O' zbekiston respublikasi oli y va o r t a maxsus ta'lim vazirlig I abu rayhon beruniy n o m ida g I


 - bob bo'yicha sinov savollari va topshiriqlar


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/70
Sana22.11.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1794280
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70
Bog'liq
Kompyuter tizimlari va vositalari

4 - bob bo'yicha sinov savollari va topshiriqlar
1. Kompyuter tarmog'ida, ma'lumot uzatish tarm og'i qanday funksiyani bajaradi?
2. Kompyuter tarmoqlari topologiyalari ichida qaysi biri arzon va keng 
ishlatiladigan tarmoq hisoblanadi?
3. Kompyuter tarmog'ining bog'lanish kanallari asosiy tavsiflarini ko'rsating.
4. Tarmoqdagi, 
ma'lumotlami 
uzatishning 
qaysi 
usulida 
maksimal 
o'tkazuvchanlik xususiyatiga, tezkorlikka va puxtalikka erishiladi?
5. Kompyuter tarmog'i qanday o'zaro bog'langan qism tarmoqlariga ega?
6. Kompyuter tarmog'ida administrativ tizim nim a uchun kerak?
7. Kompyuter tarmog'i protokoli nima?


8. Kompyuter tarm og'ida ma'lumotlami uzatish qanday uslublarda amalga 
oshiriladi?
9. Kompyuter tarm og’ining ochiqligi deganda nimani tushinasiz?
10. Tarmoqda malumotlar bazasi cerveri qanday funksiyani bajaradi?
11. Kompyuter tarm og’ini shinali tashkil etishning xususiyatlari nima?
12. Kompyuter tarmoqlarining qanday sinflarini bilasizs?
13. Tarmoqdagi fayl serverining vazifasi nima?
14. Virtual kanallar tartibida axborot uzatish qanday amalgam oshiriladi?


5-B O B . LOKAL K O M PY U T ER TARMOQLARI
5.1. Lokal kompyuter tarm oqlarini yaratish tamoyillari, 
tuzilishi va tarkibi
Lokal kompyuter tarmog'i (LKTr) deb, barcha elementlami ya'ni hisoblash 
mashinalar, shaxsiy kompyuter lar, bog'lovchi qurilmalari unchalik katta bo'Imagan 
hududda, ya'ni 3-10 km radiusda joylashgan tarmoqqa aytiladi. Bunday LKTr bitta 
ishlab chiqarish tarmog i yoki tashkilotida axborot yig'ish, uzatish va ishlov berish 
uchun mo ijallangan bo lib, shu tashkilot yoki uning qism tizimlari ishlab chiqarish 
profiliga maxsuslashtirilgan bo'ladi.
LKTrida tizimlar o rtasida bog lanish vositasi bo'lib, ma'lumotlami ketma-ket 
tasvirlovchi kodda uzatishga mo'ljallangan ketma-ket interfeyslardan foydalaniladi. 
Ketma-ket interfeyslarda uzatish muhiti sifatida bir-biriga o'ralgan ikkita simdan, 
volokan-optik va koaksial kabellardan foydalaniladi. Bir kilometrgacha bo'lgan 
masofada bu kabellar yuqori o'tkazuvchanlik xususiyatiga (0,5 dan 100 M bit/s) ega 
hisoblanadi. Bunday yuqori o'tkazuvchanlik xususiyatiga erishilganda, ko'pincha LKTr 
tizimida multipleksorlash tartibida xizmat ko'rsatuvchi yagona monokanaldan 
foydalaniladi.
LKTrining yuqori o'tkazuvchanlik xususiyati, birinchidan tarmoqni tashkil qilishni 
osonlashtiriladi, monokanal strukturasida yo'nalishlar aniqlanganligi uchun, tarmoqda 
yo nalishlami ko rsatishga zaruriyat qolmaydi, ikkinchidan yuqori o'tkazuvchanlik 
xususiyati hisobiga axborotlami uzatishda turli formatlami qo'llashga imkoniyat 
qolmaydi.
LKTrining magistral (shinali), halqasimon, yulduzsimon konflgurasiyalari mavjud 
bo lib, uning tarkibida markaziy uzel sifatida, tarmoqdagi tizimlar o'rtasida 
kommutatsiya vazifasini bajaruvchi bog'lanish uzeli yoki EHM bo'lishi mumkin.
Ihtiyoriy konfigurasiyali tarmoqlar bir qancha magistral yoki halqali qism 
tarmoqlarining birlashishidan hosil qilinadi. Yulduzsimon va ixtiyoriy konfigurasiyali 
tarmoqlardan magistral va halqali konfigurasiyali tarmoqlarga nisbatan kam 
foydalaniladi.


Magistral va halqali konfigurasiyali tarmoqlar asosan monokanallar asosida 
yaratiladi (5.1-rasm).
5.1-rasm. Magistral (a) va halqali (b) lokal kompyuter tarmoqlari
LKTr dasturli mos tushadigan abonentli bir turdagi (bir xil turdagi kompyuter 
lardan tuzilgan) va turli turdagi shaxsiy kompyuterlardan, dasturlanadigan texnologik 
qurilmalardan tuzilgan har xil turdagi tarmoqlarga bo'linadi. Undan tashqari tarkibidagi 
kompyuterlar soniga qarab LKTr 10 tagacha kompyutemi birlashtiradigan o rta va 30 
tadan ko'proq kompyuterlami birlashtiradigan katta tarmoqlarga bo linadi.
LKTr tarkibini ko'rib chiqamiz (5.2-rasm). LKTr asosan mikro va mini EHM lami 
komplekslash uchun qo'llanadi. 5.2(a)-rasmda shaxsiy kompyuterlar imkoniyatini 
oshirish uchun mo'ljallangan LKTr keltirilgan. Bu yerda mikro EHM va displeydan 
tuzilgan, oddiy shaxsiy EHMdan foydalaniladi. Shaxsiy EHMning hisoblash 
imkoniyatlari uning tarkibiga kollektiv foydalanish rejimida ishlovchi magnit disk 
yig'uvchisini (MDY), tizimli chiqarish qurilmasini, analogli raqamli tashqi qurilmasini 
(ARTQ) va graf quruvchilarni kiritish yo'li bilan oshiriladi. Shuning hisobiga har bir 
foydalanuvchi SHEHM xotirasida joylashmagan va katta miqdordagi ma'lumotlar 
to'plami bilan ishlash imkoniyatiga ega bo'ladi. 61-b rasmda, displey, MDY, chop etish 
qurilmasi va mini EHM bilan ta'minlangan, foydalanuvchilarga yetarli hisoblash 
imkoniyatini va MDY da joylashgan ma'lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatini 
beruvchi quvvatli tarmoq tasvirlangan.
Tarmoqqa ulanish vositasining narxi, tarmoq resurslari bahosidan sezilarli darajada 
arzon hisoblanadi. Shuning hisobiga LKTr samaradorligi yuqori bo'lib, bitta EHM da 
ishlov beruvchi tizimga nisbatan puxtaligi yuqori bo'ladi.


а)
monokanal
Ъ)
5.2-rasm. LKTr tarkibi 
Bu yerda: TA- tarmoq adapteri, GQ - graf quruvchi 
a) imkoniyatini kengaytirishga mo’ljallangan LKTr; b) quvvatli tarmoq.

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling