O' zbekiston respublikasi oli y va o r t a maxsus ta'lim vazirlig I abu rayhon beruniy n o m ida g I


 M atritsali kom pyuter tizimlari


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/70
Sana22.11.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1794280
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   70
Bog'liq
Kompyuter tizimlari va vositalari

3.4. M atritsali kom pyuter tizimlari
M atritsali kom pyuter tizimlarini yaratish xususiyatlari va ularda yechishga 
qo’yiladigan m asalalar xarakteri. 
Hozirgi vaqtga kelib, matritsali tizimlami tashkil 
qilish tamoyillari statsionar mashinalarda amalga oshirilgan. Katta integral sxema 
(KlS)li mikroprotsessorlar komplektlarining yaratilishi bilan, og'irligi va gabariti 
ixcham bo’lgan, har tomonlama mukammal, matritsali KTlarini yaratish imkoniyatlari 
vujudga keldi [9,10].
Matritsali К Т BBKM kompyuter tizimlari sinfiga mansubdir. Bunday tizimlar bir- 
birlariga bog'liq bo’lmagan obyektlami parallelligi yoki ma'lumotlar parallelligi bilan 
xarakterlanuvchi masalalami yechishga moslashgandir.
Matritsali tizimlami tashkil qilishning soddalashtirilgan tuzilishi 3.2-rasmda 
keltirilgan.
3.3-rasm. Matritsali KT soddalashtirilgan tuzilishi.
Bu yerda: PE-protsessor elementi, LX-lokal xotira, KChP-kiritish-chiqarish 
protsessori.
Bunday KT tashkil etishning asosiy xususiyati shundan iboratki, umumiy 
boshqarish qurilmasi tizim tarkibidagi barcha protsessor elementlariga, dastuming har
78


bir bosqichini bajarish uchun bir xil buyruq yuboradi. Hamma protsessorlar bir vaqtda 
o’ziga berilgan buyruq asosida va protsessor lokal xotirasida saqlanayotgan ma'lumotlar 
bilan bir xil amalni bajaradi. Boshqarish qurilmasiga asosiy operativ xotiradan 
olinadigan buyruqlar oqimining uzluksizligini ta'minlash hisobiga, tizim tezkorligiga 
bo’lgan talabni qondirish vazifasi yuklatilgan. Avvalgi berilgan buyruq PEda bajarib 
bo’linishi bilan, keyingi buyruqqa o ’tish PE holatiga bog'liq bo’lmagan holda amalga 
oshadi. Tuzilishiga ko’ra, tizim tarkibidagi PElar bir turdagi elementlar hisoblanib, 
yuqori tezkorlikka ega bo’lgan arifmetik-mantiqiy qurilmalardan tashkil topadi.
3.3-rasm. Protsessor elementlari matritsasi 
Matritsali KTlari, har bir tugunida PE joylashgan kvadrat panjaralardan tashkil 
topgan. Kvadrat panjaradagi har bir PE, yonidagi to’rtta qo’shni PE bilan bog'langandir 
(3.3-rasm). Har bir PE boshqarish qurilmasi buyruqlami deshifrasiya qiluvchi, ulami 
ishlatishni boshqaruvchi, bajarilgan amal natijalarini hosil qiluvchi va lokal xotiraga 
murojat qiluvchi vositalarga egadir. Boshqarish qurilmasidan kelayotgan alohida 
buyruqlar oqimining ba'zilarini, agar PEning kirishlarida shu buyruqqa mos keluvchi 
ma'lumotlar bo’lmasa, PElar bajarmasdan o’tkazib yuborishi mumkin.
Kiritish-chiqarish 
buyrug'i 
bajarilishi 
uchun 
maxsus 
kiritish-chiqarish 
protsessoridan foydalaniladi. Bunday kompyuter tizimlarida, agar har bir protsessor 
hech qanday buyruqni o’tkazib yubormasdan, ma'lumotlami qayta ishlashni bir vaqtda 
bajarsa, masalani yechishda parallellash darajasi maksimal hisoblanadi. PE larining 
turib qolishlari, parallel bajariladigan operatsiyalar soni, hisoblashning turli 
bosqichlarida, elementlar soniga mos kelmasligidan kelib chiqadi. Misol tariqasida
79


matritsali tizimlarda qo’shish amalini bajarishni ko’rib chiqamiz. Bizga to’rtta PEga ega 
tizimda sakkizta operatsiya (a, b, c, d, e, f, g, h) ustida qo’shish amalini bajarish kerak 
bo'lsin (3.4-rasm).
3.4-rasm. Matritsali tizimda hisoblash operatsiyasini bajarish diagrammasi
1) PE, : (a+b)=S’i,
PE

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling