O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi


Download 403.61 Kb.
bet18/40
Sana17.06.2023
Hajmi403.61 Kb.
#1522019
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40
Bog'liq
gistologiya

Limfa suyuqligi – limfaplazma ximiyaviy tarkibiga ko‘ra qon plazmasiga yaqin turadi, ammo oqsili kamroq. Oqsillar fraksiya orasida al’bumin globulinga qaraganda ko‘proq bo‘ladi. Oqsilning bir qismini esa diastaza, lipaza va glikolitik fermentlar tashkil qiladi. Limfaplazmani tarkibiga ko‘ra uchga bo‘lish mumkin: perifetik limfaplazma, bu – limfatik tugunchalargacha bo‘lgan masofadagi suyuqlik: oraliq limfaplazma, bu – limfatik tugunlardan o‘tib bo‘lgan suyuqlik: markaziy limfaplazma, bu - ko‘krakdagi va o‘ng limfa yo‘llaridagi limfaplazma. Bularning tarkibi bir – biridan farq qiladi, funksiyasi ham sezilarli ba’zi yerda sezilmas darajada farq qiladi va hokazo.
Limfoid to‘qima o‘zida ko‘plab limfositlar saqlaydigan retikulyar to‘qima bo‘lib, limfa tugunlari, taloq bodomcha bezlar, ayrisimon bez parenximiyasini, shuningdek ichki organlar shilliq pardasining asl plastinkalarini hosil qiladi. Shu jihatdan qaraganda, umurtqali hayvonlarning aksariyatida ular markaziy, periferik organlar sistemasini hosil qiladi. Markaziy organlarga – suyak ko‘migi, ayrisimon bez, Fabrisiev xaltachasi kirsa, periferik organlarga – limfa tugunlari, taloq, limfoid epiteliy to‘plamlari kiradi. Qon, limfaplazma va to‘qima suyuqligi tarkibidagi chala hujayralar stromadan sinus ichiga bemalol kirib undan bemalol chiqib turadi. Bundan tashqari, mana shu tirqish orqali sinus ichiga maxsus makrofaglarning o‘simtalari kiradi. Butun limfa tuguncha esa limfositlar bilan no‘la. Uning po‘stloq moddasi chekkalari ko‘proq B – limfositlar zich bo‘lib to‘planadi. Ular shu to‘planishda o‘ziga xos mayday (mitti) tugunchalar hosil qiladi, har qaysi tugunchada markazida esa ko‘payayotgan hujayralar o‘chog‘i borligi kuzatiladi. Po‘stloq sohasidagi mitti tugunchalar ostida T – limfositlarning tasmasimon to‘plamlari joylashadi. Zavarzin fikricha, bu po‘stloq sohasi timus – musbat yoki parakortikal soha deb yuritiladigan bo‘ldi. Limfa tugunchasining mag‘iz moddasida limfoid elementlar tasmalar hosil qiladi, tasmalar, odatda, tugunchaning tashqi tomoniga perpendikulyar yo‘nalgan bo‘lib, ular go’shtli tizimchalar deb ham yuritiladi. Ko‘p hujayrali hayvonlarning turli guruhlarida ichki muhit to‘qimalarining funksiyasi tartibsiz ravishda turli xil mexanizmlar yordamida yuzaga chiqishi mumkin. Tartibsizlik filogenetik metaplaziya hodisasi ta’sirida yana ham kuchayishi mumkin. Buning ma’nosi shuki, bir to‘qima turiga mansub bo‘lgan funksiyasini boshqa bir to‘qima turi o‘z zimmasiga oladi. Umurtqali hayvonlar bilan mollyuskalarda ko‘rish mumkin. Zavarzin fikricha, silliq muskul to‘qimalari fibroblast elementlarining ko‘pgina xususiyatlarini saqlab qoladi. Ular boshqa to‘qima turlari funksiyalari o‘z zimmasiga oladigan bo‘ladi – manfiy metaplaziya. Bu birlamchi og‘izlilar – politex, olitex, hasharotlar va boshqa bo‘g‘imoyoqlilarga xos xususiyatdir. Nafas pigmentlari selomik epiteliylariga aylanar ekan, himoya funksiyasini va shuningdek, kislorod g‘amlash vazifasini bajarishga ixtisoslashadi.



Download 403.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling