O ’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand davlat universiteti
Yasashga doir masalalarning xususiyatlari
Download 7.03 Mb.
|
MO\'M (maruzalar matni)
5.Yasashga doir masalalarning xususiyatlari. Geometriya darslarining dastlabkilaridanoq o‘quvchining chizg‘ich, sirkul, transpotir va boshqa asboblardan foydalanib turli yasashlarni bajaradilar. Geometrik yasashlar ularga figuralar xossalarini aniqlashga yordam beradi.
Yasashga doir masalalar deb, figuraning ba’zi konstruktiv berilgan elementlari (ya’ni chizmada yasalgan ) va boshqa shartlari bo‘yicha figuralarni yasash talab etiladigan masala tushuniladi. Yasashga doir masalalarni yechish yasashda qanday asboblardan foydalanilishga bog‘liq. An’anaviy geometriya kurslarida shu paytgacha yasashga doir masala sifatida sirkul va chizg‘ich yordamida bajariladigan qator oddiy amallardan iborat bo‘lgan “klassik” masalalar tushuniladi: Ikkita ma’lum (berilgan yoki yasalgan) nuqtadan o‘tuvchi to‘g‘ri chiziqni yasang; Markazi va radiusi ma’lum (berilgan yoki yasalgan) bo‘lgan aylana yoki yoyni yasang; Ikkita to‘g‘ri chiziq kesishish nuqtalarini toping; To‘g‘ri chiziq va aylana kesishish nuqtalarini toping; Ikkita aylana kesishish nuqtalarini toping. Agar sirkul va chizg‘ichga boshqa asboblarni qo‘shsak, u holda asosiy amallar ro‘yxati kengayadi. Masalan, ugolnikni qo‘shsak, yana ikkita amalni beradi; 6) Berilgan nuqtadan to‘g‘ri chiziqqa perpendikulyar o‘tkazish; 7) Berilgan nuqta orqali o‘tuvchi va berigan to‘g‘ri chiziqqa parallel to‘g;ri chiziqni o‘rkazish (berilgan yoki yasalgan). Kesmalarga doir berilgan masalalarni yechishda o‘quvchilarni ixtiyoriy olingan larni berilgan elementlardan farqlashni, masala xarakteriga ko‘ra masalani yechish uchun asboblarni tanlashga o‘rgatish lozim. Masalan, agar o‘quvchilar konkret ma’lumotli masala echayotgan bo‘lsa, masalan, “chiziqda tasvirlangan ikkita kesma yig‘indisini yasang” deyilsa, u holda yoki masshtabli chizg‘ich yoki sirkul va chizg‘ichdan foydalaniladi. Agar berilgan uzunliklarga ega ikkita kesma yig‘indisi yasash talab qilinsa, u holda masshtabli chizg‘ichdan, yoki masshtabli chizg‘ichdan har xil o‘lchagich bilan masalani olib, uni ixtiyoriy o‘tkazilgan to‘g‘ri chiziqqa qo‘yish mumkin. Agar masala umumiy holda qo‘yilsa: «berilgan ikkita va kesmalar yig‘indisiga teng kesmani yasang» ko‘rinishda berilgan bo‘lsa, u holda dastlab bu kesmalarni tasvirlash, so‘ngra yasashni boshlash lozim. Yasashlarni bajarishda ixtiyoriy elementlarni olishlariga to‘g‘ri keladi. O‘quvchilar «ixtiyoriy» to‘g‘ri chiziqni olishlari, unda «ixtiyoriy» nuqtani belgilab olishlari zarur. Hatto oddiy yasashlarni bajargandan so‘ng ham ularning aniqlangan yoki aniqlanmaganligini (ikki nuqta orqali, bitta nuqta orqali to‘g‘ri chiziq o‘tkazish) ta’kidlash, yasashni bajarish imkoniyatini aniqlash (berilgan yoki kesmani yasash) va h.k. Yasashga doir masalarni yechishda o‘quvchilar qabul qilingan postulatlar bilan nazariya asoslanadigan oddiy yasashlarni bajarish mumkinligiga ishonch hosil qiladilar. O‘quvchilarga bu imkoniyatni anglash uchun konkret savollar berilishi lozim. Masalan, aylanani yasashda, o‘quvchi aylana markazi qaerda joylashganini, uning radiusi qancha ekanligini so‘raydi. Keyinchalik aylanani yasashda o‘quvchining o‘zi uning markazi va radiusini ko‘rsatadi. Download 7.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling