O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi
Ko’ndalang yo’lli muskulning nerv apparati
Download 403.61 Kb.
|
gistologiya
Ko’ndalang yo’lli muskulning nerv apparati: Ma’lumki, muskullar o’z-o’zidan qisqarmaydi, qayerda, qanday holatda bo’lsa shunday turaveradi. Uni harakatga keltirish, ya’ni qisqartirish, yoziltirish uchun na sovuq, na issiq, na tig’, na kaltak ta’sir qila oladi. Bir so’z bilan aytganda, hech qanday omil uni qisqartira olmaydi. Ularning qisqarib harakatga kelishi uchun muskul tolalariga birikkan maxsus harakatlantiruvchi-effektor nerv uchlari-motor pilakchalari impuls berishi kerak. Mana shunday motor pilakchalari, odatda, birlashib motor nerv tolasini hosil qiladi. Birgina nerv tolasini emas, balki bir necha yuz, ming muskul tolalarini boshqarib turadi. Masalan, odamning boldir muskulining medial boshchasida joylashgan bitta neyron 1634 ta muskul tolasini, boldirining old tomonidagi muskullar esa 667 ta muskul tolasini innervasiya qilib turadi.
Bundan tashqari, muskul to’qimalarida afferent (sezuvchi) nerv apparati bo’lib, u nerv muskul urchuqlaridan iborat bo’ladi. Muskullarning pay qismida muskul pay urchuqlari, sezuvchi qadahsimon va daraxtsimon afferent nerv uchlari joylashgan. Ana shular innervasiya oqibati o’laroq muskul tolalari-muskullar u yoki bu tarzda qisqaradi, yoziladi, cho’ziladi, bo’shashadi va hokazo. Bir so’z bilan aytganda, muskullar faqat nerv faoliyati tufayli harakatlanadi. Nerv-nerv toqimasi biror tarzda shikastlanib, faoliyatdan to’xtasa, shu nerv idora etuvchi-innervasiya qiluvchi muskul-muskul to’qima shu zahotiyoq harakatdan to’xtaydi. Natijada muskullar falaji kasalligi (shol) kelib chiqadi. Organizm embrional rivojlanishining boshlang’ich davrida mezodermaning sigmentlashgan qismidagi miotomlardan rivojlana boshlaydi. Kallaning ayrim muskullari, silliq muskullarga o’xshab, bevosita medozermadan vujudga keladi. Miotomlar embrionning bo’yi bo’ylab uzunasiga joylashgan, bir-biriga yaqin yotuvchi uzunchoq hujayralardan iborat. Bularga mioblast hujayralar deyiladi. Sitoplazma qismi naycha shaklidagi mayda fibrilla ipchalari bilan to’lib turadi. Mioblast hujayralar mitoz yo’li bilan tez bo’linib, mezenxima atrofiga tarqaladi va kelajakda ularda muskul to’qimalari vujudga keladi. Boshlang’ich davrda mioblastlar bir-biri bilan zanjirsimon shaklda tutashib qo’shilishadi va sinplast shaklni oladi. Keyinchalik hujayralar sitoplazmasida spesefik elementlar shakllana boshlaydi. Yo’g’on va ingichka protofibrillalar paydo bo’ladi. Ba’zi bir mioblastlar tabaqalanmay qoladi, bunday mioblastlarni satellitlar deyiladi. Bular muskul tolasi yaqinida joylashib, atrofdagi biriktiruvchi to’qima bilan birga sarkolemmaga yopishadi va uni atrofidan o’rab oladi. Keyinchalik ularning yadrosi ko’payib kattalashadi va periferik qismini egallab, miofibrillalari yo’g’onlashib, T sistemasini hosil qiladi. Fiziologik va reporativ regenerasiya jarayonlarida muskul to’qimasida mioblast hujayralar ancha ko’payib ketadi. Bu ko’payish, odatda, kam tabaqalangan satellitlarning bo’linishi hisobiga bo’ladi. Yosh muskul hujayralari paydo bo’lishi bilan birga ularning boshqa struktura elementlari ham takomillashib boradi. Download 403.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling