AYNIGAN SATH-kvant tizimning aynigan holatiga mos keluvchi energiya sathi.
AYNIGAN YaRIMO’TKAZGICh-Fermi sathi o’tkazuvchanlik sohasi yoki valent sohada joylashagna yarimo’tkazgich.
AYNIMAGAN YaRIMO’TKAZGICh-Fermi sathi taqiqlagan sohaning chegaralaridan kT dan kattaroq masofada joylashgan yarimo’tkazgich; bu holda zaryad tashuvchilar Maksvell-Boltsman statistikasiga bo’ysunadi.
AMORF JISM-o’zini tashkil qilgan mikrozarralari to’g’ri davriy joylashuvchiga ega bo’lmagan jism.
AMORF MAGNETIKLAR-haroratlarning chekli oralig’ida muayyan magnetik atom, masalan, ferromagnetik tuzilishi bilan birga amorf atom tuzilishiga ham ega bo’lgna magnetik materiallar sinfi.
ANIZATROP JISM-FIZIKAVIY xossalari unda tanlagan yo’nalishga bog’liq bo’lgna modda.
ANIZATROP MUHIT-fizikaviy xossalari unda tanlangan yo’nalishga bog’liq muhit.
ANIZATROPIYa-jism yoki maydon fizikaviy hossalarning yo’nalishlariga bog’liqligi.
BRAVE PANJARASI-kristall panjara simmetriyasining mumkin bo’lgan xillarini tavsiflovchi uch o’lchovli geometrik panjaralardan biri.
BRILLYuEN SOHASI-to’lqin vektrolarining fazoviy sohasi; uning ichida kristallardagi elektron energiyasi uzluksiz o’zgara boradi, chegaralarida esa uziladi.
GENERTsIYa-teskari aloqa mavjud bo’lganda majburiy yorug’lik chiqarish natijasida kogerent elektromagnit to’lqinlarining hosil bo’lishi.
GETERO O’TISh-kimyoviy tarkibi bo’yicha farqli bo’lgan ikki yarimo’tkazgichning tutashuvi.
GISTEREZIS-orqada qolish, kechikish jism holatini tavsiflovchi fizikaviy kattalikning tashqi sharoitlarini tavsiflovchi fizikaviy kattaliklarga bir qiymatli bog’liq emasligi.
DEBAY ISSIQLIK SIG’IMI QONUNI-qattiq jismning issiqlik sig’imi past haroratlarda harorat kubiga mutanosibdir, deyiluvchi qonun (Debay 1912 yilda nazariy topgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |