O' zbekiston respublikasi oli y va o r t a maxsus ta'lim vazirlig I abu rayhon beruniy n o m ida g I
- bob bo’yicha sinov savollari va topshiriqlar
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter tizimlari va vositalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-BOB. K O M PY U T ER TIZIMLARI 3.1. KTlarning real unumdorligini o’lchash uslublari
2 - bob bo’yicha sinov savollari va topshiriqlar
1. Kesuvchi kommutatsiyali KPHMni yarating. 2. Ko’p kirishli OXQga ega KPHMlarini strukturali tashkil qilishning asosiy xususiyati qanday? 3. Umumiy shinali KPHM qanday kamchiliklarga ega? 4. KPHMlarida hisoblash jarayonlarini tashkil qilishda qaysi usul universal hisoblanadi? 5. KPHMlarida hisoblash jarayonlarini qaysi tomoiyllar asosida tashkil etish mumkin? 6 . Kesuvchi kommutatsiyali KPHMlari tuzilishidagi asosiy ustunliklar nimalardan iborat? 7. Mikro EHM bazasida tashkil etilgan qanday hisoblash majmualarini bilasiz? 8 . «Elbrus» rusumidagi KPHMlarining asosiy afzalliklari nimalardan iborat? 9. KPHM unumdorligi qanday? 10. KPHM va KMHM qanday ko’rsatkichlar bo’yicha baholanadi? 11.Puxtaligi jihatidan KPHMlari, KMHMlariga nisbatan ustunlikka egaligiga asosiy sabab nima? 12. «Elbrus» majmualari bir-birlaridan nimasi bilan farqlanadi ? 13. Mikro EHM bazasidagi hisoblash majmualarining afzalliklari nimadan iborat? 14. SM EHM bazasidagi HMni yaratish uchun qanday vositalar kerak bo’ladi? 15. Vositasiz bog'langan majmualar ishlashini tashkil etishning nechta usulini bilasiz? 16. Satellitli EHM deb nim aga aytiladi? 3-BOB. K O M PY U T ER TIZIMLARI 3.1. KTlarning real unumdorligini o’lchash uslublari Dastlab real unumdorlikni o’lchash uchun, bir qancha buyruqlardan tashkil topgan suniy testlar yaratilgan. Muhim masalalami yechishga mo’ljallangan KT va kompyuterlaming real unumdorligini suniy testlardan foydalanib baholash murakkab hisoblanadi. Shuning uchun dunyo amaliyotida turli hisoblash vositalarini unumdorligini baholash uchun, kompyuter texnikasi qo’llaniladigan turli sohalar uchun xarakterli bo’lgan real masalalar to ’plamidan foydalanish keng tarqaldi. Bunda to’plamdagi har bir masalani yechish vaqti tekshirilayotgan hisoblash vositasi unumdorligini hisoblash indeksi asosi bo’lib hisoblanadi. Unumdorlik indeksi nisbiy baholash hisoblanib, unda asosan keng qo’llaniladigan kompyuterga nisbatan tadqiq qilinayotgan hisoblash vositasi qo’yilgan masalani necha barobar tezroq yoki sekinroq bajarayotgani taxlil qilinadi. Agar qandaydir yo’l bilan étalon kompyuterning bir daqiqada bajariladigan hisoblash operatsiyasini ifodalaydigan absolyut unumdorligi aniqlansa, u holda tadqiq qilinayotgan axborotli va hisoblash vositasining unumdorlik indeksidagi unumdorlikni baholashning absolyut qiymatiga o’tish unchalik qiyin hisoblanmaydi. Unumdorlikni testlar orqali baholashda, unumdorlikni nazorat qiluvchi test natijalarini taxlil qilish bilan bog’liq bo’lgan uchta muammoni hal qilish kerak bo’ladi: - ishonarli bo’lgan ko’rsatkichlardan, ehtiyotkorlik bilan qabul qilinadigan ko’rsatkichlami ajratib olish; - foydalanuvchining tipli masalalarini yechishda unumdorlikni aniq xarakterlab beruvchi, nazorat qilib baholovchi testni tanlash; - unumdorlikni baholovchi test natijalarini to’g’ri taxlil qila olish, ayniqsa natijalar MWIPS (Mega Whetstone Instructions Per Second) birligida ifodalangan bo’Isa. Unumdorlikni baholovchi hozirgacha mavjud bo’lgan test to’plamlarini uchta guruhga bo’lishimiz mumkin. Birinchi guruh testlarini unumdorlikni o ’lchash uchun, kompyuter yaratuvchi kompaniyalar tomonidan yaratilgan, “o’zaro ichki” qo’llashga mo’ljallangan yaratuvchilar testlari tashkil etadi. Bunday testlar o’z mahsulotlarini 65 sifatini baholash uchun yaratiladi. Ulaming asosiy xususiyatlari bo’lib, ular bir oilaga tegishli bo’lgan ko’plab bir xildagi kompyuterlami o’zaro taqqoslashga yo’naltirilganligi hisoblanadi. Bu testlar yaratuvchilarga kompyuteming texnik tuzilishi yechimini optimallash imkoniyatini beradi. Masalan, Intel kompaniyasi X 8 6 arxitekturali mikroprotsessorlari unumdorligini baholash uchun 1992 yilda iCOMP (Intel Corporative Microprocessor Performance) unumdorlik indeksini taklif qildi. Etalon protsessor sifatida unumdorlik indeksi 100 ga teng 486 SX-25 protsessori qabul qilindi. ICOMP indeksi 67% operatsiyasi 16-razryadli butun, 3% operatsiyasi siljuvchi nuqtali, 25% operatsiyasi 32 razryadli butun, 5% operatsiyasi 32 razryadli siljuvchi nuqtali sonlardan tashkil etilgan suniy testlar o’tkazilgandan so’ng aniqlanadi. 486 SX- 50, Pentium 100 va Pentium 166 mikroprotsessorlari uchun iCOMP indeksi 180, 815 va 1308 larga mos ravishda teng. Shuni aytib o’tish kerakki, iCOMP indeksi operativ xotira va tashqi qurilmalarga ega bo’lgan hisoblash vositasini emas, faqatgina mikroprotsessor unumdorligini baholaydi. IBMda meynfreym arxitekturali System/370, System/390 oilasiga va AS/400 arxitekturali kompyuterlar unumdorligini o’lchashga mo’ljallangan maxsus test paketlari mavjuddir. Bir xil arxitekturali, amalga oshirilishi turli vositalar orqali bo’lgan tizimlar tezkorligini va texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini baholashda yaratuvchilar testlari ideal vosita hisoblanadi, lekin ulardan boshqa turdagi kompyuterlami baholash uchun to’liq foydalanib bo’lmaydi, bu esa ulami maxsus arxitekturaga yo’naltirilganligini ko’rsatadi. Bu testlardan kompyuter yaratuvchilari turli tizimlami amalga oshirish uchun foydalanadilar. Unumdorlikni baholashning ikkinchi guruh testlarini standart testlar tashkil etadi. Standart testlar juda keng spektrdagi kompyuterlami taqqoslashga mo’ljallangan bo’lib, unumdorlikni o’lchashda universal vosita hisoblanadi. Standart testlami yaratuvchilar bevosita analitiklar guruhi (Djek Dopgarra o’z guruhi bilan - Linpack paketini taklif qilgan), yoki SPEC (Standart Performance Evaluation Corporation) kompyuterlarining yirik ishlab chiqaruvchi guruhlari bo’ladilar. Testlami kollektiv bo’lib yaratish standart testai biror bir oilaga yo’naltirilishini oldini oladi. Masalan, real vaqt davomida tranzaksiyaga ishlov beruvchi serverlami baholash uchun OLIP tizimida TCP-C 66 kompaniyasi testlaridan foydalaniladi. Server unumdorligi bir minutda bajarilgan tranzaksiyalar soni orqali baholanadi. Uchinchi guruh testlari KTdan aniq foydalanish spesifikasini hisobga oigan foydalanuvchilar testlaridan tashkil topadi. Bunday testlar yechilayotgan masalaga qarab birlashgan katta kompaniyalar, yoki foydalanuvchilar guruhlari tomonidan yaratiladi. NASA Ames Research Center markazida gidro va aerodinamik modellashtirish uchun yaratilgan NAS Parallel Benchmark (NPB) testini, superkompyuter unumdorligini baholash uchun yaratilgan Blue-Genel testini, yoki bo’lingan xotirali multiprotsessorli tizimni baholash uchun yaratilgan SPLASH-2 testini foydalanuvchi testlariga misol qilishimiz mumkin. Foydalanuvchi testlari qatoriga kommunikasiya muhiti testlari ham kiradi. Turli hisoblash qurilmalari qism tizimlari unumdorligini baholovchi testlar ham mavjuddir. Masalan, disk qism tizimini baholash uchun Intel firmasining Iometer testi, Ethernet adapteri ishlash tezkorligini NetIO firmasining Chaniot dastur mahsuloti, Web-serverlar tranzaksiyaning bajarilishi tezkorligini baholash uchun Web Avalanche Caw Networks testlaridan foydalaniladi. Foydalanuvchilar testlari aniq amaliy masalalarini yechishga mos keluvchi kompyuter va dastur ta'minotlarini tanlash uchun maxsus m o’ljallangandir. Bunday qarash aniq sinf vositalari unumdorligini aniq baholash imkoniyatini beradi, lekin test dasturlarini yaratish va kompyuterlarda tekshirishlar o’tkazish foydalanuvchilardan yetarli mehnat talab qiladi. Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling