O’zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston Respublikasi o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandi. Bu shartnoma ikki davlat o’rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy aloqalarga negiz bo’lib xizmat qilmoqda. O’zbekiston Prezidenti I.Karimov 1996 yil 16 yanvar kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo’ldi. Chorjo’y shahrida S.Niyozov bilan I.Karimov o’rtasida va ikki mamlakat delegatsiyalari o’rtasida muzokaralar bo’ldi. Prezidentlar O’zbekiston bilan Turkmaniston o’rtasida do’stlik, hamkorlik va o’zaro yordam to’g’risidagi shartnomani, O’zbekiston bilan Turkmaniston o’rtasida davlat chegarasini qo’riqlashda hamkorlik qilish to’g’risidagi va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha bitimlarni imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari o’rtasida esa sarmoyalarni rag’batlantirish va o’zaro himoyalash, havo yo’li, bojxona ishlarida hamkorlik va o’zaro yordam, uzoq muddatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo’nalishlari, daromad va mulkdan ikki yoqlama soliq olmaslik, madaniyat, ta’lim sog’liqni saqlash, sayyohlik va boshqa sohalarda hamkorlik qilish to’g’risidagi 20 dan ziyod bitimlar imzolandi.
O’zbekiston Respublikasi birinchi navbatda Yaqin va O’rta Sharq hamda arab mamlakatlari bilan
davlatlararo munosabatlar o’rnatish va rivojlantirishga kirishdi. Negaki, O’zbekistonning ruhi, dini, urf-odatlari va an’analari Osiyodagi mamlakatlarga yaqindir. 1991 yil 16-19 dekabr kunlari I.Karimov boshliq O’zbekiston davlat delegatsiyasi mamlakatimiz mustaqilligini birinchi bo’lib tan olgan mamlakat - Turkiyada bo’ldi. Turkiya Prezidenti Turg’ut O’zol, Bosh vazir Sulaymon Demirel va boshqa rahbarlar, ishbilarmonlar bilan amaliy uchrashuvlar, suhbatlar bo’lib o’tdi. Safar chog’ida O’zbekiston Respublikasi bilan Turkiya jumhuriyati o’rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari va maqsadlari to’g’risida shartnoma, konsullik vakolatxonalarini ayirboshlash to’g’risida Protokol, iqtisodiy va savdo sohasidagi O’zbekistonning Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari bilan hamkorligi O’zbekiston va Turkmaniston aloqalari 376
hamkorlik to’g’risida bitim, madaniyat, fan, ta’lim, sog’liqni saqlash, sport va turizm sohasidagi o’zaro hamkorlik to’g’risida bitim, transport va kommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlik to’g’risida bitim, axborot ayirboshlash, televidenie va radio eshittirish bo’yicha hamkorlik qilish haqida protoqollar va boshqa hujjatlar imzolandi. O’zbekiston bilan Turkiya o’rtasidagi munosabatlar keyingi yillarda ancha kengaydi. 1992 yil 28 aprel kuni O’zbekistonda Turkiya elchixonasi, Turkiyada O’zbekiston elchixonasi ochildi va faoliyat ko’rsatmoqda. Hamkorlikning yanada chuqurlashtirishda Turkiya davlati rahbarlari-Turg’ut O’zol, Sulaymon Demirel, Tansu Chiller, Mesut Yilmazar Ahmet Sezerlarning O’zbekistonga rasmiy tashriflari chog’ida imzolangan hujjatlar katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik gazlama va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash, qo’shma korxonalar qurish, kadrlar tayyorlash, turizmni rivojlantirish va boshqa sohalarda amaliy natijalar bermoqda. O’zbekistonda Turkiya sarmoyadorlari ishtirokida 200 dan ortiqroq qo’shma korxonalar barpo etildi. 1996 yil iyun oyida O’zbekiston avtomobilsozlik korxonalari assotsiatsiyasi – “O’zavtosanoat” Turkiyaning “KochXolding” kontserni bilan Samarqand shahrida “SamKochavto” o’zbek-turk qo’shma korxonasini barpo etish to’g’risida shartnoma tuzdilar. Tez orada bu qo’shma korxona bunyod etildi va sig’imi o’rtacha avtobuslar hamda 8 tonnagacha yuk ko’taradigan yuk avtomobillar yig’ish yo’lga qo’yildi. Ikki mamlakat o’rtasidagi o’zaro tovar ayirboshlash hajmi 1992 yilda 75 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo’lsa, 1998 yilda 275 mln. AQSh dollariga ko’paydi. 1992 yil 27-28 iyun kunlari Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharifning O’zbekistonga rasmiy davlat tashrifi ikki davlat o’rtasidagi aloqalarga asos soldi. Safar kunlarida «O’zbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Download 3.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling