O' zbekiston respublikasi oli y va o r t a maxsus ta'lim vazirlig I abu rayhon beruniy n o m ida g I
Monokanallar va monokanallarga m urojat qilish turlari
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter tizimlari va vositalari
5.4. Monokanallar va monokanallarga m urojat qilish turlari
LKTr monokanali ma'lumotlami uzatish kanalidan va EHMni kanal bilan bog'lovchi tarmoq adapterlaridan tashkil topadi. Monokanalni tashkil qilish 5.4-rasmda ko'rsatilgan. Ma'lumotlami uzatish kanali ikkilik qiymatlarda, ya'ni 0, 1 lardan tashkil yetilgan signallami kanal orqali ketma-ket uzatuvchi kabeldan tashkil topadi. LKTr tizimlarini bir-birlari bilan bog'lash uchun uchta turdagi kabellardan ya'ni, ekranlashtirilgan ikkita uzatuvchi, koaksial kebel va volokon-optik simlardan foydalaniladi. Kabelning uzunligi 143 qancha oshib borishi bilan uning o'tkazuvchanlik xususiyati shuncha kamayadi, masalan kabel uzunligi 10 marta oshsa, uning o'tkazuvchanlik xususiyati taxminan shuncha kamayadi. Kanalning tashqi ta'sirlarga bo'lgan sezuvchanligi uning uzunligi oshishi bilan kamayadi. Axboratli monokanal 5.4-rasm. Monokanalni tashkil qilish Ekranlashtirilgan ikkita uzatuvchi o'tkazuvchanlik xususiyati 1 Mbit/s bo'lgan kanallarda qo'llaniladi, koaksial kabellardan esa 1-10 Mbit/s o'tkazuvchanlik xususiyatiga ega kanallarda foydalaniladi. Volokon-optik tizimlarda esa, yuqori o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan, ya'ni 10-100 Mbit/s o'tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo'lgan kanallami yaratish uchun, undan tashqari kuchli elektromagnitli tashqi ta'sirlar sharoitida ishlovchi, ishlab chiqarish tizimlarida va bort tizimlarida foydalaniladi. Tarmoq adapterlarini ulash mexanik razyom orqali 10-20 metrgacha uzunlikdagi kabel segmentini adapterga ajratish bilan amalga oshiriladi. Monokanallami tashkil qilishda asosan quyidagilar muhim hisoblanadi: - LKTr konfigurasiyasi; - kanalga ulanish usullari; - fizik va axborotli kanallami boshqaruvchi protokollar. Monokanallarga ulanish uchun asosan uchta asosiy usullardan foydalanish mumkin: - erkin holat; - boshqariluvchi holat; - umumiylashtirilgan holat. Erkin holatda (ehtimollik holatida) ulanishda, har bir tizim ma'lumot uzatuvchi kanalni istalgan vaqtda egallab olishi mumkin. Bunday holda, agar ikkita va undan ortiq tizim bir vaqtda kanalga ma lumot uzatsa, signallami birlashib ketishi hisobiga ma lumotlar buzilishi yuzaga kelib, ulaming maxsus algoritm bo'yicha belgilangan vaqtda qaytadan uzatish talab qilinadi. Boshqariluvchi holatda ulanish asosan, ma'lumotni uzatishga ruxsat beruvchi tizimlar ko rsatmasi bo yicha navbatma-navbat uzatishga asoslanadi. Umumiylashtirilgan ulanish erkin holatda ulanish bilan boshqariluvchi ulanishni tizimning turli ishlash fazalarida qo llashga asoslangan. Paketni manzilga uzatish vaqti NxT dan oshmaydi, bu yerda N- tarmoqlardagi aktiv tizimlar soni; T-kanal bo'yicha paketni uzatish vaqti. Tizim to'liqligicha bir xil sharoitda ushlanib turilib, l/(N xT) kattalikdan kam bo'lmagan chastota bilan uzatish huquqiga ega bo'ladi. Halqali tizimga ega bo lgan LKTrda estafetali ulanish, bitta tizimdan boshqasiga halqa bo'yicha ketma-ket uzatiluvchi estafeta markalar orqali amalga oshiriladi (5.5- rasm). 5.5-rasm. Magistral strukturali LKTr kanaliga ketma-ket estafetali ulanish Bunday hollarda marker sifatida paketning shu maqsadda maxsus ajratilgan razryadi hisoblangan, axborot uzatila boshlanishi ketma-ketligini ko'rsatuvchi bitdan foydalaniladi. Bitta paketni fizik kanal bo'yicha uzatish vaqti quyidagicha aniqlanadi. T=L/V L- paket uzunligi (bit); V- fizik kanal o'tkazuvchanlik xususiyati (bit/s). S- monokanalning o'tkazuvchanlik xususiyati T vaqtda uzatilayotgan paketlaming o'rtacha soni bilan harakterlanadi, ya'ni S<1. Marker halqadagi tizimlar o rtasida ketma-ket uzatilib, ularga navbatma-navbat ma lumot uzatish huquqini beradi. Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling