O' zbekiston respublikasi oli y va o r t a maxsus ta'lim vazirlig I abu rayhon beruniy n o m ida g I


 Unpack, SPEC, TPC, NPB test paketlari


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/70
Sana22.11.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1794280
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70
Bog'liq
Kompyuter tizimlari va vositalari

3.2. Unpack, SPEC, TPC, NPB test paketlari
Linpack test dasturi turli arxitekturaga ega KT unumdorligini aniqlash uchun 
qo’llaniladi. 1993 yilda Linpack testi natijalaridan foydalanib Germaniyaning 
Manngeym va AQShning Netlib universitetida dunyodagi 500 ta eng unumdor 
qurilmalami o’z tarkibiga kiritgan TOR 500 ro’yhati tuzib chiqilgan.


Linpack testlar to’plami chiziqli algebra masalalarini yechishga mo’ljallangan 
dasturlar to’plamidan tashkil topgan. Ularda parametrlar sifatida quyidagilardan 
foydalaniladi:
- matritsa tartibi (masalan, 
xotiraga maksimal joylashadigan 
1 0 0
x
1 0 0

1 0 0 0
x
1 0 0 0
);
- matritsa elementlari qiymatlari formatlari (matritsa elementlarini tasvirlovchi bir 
marotaba va ikki marotaba aniqlik);
- kompilyasiya usullari (optimallash yoki oddiy);
- optimallashgan standart funksiyalar kutubxonalaridan foydalanish imkoniyati.
Linpack testlarida ishlov berilayotgan matritsaning kattaligiga qarab barcha
kompyuterlar unumdorligining cho’qqi qiymatlarini, ya’ni 
0 , 7
dan 
0 , 9 5
gacha 
diapazondagi unumdorliklarini ko’rish mumkin. Bu esa, hozirgi ko’pgina zamonaviy 
kompyuterlar, yaxshi formallashtirilgan masalalami yechishga yo’naltirilganligini 
ko’rsatadi. Lekin TOP 500 ning 20-tahririda ro’yhatning yuqori qismidagi tizimlarda bu 
ko’rsatkich 0,5 darajada ekanligini ko’rish mumkin.
KT va kompyuterlar ishlab chiqaruvchi har bir firma o’zining qurilmasi TOP 500 
tarkibiga kiritilishiga va unda yuqori o’rinlami egallashiga intiladi. Qurilmalari TOP 500 
ro’yhat tarkibiga kiruvchi har bir ishlab chiqaruvchi uchun alohida KT unumdorligiga va 
KTlarining unumdorliklari yig’indisi bo’yicha reyting qayd qilinadi. Shuning uchun har 
bir firma o’zi tashkil etgan shaxsiy Linpack testidan foydalanadi. Ishlatish uchun erkin 
tarqalgan Linpack testlari ham mavjuddir. Ulardan biri MP Linpack hisoblanib, unda 
SCALAPACK kutubxonasining 3BLAS darajasidagi qism dasturlaridan foydalaniladi. 
Ularda paralellash parametr jihatdan NB bloki o’lchamida berilgan ma'lumotlaming ikki 
o’lchamli blokli siklik dekompozisiyasiga asoslanadi. MP Linpack testini bajarish uchun 
quyidagi dastur komponentalari kerak bo’ladi:
MPI kutubxonasi - Message Passing Interface standartiga mos bazali 
kommunikasiya funksiyasini amalga oshiradi;
ScaLAPACK (Scalable Linear Algebra Package) kutubxonasi — bir qator 
algebraik masalalami jumladan, multiprotsessorli tizimlardagi chiziqli 
tenglamalar tizimini yechishga mo’ljallangan yuqori darajali kutubxona; 
MP Linpack testini amalga oshiruvchi dasturlar to’plami.
68


Erkin 
foydalanish 
mumkin 
bo’lgan 
MPI 
versiyasi 
portini 
http://www.mcs.anl.gov/mpi/mpich/download.html manzili bo’yicha olish mumkin.
Turli arxitekturalarga optimallashtirilgan BLAS kutubxonasini mikroprotsessor va 
kompyuter ishlab chiqamvchi firmalardan olish mumkin.
3.1-rasmda MP Linpack testini yuqorida qayd etilgan kutubxonalar bazasida 
yaratilgan sxemasi keltirilgan.
MP testi TESTING direktoriyasida joylashgan LUTIME.dat faylida joylashgan 
parametrlarga asosan bajariladi.
Faylda quyidagilar aniqlangan bo’lishi kerak:
- yechiladigan chiziqli tenglamalar soni;
- har bir N tizimining o’lchami;
- NB matritsa bloki o’lchami;
- R protsessorlar katagidagi qatorlar soni;
- Q protsessorlar katagidagi ustunlar soni.

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling