O' zbekiston respublikasi oli y va o r t a maxsus ta'lim vazirlig I abu rayhon beruniy n o m ida g I
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter tizimlari va vositalari
logN
kabi o’sadi. Shu nuqtai nazardan klassik parallellikka misol bo’lib mustaqil funksional yuklanishga ega bo’lgan soprotsessorlar hisoblanadi. Ularga arifmetik matritsali, signalli soprotsessorlar kiradi. Soprotsessorlardan foydalanish KT unumdorligini oshiradi. Siljuvchi vergulli amallarlar bajaruvchi yoki massivlarga ishlov berishga mo’ljallangan soprotsessorlar juda keng tarqalgan. Markaziy protsessor kutish holatida bo’lganda soprotsessor buyruqni bajaradi, operatsiya bajarilib bo’lgandan so’ng unga boshqaruvni uzatadi. KT unumdorligini oshirish uchun bir qator texnologik yechimlar ham qabul qilingan. Ularga loyiha me’yorini kamaytirish va hisoblash jarayonlarini ko’p ipli qilib tashkil etishni kiritish mumkin. Loyiha m e'yorini kamaytirish JKIS kristallarida komponentlar sonini oshirib, bog’lanuvchi komponentlar orasidagi masofani qisqartirish orqali amalga oshiriladi. Undan tashqari elektr zanjirlarda parazit sig’im kamayadi va buning natijasida signal tarqalayotgan vaqtda uning buzilishi kamayadi. 76 Hozirga kelib, KT unumdorligini oshirib borish uchun quyidagi qarashlardan foydalaniladi: -bitta JKISda ikkita yoki undan ko’p protsessomi tashkil etish (SMP mikrosxema darajasida mul tipleksorlash). Bunda asosiy registr bilan KESh xotira orasidagi masofa kamligi tufayli, protsessorlarda parallel operatsiyalar bajarishda ushlanishlar kamayadi; -IA-64 da foydalanilgan juda katta buyruqli so’zga ega EPIC arxitekturasisidan foydalanish, unda buyruqlar darajasidagi yuqori darajali parallellik, dasturlash orqali tasvirlanadi. Misol qilib Itanium 2 va Elbrus 3Mlami keltirish mumkin; -hisoblashlami ko’p ipli qilib tashkil etish, bunda axborotlarga ko’p oqimli ishlov berish parallel xizmat ko’rsatish asosida TLP (Thrad Lavee Parallelism) iplari darajasida amalga oshiriladi. TLPning iplarida konveyer bitta topshiriq bilan cheklanmaydi. Agar oddiy konveyerda bitta topshiriq (ip) konveyemi va bir qancha funksional bloklami yuklay olmasa, ya'ni ma'lum vaqt davomida ulash bo’sh turib qolsa, TLP texnologiyada bu bloklar boshqa iplar operatsiyalari bilan yuklanadi. TLP texnologiyasi MTA (Multi Threading Architecture) ko’p ipli arixitekturasi yordamida tashkil etiladi. MTAda maxsus dasturli va apparatli vositalar mavjud bo’lib, ular iplar orasida resurslami to’g’ri taqsimlashni kuzatib turadi. Bitta ipdan boshqasiga o tish aniq holat yuzasiga kelishi bilan (uzilishi yoki sekin ishlaydigan xotiraga murojat qilish kerakligi), yoki navbat bilan amalga oshadi. 2002 yildan boshlab ko’p oqimli ishlov berish texnologiyasida yangi Intel Xeon yangi protsessorlar oilasidan foydalanilmoqda. Unda KTning unumdorligi 30% ga oshishi ta'minlanadi. KT unumdorligini oshirishning yana bir yo’li klasterlash bo’lib, unda bir qancha kompyuterlardan birgalikda foydalaniladi. Klaster - bu umumiy resurslarda yagona tizim kabi ishlovchi kompyuterlar to’plamidir. Klasterli tizimlami paydo bo’lishiga asosiy sabab, KTni ishlash qobiliyatini, uning ba'zi bir resurslari ishdan chiqganda ham yuklanishni boshqa resurslarga taqsimlab saqlab qolishdir. Klasterlar oson masshtablanganligi sababli KT hisoblash quvvatini kengaytirish imkoniyatni beradi. Dasturlash texnologiyasiga qo’yilgan talabaga asosan KT unumdorligini oshirish uchun uchta qarash mavjuddir. - ishlov beriladigan ma'lumotlami chegaralanganligi; 77 - dasturlarda parallel harakatlar borligi; - dastuming hisoblash yadrosini ko’rsatish, uni bajarishni tezlashtirish, dastumi to’liq bajarilishini tezlashtiradi. Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling