O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi


Siyrak biriktiruvchi to’qimaning hujayralararo moddasi


Download 403.61 Kb.
bet20/40
Sana17.06.2023
Hajmi403.61 Kb.
#1522019
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40
Bog'liq
gistologiya

Siyrak biriktiruvchi to’qimaning hujayralararo moddasi
Siyrak biriktiruvchi to’qimaning hujayralaro moddasi kollagen elastik, retikulyar tolachalaridan va amorf moddalardan tashkil topgan. Bularning hammasi to’qima hujayralarning mahsuloti hisoblanadi.
1. Kollagen tolachalar uzoq vaqt suvda qaynatilsa, oldin shishadi, so’ng erib yelimga o’xshash moddaga aylanadi. Kollagen tolachalar faqat siyrak biriktiruvchi to’qimaga emas, balki tog’ay va suyak to’qimalarida ko’plab uchraydi.
Tog’aydagisi xondrin, suyak to’qimasidagisi ossein tolalari deyiladi. Kollagen tolachalar diametri 1-3 mk keladigan ipsimon fibrilallar yig’indisidan tashkil topgan. Ular o’zaro glikoliz, aminoglikan va proteoglikan moddalar yordamida yopishgan bo’ladi. Hozirgi vaqtda 4 xil kollagen borligi aniqlangan.
Birinchi xil kollagen – haqiqiy biriktiruvchi to’qimada, suyakda, kuzning shox pardasida, tish bog’lamlarida uchraydi.
Ikkinchi xili gialin va tolali tog’ay tarkibida.
Uchinchi xili embrion terisining derma qavatida, qon tomirlarida, retikula tomirlarida.
Turtinchi xil bazal membrana bilan ko’z gavhari kapsulasida uchraydi.
Tropokollagen – molekulasidan tashkil topgan skleprotein gruppasiga kiruvchi oqsillardan iborat. Uning tarkibida eng ko’p uchraydigan aminokislotalardan glisin, prolin va oksiprolinlardir. Kollagen uchun xarakterli moddalardan yana biri oqsilizindir.
Kollogen tolacha deganda organizmda uchraydigan ko’pgina to’qimalar tarkibida bo’ladigan tolachalarning biri tushuniladi. Kollagen deganda esa tolacha tarkibini tashkil etuvchi o’ziga xos oqsil moddasini tushunish kerak. Kollagen tolacha pepsin va kollagenaza fermenti ta`sirida 550 % gacha shishib, so’ng parchalanib ketadi. Kollagen tolachalar boshqa turuvchi molekulalarning joylashuvini ta`minlaydi. Kollagen tolachalarning qattiq tuzilishida faqat protokollagen ishtirok etmasdan balki boshqa oqsillar hamda kislotali mikropolisaxaridlar ham ishtirok etadi. Shuni aytish ham kerakki, kollagen tolachalar faqat umurtqali hayvonlar organizmida uchramay, balki ko’pgina umurtqasizlarda uchraydi. Hozirgi vaqtda molyuskalar, annelidlar, ignatanlilar, kovak ichlilar va po’kkaklilarda topilgan, hammasi bo’lib, aminokislotalar tarkibiga qarab, umurtqalilarda 32 ta, umurtqasizlarda 10 ta kollagen xillari topilgan.

Download 403.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling