O' zbekiston respublikasi oli y va o r t a maxsus ta'lim vazirlig I abu rayhon beruniy n o m ida g I


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/70
Sana22.11.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1794280
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   70
Bog'liq
Kompyuter tizimlari va vositalari

8
ta PEdan 
tuzilgan 
8
ta doirani, yoki 16 ta PEdan tuzilgan 4ta doirani, 32 PE dan tuzilgan 2ta 
doirani tashkil etib, ular dastur boshqaruvida o'zaro moslashtiriladi.
Umuman tizim tarkibiga tashqi qurilmalar biriktirilgan bitta yoki ikkita miniEHM 
SM21ardan tashkil topgan monitor qismtizimi orqali boshqariladi. Monitor qismtizim 
multiprotsessorga mikrodastumi yuklashni boshqarib, multiprotsessoming ishini doimo 
nazorat qilib turadi va foydalanuvchi bilan tizim o’rtasida axborot almashishni 
ta'minlaydi.
Katta hajmdagi ma'lumotlami saqlash uchun PS-2000 tizimi tashqi xotira bilan 
ham ta minlangan. Uning tarkibiga mikrodasturlanuvchi tekshirgich, to’rtta magnit 
diskli yig uvchilari va sakkizta magnit lentali yig'uvchilari kiradi. Axborot yig'uvchilari 
tekshirgichga boshqaruv modullari orqali bog'lanadi.
PS-2000 tizimida hisoblash jarayoni, monitor qismtizimida bajariladigan uchta 
jarayonlardan ya ni, dastumi bajarish, ma lumotlami kiritish va chiqarishdan iborat 
bo’ladi. Monitor qismtizim boshqaruvida, boshqaruvchi qurilma dasturlar va 
mikrodasturlar bilan yuklanadi.
PS-2000ning dasturiy ta'minoti SM EHM dasturiy ta'minoti bazasida yaratilgan 
bo’lib, unga PS-2000 tizimini ishlashini tashkil etuvchi modullar qo’shilgan. Uning 
ishlash qobiliyatini nazorat qiluvchi tizimi sxemali qurilmalar bilan ta'm inlangan, 
nosozliklarni aniqlash uchun, diagnostika qiluvchi dasturlardan foydalaniladi.
PS-2000 tizimining ustunliklarini ILLIAC-IV tizimiga taqqoslab ko’rib chiqamiz.
1. 
PS-2000 protsessor elementi ILLIAC-IV tizimiga nisbatan sezilarli darajada ko’p 
imkoniyatlarga ega (xususiy xotirasi borligi bilan aniqlanadi).


2. Xususiy xotirasi va adreslar hisoblagichini tashkil qilish uchun foydalaniladigan 
indeksli arifmetikasi borligi sababli, PE moduli, arifmetik-mantiqiy qurilma va kiritish- 
chiqarish qurilmasi modullari o’rtasida axborot almashishni birlashtirish imkoniyati 
mavjud;
3. Har bir PEdagi xotira sig'imining kattaligi (16 Kso'z), ko’pdarajali uzilishlar 
tizimi bilan birgalikda, har bir masala uchun alohida mustaqil qurilmali multidasturli 
tartibni tashkil etish imkoniyatini yaratadi;
4. Ikki darajali boshqarish (buyruqli va mikrobuyruqli) sifatli dasturlashni 
ta'minlaydi.
5. Hamma sakkizta protsessor elementlari modullari bo’yicha tizimni kengaytirish 
imkoniyati mavjudir.
6
. Tizimning bahosi nisbatan arzon.
PS-2000 hisoblash majmuasi, ma'lumotlami qayta ishlash majmualarida, vaqtni 
bo’laklash tartibida ishlash uchun va doimiy algoritmlar bo’yicha katta hajmdagi 
hisoblashlami bajarish, bitta dastur asosida ko’p ma'lumotlar oqimini parallel qayta 
ishlash kerak bo’ladigan texnologik jarayonlami avtomatlashtirilgan boshqarish 
tizimlarida ishlash uchun mo’ljallangan (masalan, xususiy hosilali differensial 
tenglamalami yechishda, vektorlar va matritsalar ustida operatsiyalar bajarishda).
PS-2000 hisoblash majmuasi yuqori unumdorlikka ega bo’lgan tizim hisoblanadi. 
Bu tizimda 64/64 o’ichovli matritsani ko’paytirish uchun, 64 ta PE mavjud bo’lganda 
23 ms vaqt sarf qilinadi.
3.5. Assotsiativ tizimlar
Assotsiativ kompyuter tizimlari BBKM tizimlar sinfiga mansubdir. Ular bir vaqtda 
bitta boshqaruvchi qurilma buyrug'i bilan, bir qancha ma'lumotlar oqimiga (matritsa 
kabi) ishlov berish xususiyatlari bilan xarakterlanadilar. Bu tizimlar ma'lumotlar 
oqimini yaratish usullari bilan matritsali tizimlardan mutlaqo farqlanadi.
Matritsali tizimlarda ma'lumotlami qayta ishlash uchun adresli axborotlarga ega 
umumiy, yoki bo’laklangan xotira qurilmalaridan, yoki bevosita ma'lumotlar manbai 
qurilmasidan kelib tushadi. Assotsiativ kompyuter tizimlarida esa, axborotlar ishlov
84


berishga assotsiativ xotira qurilmasidan (AXQ) kelib tushadi. AXQlardan axborotlar 
aniqlangan adreslari orqali emas, balki, ularning mazmuniga qarab tanlanadi. AXQ ning 
ishlash tartibini 3.6-rasmda keltirilgan sxema orqali tushuntiramiz.
Assotsiativ tizimni (assotsiativ protsessor) quyidagi ikki xususiyatga ega bo’lgan 
tizim deb tasvirlashimiz mumkin: 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling