O' zbekiston respublikasi oli y va o r t a maxsus ta'lim vazirlig I abu rayhon beruniy n o m ida g I
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter tizimlari va vositalari
Razryad
255 шшшs ¡lili Û. BQ t _ PE 0 PE 1 P E 254 PE 255 256 so'z * 256 razryad 3.8-rasm. STARAN tizimida protsessorlarga ishlov berish STARAN tizimining bazali konfigurasiyasi bitta assotsiativ matritsadan tashkil topgan, uning tarkibida 1 tadan 32 tagacha modul bo'lib, umumiy komplektatsiya qilinganda tizimda 256 Kbayt axborotga ishlov berish mumkin. Bu tizimdagi 256 ta protsessor elementida axborotlami izlash va ularga ishlov berish tezligi juda yuqori. Assotsiativ modullami boshqarish qurilmasi, boshqariluvchi xotirada saqlanayotgan ma'lumotlar ustida operatsiyalar bajarish uchun buyruqlar beradi. Boshqariluvchi xotira amaliy dasturlami va m a'lum otlam i saqlash uchun bir qancha qismlarga bo’lingan. Kiritish-chiqarish qism tizimi tizimiga boshqa hisoblash qurilmalarini va tashqi qurilmalami ulashni ta'm inlaydi. Parallel kiritish-chiqarish o’z tarkibiga har bir matritsa uchun 256 ta kirish va 256 ta chiqishni birlashtirib, assotsiativ matritsani axborotlar hajmini oshirish uchun magnit disk yig'uvchilariga ulashni ta'minlaydi. Mikroelektronika sohasida erishilgan yutuqlar asosida STARANE deb nomlangan, rivojlantirilgan yangi tizim yaratildi. Bu modelda, birinchi modeldagiga nisbatan ishlash tezkorligi, boshqariluvchi xotira sig'imi sezilarli oshirildi, m a 'lumotlarga ishlov berish tezkorligi oshirildi, xotira matritsasi uchun yangi kiritish-chiqarish qurilmasi yaratildi. Bunday o’zgarishlarga qaramay rivojlantirilgan modelda oldingi modeldagi dasturiy ta minot imkoniyatlari saqlab qolindi. Rivojlantirilgan modelda xotira matritsasining takomillashtirilganligi, ya'ni uning har biri 256 so’zdan iborat bo’lgan, bittadan 8 tagacha assotsiativ matritsadan tashkil topishi mumkinligi muhim hisoblanadi. Hamma modullami maksimal sig'imi 128 Mbit yoki 16 Mbaytga tengdir. STARAN va STARANE tizimlaridan Rim aviatsiya rivojlantirish markazida, dunyodagi topografik laboratoriyalarda, Djonson havo harakatlarini tekshirish va boshqarish markazida sensorli signallarga ishlov berish uchun juda keng masshtabda foydalaniladi. Bitta buyruqli ko’p ma lumotli tizimlar sinfiga bir qancha protsessorlar ansamblidan tuzilgan tizimlami kiritishimiz mumkin. Bunday tizimlarga radiolokatsion axborotlarga ishlov berishga m o’ljallangan PEPE kompyuter tizimini misol qilib olishimiz mumkin. PEPE (Parallel Element Processing Ensemble) protsessorlar ansamblidan tuzilgan, yuqori darajada unumdorlikka ega bo’lgan kompyuter tizimidir. Tizim buyruq beruvchi va shu buyruqni parallel ishlov beruvchi qurilmalarda sinxron bajarilishini ta'minlovchi bitta boshqaruvchi qurilmaga egadir. Uning tarkibidagi har bir qurilma o’zining ma'lumotlari bo’yicha ishlaydi, tizim esa katta, tartiblangan ma'lumotlar massivlariga ishlov beradi. Protsessorlar ansambliga ega bo’lgan tizimlar uchun bunday massivlar so’z vektorlarini tasvirlaydi. PEPE tizimining zamonaviy modeli uchta asosiy komponentdan tashkil topgan: - yetakchi protsessor sifatida foydalanilgan VS SDS 7600; - 288 ta, har biri arifmetik qurilma (AQ), korrelyatsion qurilma (KQ), assotsiativ chiqarish qurilmasi (AChQ) va operativ xotiraga (OX) ega bo’lgan mustaqil protsessor elementlari; -h a r bir PEning o’ziga mos qurilmasi uchun umumiy bo’lgan 3 ta mustaqil boshqarish qurilmasi (BQ), ya'ni AKBQ, KQBQ, AChQBQ. (3.9-rasm) 3.9-rasm. PE strukturasi Bu yerda: AQ - arifmetik qurilma, AChQ - assotsiativ chiqarish qurilmasi, OX - operativ xotira, KQ - korrelyatsion qurilma. Tizimdagi har bir PElari mustaqil bo’lib, o’zaro bevosita bir-biri bilan bog'lanmagan, lekin ulaming har biri boshqaruvchi qurilmalar tomonidan ma'lumot operatsiyalami bir vaqtda bajarishi mumkin. KQ va AChQlari ma'lumotlar bazasidan axborotlami korrelyatsion va assotsiativ izlashni va kiritish-chiqarishni optimallashtiradi. Tizim tomonidan radiolokatsion axborotlarga ishlov berishda, real vaqtda har bir PE, biror bir kuzatilayotgan obyektga bog'liq ma'lumotlami yig'ib, ularga ishlov berishga tayyorlaydi. Tizim 288 ta obyektlami kuzatishga mo’ljallab yaratilgan, shuning uchun PEPE tizimida PElari soniga hech qanday chegara qo’yilmaydi. Bitta yoki bir nechta protsessor ishdan chiqsa, qolgan boshqa protsessorlar mustaqil bo’lganligi sababli ishlashni davom etiraveradilar. Bu esa bu tizimning ishonchliligini yanada oshiradi. PEPE tizimining unumdorligi sekundiga 300-500 mln operatsiya bajarishi bilan baholanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling