O' zbekiston respublikasi oli y va o r t a maxsus ta'lim vazirlig I abu rayhon beruniy n o m ida g I


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/70
Sana22.11.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1794280
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   70
Bog'liq
Kompyuter tizimlari va vositalari

4-BOB. K O M PY U T ER TARMOQLARI
4.1. EHM tarmoqlarini tashkil qilish tamoyillari va ularni m o'ljallanishi
KT dasturli va apparatli vositalarining arxitekturalarining rivojlanishi va 
bog'lanish kanallari orqali ma'lumotlami uzatish qurilmalarini va tashkil qilish 
uslublarini rivojlanishi kompyuter tarmoqlarini yaratish imkoniyatini berdi.
Kompyuter tarmoqlari (KTr) yoki EHM tarmoqlari deb, ma'lumotlami uzatish 
kanallari orqali bog'langan, bir-biridan ma'lum masofada joylashgan EHMlar, yoki 
terminal qurilmalar to'plamlariga aytiladi. KTr ko'p massivli tizimlarda ma'lumotlarga 
ishlov berish masalalarini yechishga mo'ljallangan bo'lib, ilmiy va konstruktorik 
ishlarini, avtomatlashtirilgan o'qitish tizimlari ishlarini, transportlarga biletlami 
taqsimlash ishlarini bajarishda uzoq masofalardan turib axborotlami taqsimlash kabi 
masalalami sifatli yechish imkoniyatini beradi.
KTr o'zaro bog'langan uchta qism tarmoqlarga bo'linadi: bazali ma'lumotlami 
uzatish tarmog'i (BMUT), EHM tarmog'i va terminal tarmoq. KTr tuzilishi 4.1-rasmda 
ko'rsatilgan.
KTr asosini hisoblash markazlarida joylashgan katta EHMlar tashkil qiladi (MUT 
bilan bog'langan, kollektiv bo'lib foydalanishga mo'ljallangan EHMlar).
EHM tarmog'i tarkibiga bosh EHM va terminallar kiradi. Bosh EHM 
foydalanuvchi dasturlarini bajarishga ma'lumotlami yig'ish, saqlash va axborotlami 
uzatishga mo'ljallangan.
MUT tarmoqda ma'lumotlami uzatish yo'nalishlarini tanlashni boshqaruvchi 
multipleksorlar funksiyasini bajaruvchi 
paketlar, 
yoki m a'lum ot uzatishlami 
kommutatsiya qiluvchi bog'langan boshqaruvchi protsessorlardan tashkil topgan 
bog'lanish kanallari yoki bog'lanish tugunlarini tashkil etadi.
Bosh hisoblash mashinalari tarmoq protsessorlariga
fizik signallarining 
(boshqaruvchi va axborotli signallar), 
va agar BHM bilan tarmoq protsessorlari 
orasidagi axborotlar va formatlarining mos tushishligi ta'minlangan bo'lsa, bevosita 
standart ulanish nuqtalari orqali, yoki interfeysli protsessorlar yordamida bog'lanadi.


4.1-rasm. Kompyuter tarmog'i tuzilishi 
Bu yerda: MUT- ma'lumotlarni uzatish tarmog'i, BT-bog'lanish tugunlari, BXM- 
bosh hisoblash mashinasi, IP- interfeysli protsessor, KFXM- kollektiv foydalanuvchi 
hisoblash markazi, T- terminallar, 
AP-abonent punktlari, 
BBQ - bog'lanish va 
boshqarish qurilmasi.
Foydalanuvchilar terminallari (T) BHM yoki tarmoq protsessoriga bevosita 
ulanadi. Tarmoqqa BHM va tarmoq protsessoridan uzoqda joylashagan terminallar 
guruhini ulash uchun terminal protsessori hisoblangan abonent punktlaridan 
foydalaniladi.


Abonent punktlari ma lumotlami bir qancha manbaalardan kiritishni ta'minlovchi 
va ularm turli shakllarda displey ekraniga, chop etuvchi qurilmalarga, grafikli 
qurilmalarga chiqaruvchi o'zaro bog'Iangan boshqarish va bog'lanish qurilmalaridan 
tashkil topadi. Terminal sifatida teletayplardan, yozuv mashinkalaridan, displey, 
grafquruvchi 
va 
boshqa 
kiritish-chiqarish 
qurulmalari, 
yoki 
ulaming 
kombinatsiyalaridan foydalaniladi. Ko'pincha terminal tarkibiga mikro EHM kiritilgan 
bo lishi mumkin, bunday holda terminal ahborotlarga ishlov berishning yordamchi 
funksiyasini bajaradi, bu esa terminallami intellektual terminal deb atashga asos bo'ladi.
4.2-rasmda KTming tuzilishini turli variantlari keltirilgan.
a)
b)
4.2- rasm. Kompyuter tarmog'ining topologiyalari 
119


a) umumiy shinali; b) xalqali; d) yulduzsimon; e) daraxtsimon tarmoq
Kompyuter tarm og'i holati va uni ishlashini boshqarish, o'z tarkibiga EHM
terminal qurilma va terminal vositalarni kirituvchi adminstrativ tizim orqali 
ta'minlanadi. Terminal vositalar yordamida tarmoq komponentlarini ulash, ulami 
tarmoqdan chiqarish va tarmoq qobiliyatini nazorat qilish, ishlash rejimini o'rnatish 
kabi ishlar bajariladi.
EHMlami va terminallami kompyuter tarmog'iga ulashdagi asosiy samaradorlik, 
tarmoq resurslaridan foydalanuvchi maksimal darajada foydalanish imkoniyatining 
yaratilishi bilan aniqlanadi. Tarmoqqa ulangan barcha foydalanuvchi lar uning tarkibiga 
kiruvchi BHMda ma'lumotlami saqlash, ularga ishlov berish uchun ulanish 
imkoniyatiga egadirlar.
Tarmoqda ishlash tartibi quyidagilami amalga oshirish imkoniyatini beradi:
a) terminallar o'rtasida axborot almashish;
b) uzoqdagi EHMga, xohlagan joydagi tarmoqqa ulangan terminaldan paketli 
ishlov berishga yoki muloqotli ishlashga so'rov yuborish mumkin;
d) uzoqdagi EHMda saqlanuvchi fayldan foydalanish mumkin va tarmoqqa 
ulangan barcha EHMlarga fayllami uzatish mumkin.
Tarmoqdan m a' lumotlarga ishlov berishni amaliyotda qo'llash natij asida, 
ma'lumotlarga ishlov berish narxi, alohida mashinalarda ishlov berishga nisbatan bir 
yarim barobar árzon tushar ekan.
Hisoblash tarmoqlarini sinflashning eng muhim belgisi bo'lib, hisoblash 
tarmog'ining asosiy resurslarini o'zaro joylashishini va o'zaro bog'lanishini aniqlovchi 
topologiyalari 
hisoblanadi. 
KTr 
topologiyasining 
strukturasi, 
tarmoqning 
o'tkazuvchanlik qobiliyatiga, buzilishga chidamligiga, mantiqiy imkoniyatiga va tarmoq 
narxiga sezilarli ta 'sir ko'rsatadi.
Kompyuter tarmoqlarining ishlashi jarayonlar orqali tasvirlanadi. Jarayon - bu 
ma'lumotlami qayta ishlashdagi maqsadli aktni ko'rsatuvchi dinamik obyektdir. KTr 
ishlash jarayonining ikki xil turi mavjuddir: amaliy jarayon va tizimli jarayon. Amaliy 
jarayon - bu EHM operatsion tizimining qayta ishlovchi dasturini yoki amaliy 
dasturining bajarilishidir. Bundan tashqari uning funksiyasiga terminallaming ishlashini
120


ta minlash funksiyasi ham kiradi. Tizimli jarayon, amaliy jarayonni bajarilishini 
ta minlovchi yordamchi funksiyalami amalga oshiruvchi dasturlaming bajarilishidir.
Tarmoqda ma'lumotlami almashish asosida jarayonlami o'zaro munosabatlari 
prosedurasi tarmoq protokollari deb ataladi. Jarayonlaming har bir darajalari uchun, 
protokollar mavjuddir. Kompyuter tarmoqlarini mantiqiy tashkil qilish protokollar 
orqali aniqlanadi. Protokollarda axborot turlari, ulaming tuzilishi, qayta ishlash 
proseduralari, ya'ni tarmoqning kirishdagi ma'lumotlarga reaksiyasi va o ’zining 
chiqarish axborotlarini generatsiya qilishi ko'rsatiladi.
KTr tarkibidagi qurilmalarining joylashish masofasiga qarab, lokal, regional va 
global tarmoqlarga bo linadi. Lokal KTr deb, bir-birlaridan unchalik uzoq bo'lm agan 
masofalarda joylashgan qurilmalardan tuzilgan, ya'ni biror tashkilotning, sexlarida
binolarida tashkil etilgan tarmoqqa aytiladi. Regional tarmoq esa, rayonlaroro, 
shaharlaroro tashkil etiladi. Global tarmoq davlatlararo tashkil qilinadi.

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling