O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi


Download 403.61 Kb.
bet30/40
Sana17.06.2023
Hajmi403.61 Kb.
#1522019
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40
Bog'liq
gistologiya

Ostioklast hujayralar tog’ay va suyak hujayralarni buzish xususiyatiga ega. Boshqa suyak hujayralaridan ancha yirik (50-90 nm), noto’g’ri shaklda bo’lib, ko’p yadroli hujayralar qatoriga kiradi. Tarkibida 3-10 tagacha yadrosi bo’lishi mumkin. Hujayralararo moddaga tegib turgan tashqi membranasida tsitoplazmatik o’simtalarga o’xshash, ingichka ichak epiteliysi mikrovorsinalarini eslatuvchi ko’p miqdordagi o’simtalarga ega. O’simtalar ichida ko’p miqdorda lizosomalarga o’xshash vakuolalar uchraydi. Ular hujayra membranasi orqali tashqariga, ya’ni hujayralararo moddaga chiqib, uni shiddat bilan eritadi. Shu yo’l bilan ostioklast hujayralar to’qimaning rivojlanishini, o’sishi va tiklanishini ta’minlaydi.
Ostioklast hujayralar tsitoplazmasining markazi asosan bazofil, ya’ni to’q bo’yaladi, periferik qismlari oksifil, ya’ni ochroq bo’yaladi. Hujayra o’simtalarining ichidagi lizosomalarda gidrolitik fermentlar ko’p. Mitoxondriylarning bsoni ham ko’p. Ostioklast hujayralarning hujayralararo moddasi bilan tutashgan joylarida mayday bo’shliqlar yoki lakunalar hosil bo’ladi. Ostioklast hujayralar normal fiziologik holatda atrofidagi hujayralararo moddalarga karbonat angidrid chiqaradi, u yerda karbonat angidrid suv bilan birikib, karbonat kislota hosil qiladi:
CO2+H2O=H2CO3
Natijada kalsiy tuzlari erib, oraliq moddaning organic strukturasi buziladi.
Ko’rinib turibdiki, ostioklast hujayralar suyak to’qimasining embrional va postembrional rivojlanishi davrida va regeneratsiya jarayonlarida o’ziga xos muhim vazifalarni bajarar ekan.


MAVZU: Muskul to’qimasi va uning gistologik xususiyatlari.
Reja:
1. Muskul to’qimasining organizmdagi o’rni.
2. Muskul hujayrasi va uning o’ziga xos xususiyatlari.
3. Muskul to’qimasining hujayraviy tarkibiga ko’ ra guruhlanishi. Oq va qizil muskullar.
4. Muskul to qimasining komponentlari.

Download 403.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling