O' zbekiston respublikasi oli y va o r t a maxsus ta'lim vazirlig I abu rayhon beruniy n o m ida g I
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter tizimlari va vositalari
Ko’pprotsessorli
hisoblash m ajm ualari. KPHMlariga misol qilib «Elburs» oilasini keltirishimiz mumkin [18]. «Elbrus» ko’pprotsessorli hisoblash majmuasi ko’p buyruqlar oqimi, k o ’p ma'lumotlar oqimi strukturasiga egadir va tarkibiga o’ntagacha universal protsessorlami, 4 tadan 32 tagacha operativ xotira qurilmasini birlashtirishi m um kin. Modullararo bog'lovchi kommutatorga ega «Elbrus» KPHMning strukturasi 32- rasm da keltirilgan. «Elbrus» KPHM modullilik tamoyiliga asoslanib yaratilgan bo’lib, uning barcha modullari majmuaning markaziy qismi bilan yuqori darajali, bir razryadli struktura bo’yicha bog'lanishga egadir. Modullararo bogTovchi kommutatorga protsessordan tashqari xotira modullari va to’rttagacha kiritish-chiqarish protsessorini (KChP) ulash mumkin. Bu KChPlari markaziy protsessomi kiritish - chiqarish amallarini bajarishdan to’liq ozod etadi. 2.13-rasm . «Elbrus» KPHM strukturasi Bu yerda: MP — markaziy protsessor, OX — operativ xotira, MBK - modullararo bog'lovchi kommutator, M UP - ma'lumotlami uzatuvchi protsessor, KChP - kiritish- chiqarish protsessori, TXQBQ - tashqi xotira qurilmasini boshqaruvchi qurilma, A - adapter. Ma'lumotlami uzatuvchi, qabul qiluvchi protsessorlar, tashqi xotira va kiritish- chiqarish qurilmasi majmuasining markaziy qismiga kiritish-chiqarish protsessorlari (KChP) orqali ulanadi. Tashqi xotira KChP kanallari bilan TXQBQ orqali bog'lanadi. Telefon yoki telegraflar orqali beriladigan bog'lanishlar, ma'lumotlami uzatuvchi protsessorlarga adapterlar yoki ulovchi qurilmalar guruhlari orqali bog'lanadi. MP universal qayta ishlash funksiyasini bajarib, KPHM hamma qurilmalami boshqaradi va majmuada bajarilayotgan hisoblash jarayonlarining hammasini nazorat qiladi. Majmua modullari bir-biriga bog'liq bo’lmagan holda, parallel ishlaydi, tizim qurilmalari operatsion tizim tomonidan dinamik ravishda taqsimlanadi. Qaysidir bir qurilmada nosozlik vujudga kelsa, OT shu nosozlik haqida signal olib, majmuani qayta ko'rib chiqishga o’tadi va majmuadan nosoz qurilmani chiqarib tashlaydi. Nosozlik bartaraf qilingandan so’ng, shu qurilma yana majmua tarkibiga kiritiladi. «Elbrus» majmuasi faqat tuzilishi bo’yicha ko’pprotsessorli majmua bo’lib hisoblanmay, axborotlami qayta ishlashni tashkil etish bo’yicha ham klassik ko’pprotsessorli majmua hisoblanadi. Hisoblashlami tashkil etish uchun stek yaratilgan (xotiradagi oxirgi yozilgan so’zni o’quvchi xotira sohasi). Hamma topshiriq va jarayonlar, protsessomi bo’shashini kutib bitta umumiy navbatda turadi. Qaysidir protsessor aktiv holatdan, passiv holatga o’tishi bilan, shu navbatga murojaat qilib, navbatdagi birinchi topshiriqni tanlab oladi. Tanlash uchun turli ustunliklar ham o’matilgan bo’lishi mumkin. Har bir so’z «teg»lar orqali uzatiladi va bu «teg»larda ma'lumot turi (butun, haqiqiy, adres va boshqalar) va ma'lumotlar formati ko’rsatiladi. Umumiy qilib aytganimizda «Elbrus» oilasiga mansub hisoblash majmualarining yaratish asosini quyidagilar tashkil etadi: - ko’pgina bir xil asosiy protsessorlarga va umumiy operativ xotiraga ega tizimlami modullilik tamoyili asosida yaratish; - protsessorlar sistema buyruqlari yuqori darajali tillarda (Fortran , RL-1, Kobol, Paskal, Simula, Avtokod) yozilgan operatorlar ko’rinishida bo’lishi; -telefonli, telegrafli bog'lanish liniyalari orqali bog'lanuvchi turli obyektlar tomonidan kiritilgan ma'lumotlami qabul qiluvchi va uzatuvchi maxsus protsessorlarga ega bo’lishligi. «Elbrus» majmualari bir-birlaridan qurilmalarining unumdorligi va texnik tashkil qilinishi bilan farqlanadi. Taniqli bo’lgan «Elbrusl» rusumli to’rtta KPHM komplektlari 1 ta, 2 ta, 4 ta va 10 ta markaziy protsessorga va 576, 1152, 2304 va 4608 kbayt hajmli opreativ xotiraga ega bo’lib, unumdorligining sekundiga 1,5; 3,0; 5,5; 12,0 min amallar bajarishi bilan xarakterlanadi. Ularda asosiy amallar bajarish vaqti: - cheklangan vergulli sonlami qo’shish - 520 ns; - suriluvchan vergulli sonlami qo’shish - 780 ns; - 64 razryadli sonlami ko’paytirish - 1300 ns; - 32 razryadli sonlami ko’paytirish - 780 ns; - mantiqiy amallami bajarish - 520 ns. «Elbrusl» KPHM yaratilishidagi tomoyillaming ri voj lantiri lishi natijasida unumdorligi 100mln/s va undan ko’p bo’lgan «Elbrus2, Elbrus3» KPHMlari yaratildi. Bu majmualar EHMlaming 4—avlodiga mansub bo’lib, KISlar asosida yaratilgan. «Elbrusl»,«Elbrus2» va «Elbrus3» KPHMlar dasturiy mos tushuvchi majmualar hisoblanadi. «Elbrus» oilasiga mansub hisoblash majmualari yuqori unumdorlikka ega kompyuter tizimlarida, xalq xo’jaligida va kollektiv bo’lib foydalanuvchi katta ABT larida ishlatilishga mo’ljallangandir. Natija qilib, shuni aytishimiz mumkinki, SM, Elburs oilalariga mansub tizimlaming yaratilishi, hisoblash vositalarining hamma diapazon spektrlarini, ya'ni «kichik-o’rta, o’rta-yuqori, yuqori-juda yuqori» unumdorlikka ega bo’lgan diapazonlami qamrab olmoqda. Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling