2.5. CHIGITLI PAXTANI TASHISH ISHLARINI
MEXANIZATSIYALASHTIRISH.
2.5.1. Umumiy ma’lumotlar.
Chigitli paxta xo’jaliklardan tayyorlov
punktlariga maxsus
avtomashinalarda yoki traktor pritseplarida qop-qanorsiz tashib
keltiriladi.
Paxta tayyorlash punktlarida quyidagi ishlar bajariladi:
xo’jaliklar topshirayotgan chigitli paxta tarozida tortiladi; qop-
qanorsiz qabul qilingan chigitli paxta ishlanadigan
yoki saqlanadigan
erga tushirilib g’aramlanadi; g’aramlarning
yon tomonlari tekislanadi,
usti brezent bilan yopiladi hamda tonnel va quduqlar qaziladi; chigitli
paxta quritish-tozalash
sexiga va sex ichida tashiladi; chigitli paxta
avtomashina va traktor pritseplariga ortiladi; paxta tozalash
zavodlaridan yoki temir yo’l vagonlarida qoplangan holda keltirilgan
urug’lik chigitlar tushiriladi.
Paxta tozalash zavodlarida quyidagi ishlar bajariladi: paxta
tayyorlash punktlaridan keltirilgan chigitli paxta qabul qilib olinadi,
ya’ni tarozida tolrtiladi, maydonga yoki omborga tushiriladi; chigitli
paxta quritish-tozalash sexiga yoki zavodning asosiy sexlariga
tashiladi; chigitli paxta va chigit sexlararo tashiladi; chigit texnologik
jarayonda uzluksiz tortiladi va saqlanadigan
joyga tashiladi;
chigit
avtomashinalarga va temir yo’l vagonlariga ortiladi; urug’lik chigit
qoplanadi va ular saqlanadigan joyga tashiladi; o’luk
va tolali
chiqindilar sexlararo tashiladi; tola va momiq
press yashigiga solinadi;
tayyorlangan tola, momiq va tolali chiqindilartoylari yuk
ortish
maydoniga tashiladi, taxlanadi; toylar temir yo’l vagonlariga ortiladi;
arrali tsilindrlar jin sexiga, ishlangan arrali tsilindrlar esa arra sexiga
tashiladi; tayyorlangan sim yoki tasma belbog’lar press sexiga
tashiladi.
Yuqoridagi keltirilgan ishlar asosan mexanizatsiyalashtirilgan
bo’lib, ularni bajarishda har xil tashish vositalaridan foydalaniladi.
Tashish vositalari pnevmatik va mexanik turlarga bo’linadi [4].
Do'stlaringiz bilan baham: