O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi
Download 403.61 Kb.
|
gistologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eksperimental gistologiya.
- Mikroskopik tadqiqotlar.
- Gistoximiyaviy tadqiqotlar
Qiyosiy gistologiya. Gistologiyadagi yo’naltirishlardan biri bo’lib, uning asosiy usuli har xil hayvonlar to’qimasining rivojlanishini, tuzilishi va funksiyasini qiyosiy o’rganishdir. Qiyosiy gistologiya hozirgi tekshrish usullar yordamida ko’p hujayrali hayvonlar to’qimalarining evolyutsion taraqqiyoti davrida tarkibiy o’zgarishlarga uchrashini, hujayra va oraliq moddalardagi to’xtovsiz jarayonlarni o’rganadi.
Eksperimental gistologiya. Gistologiyadagi yo’nalishlardan biri bo’lib, hayvonlarga eksprerimental ta’sir ko’rsatish natijasida ular to’qimalarda bo’ladigan o’zgarishlarni o’rganadi. Tasviriy gistologiya. Gistologiyadagi yo’nalishlardan biri bo’lib, uning asosiy tekshirish usuli to’qimalar tuzilishini tasvirlab berishdir. Evolyutsion gistologiya. Gistologiyadagi yo’nalishlardan biri bo’lib, filogenez jarayonida to’qimalarning rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi. Bu soha vataminimizda evolyutsion gistologiyaga asos solgan olim A.Zabarziyning xizmatlari katta. Ekologik gistologiya. Yashash sharoitining hayvonlar organizmiga ta’siri va ularning atrof-muhitga moslashishi bilan bog’liq holda to’qimalarning o’ziga xos rivojlanishi hamda tuzilishini o’rganadigan bo’lim. Xulosa qilib aytganda, gistologiya ko’p hujayrali hayvonlar va odam to’qimalarini tadqiqot qilar ekan, meditsina, biologiya, qishloq xo’jaligi bilan ham nazariy, ham amaliy jihatdan bog’liq ravishda ish olib boradi va o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi: to’qimalarning strukturasi, funktsiyasi va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi; hujayra va to’qimalardagi morfogenez jarayonlarini boshqarishda nerv, endokrin va imnun sistemalarining rolini aniqlashtiradi; hujayra va to’qimalarning differentsiyalanish va regeneratsiyasi qonuniyatlarini o’rganadi va hokazo. Ma’lumki, gistologiya mustaqil fan sifatida rivojlanar ekan, uning asosiy tadqiqot ob’ekti bilan tekshirish usullari ham rivojlanib boradi. Gistologiyada tadqiqot ob’ekti – turli xil usullar yordamida tayyorlanadigan gistologik preparatlardir. Tekshirish usullariga mikroskopik tadqiqotlar bilan gistoximiyaviy tadqiqotlar, radiavtografiya bilan maxsus eksperimental – morfologik usullar va boshqalar kiradi. Mikroskopik tadqiqotlar. Organizm to’qimalari va organlarining sog’lom holatini, tuzilishini, kasalliklardan sodir bo’ladigan patologik – morfologik o’zgarishlarni chuqur va mukammal o’rganish uchun ulardan gistologik preparatlar tayyorlanadi. Gistologiya preparatlar qanday mikroskopda tekshirishiga qarab, etarli darajada yupqa bo’lishi kerak. Gistologik apparatlar, odatda turli tekshirish – mikroskopiya usullari yordamida tadqiq qilinadi. Masalan, biologik laboratoriyalarda aksari yorug’lik mikroskopidan foydalaniladi. Gistoximiyaviy tadqiqotlar yuqorida aytib o’tilganidek, hozirgi mikrosqopla r yordamida tirik yoki fiksatsiya qilingan ob’ektlarning nozik morfologik tuzilmalari har tomonlama o’rganilsa ham, ammo ularning sifat va miqdoriy tarkibi to’la ochilmay qolaveradi. Buni odatda, alohida gisto – ximiyaviy tadqiqot usullari yordamida o’rganiladi. Download 403.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling