O' zbekiston respublikasi oli y va o r t a maxsus ta'lim vazirlig I abu rayhon beruniy n o m ida g I


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/70
Sana22.11.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1794280
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   70
Bog'liq
Kompyuter tizimlari va vositalari

Ko’pprotsessorli 
hisoblash m ajm ualari. 
KPHMlariga misol qilib «Elburs» 
oilasini keltirishimiz mumkin [18].
«Elbrus» ko’pprotsessorli hisoblash majmuasi ko’p buyruqlar oqimi, k o ’p 
ma'lumotlar oqimi 
strukturasiga 
egadir 
va 
tarkibiga o’ntagacha 
universal 
protsessorlami, 4 tadan 32 tagacha operativ xotira qurilmasini birlashtirishi m um kin. 
Modullararo bog'lovchi kommutatorga ega «Elbrus» KPHMning strukturasi 32- rasm da 
keltirilgan.


«Elbrus» KPHM modullilik tamoyiliga asoslanib yaratilgan bo’lib, uning barcha 
modullari majmuaning markaziy qismi bilan yuqori darajali, bir razryadli struktura 
bo’yicha bog'lanishga egadir.
Modullararo bogTovchi kommutatorga protsessordan tashqari xotira modullari va 
to’rttagacha kiritish-chiqarish protsessorini (KChP) ulash mumkin. Bu KChPlari 
markaziy protsessomi kiritish - chiqarish amallarini bajarishdan to’liq ozod etadi.
2.13-rasm . «Elbrus» KPHM strukturasi
Bu yerda: MP — markaziy protsessor, OX — operativ xotira, MBK - modullararo 
bog'lovchi kommutator, M UP - ma'lumotlami uzatuvchi protsessor, KChP - kiritish- 
chiqarish protsessori, TXQBQ - tashqi xotira qurilmasini boshqaruvchi qurilma, A -
adapter.
Ma'lumotlami uzatuvchi, qabul qiluvchi protsessorlar, tashqi xotira va kiritish- 
chiqarish qurilmasi majmuasining markaziy qismiga kiritish-chiqarish protsessorlari 
(KChP) orqali ulanadi. Tashqi xotira KChP kanallari bilan TXQBQ orqali bog'lanadi.
Telefon yoki telegraflar orqali beriladigan bog'lanishlar, ma'lumotlami uzatuvchi 
protsessorlarga adapterlar yoki ulovchi qurilmalar guruhlari orqali bog'lanadi.


MP universal qayta ishlash funksiyasini bajarib, KPHM hamma qurilmalami 
boshqaradi va majmuada bajarilayotgan hisoblash jarayonlarining hammasini nazorat 
qiladi.
Majmua modullari bir-biriga bog'liq bo’lmagan holda, parallel ishlaydi, tizim 
qurilmalari operatsion tizim tomonidan dinamik ravishda taqsimlanadi. Qaysidir bir 
qurilmada nosozlik vujudga kelsa, OT shu nosozlik haqida signal olib, majmuani qayta 
ko'rib chiqishga o’tadi va majmuadan nosoz qurilmani chiqarib tashlaydi. Nosozlik 
bartaraf qilingandan so’ng, shu qurilma yana majmua tarkibiga kiritiladi.
«Elbrus» majmuasi faqat tuzilishi bo’yicha ko’pprotsessorli majmua bo’lib 
hisoblanmay, axborotlami qayta ishlashni tashkil etish bo’yicha ham klassik 
ko’pprotsessorli majmua hisoblanadi. Hisoblashlami tashkil etish uchun stek yaratilgan 
(xotiradagi oxirgi yozilgan so’zni o’quvchi xotira sohasi). Hamma topshiriq va 
jarayonlar, protsessomi bo’shashini kutib bitta umumiy navbatda turadi. Qaysidir 
protsessor aktiv holatdan, passiv holatga o’tishi bilan, shu navbatga murojaat qilib, 
navbatdagi birinchi topshiriqni tanlab oladi. Tanlash uchun turli ustunliklar ham 
o’matilgan bo’lishi mumkin. Har bir so’z «teg»lar orqali uzatiladi va bu «teg»larda 
ma'lumot turi (butun, haqiqiy, adres va boshqalar) va ma'lumotlar formati ko’rsatiladi.
Umumiy qilib aytganimizda «Elbrus» oilasiga mansub hisoblash majmualarining 
yaratish asosini quyidagilar tashkil etadi:
- ko’pgina bir xil asosiy protsessorlarga va umumiy operativ xotiraga ega tizimlami 
modullilik tamoyili asosida yaratish;
- protsessorlar sistema buyruqlari yuqori darajali tillarda (Fortran , RL-1, Kobol, 
Paskal, Simula, Avtokod) yozilgan operatorlar ko’rinishida bo’lishi;
-telefonli, telegrafli bog'lanish liniyalari orqali bog'lanuvchi turli obyektlar 
tomonidan kiritilgan ma'lumotlami qabul qiluvchi va uzatuvchi maxsus protsessorlarga 
ega bo’lishligi.
«Elbrus» majmualari bir-birlaridan qurilmalarining unumdorligi va texnik tashkil 
qilinishi bilan farqlanadi. Taniqli bo’lgan «Elbrusl» rusumli to’rtta 
KPHM 
komplektlari 1 ta, 2 ta, 4 ta va 10 ta markaziy protsessorga va 576, 1152, 2304 va 4608 
kbayt hajmli opreativ xotiraga ega bo’lib, unumdorligining sekundiga 1,5; 3,0; 5,5; 12,0 
min amallar bajarishi bilan xarakterlanadi.


Ularda asosiy amallar bajarish vaqti:
- cheklangan vergulli sonlami qo’shish - 520 ns;
- suriluvchan vergulli sonlami qo’shish - 780 ns;
- 64 razryadli sonlami ko’paytirish - 1300 ns;
- 32 razryadli sonlami ko’paytirish - 780 ns;
- mantiqiy amallami bajarish - 520 ns.
«Elbrusl» 
KPHM yaratilishidagi tomoyillaming ri voj lantiri lishi natijasida 
unumdorligi 100mln/s va undan ko’p bo’lgan «Elbrus2, Elbrus3» KPHMlari yaratildi. 
Bu majmualar EHMlaming 4—avlodiga mansub bo’lib, KISlar asosida yaratilgan.
«Elbrusl»,«Elbrus2» va «Elbrus3» KPHMlar dasturiy mos tushuvchi majmualar 
hisoblanadi.
«Elbrus» oilasiga mansub hisoblash majmualari yuqori 
unumdorlikka 
ega 
kompyuter tizimlarida, xalq xo’jaligida va kollektiv bo’lib foydalanuvchi katta ABT 
larida ishlatilishga mo’ljallangandir.
Natija qilib, shuni aytishimiz mumkinki, SM, Elburs oilalariga mansub 
tizimlaming yaratilishi, hisoblash vositalarining hamma diapazon spektrlarini, ya'ni 
«kichik-o’rta, 
o’rta-yuqori, 
yuqori-juda 
yuqori» 
unumdorlikka 
ega 
bo’lgan 
diapazonlami qamrab olmoqda.

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling