O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi
Download 403.61 Kb.
|
gistologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Limfa va limfa
Qon plastinkalari – trombositlar qonda har xil shaklda bo‘lishi mumkin. ko‘proq yumaloq yoki ovalsimon shaklda ko‘rinadi. Aglyutinisiya, ya’ni parchalanish xususiyatiga ega. O‘lchami 2 – 3 mk ga teng. Umumiy miqdori 1 mm qonda 200 – 300 mingga etadi. Har qaysi plastinkasi glalomer va granulomer (xromer) donachalaridan tashkil topgan. Glalomer plastinkaning asosini tashkil etsa, granulomerlar mayda donachalar shaklida uning markazida bo‘ladi yoki tarqalib joylashgan. Granulomer to‘q qizil yoki binafsha rangga bo‘yaladi. Odam va sut emizuvchilarning qon plastinkasida yadrolari bo‘lmaydi. Sitoximiyaviy usulda bo‘yalgan DNK musbat natija beradi. Umurtqalilarning boshqa sinf vakillarining (qushlarda ham) qon plastinkalarida yadrolari bo‘lib, ularni trombosit hujayralar deyiladi. Bu hujayralar mustaqil hujayra bo‘lib, suyak ko‘migida uchraydigan yirik hujayra – megakariositlarning yuqori darajada tabaqalangan sitoplazmasidan hosil bo‘ladi. Plastinkalar tarkibida tromboplastin fermenti bo‘lib, qon quyo’lishida tomirlardan qon oqqanda uning to‘xtashi muhim vazifa bajaradi. U qon plastinkasi parchalanganida ajrab chiqadi va qon quyo’lishida ishtirok etadi. Plastinkaning o‘rtacha umri 8 kun.
3. Limfa va limfa hujayralari ularning tuzilishi va ahamiyati. Limfa (lotincha lympha – suv, namlik) bir uchi berk tomirlar sistemasidan oqadigan oqsili sarg‘ish suyuqlik bo‘lib, u vena tomirlarida ochilib qonga aralashib ketadi. Qon plazmasida esa kapilyar qon tomirlar devoridan uzib chiqib to‘qimalar suyuqligiga va hujayralararo moddalarga qo‘shilib turadi. Sharoit tug‘ilishi bilan, ya’ni osmotik va gidrostatik bosimlar ta’sirida limfatik tomirlarga shimilib, u yerdan yana qon tomirlarga o‘tadi. Ana shu suyuqlikka limfa suyuqligi deyiladi. Shu suyuqliklar to‘qimalarda qolib ketsa, ularni shishirib yuboradi. Qon plazmasi to‘qima suyuqligi, hujayralararo modda va limfatik tomirlardagi limfa suyuqligi garchi jami birga limfa deb yuritilsa ham ularning har qaysining tarkibi bir – biridan farq qiladi. Hatto, hayvon tanasining har xil joyida oqib kelayotgan limfalar tarkibi ham har xil bo‘ladi. Bu o‘sha organlarning xususiyatlariga bog‘liq. Masalan; ichaklar devoridan oqib kelayotgan limfa tarkibida yog‘lar (3 – 4%), oqsillar (5%) va qand ko‘p bo‘lsa, qon yaratuvchi organlardan, chunonchi, limfa tugunlari oqib kelayotgan limfa suyuqligida limfositlar ko‘p bo‘ladi va hokazo. Bundan tashqari, limfa suyuqligi. Tarkibida qonning shakli elementlaridan yana donachasiz leykositlar, monositlar uchraydi. Donachali leykositlar, ayniqsa eritrositlar esa juda kam bo‘ladi, chunki limfa suyuqligi shakli elementlari uchun yashash muhiti bo‘la olmaydi. Shu sababli ham ular limfaga tushganida tez nobud bo‘ladi. Download 403.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling