O' zbekiston respublikasi oli y va o r t a maxsus ta'lim vazirlig I abu rayhon beruniy n o m ida g I
Ma' lumotlarni uzatish va kom m utatsiya qilish vositasi va uslublari
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter tizimlari va vositalari
4.4. Ma' lumotlarni uzatish va kom m utatsiya qilish vositasi va uslublari
Kompyuter tarmog'ida ma'lumotlami uzatish quyidagi uslublar orqali amalga oshiriladi: kanallami, ma'lumotlami, paketlami kommutatsiya qilish va aralash kommutatsiya qilish. Bu uslublardan birini tanlash tarmoqning mo'ljallanishiga va unda uzatiladigan axborotlaming xarakteriga bog'liqdir. Zamonaviy KTr uchun kommutatsiya paketlaridan foydalanish xarakterli hisoblanadi. Shu uslublami alohida ko'rib chiqamiz [14,16]. Kommutatsiya kanallari uslubida ma'lumotlami uzatish tarm og'ida (MUT) ma'lumot uzatish punkti bilan ma'lumot mo'ljallangan manzil o'rtasida alohida kanal uchastkalari, ketma-ket bog'langan kanal tashkil qilish yo'li bilan fizik bog'lanishlar o'matiladi. Kommutatsiya kanali jarayoni va MUT o'rtasida ma'lumot uzatish 4.6-rasmda vaqt diogrammasi orqali ai-abonentidan aj-abonentiga ma’lumot uzatish misolida ko’rsatilgan. Boshlanishi 4.6-rasm. Kommutatsiya kanali Bu yerda: A,B,C,D - bog'lanish tugunlari, U1 - yetkazish vaqti. A bog'lanish aj abonent manzili bo'yicha bog'lanishga ulanadi, natijada ai abonenti yo'nalishi, A uzel bilan В uzelni bog'lovchi yo'nalish bilan bog'lanadi. So'ngra bog'lanishni ulash prosedurasi B,C,D uzellar bilan takrorlanadi va natijada ai va aj abonentlar o'rtasida bog'lanish kanali hosil bo'ladi. Bog'lanish tugashi bilan D uzel (aj abonent) teskari bog'lovchi signalni ai abonentga yuboradi, bu signalni qabul qilgandan so'ng ai abonent ma'lumotlami uzata boshlaydi. Ma'lumotlami uzatish vaqti uzatilayotgan axborot uzunligiga, kanalning o'tkazuvchanlik xususiyatiga, kanal bo'yicha signal tarqalishiga bog'liqdir. Ul-qiymat axborotni manzilga etkazish vaqtini aniqlaydi. Ma'lumotlami kommutatsiya qilish uslubida faqatgina qo'shni uzellar o'rtasida axborot uzatilayotgan vaqtda fizik bog'lanish o'matiladi. Axborot uzatishda uning nomi sifatida axborotni qabul qilib oluvchi aj abonent manzili ko'rsatiladi. Axborot uzatuvchi ai tomonidan generatsiya qilingan axborot A uzelda qabul qilinib, uning xotirasida saqlanadi (4.7-rasm). A uzel axborot nomiga ishlov berib, axborot uzatish uchun В uzelga olib boruvchi yo'nalishni aniqlaydi. A xborot nomi 4.7-rasm. Ma'lumotlami kommutatsiya qilish В uzel axborotni qabul qilib uni xotiraga joylashtiradi, axborotni qabul qilib bo'lgandan so'ng, uning nomiga ishlov berib axborotni xotiradan chaqirib keyingi uzelga olib boruvchi bog'lanish yo'nalishiga uzatadi. Axborotni qabul qilish, unga ishlov berish va uzatish barcha uzellarda, ai abonentdan aj abonentgacha bo'lgan yo'naliishda ketma-ket takrorlanadi. U2 qiymati axborotlami kommutatsiya qilishda ma'lumotlami manzilga yetkazish vaqtini aniqlaydi. Axborotlami kommutatsiya qilish, kanal kommutatsiyasiga nisbatan qurilmalarini murakkabligi bilan, axborotlami uzatishda ulanishlami kam bo'lishligi bilan va axborot uzatishda tarmoqning umumiy o'tkazuvchanlik xususiyatini yuqoriligi bilan farqlanadi. A xborot nomi 4.8-rasm. Yo'nalish bo'yicha paketlami uzatish Paket kommutatsiyasi, axborot kommutatsiyasi uslubining rivojlantirilishi hisoblanadi. Bu uslub ma'lumotlarni uzatishda o'tkazuvchilami o'tkazuvchanlik xususiyatini oshirish va puxtaligini ta'm inlash imkonini beradi. Paket kommutatsiyasi axborotlami paketlarga nomlab, cheklangan uzunlikka ega bo'lgan holda joylab, ulami tarmoq uzellari aniqlangan yo'nalish bo'yicha uzatish orqali amalga oshiriladi (4.8- rasm). M a'lumotlarni paket kommutatsiyasidan foydalanib uzatish ham, xuddi axborotlami kommutatsiya qilish kabi amalga oshiriladi, lekin unda ma'lumotlar uzunligi chegaralangan (1024 gacha) bo'lib, bir qancha ketma-ket paketlarga bo'linadi. Bunday paketlarga bo'linish 4.9-rasmda tasvirlangan. 1 2 3 4.9-rasm. Axborotlami paketlarga bo'linishi Paket kommutatsiyasi usulida bitta axborotni manziliga yetkazish uchun ancha kam vaqt sarf qilinadi. Kompyuter tizimida paketlami uzatish uchun ikkita virtual kanallar tartibi va deytogramm tartibidan foydalaniladi. Virtual kanallar tartibida axborot uzatish uchun, virtual kanallar (mantiqiy bog'langan) tashkil qilinadi va bu kanallar orqali, tartib nomerlariga qattiq rioya qilgan xolda axborot paketlari uzatiladi. Bu rejim, axborotlar paketlarini qabul qilish joylarida ulami yig'ishni ancha osonlashtiradi. Deytogramm tartibida axborotlar paketi tarmoq bo'yicha bir-biriga bog'liq bo'lmagan holda joylashadi, oldindan mantiqiy bog'lanish o'matish talab qilinmaydi, lekin bu tartibni tatbiq qilish ancha murakkab hisoblanadi. Paketli kommutatsiya usulining afzalliklari bo'lib quyidagilar hisoblanadi: 1) paket kommutatsiyasining eng muhim afzalligi bo'lib, paketdagi axborotni bir vaqtda turli yo'nalishga uzatish mumkinligi hisoblanib, bunday holda axborot uzatish vaqti bir muncha kamayadi, puxtaligi esa, ancha yuqori bo'ladi; 2) ma'lumotlami paketlar shaklida tasvirlash natij asida, ma'lumotlar oqimini multipleksirlash uchun qulay sharoit yaratiladi, ya'ni kanal orqali bir qancha ma'lumotlar oqimini bir vaqtda uzatish uchun, kanal o'z ish vaqtini taqsimlaydi; 3) paket uzunligining qisqa bo'lishligi, kanal bo'yicha uzatilayotgan m a'lum otlar va axborot uchun kerakli bo'lgan xotira hajmiga nisbatan kam xotira hajmini ajratish imkonini beradi; 4) ma'lumotlami qisqa paketlar ko'rinishida uzatish natijasida axborotlarda yuzaga keladigan xatoliklar ehtimolligi kamayadi; 5) paketli kommutatsiya uslubida, boshqa uslublarga nisbatan ma'lumotlami uzatishda tarmoq kam ushlanishga ega bo'ladi va tarmoq bo'yicha o'tkazuvchanlik xususiyati nisbatan yuqori bo'ladi. Shu xususiyatlar va afzalliklarga ega bo'lganligi uchun paketli kommutatsiya uslubi, hisoblash tarmoqlari uchun ma'lumotlami uzatishdagi asosiy uslub b o 'lib hisoblanadi. Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling