O' zbekiston respublikasi oli y va o r t a maxsus ta'lim vazirlig I abu rayhon beruniy n o m ida g I
A bonent punktlari. Abonent punktlarining tarkibi, mo'ljallanishi va
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter tizimlari va vositalari
6.5. A bonent punktlari. Abonent punktlarining tarkibi, mo'ljallanishi va
bajariladigan funksiyasi Ma'lumotlami uzatish zanjirida abonent punktlari yoki terminallar oxirgi elementlar bo'lib hisoblanadi. Terminallar teleqayta ishlash tizimlarida foydalanuvchi va kompyuter o'rtasida bog'lanish kanallari orqali ma'lumotlar almashish uchun mo'ljallangan. AP tarkibi va bajaradigan funksiyasi, foydalanuvchi tomonidan shu AP vositalari yordamida yechiladigan masalaning xarakteriga bog'liq. Hamma AP lari bir xil tuzilishga egadir (6.6-rasm). 6.6-rasm. Abonent punktlari tuzilishi AP asosi bo'lib, uzoqda joylashgan kompyuter bilan muloqot qilish uchun mo'ljallangan axborotlami kirish-chiqarish qurilmasi hisoblanadi. Bog'lanish kanali bilan bevosita bog'lanish, ma'lumotlami uzatish qurilmasi orqali amalga oshiriladi. Boshqarish qurilmasi axborotni uzatish va qabul qilib olishni tashkil qilish bilan bog'liq bo'lgan quyidagi masalalami bajaradi: ma'lumot algoritm bo'yicha ma'lumotlami uzatish va qabul qilish; axborotlar formatini va kodini o'zgartirish; axborotlami ketma-ket uzatishdan paralell uzatishga o'zgartirish va qabul qilishda teskarisiga o'tkazish; sinxronlash; operator ishini ta'minlash. AP tuzilishining asosiy xususiyatlaridan bid, ulami modullik asosida yaratilganligidir. Bu esa APga yuklanadigan masalaga qarab, undan maksimal foydalanish uchun kengaytirish va qisqartirish imkoniyatini beradi. Boshqarish funksiyasini tashkil qilish usuliga qarab, hamma APlari ikki guruhga ya'ni, boshqarishni qurilmali tashkil qiluvchi va dasturli tashkil qiluvchi AP larga bo'linadi. Dasturlanuvchi APlarda boshqarish uchun kompyuterlardan foydalaniladi. Bunday APlar intelektual APlar hisoblanadi. Mo'ljallanishiga qarab hamma A Plam i uchta guruhga bo'lish mumkin: - texnologik jarayonlami, ishlab chiqarishni, ilmiy tajribalarini nazorat qilish va boshqarish uchun mo'ljallangan APlar; - masalni yechish uchun EHMga ma'lumotlami kiritishga mo'ljallangan A P lar; - so'rovlarga ishlov berish uchun ma'lum otlam i yoki ma'lumotlami berishga mo'ljallagan APlar. EHM bilan APning o'zaro aloqa qilishi uchun, paketli uzatiluvchi AP va dialogli APlami ajratish mumkin. Ishlash rejimiga qarab, AP komplektiga mos keluvchi tashqi qurilma tanlanadi. Umuman APlar tarkibida hamma turdagi tashqi qurilmalardan foydalanish mumkin. Bu qurilmalar tarkibi APlari bajaradigan funksiyasiga qarab aniqlanadi. Telegraf va teletayp qurilmalari bazasidagi bog'lanish kanaliga va EHM ga axborotlami kirituvchi va qabul qilib oluvchi APlari eng sodda APlari hisoblanadi. Ularda bog'lanishlar sifatida modemlar ishlatilmaydigan telegraf liniyalaridan foydalaniladi, ularda signal oddiy usullar bilan, ya'ni tokli uzatish yo'li bilan amalga oshiriladi. Teletayplar va telegraf apparatlar o 'z tarkibida kerakli boshqarish elementlarga ega bo'ladi. Ketma-ket chop etish qurilmalarida APlarini yaratish juda oddiy, ularda axborot kiritish-chiqarish vositalari bitta qurilmaga biriktirilgan. Bu tipdagi AP, kam tezkorlikka ega bo'lgan telegraf bog'lanish kanallari bilan ishlaydi. Uzoq masofalardan turib axborotlarga ishlov berishda displeylar bazasidagi AP juda keng tarqalgan. Bunday tipdagi APlar EXMlar bilan interaktiv tartibda ishlash uchun juda qulay hisoblanadi. Displeyli AP lari tarkibiga axborotlami tasvirlovchi qurilma, axborotlami kirituvchi klaviatura va ketma-ket chop etuvchi qurilma kiradi. Ko'pgina hollarda alfavitli raqamli displeylardan foydalaniladi. Displeyli APlarining afzalligi bo'lib, EHM bilan axborot almashishda yuqori tezkorlikka ega ekanligi, axborotlardagi xatoliklami to'g'rilashni osonligi va ishlash jarayonida shovqin-suronsiz ishlash, yuqori darajali puxtalik hisoblanadi. K o'p maqsadli dasturli boshqariluvchi APlarining ko'pgina funksiyalari dasturli amalga oshiriladi. Texnologik jarayonlami avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarida APlardan juda keng foydalaniladi. Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling