O ‘zbekiston respublikasi oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi
Qora amma - mehribon, sodda, bardoshli va jafokash ayol
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
bitruv malaka ish o\'rolova
Qora amma - mehribon, sodda, bardoshli va jafokash ayol. Uning obrazida
urush davridagi o ‘zbek onalarining siymosi mujassam topgan. U boshiga tushgan barcha ko‘rgiliklarni sabr-bardosh bilan yengib, o ‘zida yashashga kuch-qudrat topadi. Bir tasavvur qiling: Qora amma olti farzandni yerga berib, bittagina Kimsanini yer-u ko‘kka ishonmasdan katta qildi. Yurtda mudhish urush boshlangach, miq etmay, el-yurt ishiga kamarbasta bo‘lsin degan niyatda yolg‘iz farzandi - Kimsanni urushga kuzatdi. Kimsanning peshonasiga urushda halok bo‘lish bitilgan edi. Biroq Qora amma o ‘g ‘lining urushda o‘lganiga ishonmadi; farzandining bir kunmas bir kun ota uyiga kirib kelishiga umid qilib yashadi. Shuning uchun aza ham ochgani y o ‘q. Bunday o ‘rinlarda ona qalbining naqadar bebaholigiga tan berasiz. 43 Qora ammaga taqdirning bu ko ‘rguliklari ham kamlik qiladi. Yolg‘izgina ukasi Shomurodga Robiyani xotin qilmoqchi bo‘ladi. Bu maqsadni amalga oshirish unga qanchalar qiyin kechadi, uning ichki h is - t^ g ^ la ri, ruhiy holati har qanday insonni larzaga keltiradi. O ‘g ‘li Kimsanning oldida, qizi Robiyaning oldida ham o ‘zini gunohkor sezadi, ulardan tinimsiz kechirim so‘raydi. Romandagi yana bir ayol obrazi bor - Robiya. Unga ham taqdir kulib boqmadi. Yoshligidan onasidan yetim qolgan Robiya otasi tarbiyasida ulg‘ayadi. Onasining o ‘limidan so‘ng ular Samarqanddan Toshkentga, N o‘g‘ay qishloqqa ko‘chib kelib, Husanboy ismli kishining hovlisida yashay boshlaydi. Otasi o‘qituvchi bo‘lgani uchun qishloq bolalarini o‘qitadi. Robiya Husanboy Dumani bobo, uning xotini Qora ammani oyi, ularning o ‘g ‘li Kimsanni aka, Qora ammaning ukasi Shomurodni ada deb katta bo‘ladi. Robiya sofdil, mehnatkash qiz bo‘lib ulg‘ayadi. U Kimsanga k o ‘ngil qo‘ydi. Kimsan va Robiyaning sevgisi bir guli ochilmay so‘ldi. Yurtda urush boshlangach, urushga ketgan sevgilisi qaytmadi. Insonlarning murakkab taqdirini maromiga yetkazib tasvirlagan roman katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ushbu jihatlarga o ^ ^ c h ^ a r e ’tiborini qaratish uchun esa quyidagi topshiriqlarni bajarish tavsiya etiladi. Badiiy tahlil, asosan, darslikda berilgan parcha yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham “Mening qahramonim” topshirig‘ini bajarish mumkin bo‘ladi. Masalan, o‘quvchilarni uch yoki to ‘rt guruhga bo‘lgan holda ularga quyidagi tarqatma topshiriqlarni berish mumkin. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling