O' zbekiston respublikasi oli y va o r t a maxsus ta'lim vazirlig I abu rayhon beruniy n o m ida g I
T eleqayta ishlash tizimlarining dasturli ta'minoti
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter tizimlari va vositalari
6.6. T eleqayta ishlash tizimlarining dasturli ta'minoti
T eleqayta ishlash tizimlarida ishlash uslublari Ma'lumotlarga ishlov berishda teleqayta ishlash tizimlarining funksiyalarini ko'rib chiqib, ulardagi dasturli ta'm inotning xususiyatlarini ko'rsatib o'tamiz. Ma'lumotlarga ishlov berishda teleqayta ishlash tizimlari quyidagi funksiyalami bajaradi: abonent punktlari orqali foydalanuvchilardan yuborilgan ma'lumotlami qabul qilish, olingan ma'lumotlarga ishlov beruvchi yoki amaliy dastur tizimlari yordamida ishlov berish va ulami EHMga ma'lumot abonent punktlari orqali uzatish. Bundan tashqari yana qo'shimcha, kommutatsiya kanali orqali EHM bilan bog'langan abonentlar bilan bog'lanish, abonentlar ishini faollashtirish yoki tugatish, texnik vositalar ishdan chiqqan hollarda, ma'lumotlarga qaytadan ishlov berish kabi funksiyalami ham bajaradi. Bu funksiyalami amalga oshirish uchun ma'lumotlami MUM va MUA orqali kiritish- chiqarishni boshqaruvchi dasturlar kerak bo'ladi. Teleqayta ishlash tizimlari o'z tarkibida operatsion tizimga ega bo'lgan dastur vositalariga egadir. Teleqayta ishlash tizimlari 6.7-rasmda keltirilgan sxema bo'yicha tashkil qilinadi. 6.7-rasm. Ma'lumotlarga ishlov berish. EHMga bog'lanish kanali orqali kelib tushayotgan ma'lumotlar kirish navbatiga yig'iladi, so'ngra teleqayta ishlash tizimlari orqali mavjud bo'lgan xatoliklar 164 to'g'rilanib, dasturli ishlov berishga kelib tushadi. Amaliy dastur ma'lumotlar navbatiga, ketma-ket tashkil qilingan ma'lum otlar to'plami kabi murojaat qilib, GET, READ makrobuyruqlar orqali ishlov berish uchun ma'lumotlar tanlaydi. Ishlov berish jarayoni sinxron amalga oshadi. Amaliy dastur orqali yaratilgan ma'lumotlar, bog'lanish kanaliga RUT\WRITE makrobuyruqlar yordamida navbatga chiqariladi. So'ngra ma'lumotlar ustida yana qaytadan muharrirlik ishlari bajarilib, undan keyin chiqish navbatiga kelib tushadi va bog'lanish kanaliga kelib tushish tartibiga qarab, foydalanuvchilarga yuboriladi. Teleqayta ishlash tizimining dasturli vositalari foydalanuvchilar bilan ma'lumotlar almashishga imkoniyat yaratadi. Bunday hollarda ma'lumot amaliy dastur orqali o'tib, va muharrirlik ishlari bajarilib, bog'lanish kanaliga navbatga qo'yiladi va kanal bo'yicha kerakli abonentga yuboriladi. Keltirilgan sxema va amaliy dasturlaming kiritilayotgan va chiqarilayotgan ma'lumotlar bilan o'zaro munosabatlari, bog'lanishining telebog'lanish uslubi dasturlari orqali amalga oshiriladi. Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling