O' zbekiston respublikasi oli y va o r t a maxsus ta'lim vazirlig I abu rayhon beruniy n o m ida g I
Yuqori unumdorlikkka ega klasterli tizimlar
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter tizimlari va vositalari
3.10. Yuqori unumdorlikkka ega klasterli tizimlar
Klasterli tizimlar KBKM arxitekturali KT bo’lib, ular ommaviy parallellik arxitekturasining rivojlantirilgan variantlari hisoblanadi. Klasterli tizimlar bir qancha kompyuterlami yagona tarmoqqa birlashtirilgan ko’rinishidagi bir turdagi kompyuter tizimlari hisoblanib, ular yagona masalani echishga mo’ljallangandir. Foydalanuvchi bu tarmoqga bitta resurs sifatida qaraydi. Klasterli tizimlar boshqa tizimlardan apparatura va dastur ta'minotida standart yechimlar qabul qilishi bilan farqlanadi. Oddiy kompyuter tizimlari (markaziy protsessorlar va operatsion tizim) komponentlari bilan narxi unchalik baland bo’lmagan kommutasiya qurilmalarining birgalikda qo’llanilishi natijasida arzon klasterli tizimlar yaratish rivojlanib ketdi. Bunday tizimlami 1983 yilda DEC kompaniyasi birinchi bo’lib taklif qildi. Klasterlar murakkab ilmiy va grafïka masalalarini yechishdagi katta hajmdagi ma lumotlarga ishlov berishda qo’llaniladi. Klasterli tizimlaming asosiy tarkibiy qismlarini protsessor, xotira, kiritish-chiqarish qismtizimi va o’z operatsion tizimiga ega mustaqil kompyuterlar, tashkil etadi, ko’pincha bu maqsad uchun umumiy (SMP) yoki tarqalgan (MPP) xotiraga ega yagona arxitekturaga birlashtirilgan shaxsiy kompyuterlardan foydalaniladi. Klasterli tizimlami yaratishdagi kelajagi porloq yo’nalishlardan biri bu klasterlash, ya ni o’zi kompyuter tizimlari hisoblangan bir qancha serverlaming yagona yuqori rangli tizimga, tizimning ishlash samaradorligini oshirish uchun birlashtirish texnologiyasi hisoblanadi. Klasterlami yaratishdan asosiy maqsad bo’lib quyidagilar hisoblanadi: -masshtablashtirishni yaxshilash (quvvatni o’stirish xususiyati bo’yicha); -tizimni to’laligicha ishonchliligini va puxtaligini oshirish; 109 -klaster takibidagi kompyuterlar o’rtasida yuklanishni sifatli taqsimlash; -tizimni ishlashini sifatli boshqarish va nazorat qilish va boshqalar. Masshtablashtirishni yaxshilash yoki quvvatni o’stirish xususiyati, klasteming barcha elementlari apparatli, dasturli, va axborotli mos tushishligida namoyon bo’ladi. Idéal klasterlarda oddiy va sifatli boshqarish orqali ulaming qurilmalarini o’zgartirish, asosiy xarakteristikalari qiymatlarini mos o’zgarishlarini ta'minlashi kerak, ya'ni yangi protsessorlami, disk tizimlarini qo’shish tizimning unumdorligini, puxtaligini o’sishiga proporsional bo’lishi kerak. Real tizimlarda bu bog’liqlik chiziqli bo’lmagan xarakterga egadir. SMP va MPP strukturalarda masshtablashtirish yetarli darajada chegaralangandir. SMP strukturalarda protsessorlar soni o’sib borishi bilan umumiy xotiraga murojat qilishda yuzaga keladigan muammolar soni oshadi, MPP strukturalarda esa, protsessorlarda alohida masalalami yechishda ilovalami o’zgartirish va bo’laklash masalasi murakkablashadi. Klasterlarda tarmoq administratorlari tarmoq tarkibiga qo’shimcha serverlar qo’shish hisobiga, hatto ishlayotgan serverlarda ham optimallash va balanslash avtomatik bajarilgan holda ham o’tkazuvchanlik xususiyatini oshirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Klasterli tizimlarini yaratishdan yana bir muhim maqsad tizimning puxtaligi va tayyorgarligini oshirishdan iboratdir. Ana shu sifat klasterli strukturalami rivojlanishida, ulami ommaboplashishiga sharoit yaratadi. Klasteming dastlabki keragidan ortiq yuklanishi buni ta'minlaydi. Buning asosi bo’lib klasteming har bir serverining avtonom ishlashi va hohlagan vaqtda u buzilgan server ishini bajarishga o’ta olish imkoniyati hisoblanadi. Ko’pgina zamonaviy serverlar 99% tayyorgarlikka egadir. Bu esa, ular bir yilda to’rt kunga yaqin ishlamay turishi mumkinligini anglatadi. 99,9% tayyorgarlikka erishadigan serverlar rezervlarga asoslangan bo’lib, ulami yil davomida ishlamay turishlari 500 daqiqaga, 99,9999% esa, 5-daqiqaga tengdir. Klasteming unumdorligi yig’indisini oshirish bir qancha serverlami birlashtirilganda avtomatik ravishda amalga oshadi. Chunki har bir klaster yetarli darajada quvvatga ega bo’lgan KT hisoblanadi. U o’ziga yuklatilgan barcha kerakli funksiyalami bajarishga mo’ljallangan bo’lib, uning funksiyasiga mos tarmoq 110 resurslarini boshqarish ham kiradi. Tarmoqlar rivojlanishi bilan tarmoqlangan hisoblashlar muhim bo’lib bormoqda. Klasterlaming hisoblash quvvatlari yig’indisi super kompyuterlar quvvatlariga teng bo’lishi va o’zining narxlarining arzonligi bilan ulardan oshib ketishi mumkin. Yagona operatsion tizim boshqaruvida ishlaydigan klasterlar hisoblash jarayonlarini tezkor nazorat qilish va klasteming kompyuterlari o’rtasida yuklanishni sifatli taqsimlash imkoniyatiga egadirlar. Bunday loyihalami boshqarish maxsus klient uchun va server uchun fon tartibida ishlaydigan dastur ta'minotini yaratishni talab etadi. Bunda kompyuterlar serverdan doimiy topshiriq olib turadi, unga ishlash uchun qo’shiladi va natijalami qaytaradi. Tizimm sifatli boshqarish va ishlashini nazorat qilish, har bir qism bilan alohida ishlash imkoniyati borligini, undan tashqari uni takomillashtirish yoki tamirlash va ishlayotgan klasterga qaytarish uchun qo’lga yoki dastur orqali uni o’chirish imkoniyati borligini anglatadi. Klasterli dasturiy ta'minot serverlaming operatsion tizimiga jamlangan b o ’lib, uning barcha qismlarining yagona pul't resursi hisoblanib, bitta operatsiya yordam ida uning barcha qismlariga kerakli o’zgartirishlar kiritadi. Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling