O' zbekiston respublikasi oli y va o r t a maxsus ta'lim vazirlig I abu rayhon beruniy n o m ida g I
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter tizimlari va vositalari
M ajm ualashtirish usullari.
Halqali LKTrini kengaytirish uchun ikki yoki uch darajali halqali strukturadan foydalaniladi. Bunday hollarda tarmoq bir nechta halqali qism tarmoqlar qilib quriladi (5.8-rasm). 5.8-rasm. Ikki darajali halqali strukturali LKTr Bu yerda: KB- kommutatsiya bo’g'ini. Qism tarmoqlarini birlashtirish uchun kommutatsiya bo’g'iniga ega bo’lgan qo’shimcha halqadan foydalanadi. Past darajali halqa KB orqali, yuqori darajali halqa kanaliga bog'lanadi. KB paketlami qabul qilib olib ulami o’ziga mos keluvchi manzilga uzatish uchun yo’naltiradi. Paketlami kommutatsiya qilish, KB xotirasida saqlanayotgan yo'nalish jadvali bo’yicha amalga oshiriladi. Iyerarxik halqali struktura hisobiga tarmoqqa kiruvchi stansiyalar sonini oshirish yo’li bilan uning puxtaligini oshirish mumkin. Monokanalli tarmoqlaming yuqori darajali tarmoq bilan mujassamlashtirish kanallararo stansiyalar (KAS) yordamida amalga oshirilishi mumkin, bunday hollarda ikkita kanalni bog'lovchi KAS ma'lumotlami uzatish tarmoqlari bajaradigan funksiyani bajaradi. 5.9-rasmda ko’p kanalli LKTr keltirilgan. KASning asosiy vazifasi monokanal orqali uzatilayotgan paketlami selektrlab, ajratilagan paketlami bufer xotirasida saqlash uchun qabul qiladi va ulami KASni manzil bilan bog'lovchi kanaliga uzatadi. Ikkita bir xil monokanalni bog'lovchi KAS ko’prik deb ataladi. M a'lumotlar kanali ko’priklari ikkita o’xshash EHM tarm og'ini (bir xil protokolli) bog'lovchi qurilmani tashkil etadi. Ko’priklaming asosiy vazifasi paketlami bitta tarmoqdan boshqasiga o’tkazishdan iborat. Paketlami uzatish jarayonida ko’prik paketning signallarini ishlab chiqib, uni uzun ko’prik bo’yicha, uzoq masofaga uzatish imkoniyatini yaratadi. 5.9-rasm. K o’p kanalli LKTr. Ko’prik retranslyatorlardan farq qilib, qo’shimcha imkoniyatlarga egadir. Ko’prik har bir paketni ko’rib chiqib, ikki tarmoqning qaysi biriga shu paket tegishli ekanligini aniqlaydi. Retranslyatorlar esa, bunday hollarda paketlami, uzatilayotgan ma'lumotlami tahlil qilmasdan uzatib yuboradi. Ko’priklardan foydalanishning asosiy sababi, ulami turli kabelli bog'lanishlarga ega vositalar bilan bog'lash imkoniyatiga ega ekanligidir. Turli xil tarmoqlami bog'lovchi qurilma shlyuzlar deb ataladi. Bunday hollarda kanalni seleksiyalash va boshqarishdan tashqari, axborotli kanallar protokolni o'zgartirish kerak bo'ladi. LKTr va MUTr ni X25 protokolidan foydalanib ulash mumkin, ya'ni lokal va global KTrini bog'lash hosil qilinadi. Kengroq tarqalgan ko'priklar turiga Ethemet-Ethemet, Starlan-Starlan va boshqalami misol qilishimiz mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling