O ’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand davlat universiteti


-МАШҒУЛОТ. MATEMATIKA O’QITIShDA MASALALAR YeChIShNING AHAMIYaTI VA O’RNI


Download 7.03 Mb.
bet51/99
Sana18.09.2023
Hajmi7.03 Mb.
#1680841
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   99
Bog'liq
MO\'M (maruzalar matni)

7-МАШҒУЛОТ. MATEMATIKA O’QITIShDA MASALALAR YeChIShNING AHAMIYaTI VA O’RNI
1. Matematik masalalar yechishning matematika o’qitishdagi vazifalari.
2. Masalalarning matematika o’qitish jarayonidagi ahamiyati.

3. Matematikani masalalar yechish orqali o’rgatish

4. Matematika masalalarning turlari va ularni yechish bosqichlari.


Tayanch iboralar: matematik masala, vazifalari, o’qitishdagi ahamiyati, yechish usullari, turlari.
Mashg’ulotning mazmuni
1. Maktabda matematikani o’rganish turli xil matematik masalalarni yechish orqali amalga oshiriladi. Shu sababdan uslubiyatchilar matematik masalalarning matematika o’qitishda quyidagi vazifalari mavjudligini ta’kidlaydilar: 1) umumta’lim; 2) amaliy; 3) rivoj-lantiruvchi; 4) tarbiyaviy; 5) nazorat etish.
Umumta’lim vazifalariga o’quv dasturida ko’rsatilgan matematik ko’nikma va malakalarni shakllantirish vazifalari kiradi. Bundan tashqari, yangi bilimlarni o’zlashtirish bilan birga o’zining matematik ma’lumotini oshirish, matematik masalalar yechish ko’nikmasi shakllana boradi.
Amaliy vazifalari yordamida o’quvchilar masalalar yechish orqali amaliy ko’nikma va malakalar bilan qurollanib, matematikani tadbiq etish va hayotda qo’llashga doir zaruriy bilimlarni egallaydilar.
Rivojlantiruvchi vazifalariga o’quvchilarda masalalar yechish asosida ularning matematik tafakkuri va qobiliyatlarini rivojlantirish kiradi. Shuning uchun o’qituvchi har bir masaladan bunday maqsadlarda foydalanilishiga e’tiborni qaratish talab etiladi.
Tarbiyaviy maqsadlari - matematik masalalarning o’quvchilarda yaxshi insoniy fazilatlarni tarkib toptirish uchun qo’llanilishidan iborat.
Nazorat etish vazifalariga masala va mashqlardan o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarini egallash saviyasini tekshirish vazifasida ishlatilishi kiradi.
2. Matematik masalalarning matematika o’qitishdagi ahamiyati uning bajaradigan vazifalaridan ko’rinib turibdiki, bilim, ko’nikma berish bilan chegaralanib qolmay, balki uning matematik tafakkurini rivojlan-tirish, ma’naviy tarbiyalash kabi muhim ishlarni amalga oshirishga imkon beradi. Bunda matematik masalalar yechishga quyidagi talablarning qo’yili-shi muhim ahamiyat kasb etadi: matematik masalalar o’rganilayotgan tushunchalar mazmunini to’la qamrab oladigan shaklda qo’llanilishi zarur;
matematik masalalarni yechishda o’quvchilar mustaqilligi va faolligini ta’minlashga e’tiborni qaratish; matematik masalaning turli dars bosqichlarida qo’llanilishini hisobga olish; matematik masalalar turlari xilma-xilligidan foydalanish; matematik masalalar yechish usullariga e’tibor berish, yutuq va kamchiliklarini qayd etish; matematik masalalar yechish bosqichlari nazardan qolmasligi maqsadga muvofiq.

Download 7.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling