O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi
Download 403.61 Kb.
|
gistologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Plastinkasimon biriktiruvchi toqima
- Elastik biriktiruvchi toqima
- Retikulyar toqima
- Yog toqimasi
Fibroz membrana. Fassiya aponevrozlar, diafragmaning payli qismlari, ichki organlar kapsulalari , tog'ay va suyak usti pardasi, moyak va tuxumdonning oqsil pardasi kiradi. Fibroz membranadagi kollagen tutamlar cho'zilmaydi. Tolalar va tutamlarning oralig'ida fibroblast va ko'proq fibrosit hujayralar joylashadi. Ko'p organlarda fibroz membranalar yuqorigi va pastki qavatdagi tutamlarga qo'shilib ketishi mumkin.
Plastinkasimon biriktiruvchi to'qima. Fibroz membrananing bir turi bo'lib, ayrim ichki organlar devoriga yoki ularning ustki qoplamida uchraydi. Nerv o'zini qoplab turuvchi to'rsimon parda yoki urug'donning egri - bugri kanalchlari devoridagi zich biriktiruvchi to'qima tarkibida bo`ladi. Elastik biriktiruvchi to'qima odam va sutemizuvchilarda asosan bo'yin va ovoz boylamlarida uchraydi. To'qimada elastik tolalar ko'p bo'lganligi sababli sariq rangga bo`yalib turadi. To'qimaning asosiy vazifasi uchraydigan organlarning elastik holatini ta'minlashdan iborat. Asosan doimiy harakatda bo'ladigan organlar devorida uchraydi. Masalan, yirik arteriya devorida, aorta, o'pka arteriyalarida. Retikulyar to'qima biriktiruvchi to'qima qatoriga kirib to'rsimon tuzilishga ega. Asosan retikula hujayra va retikula tolachlardan tashkil topgan. Qizil ilik va limfa tugunlarida hamda ichakning shilimshiq qavatida, buyrakda va boshqa organlarda retikulyar tola asosini mikrofibrillalalar tashkil etgan bo'lib, ustini murakkab uglevod moddalar qoplab turadi. Retikulyar to'qima bor joydan o'tayotgan qon va limfa tomirlarida uchraydigan organizm uchun yot oqsillarni va mikroblarni tutib, yani mikrofaglarga aylanib fagasitoz qilish va ularga qarshi antitela ishlab chiqarish xususiyatiga ega. Retikulyar to'qima tarkibida limfasitlar ko'p bo'lganligi tufayli retikulyar tola va hujayra yaxshi ko'rinmaydi. Yog' to'qimasi hujayra va uning sitoplazmasining yog' kiritmalaridan iborat. Yog' tarkibida karatinoid pigmenti bo'lib yog'ga sariq rang berib turadi. Umurtqali hayvonlarda 2 xil yog' - oq va qo'ng'ir yog' to'qima bo'ladi. Oq yog' - teri ostida qorin devorida va dumba hamda charvida ko'p yig'iladi. Yog' tomchilari siyrak biriktiruvchi to'qima orasidagi hujayrada to'planadi. Oq yog'ning miqdori iste'mol qilinadigan ovqat tarkibiga bog'liq. Qo'ng'ir yog' to'qima yosh bolalarda va qishda uzoq vaqt uyquga ketuvchi hayvonlarda uchraydi. Bu yog' bo’yinda, umurtqa pag'onasi va kuraklarda uchraydi. Organizmda moddalar ajmashinuvida ishtirok etadi. Oq yog'ga nisbatan ko'p energiya beradi. Download 403.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling