O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi


Download 403.61 Kb.
bet31/40
Sana17.06.2023
Hajmi403.61 Kb.
#1522019
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40
Bog'liq
gistologiya

5. Muskul regenerasiyasi.
Muskul bu- qisqarish xususitatiga ega bolgan, tirik organizmning u yoki bu bolagini harakatga keltiradigan organ: u aksariyat, kondalang yolli va silliq muskul toqimalaridan tuzilgan. Xosh, muskul hayvonlarda va odamda qanday paydo bolgan? Ularning tuzilishi, ishlash prinsipi qanday? U nimalar tasirida va qanday harakatga keladi? Qisqarish va chozilish mexanizmi nimalarga yoki qanday jarayonlarga asoslangan?
Kop hujayrali organizmlarning paydo bolish tarixi shundan guvohlik beradiki, muskullar, yani muskul toqimalari organizm rivojlanishining ancha kech davrida, epiteliy va biriktiruvchi toqima paydo bolganidan keyingi davrda vujudga kelgan. Har qaysi organning kelib chiqishi tashqi muhit taqozosi bilan, yani tashqaridan tasir etib to’rgan muhit omillariga moslashish ehtimoli bilan paydo bolar ekan, muskullar ham organizmning tashqi muhit qoynida uning tasirlariga javob qaytarish yoki tirik mavjudot sifatida oziq izlash, unga intilish zaruriyati tufayli paydo bolgan. Binobarin, muskul toqimasi evolyusiya jarayonida sitoplazmasida qisqarish xususiyatiga ega bo’lgan oqsil tuzilmalari bor hujayralardan kelib chiqqan. Hozirgi zamon fan tili bilan aytadigan bolsak, endilikda muskul toqimasi embrion rivojlanishi davrida boshqa toqimalarga oxshab mezenximaning turli qismlaridan hosil boladi.
Muskulatura-butun gavdaning yoki uning biror qismining, organning muskullar majmuasi. Kozning silliq muguzli pardasi va ter bezlarining atrofidagi silliq muskullar ektodermadan rivojlanadi. Kondalang yolli muskullar mezenximaning segmentlangan miotomlaridan tarqalsa, bosh miya muskullari mezenximaning ozgarishidan kelib chiqadi. Yurak muskullari ham asosan mezodermadan tarqaladi. Bundan tashqari, ektodermadan vujudga keladigan muskullarga solak va sut bezi muskullari ham kiradi.
Umuman olganda, barcha muskul turlarini ularning funksiyalari va tuzilishidagi oziga xos birlik, yani sitoplazmasidagi oqsil iplari- miofilamentlar (muskul protofibrillalari) yigilib miofibrillalar deb ataladigan tutamlar hosil qiladigan birlik birlashtirib turadi. Ammo umurtqali hayvonlar bilan umurtqasiz hayvonlarning muskullari garchi vazifalari bir xil bolsa ham, tuzilishi bir-biridan bir oz farq qiladi. Shunga kora muskullarni belgilarga qarab quyidagicha klassifikaciyalash mumkin: 1) tuzilishi boyicha: a) kondalang yolli muskullar, b) silliq muskullar, v) ikkioyoqlama qin muskullar; 2) organizmda joylashish holati boyicha: a) ichki azolar muskullari, b) yurak muskullari, v) somatik muskullar; 3) funksiyalari boyicha: a) tonik muskullar; b) tetaniq muskullar, b) qulfdosh (bekitish) funksiyasiga ega bolgan muskul toqimalari; 4) kelib chiqishi boyicha: a) ektodermal muskullar, b) endodermal muskullar, v) mezodermal muskullar.

Download 403.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling