O' zbekiston respublikasi oli y va o r t a maxsus ta'lim vazirlig I abu rayhon beruniy n o m ida g I
M uam moli va funksional yo'naltirilgan protsessorli kompyuter tizim la r i
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter tizimlari va vositalari
3.6. M uam moli va funksional yo'naltirilgan protsessorli kompyuter tizim la r i
Yuqon unumdorlikka ega bo’lgan, umumiy ishlarga mo’ljallangan tizim lar mikroprotsessor komplektlari asosida yaratiladi. Bunday tizimlarda bir xil tipdagi protsessorlardan (umumiy ishlarga mo’ljallangan EHM protsessorlariga o ’xshash) foydalanish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Chunki har bir protsessorda, har bir vaqt ichida, bir tipdagi m a'lumotlarga ishlov berishni ta'm inlovchi resurslaming bir qismidan foydalaniladi. Umumiy ishga mo’ljallangan mikroprotsessorli tizimlami yaratishdagi tejamli usul bo’lib, muammoli va funksional mo’ljallangan protsessorlardan foydalanish hisoblanadi. Ular aniq bir funksiyalarni amalga oshirishga mo’ljallangan bo’ladi, ya'ni skalyar kattaliklarga ishlov berish, matnlarga ishlov berish, ma'lumotlami boshqarish, matritsali ishlov berish va boshqalar. Turli tipdagi protsessorlar asosida yaratilgan, aniq bir funksiyani amalga oshirishga mo ljallangan mikroprotsessorli KTlari funksional taqsimlangan KTlari (FTKT) deb ataladi. FTKT turli tuzilishdagi tizimlar bo’lib, ular ishlov berilishi kerak b o ’lgan talablanga mos keluvchi, tarkibiga muammoga yo’naltirilgan protsessorlarni kiritish yo’li bilan yaratiladi. FTKTm strukturali tashkil qilish tamoyilini ko’rib chiqamiz. (3.10-rasm) Tizim individual xotiraga va asosiy xotiraga ega bo’lgan protsessorlar to’plamidan tuzilgan. Hamma qurilmalami axborotli bog'lab turuvchi tizimning yadrosi mavjuddir. Tizimning yadrosi tizimli shina (magistral), kommutatsion maydon yoki asosiy xotiraning kommutatori ko’rinishida bo’lishi mumkin. Dastlabki ikki holatda har bir protsessor boshqa xohlagan protsessorlar bilan va asosiy xotira bilan m a'lum ot almashishi mumkin Asosiy xotira kommutatoridan foydalanilganda esa ma'lumot almashish faqat xotira orqali amalga oshiriladi. 3.9-rasmda keltirilgan strukturada boshqaruvchi protsessor barcha resurslar va masalalami boshqaruvchi supervizorli funksiya vazifasini bajaradi, ishlov beruvchi protsessor sonli va belgili ma'lumotlarga ishlov berish uchun, matritsali protsessor esa, matritsali va vektorli ishlov berish uchun, til protsessori dasturlami translyatsiya qilish uchun ishlatiladi. 91 3.10-rasm. Funksional-taqsimlangan KT Bulardan tashqari ma'lum otlar bazasi protsessori, ma'lumotlar to’plamiga murojaat qilish, ma'lumotlar bazasini boshqarishni ta'minlaydi, kiritish-chiqarish protsessori kiritish-chiqarish qurilmasiga xizmat ko’rsatadi, telekommunikatsion protsessor esa bog'lanish kanali orqali axborot uzatishni ta'minlaydi. Konkret tizimdagi protsessorlaming tarkibi tizimda yechiladigan masala sinfiga bog'liq bo’ladi. Masalan, tizimda ikkita ishlov beruvchi protsessor va bir qancha telekommunikatsion protsessorlardan foydalanilgan bo’lishi mumkin. Har bir masalaga ishlov berish protsessorlar o’rtasida taqsimlanadi. Masalaning turli qadamlari, dasturlar va dastur shoxchalari yordamida ishlov beruvchi, matritsali va til protsessorlarida bajariladi. Resurslami masalalararo taqsimlanishi va masala yechilishini boshqarish, operatsion tizimning boshqaruvchi dasturini tashkil etadigan boshqaruvchi protsessor orqali amalga oshiriladi. Protsessorlami maxsuslashtirish turli darajalarda amalga oshiriladi: struktura darajasida, mikro dastur darajasida va dastur darajasida. Struktura darajasida maxsuslashtirish protsessoming operatsion qismida, ma'lumot operatsiyalar to’plamini bajaruvchi registrlar strukturasidan va mikrooperatsiyalardan foydalanish hisobiga amalga oshiriladi. Mikrodasturli darajada maxsuslashtirish 92 ma lumot funksiyalar to’plamini hisoblashga mo’ljallangan maxsuslashtirilgan operatsiyalar to’plamiga ega mikrodasturlar yordamida yaratishga olib keladi. Dasturlar darajasida protsessorlami funksional maxsuslashtirish, protsessorga mos dasturlar to’plamini yuklash orqali amalga oshiriladi. FTKTda uch xil darajada protsessorlami maxsuslashtirishdan foydalaniladi. Ishlov beruvchi va matritsali protsessorlar maxsuslashtirilgan strukturaga ega, ya'ni ishlov beruvchi protsessorlar mantiqiy qiymatlar, butun va xaqiqiy sonlar ustida operatsiyalar bajansh uchun, matritsali protsessorlar esa, vektorli va matritsali operatsiyalar bajanshga mo’ljallangan. Boshqa protsessorlar mikrodasturlar va dasturlar darajasida funksional maxsuslashtiriladi. Muammoga yo’naltirilgan protsessorli KTini tashkil qilishning funksional taqsimlangan tamoyili SYMBOL, SYSTEM/89(80) tizimlarida o’matilgan. SYMBOL tizimi bir turda bo’lmagan sakkizta protsessorli tizim bo’lib, vaqtni bo laklash rejimida terminallar bilan ishlashga mo’ljallangandir. Tizim 8 ta funksional mo’ljallangan protsessorlardan, diskli xotira buferi sifatida esa tezkor xotira qurilmasiga ega virtual xotira tizimidan tuzilgan bo’lib, bir vaqtda 31ta mustaqil terminallar bilan aloqa qilishni ta minlaydi. Supervizor protsessori tizimni ishlashini boshqarib, qolgan protsessorlarga buyurtmalar uchun navbatlar tashkil qilishni, protsessorlami masalalar uchun taqsimlashni ta'minlaydi. Qolgan protsessorlar oddiy funksiyalarni bajaradi. FTKT SYSTEM/89(80) IBM firmasi tomonidan AQShda yaratilgan bo'lib, uning soddalashtinlgan struktura sxemasi 3.10-rasmda keltirilgan. Tizimda 8 tadan 16 gacha, asosiy xotira va to’g'ridan-to’g'ri boshqarish interfeysi orqali o’zaro bog'lanuvchi protsessorlardan foydalanish mumkin. SYSTEM 89 tizimi o’z tarkibiga, xizmat ko’rsatuvchi protsessomi, til protsessorini, kiritish-chiqarish va ishlov bemvchi protsessomi, asosiy xotira, fayl protsessori va kommutatomi birlashtiradi. Xizmat ko’rsatuvchi protsessor tizimning boshqarish pulti ishlashini ya'ni rejalashtirishni, nazorat va diagnostika qilishni ta'minlaydi. Kiritish-chiqarish protsessori tashqi qurilmalarga xizmat ko’rsatib, kiritilayotgan va chiqarilayotgan ma'lumotlargadastlabki ishlov berishni bajaradi. Ishlov beruvchi protsessor EHMning markaziy protsessori bajaradigan operatsiyalarni bajaradi. Til protsessori yuqori darajali til vositalarida yozilgan dasturlarni mashina tiliga translyatsiya qilishga mo’ljallangan. Fayl protsessori ma'lum otlam i boshqarib, turlicha tashkil etilgan to’plamlarda saqlanayotgan ma' lumotlarga murojaat qilishni tashkil qiladi. Har bir protsessor o'zining xususiy xotirasiga ega. Protsessorlaming funksional mo'ljallanishi, protsessorlar to'plamiga mikrodasturlami yuklash yo'li bilan mikrodasturlar darajasidata minlanadi. Tizimga bir qancha kiritish-chiqarish protsessorlari, matritsali ishlov berish protsessorlari ulanishi mumkin, ya'ni uni kengaytirish imkoniyati mavjuddir. FTKT dan turli strukturali ma'lumotlar ustida, katta funksiyalami amalga oshirishda, butun sonli qiymatlar, haqiqiy sonlar, grafikli axborotlar va tasvirlar, matnlar, matritsali ishlov berish, dasturlarni translyatsiya qilish, ma lumotlarga murojaat qilish kabilami amalga oshirishda foydalaniladi. Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling