O' zbekiston respublikasi oli y va o r t a maxsus ta'lim vazirlig I abu rayhon beruniy n o m ida g I


 KPHM va K M H M solishtirib baholash


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/70
Sana22.11.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1794280
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70
Bog'liq
Kompyuter tizimlari va vositalari

2.5. KPHM va K M H M solishtirib baholash
Yuqori darajadagi puxtalikka ega bo’lgan HMlarini yaratish talab qilinganda, 
loyihalovchilar oldida KPHMlami yaratish kerakmi yoki KMHMlami yaratish kerakmi 
degan savol tug'iladi. Bunday savolga javob topish uchun ana shu ikki turdagi 
majmualami solishtirib baholash kerak bo’ladi. Solishtirish jarayonida asosan, puxtalik, 
unumdorlik, dasturli ta'minotining murakkabligi va iqtisodiy samaradorligi kabi 
majmuaning asosiy harakteristikalari baholanadi.
Puxtaligi jihatidan KPHMlari, KMHMlariga nisbatan ustunlikka egadir. Buning 
asosiy sababi, KMHMlarida zahiralash hisoblash mashinalardan foydalanish orqali 
amalga oshiriladi. Shuning uchun KPHM da kam apparatlar sarf qilinganligiga qaramay, 
puxtalik yuqori darajada bo’ladi.


Ko’p mashinali majmua unumdorligi, tarkibidagi EHMlar soni oshib borishiga 
qarab chiziqli o’sib boradi, natijada K.MHM unumdorligi, uning tarkibidagi ham m a 
EHMlar unumdorligi yig'indisidan iborat bo’ladi.
KPHMda esa, protsessorlar soni qancha oshib borsa, konfliktli holatlar va ishlamay 
turib qolishlar sonining oshish ehtimolligi shuncha ko’p bo’ladi, bu esa, m ajm ua 
unumdorligining kamayishiga olib keladi. Lekin bu mulohazalar u yoki bu turdagi 
majmua unumdorligi doimo yuqori bo’ladi deb xulosa chiqarish uchun yetarli 
hisoblanmaydi. Masalan, katta majmuadagi 
masalalami yechishda KPHM lar 
unumdorligi KMHMlari unumdorligiga nisbatan ancha yuqori bo’ladi, bu esa, katta 
hajmli masalalami yechishda KPHMlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi 
degan xulosani beradi. Majmuaning dasturli ta'minotini baholashda KPHM operatsion 
tizimlarini yaratish, KMHM operatsion tizimlarini yaratishga nisbatan ancha murakkab 
hisoblanadi.
Iqtisodiy samaradorlik bo’yicha majmualami baholashda, asosan ulaming puxtaligi 
va unumdorligi solishtiriladi, bu esa ularga integral b o ’yicha baho berish hisoblanib, u 
yoki bu turdagi majmua yuqori samaradorlikka ega degan xulosani berish imkoniyatini 
yaratmaydi. Keyingi yillarda majmualami yaratish uchun foydalaniladigan apparatlar 
narxlarining pasayib borishi sababli, ulaming dasturli ta'minotining narxi, ulam i 
yaratishga va ishlatishga ketadigan sarf-xarajatlarda muhim o’rinni egallamoqda.
Yuqorida ko’rib o’tilgan barcha harakteristikalami baholash orqali, majmualami 
solishtirish natijasida, u yoki bu turdagi majmua birmuncha ustunlikka ega deb ayta 
olmaymiz. Har bir aniq holat uchun, masala yechish jarayonida masalaning harakteriga, 
majmuaning puxtaligiga, ishonchligiga, unumdorligiga, yuklanishiga qarab majmuaning 
ustunligi aniqlanadi.

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling