O’ zbeki s t o n resp u blika s I oliy V a o’ r t a maxsu s t a ‘ L i m vazirlig I
Download 3.26 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diniy va milliy qadriyatlarning tiklanishi
Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlar, diniy e’tiqod qayta tiklandi. Ramozon hayiti, Qurbon hayiti, qadimiy xalq bayrami Navro’z qayta tiklandi, bu kunlar Prezident Farmoni bilan dam olish, bayram kuni bo’lib qoldi. Musulmonlar O’zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita hukumat Diniy va milliy qadriyatlarning tiklanishi 339
homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo’ldilar. Prezident Farmoni bilan tuzilgan «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi, «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg’armasi jamiyatning ma’naviy- ma’rifiy ravnaqi yo’lida xizmat qilmoqda. Respublikada 17 diniy konfessiya ro’yxatga olingan va rasman faoliyat ko’rstamoqda. 170 dan ortiq diniy tashkilotlar ishlab turibdi va ularda O’zbekistonda yashovchi 130 millat va elat vakillari o’zlarining diniy ehtiyojlarini qondirmoqdalar. 1,7 mingdan ortiq masjidlar, xristian ibodatxonalari, sinagoglar va boshqa diniy markazlar ta’mirlandi va yangidan qurildi. 10 ta diniy ta’lim muassasasi faoliyat ko’rsatmoqda. 1999 yilda Toshkentda Islom Universiteti ochildi. O’zbekiston hududida xalqning ulug’vor va shonli tarixiga oid 2000 dan ortiq yodgorliklar ta’mirlandi. O’zbek xalqining ming yillar davomida shakllangan, mustamlakachilik davrida oyoq-osti qilingan, insonparvar urf-odatlari va an’analari, madaniy qadriyatlari ehtiyotlab tiklandi va yangi ma’no-mazmun bilan boyitildi. Maqomchilar, to’y-marosim qo’shiqlari, shoir-baxshilar va folklor-etnografik dastalarning o’nlab ko’rik-tanlovlari o’tkazildi. Pianinochi va skripkachilarning simfonik va kamer musiqalari, zamonaviy estrada guruhlarining festival va tanlovlari bo’lib o’tmoqda. Mamlakatimizda o’zbek tilining xalq va davlat turmushidagi o’rni va ahamiyati qayta tiklandi. Davlat tili haqidagi qonunda o’zbek tili o’zbek xalqining ma’naviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo’llanilishi va muhofazasi davlat tomonidan ta’minlanishi belgilab qo’yildi. Oliy davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarida, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ish yuritish asosan o’zbek tilida olib borilmoqda. Respublikamizning ma’muriy-hududiy birliklari, ko’chalari, geografik o’rinlarning nomlariga yagona milliy shakl berildi va o’zbek tilida yozib qo’yildi. Natijada o’zbek xalqining milliy qadr-qimmati qayta tiklandi va mustahkamlandi. Shuningdek, O’zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning tillari, qadr-qimmati ham o’z o’rniga qo’yilgan.
o’zgarishlarda yaqqol namayon bo’lmoqda. Xalq ta’limini isloh qilish, kadrlar tayyorlash tizimini mustahkamlash sohasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi. Yangi oliy o’quv yurtlari tashkil etilib bilimlarning yangi tarmoqlari bo’yicha kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi Oliy ta’lim tizimidagi 16 universitetning 12 tasi mustaqillik yillarida tashkil etildi. Mustaqillik yillarida eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar bo’yicha o’nlab yangi oliy o’quv yurtlari - Mudofaa vazirligi qoshida Harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent aviatsiya instituti, Navoiy tog’-konchilik instituti, Toshkent Moliya instituti va boshqalar tashkil etildi.
340
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ta’limni tubdan isloh qilish yo’llari ishlab chiqildi. 1997 yil 27 avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Milliy dasturning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iboratdir. KADRLAR TAYYORLASh MILLIY DASTURI Maktabgacha ta’lim I-IV sinflar
ShAXS Umumiy o’rta ta’lim V-IX sinflar
Akademik litsey
DAVLAT VA JAMIYaT O’rta maxsus, kasb- hunar ta’limi Kasb-hunar kolleji
Bakalavriat UZLUKSIZ TA’LIM Oliy ta’lim Magistratura
Aspirantura FAN Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim Ad’yunktura
oshirish va ularni qayta tayyorlash Doktorantura
IShLAB ChIQARISh Maktabdan tashqari ta’lim Mustaqil tadqiqotchilik
341
Milliy dastur ro’yobga chiqmoqda. Yoshlar umumiy o’rta ta’limni 9 yillik maktablarda oladilar, yana uch yil davomida yangidan tashkil etilgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o’rta maxsus bilim va kasb-hunar o’rganadilar. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish umumxalq, umummillat ishiga aylandi. 2001 yilda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishning birinchi bosqichi yakunlandi. 2001 yilda Respublikamizda 6742 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida 608500 nafar o’g’il-qizlar tarbiyalandi. Ularda 65862 nafar pedagog, tarbiyachi va boshqa xodimlar xizmat qildi. 9727 ta umumta’lim maktablarida 440762 nafar o’qituvchi 6,3 mln. o’quvchiga ta’lim bermoqda. Umumiy o’rta ta’lim bo’yicha barcha o’quv fanlaridan Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi va ular 346 ta maktabda tajribadan o’tkazildi, ta’lim jarayoniga joriy etildi. Davlat ta’lim standartlariga mos o’quv dasturlari va darsliklari yaratildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini eng muhim, O’zbekistonga xos xususiyati yangi turdagi 3 yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini yaratishdir. 1998-2004 yillar davomida zamonaviy o’quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan 54 ta akademik litsey va 533 ta kasb-hunar kolleji barpo etildi. Bu maqsadlar uchun 135 mlrd. so’m mablag’ sarflandi. O’rta maxsus o’quv yurtlariga zarur bo’lgan jihozlar sotib olish uchun jalb qilingan chet el investitsiyalarining miqdori 150 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari ishlab chiqildi, amaliyotga kiritildi va darsliklar yaratildi. 2003-2004 o’quv yilida akademik litseylarda 26,2 ming, kasb-hunar kollejlarida 531,6 ming o’quvchi ta’lim oldi. Oliy ta’lim tizimida katta o’zgarishlar qilindi. Oliy ta’lim ikki bosqichdan - bakalavriat va magistraturadan iborat etib qayta tashkil etildi. 62 ta oliy o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan bo’lajak bakalavr va magistrantlar soni 2003-2004 o’quv yilida 254400 nafarni tashkil etdi. 18486 nafar professor-o’qituvchilar mehnat qilmoqdalar, ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 nafari fan nomzodidir. O’tgan 4 yil davomida barcha yo’nalishlar bo’yicha bakalavr va magistrlar uchun qo’yiladigan talablarni o’zida mujassamlashtirgan Davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari yaratildi. Oliy ta’lim uchun 1129 nomdagi darslik va o’quv adabiyotlari nashr etildi va Oliy o’quv yurtlari kutubxonlariga tarqatildi. Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko’maklashish, qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat siyosati sobit qadamlik bilan olib borilmoqda. Iste’dodli yoshlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish, chet elda o’qishini qo’llab-quvvatlash maqsadida “Respublika bolalar fondi”, “Sog’lom avlod uchun”, “Iste’dod” jamg’armalari tashkil topdi. Ta’lim sohasida AKSELS, AYREKS, AQSh kollejlari konsortsiumi, SARE, Tinchlik korpusi (AQSh), Konrad Adenauer fondi, Britaniya kengashi, SAUD Al-Baptin fondi (Misr) kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik yo’lga qo’yildi. 2000 dan ortiq talaba va mutaxassislar chet elda o’qib keldi.
342
O’zbekiston ta’lim tizimi dunyo miqyosida kata qiziqish uyg’otmoqda. Moskvadagi Oliy ta’lim Xalqaro Fanlar akademiyasi prezidenti V.Shukshunov O’zbekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy dasturni mazmun-mohiyati jihatidan tengi yo’q hujjat, deb ta’rifladi. O’zbekistonda yaratilayotgan ta’lim tizimi «Ta’limning o’zbek modeli» deb e’tirof etildi.
Madaniyat ravnaqi
ijodiy an’analar, umuminsoniy qadriyatlar, erkin fikr yuritish tamoyillari tiklandi. Badiiy adabiyot sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik mafkuraviylik kabi aqidalar hukmronligi illatlaridan ozod bo’ldi. Badiiy adabiyotda mustaqillikni asrab-avaylash, ozod va obod Vatan qurish, barkamol insonni tarbiyalash, milliy o’zlikni anglash kabi masalalar bosh mavzu bo’lib qoldi.
Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, Primqul Qodirov, Xurshid Davron kabi ijodkorlarning tarixiy roman, pesa va qissalarida ulug’ bobokalonlarimiz Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Z.M.Bobur va boshqalarning siymolari umuminsoniy va milliy qadriyatlarga mos tarzda yangicha talqinda yoritildi. Xalqaro Sholoxov mukofoti laureati To’lepbergen Qayipbergenovning «U dunyoga, bobomga xat» asari, Shukrulloning «Kafansiz ko’milganlar» romanida, Nazar Eshonqulovning «Qora kitob» povestida, O’tkir Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar», Tog’ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» singari asarlarda mustabid sovet davrida xalq boshiga solingan behad kulfatlar, g’am-alamlar haqqoniy tasvirlangan. Tohir Malikning «Shaytanat» (4 kitob), Hojiakbar Shayxovning «Tutqin odamlar» asarlarida insonni iymon va vijdondan ozdirishga, razolat va qabohat ummoniga botirishga urinuvchi yomonlik dunyosi, mafiya olami shaytonlari fosh qilinadi, ularga nisbatan nafrat tuyg’ulari tarannum etiladi. Omon Muxtorning «To’rt tomon qibla» nomli trilogiyasi, Barat Boyqobulovning «O’zbeknoma» tarixiy-falsafiy dostoni, Abduqhhor Ibrohimovning «Biz kim, o’zbeklar» badiiy-tarixiy asari, Azim Suyunning «Oq va qora», A.Qutbiddinning «Izohsiz lug’at» she’riy asarlari zamonaviy o’zbek adabiyotining yorqin ifodasidir.
buyuk bunyodkorlik san’atidir. Mustaqillik yillarida me’morchilik san’ati yanada rivojlanib, takomillashib bormoqda. Me’morchilikda ikki asosiy tamoyil ko’zga tashlanadi. Ulardan biri sharqona me’moriyatning an’anaviy qonun-qoidalariga rioya etishdir. Bu tamoyil Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Turkiston saroyi, Oliy Majlis, Senat, Toshkent shahar hokimiyati binolari timsolida o’z aksini topgandir. Me’morchilikdagi ikkinchi tamoyil esa O’zbekistonning jahon hamjamiyatidan munosib o’rin olish sari intilishini namoyish etuvchi jahon me’morchiligining eng yaxshi yutuqlaridan foydalanishda namoyon bo’lmoqda. Bunday binolar jumlasiga «Meridian», «Afrosiyob» (Samarqand), «Buxoro» «Interkontinental», «Sheraton» mehmonxonalari, 343
«O’zekspomarkaz», Milliy bank, Markaziy bank, «Toshkentplaza» savdo markazi, Respublika birja markazi, banklararo moliyaviy xizmatlar Markazi, O’zbekiston Davlat konservatoriyasi va boshqa binolarni kiritish mumkin. Toshkent shahri ko’rkiga ko’rk qo’shib turgan «Oloy», «Chorsu», «Otchopar», «Yunusobod», «Mirobod», «Parkent», «Qo’yliq» va boshqa bozor binolari, shuningdek, «Yunusobod» tennis markazi, «Jar» sport markazi singari zamonaviy inshootlar barpo etildi. O’zbekistonning qadimiy shaharlaridagi tarixiy binolarni tiklash ishlari jadallik bilan olib borildi. Bunga Toshkent, Samarqand, Shahrisabz, Buxoro, Xiva shaharlarida qayta tiklangan o’nlab binolar, obidalar misol bo’laoladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish jarayonida yuzlab akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun mahobatli binolar bunyod etildi. Mustaqillik yillarida haykaltaroshlik san’ati jadal o’sdi. Haykaltarosh I.Jabborov va K.Jabborovlar tomonidan Toshkentda Amir Temurning otliq haykali, Samarqand va Shahrisabzda Amir Temur haykallari, Farg’ona va Quvada al-Farg’oniy (1998), Xorazmda Jaloliddin Manguberdi haykallari (1999) yaratildi. Haykaltarosh R.Mirboshiev ijodiga mansub «Z.M.Bobur» (1993, Andijon), «Abdulla Qodiriy» (1994, Toshkent), «Cho’lpon» (1997, Andijon), «Ona» (1999, Jizzax shahri) kabi bir qator haykal va yodgorliklar yaratildi. 1999 yilda Termizda «Alpomish» haykali va majmua- kompozitsiyasi (A.Rahmatullaev va boshqalar) bunyod etildi. O’zbekistonda qadimdan amaliy san’at o’ziga xos tarzda rivojlanib kelgan. Mustaqillik yillarida badiiy kulolchilik, pichoqchilik, zargarlik, ganchkorlik, yog’och o’ymakorligi, naqqoshlik, kashtachilik, zardo’zlik, gilamdo’zlik, bezakchilik kabi amaliy san’at turlari tiklandi va yangi ma’no-mazmun bilan rivojlanib bormoqda. Mustaqillik sharofati bilan dizayn san’ati ham jadal rivojlanmoqda. Tasviriy san’at, rassomchilik san’atining rivojida 1997 yilda tashkil etilgan O’zbekiston Badiiy akademiyasi va «Tasviriy oyina» respublika ijodiy uyushmasi muhim rol o’ynadi. O’zbekiston xalq rassomlari Malik Nabiev, Bahodir Jalolov va boshqalar xalqimiz ongida milliy g’urur, Vatanga sadoqat tuyg’ularini uyg’otuvchi qator san’at asarlari yaratdilar. Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Bobur Mirzo portretlari shular jumlasidandir. Tasviriy va miniatura san’ati yangi ma’no-mazmun bilan boyidi. Shahar ko’chalariga bugungi hayotimizni tasvirlovchi rasmlar o’rnatildi, binolarning devorlari odamlarga huzur-halovat, zavq bag’ishlaydigan naqshlar bilan bezatildi.
tasarrufida 8 ta kinostudiya, 30ga yaqin mustaqil ijodiy studiyalar faoliyat yuritdi. 1996 yilda tashkil etilgan «O’zbekkino» davlat aktsionerlik kompaniyasi, uning davlat tomonidan moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlanishi kino san’atining rivojida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 1991-2002 yillarda 60 ga yaqin badiiy filmlar yaratildi. «Temir xotin», «Dallol», «Sharif va Ma’rif», «Tilla bola», «Buyuk Amir Temur», «Yulduzingni ber, osmon», «Kenja singil» va boshqa filmlarda milliylik va zamonaviylik uyg’unligi yaqqol namoyon bo’ldi. 1997 yil 22-29 may kunlari XII Xalqaro Toshkent kinofestivali bo’lib o’tdi. Unda 32 ta davlat va 8 ta xalqaro tashkilotdan vakillar, kino san’ati ustalari
344
qatnashdi. «Buyuk Amir Temur» filmi ijodkori R.Ibrohimovga festival bosh sovrini – «Neksiya» avtomobili berildi. Mustaqillik yillarida o’nlab hujjatli filmlar yaratildi. «O’zbekiston bahorlari», «Ulkan odim», «Ular Germaniyada o’qigan edilar», «O’zbekiston qahramonlari», «Umid qaldirg’ochi», «Istiqlol fidoyilari» va boshqalar shular jumlasidandir.
jarayonida teatr san’ati ham rivojlandi. 1993 yilda foydalanishga topshirilgan «Turkiston» saroyi Vatanimiz va xorijlik teatr arboblarining, ijodiy guruhlarning sahna asarlari namoyish etiladigan dargohga aylandi. Andijonda jamoatchilik asosida faoliyat ko’rsatayotgan yoshlar teatri, Abbos Bakirov nomli yoshlar va bolalar teatriga aylantirildi. Respublika Prezidentining 1995 yil 20 oktyabrdagi «O’zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi, 1998 yil 26 martdagi «O’zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to’g’risida»gi farmonlari asosida teatrlar davlat byudjeti hisobiga qo’llab-quvvatlandi. Farmonga binoan Madaniyat ishlari vazirligi tizimida va teatr ijodiy xodimlari uyushmasi qoshida 1998 yilda «O’zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Birlashma teatr jamoalariga xalqimizning boy ma’naviy olamini, uning madaniy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini uyg’otuvchi spektakllar yaratishda, iste’dodli yoshlarni teatrga jalb qilishda, teatrlarning moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlashda, ijodiy xodimlarni ijtimoiy himoya qilishda ko’maklashdi. Alisher Navoiy nomli Davlat akademik katta opera va balet teatri Yaponiya tomonidan 1995 yilda bepul ajratilgan 47 mln. ien (1500 ming AQSh dollari) qiymatiga teng yangi uskunalar bilan jihozlandi. Respublikamizda 41 ta professional teatr faoliyat ko’rsatmoqda. Har bir viloyatda qo’g’irchoq teatrlari bolalarga xizmat qilyapdi. 2001 yilda respublika teatr san’atida muhim tarixiy voqea sodir bo’ldi. Hamza nomidagi O’zbek akademik drama teatri binosi muhtasham koshona shaklida qayta qurildi, zamonaviy teatr uskunalari va mebellar bilan jihozlandi. Prezident farmoni bilan unga Milliy teatr maqomi berildi. Respublika teatrlari Vatan tarixini sahna asarlari orqali yoritishga alohida e’tibor berdilar. Milliy akademik drama teatri va Qashqadaryo musiqali drama teatri jamoalari «Sohibqiron», Xorazm viloyati musiqali drama va komediya teatri «Jaloliddin Manguberdi», Abror Hidoyatov nomli o’zbek davlat teatri «Buyuk ipak yo’li» kabi tarixiy dramalarni sahnaga qo’ydilar. 1997 yil oktyabrda Toshkentda bo’lib o’tgan «Teatr: Sharq-G’arb» xalqaro festivalda Yaponiya, Hindiston, Gonkong, Turkiya, Rossiya, Buyuk Britaniya teatr san’atkorlarining chiqishlari bo’ldi. Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag’ishlangan festivalda O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston teatrlarining 15 ta eng yaxshi tarixiy sahna asarlari namoyish etildi. O’zbekiston teatr ustalari
345
Germaniya, Frantsiya, Slovakiya, Hindiston, AQSh, Belgiya, Misr, Rossiya teatr festivallarida qiziqarli spektakllar bilan ishtirok etdilar. Muxtasar aytganda, respublikamiz teatr san’ati xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ma’naviyatini boyitish, ular ongiga Milliy istiqlol g’oyasini singdira borish, vatanparvarlik tuyg’ularini kuchaytirish, axloqiy, estetik tarbiya maktabi bo’lib xizmat qilmoqda.
tsirk san’atining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Toshkent tsirki zamonaviy talablar asosida qayta ta’mirlandi, unga O’zbekiston xalq artisti Toshkenboy Egamberdiev nomi berildi. An’anaviy tsirk san’atining unitilgan turlari tiklandi va rivojlandi. Iste’dodli yoshlarga amaliy yordam berish maqsadida 1996 yilda estrada-tsirk kolleji ochildi. O’zbekiston tsirkchilarining chet ellarga gastrol safarlari uyushtirildi. Misr, Iordaniya, Falastin, Pokiston, Malayziya, Hindiston, Xitoy, Suriya, Livan, Eron, Birlashgan Arab Amirligida gastrol safarlarida bo’lgan respublikamiz tsirk ustalari o’zbek milliy tsirk san’atini namoyish etdilar. Olimjon Toshkenboev rahbarligidagi «O’zbekiston dorbozlari» guruhi 1996 yildan boshlab Evropa mamlakatlarida gastrol safarida bo’lib, 2000 dan ziyod tomosha ko’rsatdilar. 15 yoshli Karima Zaripova 1997 yil yanvarda Parijdagi Buglion tsirkida bo’lgan yosh tsirk artistlarining xalqaro festivalida qatnashib, «Plastik etyud» (besuyak uyini) janrida festivalning eng oliy mukofoti – oltin medalni qo’lga kiritdi. 1998 yilda Toshkent tsirkida iste’dodli yoshlarga ko’maklashuvchi bolalar studiyasi ochildi. O’zbek tsirkchilari 1999 yilda Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida, 1999 yilda Saratov shahrida bo’lib o’tgan Butunrossiya tsirk festivalida, 2000 yilda Xitoyning Uxan shahrida bo’lib o’tgan xalqaro tsirk festivalida, 2001 yil yanvarda Belgiyaning Lej shahrida bo’lib o’tgan Evropa tsirklarining 10-festivalida muvaffaqiyatli qatnashib, sovrinli o’rinlarni egalladilar. Tsirkchilarimizning sa’y-harakatlari natijasida O’zbek tsirkiga xos turli nomer va attraktsionlar xalqaro tsirk dasturlaridan o’rin egalladi. Milliy musiqa va qo’shiqchilik Mustaqillik yillarida milliy musiqa va qo’shiqchilik san’ati rivojlandi. Respublika madaniyat ishlari vazirligi, 1992 yilda tashkil etilgan «Xalq ijodi va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika Markazi», uning viloyatlardagi bo’limlari musiqa va qo’shiqchilik san’atini, havaskorlik va folklor jamoalari faoliyatini rivojlantirish, unutilgan xalq ohanglarini tiklash maqsadida turli xil ko’rik tanlovlar, festivallar tashkil etdilar. 1992 yilda Toshkentda «Asrlarga tengdosh navolar» va «Boqiy ovozlar», Xorazm viloyatida folklor jamoalari, askiya, qiziqchi va masxarabozlarning, Qo’qonda katta ashula, lapar va yalla ijrochilarining ko’rik-tanlovlari o’tkazildi. 1994 yil may oyida Parijda bo’lib o’tgan «Sharq musiqasi» festivalida Munojot Yo’lchieva va Shavkat Mirzaevlar ishtirok etib, o’zbek milliy qo’shiqchilik san’atini jahonga namoyish etdilar.
346
1996 yil aprel oyida Turkiston saroyi, «Bahor» majmuasi va boshqa ijodiy kontsert tashkilotlari negizida tashkil etilgan «O’zbeknavo» gastrol-kontsert birlashmasi orqali xalq orasidan iste’dodli qo’shiqchilarni izlab topish va ko’rik- tanlovlarga jalb etish, musiqa va qo’shiqchilik san’ati bo’yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi tadbirlar amalga oshirildi. Respublika Prezidentining 1996 yil 27 avgustdagi ««O’zbekiston – Vatanim manim» qo’shiqlar bayrami to’g’risida»gi farmoni qo’shiqchilik san’atini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. 1996 yilda o’tkazilgan barcha viloyat, shahar va tumanlarida «O’zbekiston - Vatanim manim» qo’shiq tanlovida 54 mingdan ziyod qo’shiqchilar qatnashdi. Bunday ko’rik tanlov har yili avgust oyida o’tkaziladigan bo’ldi va avgust oyining uchinchi yakshanba kuni «O’zbekiston – Vatanim manim» qo’shiq bayrami kuni deb belgilandi. Bu tanlov jarayonida Vatan, mustaqillikni e’zozlovchi yuzlab yangi qo’shiqlar yaratildi. «O’zbekiston – Vatanim manim», «Men seni sevaman, O’zbekiston», «Vatan yagonadir», «Mustaqillik gullari», «Ona yurtim», «O’zbekiston askarlari» qo’shiqlari shular jumlasidandir. 1997 yil 11 martda qabul qilingan Respublika hukumatining ««Sharq taronalari» Xalqaro musiqa festivalini o’tkazish to’g’risida»gi qarori musiqa san’atining noyob namunalarini keng targ’ib qilish, rivojlantirishda dasturamal bo’lib xizmat qildi. 1997 yil 25 avgust - 2 sentyabr kunlari Samarqandda bo’lib o’tgan «Sharq taronalari» birinchi Xalqaro festivalida dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan ijrochilar, san’atshunoslar, jamoat arboblari ishtirok etdi, festivalda yangragan o’zbek ohanglari, kuy-qo’shiqlari jahon uzra taraldi. Har ikki yilda Samarqandda «Sharq taronalari» Xalqaro festivalini o’tkazish an’ana tusini oldi. O’zbekistonda musiqa va qo’shiqchilik san’atini rivojiga har yili 31 avgust va 21 mart kunlari o’tkazilayotgan Mustaqillik va Navro’z kunlariga bag’ishlangan bayram tantanalari ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda yashayotgan 130 ga yaqin turli millat va elat urf-odatlari va an’analari birdek rivojlanib bormoqda. Hozirgi paytda O’zbekistonda 120 ta milliy madaniyat markazlari faoliyat yuritmoqda. Milliy- madaniy markazlar o’z millatdoshlarining tili, madaniyati, urf-odatlari, rasm- rusumlarini tiklash, tarixiy Vatani bilan aloqani jonlantirish kabi masalalar bilan shug’ullanib kelmoqdalar. Milliy-madaniy markazlar qoshida milliy musiqa, raqs, hunar va boshqa yo’nalishlardagi to’garaklar tashkil etilgan. 1992 yilda turli milliy madaniy markazlarga ko’maklashuvchi Respublika Baynalmilal markazi tuzildi. Uning faoliyatida respublikamizda istiqomat qiluvchi turli millat va e’latlarni jipslashtirish asosiy o’rin tutmoqda. Har bir millatga mansub rassomlar, yozuvchilar, shoirlar, olimlar, madaniyat va san’at arboblariga bag’ishlangan yig’ilishlar, ko’rgazmalar tashkil etilmoqda. Milliy- madaniy markazlar o’z faoliyati bilan respublikada madaniyat ravnaqiga muhim hissa qo’shmoqdalar. Download 3.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling