O' zbekiston respublikasi oli y va o r t a maxsus ta'lim vazirlig I abu rayhon beruniy n o m ida g I


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/70
Sana22.11.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1794280
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70
Bog'liq
Kompyuter tizimlari va vositalari

Razryad
255
шшшs ¡lili
Û.
BQ
t _
PE 0
PE 1
P E 254
PE 255
256 so'z * 256 razryad
3.8-rasm. STARAN tizimida protsessorlarga ishlov berish
STARAN tizimining bazali konfigurasiyasi bitta assotsiativ matritsadan tashkil 
topgan, uning tarkibida 1 tadan 32 tagacha modul bo'lib, umumiy komplektatsiya 
qilinganda tizimda 
256 Kbayt axborotga ishlov berish mumkin. Bu tizimdagi 256 ta 
protsessor elementida axborotlami izlash va ularga ishlov berish tezligi juda yuqori. 
Assotsiativ modullami boshqarish qurilmasi, boshqariluvchi xotirada saqlanayotgan 
ma'lumotlar ustida operatsiyalar bajarish uchun buyruqlar beradi. Boshqariluvchi xotira 
amaliy dasturlami va m a'lum otlam i saqlash uchun bir qancha qismlarga bo’lingan.
Kiritish-chiqarish qism tizimi tizimiga boshqa hisoblash qurilmalarini va tashqi 
qurilmalami ulashni ta'm inlaydi. Parallel kiritish-chiqarish o’z tarkibiga har bir matritsa 
uchun 256 ta kirish va 256 ta chiqishni birlashtirib, assotsiativ matritsani axborotlar 
hajmini oshirish uchun magnit disk yig'uvchilariga ulashni ta'minlaydi.


Mikroelektronika sohasida erishilgan yutuqlar asosida STARANE deb nomlangan, 
rivojlantirilgan yangi tizim yaratildi. Bu modelda, birinchi modeldagiga nisbatan ishlash 
tezkorligi, boshqariluvchi xotira sig'imi sezilarli oshirildi, m a 'lumotlarga ishlov berish 
tezkorligi oshirildi, xotira matritsasi uchun yangi kiritish-chiqarish qurilmasi yaratildi. 
Bunday o’zgarishlarga qaramay rivojlantirilgan modelda oldingi modeldagi dasturiy 
ta minot imkoniyatlari saqlab qolindi. Rivojlantirilgan modelda xotira matritsasining 
takomillashtirilganligi, ya'ni uning har biri 256 so’zdan iborat bo’lgan, bittadan 
 
tagacha assotsiativ matritsadan tashkil topishi mumkinligi muhim hisoblanadi. Hamma 
modullami maksimal sig'imi 128 Mbit yoki 16 Mbaytga tengdir.
STARAN va STARANE tizimlaridan Rim aviatsiya rivojlantirish markazida, 
dunyodagi topografik laboratoriyalarda, Djonson havo harakatlarini tekshirish va 
boshqarish markazida sensorli signallarga ishlov berish uchun juda keng masshtabda 
foydalaniladi.
Bitta buyruqli ko’p ma lumotli tizimlar sinfiga bir qancha protsessorlar 
ansamblidan tuzilgan tizimlami kiritishimiz mumkin. Bunday tizimlarga radiolokatsion 
axborotlarga ishlov berishga m o’ljallangan PEPE kompyuter tizimini misol qilib 
olishimiz mumkin. PEPE (Parallel Element Processing Ensemble) protsessorlar 
ansamblidan tuzilgan, yuqori darajada unumdorlikka ega bo’lgan kompyuter tizimidir.
Tizim buyruq beruvchi va shu buyruqni parallel ishlov beruvchi qurilmalarda 
sinxron bajarilishini ta'minlovchi bitta boshqaruvchi qurilmaga egadir. Uning 
tarkibidagi har bir qurilma o’zining ma'lumotlari bo’yicha ishlaydi, tizim esa katta, 
tartiblangan ma'lumotlar massivlariga ishlov beradi. Protsessorlar ansambliga ega 
bo’lgan tizimlar uchun bunday massivlar so’z vektorlarini tasvirlaydi.
PEPE tizimining zamonaviy modeli uchta asosiy komponentdan tashkil topgan:
- yetakchi protsessor sifatida foydalanilgan VS SDS 7600;
- 288 ta, har biri arifmetik qurilma (AQ), korrelyatsion qurilma (KQ), assotsiativ 
chiqarish qurilmasi (AChQ) va operativ xotiraga (OX) ega bo’lgan mustaqil protsessor 
elementlari;
-h a r bir PEning o’ziga mos qurilmasi uchun umumiy bo’lgan 3 ta mustaqil 
boshqarish qurilmasi (BQ), ya'ni AKBQ, KQBQ, AChQBQ. (3.9-rasm)


3.9-rasm. PE strukturasi
Bu yerda: AQ - arifmetik qurilma, AChQ - assotsiativ chiqarish qurilmasi, OX -
operativ xotira, KQ - korrelyatsion qurilma.
Tizimdagi 
har bir PElari mustaqil bo’lib, o’zaro bevosita bir-biri bilan 
bog'lanmagan, lekin ulaming har biri boshqaruvchi qurilmalar tomonidan ma'lumot 
operatsiyalami bir vaqtda bajarishi mumkin.
KQ va AChQlari ma'lumotlar bazasidan axborotlami korrelyatsion va assotsiativ 
izlashni va kiritish-chiqarishni optimallashtiradi.
Tizim tomonidan radiolokatsion axborotlarga ishlov berishda, real vaqtda har bir 
PE, biror bir kuzatilayotgan obyektga bog'liq ma'lumotlami yig'ib, ularga ishlov 
berishga tayyorlaydi. Tizim 288 ta obyektlami kuzatishga mo’ljallab yaratilgan, shuning 
uchun PEPE tizimida PElari soniga hech qanday chegara qo’yilmaydi.
Bitta yoki bir nechta protsessor ishdan chiqsa, qolgan boshqa protsessorlar 
mustaqil bo’lganligi sababli ishlashni davom etiraveradilar. Bu esa bu tizimning 
ishonchliligini yanada oshiradi. PEPE tizimining unumdorligi sekundiga 300-500 mln 
operatsiya bajarishi bilan baholanadi.



Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling