beriladi. Ushbu usulni qo’llanish tajribasida muayyan qiyinchiliklar va
kamchiliklar vujudga keladi.
Birinchi, mahsulotlarning barcha turlariga ulgurji
narxlar tizimiga parallel ravishda ish haqining yaxlit normativlari tizimini yaratish
zarurati paydo bo’ladi. Ommaviy ishlab chiqarishda
bu narsa qiyinchilik
tug’dirmasa ham, donalik va kichik seriyali ishlab chiqarish va ulardagi mahsulot
nomenklaturasining tez-tez o’zgarib turishi sharoitida jiddiy qiyinchiliklar paydo
bo’ladi.
Ikkinchidan, normativ sof mahsulot asosini tashkil etuvchi ish haqi
normativlarini ishlab chiqishda mazkur normativlarni
oshirishga moyillik paydo
bo’ldi. Bu esa mehnat sarflashning nisbatan ko’payishiga, demak, mehnat
unumdorliginni oshirish sur’atlarinng sekinlashuviga olib keldi.
Uchinchidan,
unumdorlikning normativ sof mahsulot ko’rsatkichi korxonalar ishining
pirovardmoliyaviy natijalar bilan zaif bog’langan:
mahsulot ishlab chiqarish
normasi va mehnat unumdorligi hajmlari ko’rsatkichiga ega bo’lish mumkin.
Lekin moddiy resurslarning ortiqcha sarflanishi tufayli foydaga ega bo’lmasligi
mumkin. Bitta ana shu sababning o’ziyoq normativ sof mahsulot ko’rsatkichidan,
asosiy usul sifatida foydalanishni maqsadga muvofiq qilib qo’yadi. Unda faqat
tahlil qilish maqsadlarida keng foydalanish mumkin bo’ladi.
Mehnat unumdorligini o’lchashning qiymat usulida foydalanadigan ishlov
berining normativ qiymati ko’rsatkichi engil sanoatda
ishlab chiqarish hajmlarini
aniqlash uchun qo’llaniladi. Ishlov berish qiymati normativlariga ishlab
chiqarishdagi ishchilarning ish haqi va ularga yoziladigan qo’shimcha haqlar, tsex
xarajatlar normativi; umumzavod xarajatlari normativi kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: