O' zbekiston respublikasi oli y va o r t a maxsus ta'lim vazirlig I abu rayhon beruniy n o m ida g I


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/70
Sana22.11.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1794280
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70
Bog'liq
Kompyuter tizimlari va vositalari

3.1-rasm Linpack sxemasi


SPEC test dasturi paketi. 
SPEC korporasiyasi turli tartiblarda qo’llaniladigan 
kompyuterlar unumdorligini baholash uchun test paketlarini rivojlantirib bormoqda. 
Korporasiya o’z oldiga shunday parametrlami ob'ektiv tashkil etishni maqsad qilib 
qo’ydiki, bunday testlaming o ’zi ham, ulami kompilyasiya tartiblari ham qaysidir ishlab 
chiqarishga yo’naltirilmagan bo’lsin.
SPEC test paketlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
- SPEC CPU89, SPEC CPU92, SPEC CPU95, SPEC CPU 200 protsessorlar 
unumdorligini baholovchi testlar;
- SPEC JVM 98 - Virtual JAVA mashinasini ishlashi unumdorligini baholovchi
test;
- SPEC SF 97 - NFS fayl tizimida ishlaganda unumdorlikni baholovchi test 
paketi.
SPEC testlarida baholash MIPS yoki Flops birliklarida o’ichanmaydi, balki étalon 
mashinaga nisbatan necha marotaba tezroq ishlashini ko’rsatuvchi kattalik bilan 
aniqlanadi.
SPEC CPU-2000 test paketini ko’rib chiqamiz. Bu paketning yaratilishiga sabab 
kompyuteming xotira hajmini va operatsion tizim unumdorligi ko’rsatkichlarining jadal 
o’sib borishi hisoblanadi. Bu yerda étalon mashina sifatida 300-megagersli, unumdorligi 
100 ga teng bo’lgan Sun Ultra 10 ishchi stansiyasi qabul qilindi.
SPEC CPU-2000 test paketlari 25 ta dasturdan tashkil etilgan bo’lib, ulardan 19 ta 
dastur oldingi SPEC test paketiga kirmagan.
Testlar paketga quyidagi talablarga javob bersa kiritiladi:
- ko’p foydalanuvchiga ega bo’lsa;
- ko’p sonli apparat resurslarida foydalanilsa;
- qiziqarli texnik masalani yecha olsa;
- taniqli nashriyotlarda chop etilgan natijalarga ega bo’lsa;
- test majmualarida yechiladigan masalalami kengaytirish mumkin bo’lsa.
Testlar paketga quyidagi holatlarda kiritilmaydi:
- kerakli muddatda platformadan platformaga o’ta olmasa;
- kiritish-chiqarishda ko’p operatsiya bajarib, hisoblash masalasi kiritilmagan 
bo’lsa;


- boshqa testlar bajaradigan masalani takrorlasa.
SPEC int 2000 testini bir qancha protsessorlarda qo’llangandan so’ng, chop 
etilgan baholash natijalarini ko’rib chiqamiz 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling