issiq-sovuq, oq-qora, baland-past kabi so`zlarda o`z tabiatiga ko`ra qarama-qarshi
ma`nolar yaqqol ko`zga tashlanadi. Ulardagi ham ifoda plan, ham mazmun planning
bir-biriga zid qo`yilishi ularga lug`aviy antonimlar sifatida qarashimizga imkon
beradi.
Antonimiyaning hosil bo`lishi uchun avvalo, ikkita birlikning bo`lishi shart.
Mazkur hodisani yuzaga keltiruvchi birinchi komponent, ya`ni birlikda ifodalangan
ma`no keyingi komponent, ya`ni birlikda teskari ma`no ifodalashi lozim.
Komponentlar o`rtasidagi o`zaro ma`noviy munosabat antonimiya hodisasini yuzaga
keltiradi.
Ma`lumki, tilimizda leksik ma`no, ya`ni semema muayyan komponentlardan
semalardan tashkil topadi. Antonimiya hodisasining yuzaga kelishida differensial,
ya`ni farqlovchi semaning mavjud bo`lishi komponentlarning o`zaro zidlik
munosabatiga kirishiga asos bo`ladi.
Odatda sifat so`z turkumi doirasida bu holat ko`proq kuzatiladi. Bu turkumda
belgini bildiruvchi yorug`-qorong`u, issiq-sovuq, baland-past, katta-kichik, achchiqshirin kabi so`zlar orasida farqlar yaqqol sezilib turadi.
Tilshunoslikda antonimlar, xususan, leksik antonimlar bo`yicha bildirilgan
fikrlarga asoslanib, quyidagi ziddiyatlar turlarini ko`rsatish mumkin:
1. Darajalangan ko`rinishdagi qarama-qarshiliklar: baland-past, toza-iflos,
arzon- qimmat kabi.
2. Bir so`z turkumidan boshqa so`z turkumiga o`tgan so`zlardagi qarama-
qarshiliklar: yosh-qari, katta-kichik, urush-tinchlik , kelajak-o`tmish (sifatdan,
fe`ldan otga o`tish holati mavjud). Bu haqda tilshunos J. Eltazarovning tadqiqotlarida
mufassal ma`lumotlar berilgan.
3. Bir tushunchaning dixotolik holatiga asoslangan qarama-qarshiliklar: gulligulsiz, bilimli-bilimsiz, o`rinli-noo`rin kabi.
Demak, tadqiqot olib borishda semik tahlil usulidan foydalanish antonimlardagi
ma`no ziddiyatini ochib berishda muhim ahamiyat kasb etadi. O`zaro antonimik
munosabatga kirishgan birliklarni tashkil etgan barcha belgilar yig`indisi ideografik
semalar ichidan differensial semani ajratish kommunikasiya jarayonida yuzaga kelgan
yoki alohida olingan matndagi antonimiya hodisasi mohiyatini va matndagi o`rnini
aniqlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |