O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi


MAVZU: Nerv to’qimasi uning morfologik –gistologik ta`rifi


Download 403.61 Kb.
bet35/40
Sana17.06.2023
Hajmi403.61 Kb.
#1522019
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
gistologiya

MAVZU: Nerv to’qimasi uning morfologik –gistologik ta`rifi
Reja:
1. Nerv to’qimasi
2. Nerv hujayrasining morfologik tuzilishi
3. Nerv to’qimasining funksional ta`rifi.
Asosiy tayanch tushunchalar: reseptor, ekstroreseptor, inbroreseptorlar, akson, dendrid, afferent, assosiativ.
Nerv to’qimalari jami bir butun bo’lib, organizmda yuqori darajada ixtisoslashgan va takomillashgan murakkab nerv sistemasini tashkil etadi. Bu sistema har qanday tashqi va ichki ta`sirni qabul qilib, markaziy nerv sistemasiga yetkazib berish va u yerda analiz – sintez jaryonida hosil bo’lgan u javob impulsini ( reaksiyasini) harakat organlariga yetkazib berish kabi o’ta murakkab vazifani bajaradi. Demak, nerv sistemasi orqali organizmda doimo tashqi va ichki muhit bilan uzluksiz bog’lanish bo’lib turadi.
Ma`lumki, organizmning tashqi va ichki organlarida har xil ta`sirni qabul qiluvchi apparatlar – reseptorlar joylashgan. Tashqi ta`sirni qabul qiluvchi reseptorlar, ekstroreseptorlar, ichki ta`sirni qabul qiluvchi reseptorlar interoreseptorlar deyiladi. Yuqorida aytib o’tilganidek, tashqi va ichki reseptorlar, qabul qilgan ta`sir impuls tariqasida markazga intiluvchi nerv (afferent) hujayralari (neyronlar) orqali tezda markaziy nerv sistemasiga (MNS) yetkaziladi.
U yerda analiz –sintez qilinib, javob impulsi harakat neyronlari, ya`ni markazdan qochuvchi (afferent) neyronlar orqali harakat organlariga (muskul yoki bezlarga) yetkaziladi.
Shundan keyin bu organlar chiqaradi yoki bo’shashadi, bezlari esa mahsulot (sekret) ishlab chiqaradi.
Hayvonlar tashqaridan qabul qiladigan impulslarning analiz-sintezi bilan atrof muhitida o’zining to’rgan joyi va yo’nalishini aniqlab oladilar. Odam esa dunyo sirlarini chuqur o’rganib chiqib, o’rgangan narsa – hodisalarni amalda qo’llaydi.
Nerv to’qimasi tarkibida faqat sezuvchi (markazga intiluvchi) va harakat (markazdan qochuvchi) nervlari uchrab qolmay, balki uchinchi guruh – oraliq (assotsiativ) neyronlar ham uchraydi. Ular bir neyronda ikkinchi neyronga impuls o’tkazish vazifasini bajaradi. Masalan, impulsni ular afferent neyronga o’tkazishi mumkin.
Umuman olganda, nerv to’qimasi ikkita katta tarkibdan: o’ziga xos vazifani bajaruvchi nerv hujayralaridan (2) va to’qimada tayanch, trofik, sekretor himoya vazifalarini bajaruvchi bir necha xil neyrogliyadan (2) tashkil topgan. Bular hammasi bir butun holda organizmda morfologik va funksional jihatdan yaxlit nerv sistemasini tashkil etadi.
Nerv hujayrasi (neyrosit yoki neyron) nihoyatda ixtisoslashgan murakkab morfologik tuzilishga ega bo’lib, har xil tashqi va ichki ta`sirni qabul qilib, uni impulsga aylantirish va hujayra o’simtalari orqali uzatib berish xususiyatiga ega. Neyron sitoplazma va yadro qismlarini tashkil etuvchi tanasi, ya`ni perikarvondan hamda bir nechta o’simtalardan tarkib topgan. Ayniqsa uning o’simtalari juda ko’p bo’lib, ulardan bittasi uzun bo’ladi, mana shu uzuni akson yoki neyrit deyiladi. Neyrit orqali hujayra tanasidan boshqa nerv o’simtasiga yoki harakat organlariga impuls o’tkaziladi. Aksonning uzunligi bir necha mikrondan 1-1,5 metrgacha bo’lishi mumkin. Uning yo’g’on-ingichkaligi butun uzunligi bo’ylab bir xil. Ayrim vaqtlarda u yon tomonlarga o’simtalar chiqaradi, ularga yon kollateral o’simtalar deyiladi. Neyronning qolgan o’simtalari katta bo’lib, ular dendritlar deyiladi. Dendritlar, odatda, hujayra tanasidan yo’g’on bo’lib chiqib, uchga tomon ingichkalashib boradi. Ular ikkinchi nerv hujayrasi o’simtalari bilan tutashib, sinapslar hosil qiladi. Sinaps ikkita neyron o’simtalarning bir-biri bilan tutashgan qismidir. Ular impulsini bir neyrondan ikkinchi neyronga o’tkazish funksiyasini bajaradi. Ayrim vaqtlarda dendritning uchlari ta`sirni qabul qiladigan reskptorga aylanib, ta`sirni qabul qilishda ishtirok etadi.
Odam va hayvonlar organizmida uchraydigan neyronlar o’zidan chiqaradigan o’simtalarning soniga qarab quyidagilarga bo’linadi:
1.Unipolyar (latincha unus – bir degani) – bir qutbli, ya`ni bir o’simtali neyronlar.
2.Biopolyar (latincha bi -ikki degani) – ikki qutbli, ya`ni ikki o’simtali neyronlar.
3.Multipolyar (latincha tulfit – ko’p degani) – ko’p qutbli, ya`ni ko’p o’simtali neyronlar.

Download 403.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling