O' zbekiston respublikasi oli y va o r t a maxsus ta'lim vazirlig I abu rayhon beruniy n o m ida g I
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter tizimlari va vositalari
T J J
T T T I I I I I I MDY MLY MDY MLY 2.9-rasm. KMHMning iyerarxik strukturasi Bu yerda: KKA - kanal-kanal adapteri, HMHB - hisoblash majmuasi holat bloki, MK - mul'turleks kanali, SK - selektor kanali, MDY - magnit disk yig'uvchisi, MLY - magnit lenta yig'uvchisi. ES EHM bazasidagi ikki mashinali majmualami yaratishda ishlatilgan vositalami ko’rib chiqamiz. To’g'ri bog'lanish vositasi (standart interfeys, maxsus buyruqlar va tashqi uzilish) markaziy protsessorlar o’rtasida tezkor bog'lanishni amalga oshiradi va unchalik katta bo’lmagan axborotlami uzatish uchun foydalaniladi. To’g'ri bog'lanish kanali orqali hisoblash majmuasiga, hisoblash majmuasi holati bloki (HMHB) va hisoblash majmuasini boshqarish pulti ulanadi. Ular birgalikda hisoblash majmuasini boshqarish qurilmasini tashkil etadi. Hisoblash majmuasi holati bloki o’z tarkibiga HM ishlash rejimini aniqlovchi boshqarish bloki va holatlar registrlarini biriktiradi. Bu registrga yozish boshqarish pulti operatori orqali yoki to’g'ridan-to’g'ri yozish buyrug'i orqali amalga oshiriladi. To’g'ri o ’qish buyrug'i yordamida shu registrlardagi axborotlar operativ xotiraga yoziladi. Holatlar bloki, boshqarish pulti bilan birgalikda hisoblash majmuasini kerakli rejimga qo’lda o ’tkazish imkoniyatini yaratadi. Kanal-kanal adapteri EHMlarda katta hajmdagi axborotlami o’zaro almashish imkonini beradi va u yuqori o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo’lib (IMbayt/s), monopol rejimida ishlaydi. KKA funksiyalariga mos ravishda uning strukturasiga bevosita bir qancha signalli o’tkazgichlar yordamida, yoki umumiy buferli registr orqali bog'langan ikkita almashishni boshqarish bloki ham kiradi. Majmuaning uchinchi vositasi - bu tashqi xotira qurilmasi orqali EHMlaming bog'lanishidir, ya'ni magnit disk yig'uvchilari orqali MDYlarini kanallar orqali zahiralash, kanal tomonidan beriladigan «qurilmani zahiralash» buyrug'i orqali amalga oshiriladi. Ko’p mashinali hisoblash majmualarining ishlash tartibini ikki mashinali hisoblash majmuasi misolida ko’rib chiqamiz. Majmuadagi ikkala EHM to’g'ri ishlaganda, uch xil ishlash tartibini ko’rsatishimiz mumkin. Birinchi: ikkala mashina parallel ravishda bitta masalani yechadi, lekin natija faqat ulaming bittasidan ya'ni asosiy deb hisoblangan mashinadan olinadi. Agar asosiy mashina ishdan chiqib qolsagina, tezlikda ikkinchi EHMga (zahiradagi) o’tish amalga oshiriladi. Ikkinchi: ikkala EHM bir-biriga bog'liq bo’lmagan holda ishlaydi, ya'ni ikkalasi o’ziga yuklangan masalani yechadi. Agar EHMlardan biri ishdan chiqsa, ikkinchi EHM uning funksiyasini o’z zimmasiga bajarishga oladi. Bunday holda masalani EHMda bo’lish vaqti uzayishi mumkin yoki eng kerakli masalalar yechiladi. 54 Uchinchi: EHMlardan biri masalani yechish bilan band bo’lganda, ikkinchisi kutish holatida, ya'ni xohlagan vaqtda ishga tushishga tayyor holatda turadi, yoki profilaktika ishlarini bajarish tartibida bo’ladi. Bitta EHM ishdan chiqsa u ta'mirlash holatiga o ’tadi, ikkinchisi esa zahirasiz ishlay boshlaydi. Bitta protsessordan boshqasiga to’g'ridan-to’g'ri boshqariluvchi interfeys orqali murojaat qilish uchun «to’g'ridan-to’g'ri yozish» makrobuyrug'i xizmat qiladi. KKA orqali uzatiluvchi ma'lumotlar ketma-ketlik strukturasiga ega, ulami uzatishning ikkita usuli mavjuddir: navbat bilan ketma-ket uzatish va ketma-ket bazisli uzatish. Har bir usulning o’zining KKA yordamida ishlashni ta'minlovchi makrobuyruqlar to’plami mavjuddir. Bundan tashqari KKA orqali o’tuvchi axborotning to’g'riligini, nazorat qiluvchi yig'indi yordamida tekshiruvchi dastur ham ko’rib chiqilgan. Ikki protsessorli ES EHM bazasidagi VK 24P45 hisoblash majmuasi ham mavjud bo’lib, ko’p kirishli operativ xotirali KPHM turida strukturali tashkil qilingan. SM EHM bazasidagi hisoblash m ajm ualari. SM EHM bazasidagi hisoblash majmualari asosan SM-3P va SM-4P bazali protsessorlarga ega SM3 va SM41ar asosida tashkil qilingan. Ularning unumdorligi sekundiga 200 dan 800 minggacha amalni bajarishga mo'ljallangan. Bitta shinali strukturali EHMlarda hamma qurilmalar tizimdagi yagona bo’lgan umumiy shina (USh) magistraliga ulanadi. USh orqali EHMni yagona majmua kabi ishlashi uchun kerakli bo’lgan barcha axborotlar uzatiladi. SM EHM bazasidagi HMni yaratish uchun quyidagi vositalar to’plami kerak bo’ladi: - umumiy shinali ulash; - protsessorlami o ’zaro bog'lovchi adapter; - hisoblash mashinalarini bog'lovchi qurilma. Umumiy shinali ulagich SM-4501 (Ush SM) SM-3P va SM-4P protsessorlar bazasida yaratilgan bo'lib, turli konfigurasiyali ko’pmashinali majmualami yaratishga mo’ljalangan. Ulagich elektron qurilma bo’lib, ikkita protsessordan birining umumiy shinasiga qo’shimcha shina uchastkasini (QSh) ulab berish imkoniyatiga egadir. 2.10- rasmda HM qurilmalarning shina ulagich (ShU) orqali ulanishi ko’rsatilgan. 55 Qo’shimcha shinaga SM EHMning protsessoridan tashqari barcha qurilmalari xohlagancha ulanishi mumkin. QSh standart UShga to’liqligicha mos tushadi, shuning uchun UShning barcha signallari QShga buzilishsiz uzatiladi. Qo’shimcha qurilma ulangan protsessor, bu qurilmalar bilan xuddi o’zining xususiy qurilmasi kabi ishlaydi. Signal uzatishda ShU 500 nsgacha signalni ushlab qoladi, bu esa, har bir EHM unumdorligining pasayishiga olib keladi. Shunday qilib, ShUli SMlari SM EHM protsessori bazasida, umumiy maydonli TXQ yoki OXQli ikki mashinali majmualar yaratish imkoniyatini yaratdi. 2.10-rasm. Shina ulagihli SM bazasidagi hisoblash majmuasi ShUlardan majmuaning puxtaligini oshirish maqsadida, ba'zi bir qurilmalami zahiralab qo’yish uchun ham foydalanish mumkin. ShUlardan foydalanilganda qo’shimcha dasturli ta'm inot talab qilinmaydi. Protsessorlami o ’zaro bog'lovchi adapter ikkita bog'lanishli EHMning xohlagan protsessori, EHMning boshqa qurilmalariga xuddi o’zining xususiy qurilmasi kabi bog'lana olishini ta'minlash uchun ishlatiladi. Bitta EHM protsessorining boshqa EHM qurilmalariga murojaat qilishi, shu maqsad uchun ajratilgan adreslar zonasi - oynasidan foydalanib, beriladigan oddiy buyruqlar orqali amalga oshiriladi. 56 Protsessori boshqa EHMga murojaat qiluvchi EHM - majmua manbai deb, boshqa EHM esa - majmua maqsadi deb ataladi. Oyna sig'imi majmua loyihalanilayotganida tanlanadi, uning adreslar shinasida joylashgan joyi dasturda protsessorlami bog'lovchi adapter orqali bog'lanish o’matilishidan oldin beriladi. Protsessorlami bog’lovchi adapteming (PBA) ishlashi davomida 400 nsdan oshmaydigan qo’shimcha ushlanishlar yuzaga keladi. Protsessorlami bog'lovchi adapter UShning ikkala bog'lovchisi orqali bog'lanadi va USh orqali EHMga ulanadi. Har bir oynaga murojaat qilish, to’g'ri imkoniyat rejimida amalga oshiriladi. Bunday qurilma funksional simmetrik qurilma hisoblanadi, ya'ni xohlagan bog'langan EHM ham manba, ham ma'lumotlami qabul qilib oluvchi bo’lishi mumkin. Funksional jihatdan PBAli SM o’z tarkibida kiritish va chiqarish adreslari uchun, ma'lumotlar, boshqarish signallari uchun adreslanadigan registrlarga egadir. Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling